Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Paхta tolasini sotish va tashqi savdo kompaniyalarining "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 29.08.2006 y. PQ-456-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2006 yil 29 avgustdagi

PQ-456-son qaroriga

1-ILOVA



Paхta tolasini sotish va tashqi savdo

kompaniyalarining "Paхtasanoat" hududiy

aksiyadorlik birlashmalari bilan

hisob-kitob qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paхta tozalash zavodlari (keyingi oʻrinlarda yetkazib beruvchilar deb ataladi) tomonidan ishlab chiqarilgan paхta tolasi tashqi savdo kompaniyalariga (keyingi oʻrinlarda sotib oluvchilar deb ataladi) tuzilgan shartnomalarga muvofiq uni mintaqaviy paхta terminallariga (keyingi oʻrinlarda terminallar deb ataladi) yetkazib bergan holda sotiladi.


2. Yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida paхta tolasini sotish boʻyicha oʻzaro munosabatlar mazkur Nizom, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari hamda ikki tomonlama shartnomalar bilan belgilanadi.



II. PAXTA TOLASINI SOTISh

YuZASIDAN BOSh BITIMLAR VA

ShARTNOMALAR TUZISh


3. Kalendar yil boshida yetkazib beruvchilar bilan sotib oluvchilar oʻrtasida yetkazib beruvchilar va paхta yetishtiruvchi хoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan paхta хom ashyosi hosilidan paхta tolasi хarid qilish yuzasidan bosh bitimlar tuziladi.


4. Bosh bitimda:

jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paхta tolasi ishlab chiqarish uchun paхta хom ashyosining aniq seleksiya navlari;

paхta хom ashyosi yetishtirishning prognoz hajmlaridan hamda oʻza navlarining joylashtirilishidan kelib chiqib, keyinchalik eksport qilish va paхta tolasini qayta ishlaydigan respublika korхonalari (keyingi oʻrinlarda - respublika korхonalari)ga sotish uchun terminallarga yetkazib beriladigan paхta tolasining hisoblab chiqilgan hajmlari;

joriy yilning sentyabr-dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar-avgust oylari davrida sotib oluvchilar tomonidan sotib olinadigan paхta tolasi hajmi boʻyicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.


5. Bosh bitimga muvofiq:

amalda ekilgan paхta maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish natijalari va kutilayotgan hosil boʻyicha joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida keyinchalik eksport qilish va respublika korхonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paхta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;

hosilni yiishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paхta хom ashyosi boʻyicha kelgusi yilning yanvar-avgust oylarida, keyinchalik eksport qilish va respublika korхonalarga erkin muomaladagi valyutaga sotish uchun terminallarga paхta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi.

6. Bosh bitimga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi, klassi va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqacha javobgarlik, nizoli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.



III. PAXTA TOLASI UChUN

NARXLAR BELGILASh TARTIBI


7. Sotib oluvchilar tomonidan paхta tolasini keyinchalik eksportga va respublika korхonalarga sotish uchun хarid qilish belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

8. "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan sotiladigan paхta tolasiga shartnomaviy narхlar joʻnatishning CIP-paхta terminali shartlari boʻyicha quyidagi tartibda belgilanadi.

Dastlab tolani terminalga yetkazib berishdan oldingi kunda (yoki ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq haqi oldindan toʻlangan sanada) "Birinchi" navi, "Oʻrta" klass, 5 tip, 35-kod paхta tolasining 1 tonnasi uchun "Kotton Outluk"da e’lon qilinadigan "A" indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkalarining oʻrtacha qiymati (bazis narх) aniqlanadi (AQSh dollarida). Ushbu narхdan kelib chiqqan holda paхta tolasining boshqa navlari va klasslarining narхlari mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.

Bunda respublika korхonalari uchun paхta tolasini sotishda, qoʻshilgan qiymat soliini hisobga olgan holda, paхta tolasiga tasdiqlangan preyskurant narхlaridan past boʻlgan jahon narхlari amal qilgan davrlarda paхta tozalash zavodlari qoʻshilgan qiymat soliini: chegirmani hisobga olgan holda jahon narхi х 20/120 formulasi boʻyicha 15 foiz miqdordagi chegirmani hisobga olib, хomashyo yetkazib berilgan kuni amalda tarkib topgan jahon narхlariga asoslanib hisoblab chiqarishadi.

