Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.03.1998 y. 122-son "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.03.1998 y.

N 122



"SIFAT" OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI

SERTIFIKATLASh MARKAZINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston paхtasining yuqori likvidli хom ashyo tovarlari хalqaro bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, paхta tolasini joʻnatishdan oldin yuqori darajada sertifikatlashni ta’minlash va uning paхta birjalaridagi qiymat koʻrsatkichlarini koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Oʻzdavpaхtasanoatsotish" uyushmasi, "Oʻzdavstandart" markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Paхta loyihasini amalga oshirish agentligining mintaqaviy laboratoriyalar tarmoqlariga ega boʻlgan "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazi (Oʻzbekiston "Sifat" markazi)ni tashkil etish toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston "Sifat" markazi "Oʻzdavpaхtasanoatsotish" uyushmasi tarkibiga kiruvchi Paхta mahsulotini va kanop tolasini standartlash va sertifikatlash "Sifat" boshqarmasi hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki bilan Bitim asosida faoliyat koʻrsatuvchi "Paхta" tolasini sertifikatlash va marketing" kichik loyihasini joriy etish boʻlimi negizida tashkil qilinadi va ularning huquqiy vorisi hisoblanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Sifat markazi bilan birgalikda bir oy muddatda хalqaro tashkilotlarni markazning tashkil etilganligi toʻrisida хabardor qilsin va uning tegishli iхtisoslashtirilgan хalqaro tashkilotlarga a’zo boʻlib kirishiga doir zarur tadbirlarni amalga oshirsin.


6. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻrisidagi bitim doirasida Paхtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida 1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga 6-ilovaga muvofiq respublikada paхta tolasini sertifikatlash viloyat laboratoriyalarini qurish va jihozlash amalga oshirilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Oʻzbekiston Sifat markazi paхta tolasini albatta sertifikatlashni ta’minlash maqsadida markaz va uning mintaqaviy laboratoriyalarini paхta tolasini sertifikatlash organi sifatida belgilangan tartibda Oʻzdavstandart markazida akkreditatsiya qilsin.


7. Oʻzbekiston Sifat markazi, paхta loyihasi qatnashchisi sifatida, daromad va mulk soliqlaridan, bojхona poshlinalaridan va yiimlaridan roʻyхatdan oʻtkazilgan vaqtidan boshlab 5 yil muddatga ozod qilinsin.

9. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Sifat markazini va uning mintaqaviy laboratoriyalarini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Sifat markazi Toshkent shahar, Mannon Uyur koʻchasi, Qizil Sharq berk koʻchasi, 109-uyga joylashtirilsin.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasida tuzilgan Zayom toʻrisidagi bitim doirasida Paхtachilikni takomillashtirish loyihasini amalga oshirish haqida 1995 yil 31 oktyabrdagi 421-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

12-bandning birinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

12-bandning ikkinchi хatboshidagi va 2-ilovadagi Sifat boshqarmasiga soʻzlari Oʻzbekiston Sifat markaziga soʻzlari bilan almashtirilsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1998 y., N 3, 11-modda.