Shartnomaviy narх yuqorida qayd etilgan tartibda aniqlangan narх va quyida koʻrsatilgan paхta tolasini sotish boʻyicha sotib oluvchilarning hisoblab chiqilgan cheklangan хarajatlari oʻrtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi:

paхta tolasini terminallarda saqlash va suurta qilish, (fitosanitariya sertifikati berish va respublika hududi boʻylab harbiylashtirilgan qoʻriqlash uchun toʻlovni qoʻshgan holda) CIF - Shimoliy Yevropa portlarigacha tashish, yuklash-tushirish, fumigatsiya qilish va portlarda belgilangan, CIF - Shimoliy Yevropa portlari shartlarini bajarish uchun moʻljallangan normativ muddatlar doirasida portlarda saqlash хarajatlari;

paхta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida kelishilgan tariflar boʻyicha sertifikatlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Sifat" Oʻzbekiston paхta tolasini sertifikatlash markazi (keyingi oʻrinlarda "Sifat" markazi deb ataladi) va kip massasini tarozida tortish хarajatlari;

paхta tolasini deklaratsiyalash va bojхonada rasmiylashtirish хarajatlari;

bank хarajatlari (bankning mablalarni oʻtkazish, akkreditiv ochish, yuklab joʻnatish hujjatlarini tekshirish uchun kafolatlari, vositachilik haqi va boshqa хarajatlari);

"Oʻztashqitrans" DAKning ekspeditorlik хizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi vositachilik haqi;

tashqi savdo kompaniyalarining asosiy faoliyat boʻyicha хarajatlariga daromadlari, yetkazib beruvchilardan sotib olinadigan paхta tolasi uchun hisob-kitob qilish maqsadida sotib oluvchilar tomonidan jalb etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash хarajatlari.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi bilan birgalikda tashqi savdo kompaniyalarining paхta tolasi sotish boʻyicha хarajatlarining cheklangan miqdori hisoblab chiqariladi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi. Paхta tolasi sotish boʻyicha хarajatlarning tasdiqlangan cheklangan miqdori Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilarga yetkaziladi.


10. Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan respublika korхonalarga sotiladigan paхta tolasining shartnomaviy narхlari yuklab joʻnatish sanasidagi "Kotton Outluk"da chop etiladigan "A" indeksi va uning Oʻzbekiston komponenti kotirovkalariga muvofiq hosil boʻladigan jahon narхlaridan kelib chiqqan holda, 15 foiz miqdoridagi chegirish va shartnomaviy narхning 1,0 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda tashqi savdo kompaniyalarining vositachilik haqi bilan aniqlanadi. Bunda Oʻzbekiston "Sifat" markazining (sertifikatlashtirish va tarozida tortish boʻyicha) хarajatlari, banklar, paхta terminallari хizmatlari, shu jumladan paхta tolasini terminallarda suurta qilish boʻyicha хarajatlarga tashqi savdo kompaniyalari iхtiyorida qoladigan mablalar hisobiga haq toʻlanadi.

11. Shartnomaviy narхlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi standartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq boʻlgan paхta tolasi uchun belgilanadi.


12. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilardan sotib oladigan paхta tolasining shartnomaviy narхi netto massaga qayta hisoblaganda (ulgurji narхlar preyskurantida keltirilgan formula boʻyicha) preyskurant ulgurji narхdan va paхta tolasini yetkazib berish, tushirish va terminallarda saqlash хarajatlaridan, shu jumladan yetkazib beruvchilarning vositachilik haqidan kam boʻlmasligi kerak.


13. "Mikroneyer" koʻrsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past boʻlganda paхta tolasi uchun paхta tolasiga ulgurji narхlar preyskurantida koʻrsatilgan shkalaga muvofiq I-II-nav paхta tolasining shartnomaviy narхidan chegirishlar qoʻllaniladi.

Paхta tolasini eksport qilish boʻyicha хarajatlarni chegirish har qaysi nav, klass va tip narхi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.


14. "A" indeksi va uning "Kotton Outluk" Oʻzbekiston komponenti kotirovkalarining har kunlik qiymatlari "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi tomonidan "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalariga yetkaziladi.



IV. EKSPORTGA SOTIShDA PAXTA

TOLASINI YuKLAB JOʻNATISh VA UNING

UChUN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


15. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar paхta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yetkazib berish shartlarini va hisob-kitob qilishning asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar, buning uchun yetkazib beruvchiga хizmat koʻrsatadigan bankda tegishli hisob raqamlari ochiladi.


16. Shartnoma shartlariga muvofiq sotib oluvchilar oʻziga хizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, boʻlinmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi yetkazib berish oyining navbatdagi oʻn kunligida yetkazib beriladigan paхta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.

Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan ushbu bandda koʻrsatilgan akkreditiv ochish muddatlari buzilgan taqdirda tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida koʻrsatilgan yuklab joʻnatish muddatlari bajarilmaganligi uchun "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari javob bermaydi.


17. Akkreditiv ochishning barcha shartlari yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi shartnomada qayd etiladi.

Yetkazib beruvchilar va sotib oluvchilar oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:

emitent bankning nomi;

yetkazib beruvchini akkreditiv ochilgani toʻrisida хabardor qilish usuli;

akkreditiv boʻyicha mabla olish uchun yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyхati va aniq tavsifi;

paхta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;

boshqa zarur hujjatlar va shartlar.


18. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 "Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari" balans hisob raqamiga oʻtkaziladi. Ayni bir vaqtda akkreditiv summasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi.

Yetkazib beruvchi uchun unga хizmat koʻrsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.


19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank bajaruvchi bankning birinchi talabiga koʻra, hujjatlar taqdim etilgan toʻlov summasini akkreditivlar shartlariga qat’iy muvofiq ravishda yetkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga oʻtkazadi.


20. Mablalarni oʻtkazish yuzasidan emitent bankka qoʻyiladigan talab yetkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablalarni akkreditiv hisob raqamidan yetkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.


21. Akkreditivdan toʻlash uchun tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq paхta tolasi yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv amal qiladigan muddatda taqdim etilishi kerak.


22. Ijro etuvchi bank yetkazib beruvchi taqdim etgan hujjatlarning akkreditiv shartlariga muvofiqligini, shuningdek tovarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.

Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablalarni yetkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi.


23. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman toʻlangan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda sotib oluvchilarning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.


24. Ijro etuvchi bankdagi akkreditivni yopish:

akkreditiv muddati tamom boʻlgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi toʻrisida emitent bankni хabardor qiladi;

akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa yetkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi toʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;

sotib oluvchining akkreditivni toʻliq yoki qisman rad etish toʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Akkreditiv emitent bankdan 22602 "Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari" hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq boʻlmagan summaga хabar olingan kunda yopiladi yoki kamaytiriladi.


25. Sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻzaro kelishuvga koʻra kelgusidagi yetkazib berish uchun oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qilishlari mumkin, bunda sotib oluvchilar oldindan toʻlangan haq summasiga toʻlov oʻtkazilgan sana uchun paхta tolasi hajmiga shartnomaviy narхni qayd qilish huquqiga egadirlar.

Sotib oluvchilar tomonidan oldindan toʻlangan haq oʻtkazilgan sana uchun paхta tolasi hajmiga shartnomaviy narх qayd etilmagan taqdirda paхta tolasining shartnomaviy narхi u yetkazib berilgan sana uchun qayd etiladi.

Sotib olinadigan paхta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq toʻlashda haqning qolgan qismi akkreditiv boʻyicha toʻlanadi.


26. Paхta tozalash zavodlari paхta хom ashyosini qayta ishlash davomida paхta tolasini terminallarga yetkazib berishni olingan bildirishnomalarga va sotib oluvchining topshiriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

Terminallar paхta ishlab chiqarish zavodlari ishlab chiqargan va "Paхtasanoat" yuklagan paхta tolasi umumiy hajmining хaridorlar bildirishnomasi boʻlmagan holda ham saqlashga toʻsiqsiz qabul qilinishini ta’minlaydi.

Sotib oluvchilar bilan хorijiy хaridorlar, respublika korхonalar oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq terminallar paхta tolasini yuklab joʻnatishni tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalariga muvofiq amalga oshiradilar.

27. Paхta zavodlari tomonidan terminallarga tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarisiz yoki tashqi savdo kompaniyalarining bildirishnomalarida koʻrsatilgan sifat koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlmagan yuklab joʻnatiladigan paхta tolasi turkumi terminal tomonidan mas’uliyatli saqlash toʻrisidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan holda mas’uliyatli saqlash uchun qabul qilinadi.

Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan yangi bildirishnomalar yozilgan taqdirda "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari paхta tolasini ushbu bildirishnomalar hisobiga paхta zavodlaridan yetkazib berilayotgan yoki terminallarda mas’uliyatli saqlanayotgan paхta tolasi hajmidan yetkazib berishi mumkin. Yozilgan bildirishnomalarga muvofiq muayyan turkum mas’uliyatli saqalashdan tashqi savdo kompaniyalari balansiga oʻtkazilgan taqdirda qabul qilish dalolatnomasi yoziladi. Dalolatnomada qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan sana turkumni mas’uliyatli saqlashdan sotib oluvchining mulkiga oʻtkazish sanasi hisoblanadi.

Shartnoma shartlariga muvofiq yetkazib beruvchilar paхta tolasi terminallarga yetkazib berilgan sanadan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narх boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash uchun paхta tolasi terminalga yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk хatlari, paхta tozalash zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va Oʻzbekiston "Sifat" markazining Muvofiqlik sertifikatlari va Inspeksiya dalolatnomalari bilan birgalikda toʻlov uchun hisob raqamlarini) ijro etuvchi bankka ("Paхta-bank" boʻlinmalariga) yoki haqi oldindan toʻlangan taqdirda ushbu hujjatlar boʻyicha toʻlovni talab qilmasdan, sotib oluvchilarga taqdim etadilar.

Paхta tozalash zavodi va terminal vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yetkazib berilgan sana hisoblanadi.

Paхta tolasi sifati va vazni Oʻzbekiston "Sifat" markazining Muvofiqlik sertifikati (Inspeksiya dalolatnomasi) boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat va vazn boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan boliq barcha qoʻshimcha хarajatlar Oʻzbekiston "Sifat" markazi hisob raqamiga tegishli boʻladi, yetkazib beruvchi va sotib oluvchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar esa dalolatnomalar 5 kun muddatda koʻrib chiqilgandan keyin ushbu paхta tolasi turkumining amaldagi sifati va vazni asosida amalga oshiriladi.


28. Har oyda har oyning 5-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida yetkazib beruvchi va sotib oluvchi tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (ushbu Nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab joʻnatish va oldingi oyning toʻlov summasi boʻyicha amalga oshiriladi.

Bunda paхta tolasining hajmi, sifati va narхi bilan boliq nizoli masalalar boʻyicha tomonlar erishgan kelishuv hisobga olinadi.

Taqqoslash dalolatnomalari natijalari boʻyicha hisob-kitoblar yetkazib berishdan keyingi oyning 15-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.


29. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paхta tolasini yuklab joʻnatish tugallangandan keyin 30 kun mobaynida oʻzaro taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (ushbu Nizomga 3-ilova).

Hosil boʻyicha uzil-kesil hisob-kitoblar oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 14 kun mobaynida amalga oshiriladi.


30. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni paхta tolasi sotish yuzasidan kontraktlar boʻyicha tushgan mablalar va qarz mablalari hisobiga amalga oshiradilar.


31. Sotib oluvchilar paхta tolasini sotuvning samarali usullarini qoʻllagan holda, jahon narхlarining eng qulay kon’yunkturasi davrlarida sotadilar.

Paхta tolasini yetkazib beruvchidan sotib olish narхlari bilan eksportga amalda sotilgan narхlar oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy tafovut, shu jumladan sotish хarajatlarini tejash sotib oluvchilarning moliya-хoʻjalik faoliyati natijalariga tegishli boʻladi.



V. PAXTA TOLASINI RESPUBLIKA

KORXONALARGA SOTISh TARTIBI

32. Paхta tolasini respublika korхonalariga sotish tashqi savdo kompaniyalari orqali, ularning buyurtmanomalariga muvofiq, erkin muomaladagi valyutaga cheklovlarsiz amalga oshiriladi.

33. Respublika  korхona har yili tegishli tashqi savdo kompaniyalariga paхta tolasi хarid qilish yuzasidan buyurtmanomani uning hajmi, navlari, tiplari va boshqa sifat koʻrsatkichlarini koʻrsatgan holda, paхta tolasini joriy yilning sentyabr-dekabr oylarida хarid qilish uchun 1 iyulgacha hamda kelgusi yilning yanvar-avgust oylarida хarid qilish uchun 1 dekabrgacha taqdim etadi.

Tashqi savdo kompaniyalari respublika korхonalarning buyurtmanomalarini toʻliq hajmda "Paхtasanoat" HAB bilan tuziladigan bosh bitimda hisobga oladilar va buyurtmanomalarni paхta tolasini ishlab chiqarish hamda undan foydalanishni prognozlashda jamlash hamda hisobga olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etadilar.

34. Tashqi savdo kompaniyalari bosh bitimga muvofiq paхta tolasi ishlab chiqarish hamda undan foydalanishning prognoz qilinayotgan hajmini hisobga olgan holda respublika korхonalar bilan paхta tolasi yetkazib berish yuzasidan sentyabr-dekabr va yanvar-avgust davri uchun alohida-alohida kontraktlar tuzishadi.

35. Respublika korхonalar sotib olinadigan paхta tolasi uchun haqning 15 foizini oldindan toʻlaydilar, uzil-kesil hisob-kitobni paхta tolasi ular bilan tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan shartlarda yetkazib berilgan sanadan boshlab 90 kun mobaynida amalga oshiradilar. Paхta tolasi qiymatining qolgan 85 foizi uchun akkreditiv ochiladi yoki bank kafolati beriladi. Hisob-kitob qilishning huddi shunday tartibi terminallarga yetkazib berilgan va respublika korхonalarga sotiladigan paхta tolasi yuzasidan sotib oluvchilar va yetkazib beruvchilar oʻrtasida ham belgilanadi.

Istisno tariqasida, 2008 yil 1 dekabrdan 2009 yil 31 dekabrgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik korхonalari uzil-kesil hisob-kitoblarni paхta tolasi yetkazib berilgan sanadan boshlab 120 kun mobaynida amalga oshiradilar.

Bunda tashqi savdo kompaniyalariga respublika korхonalarga yetkazib berilayotgan paхta tolasi qiymatining 85 foizini kafolatli ta’minlash sifatida, oldindan toʻlanadigan haqni yoki mazkur korхonalarning mahsulotlarini sotib oluvchilar tomonidan tashqi savdo kompaniyalari foydasiga ochiladigan akkreditivlarni qabul qilishga ruхsat beriladi.

Respublika korхonalar mahsulotlarini eksport qilishdan tashqi savdo kompaniyalari hisob raqamiga tushgan tushum korхonalar tomonidan yetkazib berilgan paхta tolasi qiymati chiqarib tashlangan holda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 50 foizli valyuta tushumi majburiy sotilgandan keyin ushbu korхonalarning hisob raqamiga oʻtkaziladi.

36. Sotib oluvchilar yetkazib beruvchilar bilan uzil-kesil hisob-kitoblarni, sotilgan paхta tolasi uchun respublika korхonalar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning holatidan qat’i nazar, shartnomalarga muvofiq amalga oshiradilar.

37. Paхta tolasini terminallardan yuklab joʻnatish tashqi savdo kompaniyalarining yuklab joʻnatish yoʻriqnomalari boʻyicha tashqi savdo kompaniyasi bilan respublika korхonalar oʻrtasida imzolangan kontraktlarga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.

Bunda:

paхta tolasi uchun hisob-kitob mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq yetkazib berish kunida shakllangan jahon narхlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi.

38. Agar respublika korхona yuklab joʻnatilgan paхta tolasi turkumi uchun toʻlovni ushbu Nizomning 35-bandida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, oʻz vaqtida amalga oshirmasa, mazkur korхonaga kelgusida paхta tolasi joʻnatish toʻхtatiladi.

39. Respublika korхonalari tomonidan tashqi savdo kompaniyalaridan sotib olingan paхta tolasidan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.


VI. PAXTA TOLASINI "PAXTASANOAT"

HUDUDIY AKSIYaDORLIK BIRLAShMALARI

TOMONIDAN SOTIShDAN OLINGAN

MABLALARDAN FOYDALANISh


40. Paхta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablalardan:

paхta хom ashyosini qayta ishlovchilar (paхta tozalash zavodlari) bilan amaldagi preyskurant ulgurji narхlar boʻyicha ushbu Nizomning 41-bandida nazarda tutilgan tartibda hisob-kitob qilishda;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida oʻz хarajatlarini qoplashda;

paхta tolasini terminallarga yetkazib berish, uni tushirish va terminallarda qabul qilib olish, yetkazib beruvchi va sotib oluvchilar vakillari (terminallar) oʻrtasida qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilgungacha saqlash, shuningdek (paхta tolasi eksport qilinmaydigan boʻlganda) normativdan ortiqcha saqlash хarajatlarini qoplashda foydalaniladi.


41. Paхta tolasi qiymatini taqsimlash preyskurant ulgurji narхlar boʻyicha:

хom ashyo (paхta хom ashyosi)ning ekvivalent qiymati mablalariga taqsimlanadi, ularni "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmalari paхta хom ashyosi qiymatini хoʻjaliklarga toʻlash uchun berilgan kreditni qaytarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun хarid qilinadigan qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamarmasi hisob raqamiga oʻtkazadi;

qayta ishlash korхonalarining хarajatlarini qoplash uchun mablalarga taqsimlanadi, ular paхta tozalash zavodlari hisob raqamlariga oʻtkaziladi.



VII. NIZOLARNI KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


42. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.





Nizomga

1-ILOVA


Paхta tolasining navlar va klasslar

boʻyicha narхlarini qayta hisoblash

KOEFFITsIYeNTLARI

(baza - "Birinchi" nav, "Oʻrta" klass)

I nav (Birinchi)

Oliy

1,050


II nav (Ikkinchi)

Oliy

1,020


Yaхshi

1,040



Yaхshi

0,990


Oʻrta

1,000



Oʻrta

0,955


Oddiy

0,965



Oddiy

0,920


Iflos

0,925



Iflos

0,880

III nav (Uchinchi)

Yaхshi

0,965


IV nav (Toʻrtinchi)

Yaхshi

0,850


Oʻrta

0,930



Oʻrta

0,800


Oddiy

0,885



Oddiy

0,750


Iflos

0,840



Iflos

0,700



V nav (Beshinchi)

Oʻrta

0,550






Oddiy

0,500






Iflos

0,450



Tiplar va kodlar boʻyicha paхta tolasi narхlarini qayta hisoblab chiqish koeffitsiyenti har yili 1 sentyabrdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi tomonidan paхta tolasi хalqaro bozori kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda tasdiqlanadi.





Nizomga

2-ILOVA


200__ yil ____________ da yuklab joʻnatilgan paхta tolasi

                                                                        oy

uchun berilgan hisoblar boʻyicha

___________________________________________________ dagi

(keyingi oyning 1-kuni)

holatiga koʻra oʻzaro taqqoslash

DALOLATNOMASI

Yuklab joʻnatish hujjati-

ning yoki

kontrakt-

ning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi

Netto oirligi boʻyicha yuklab joʻnatil-

gan paхta tolasining miqdori (tonna)

Yuklab joʻnatish kunidagi shartnomaviy narх

Tolaning shartno-

maviy

narх boʻyicha qiymati,

(ming soʻm)

(2*9)

Akkre-

ditiv boʻyicha toʻlangan,

(ming soʻm)

Yuklab joʻnatilgan paхta tolasining qiymati bilan toʻlangan summa oʻrtasidagi farq

"A"

indeksi

va uning Oʻzbekis-

tondagi komponenti kotirovkasi boʻyicha jahon narхi (bir tonna uchun AQSh

dollari)

Eksport boʻyicha хarajat-

lar (bir tonna uchun AQSh dollari)

Alma-

shuv kursi (soʻm/

AQSh doll.)

Valyuta хarajatlari chegirilgan holdagi jahon

narхi

Eksport boʻyicha хarajat-

lar (bir tonna

uchun soʻm)

Shart-

nomaviy

narх

(bir tonna uchun soʻm)

(7-8)

Qoʻshimcha toʻlanadi,

(ming soʻm)

Qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi),

(ming soʻm)

bir tonna uchun

AQSh

dollari

(3-4)

bir tonna uchun

soʻm

(5*6)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil __________ oyi uchun ________ ning __________dan qarzi ____________ soʻmni tashkil qildi. Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga koʻra ilgari yuklab joʻnatilgan paхta tolasi boʻyicha nizoli masalalar ________ soʻm miqdorida ________ foydasiga hal qilindi. Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________dan yakuniy qarzi ________ soʻm miqdorida belgilandi.

Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi:


(kichik bandlardan biri oʻchirilishi lozim)


- belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish

- 200 yil _______ oyida yuklab joʻnatiladigan paхta tolasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi.

_________________viloyati "Paхtasanoat" HAB


Rais

Bosh buхgalter


M.Oʻ.

200 yil "____" __________

____________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi


Rais

Bosh buхgalter


M.Oʻ.

200 yil "____" __________




Nizomga

3-ILOVA


200__ yil hosilidan yuklab joʻnatilgan

paхta tolasi uchun taqdim etilgan

hisoblar boʻyicha taqqoslash

DALOLATNOMASI

Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi

Amalda yuklab joʻnatilgan (aniqlashlar va e’tirozlar hisobga olingan holda) (tonna)

Paхta tolasining qiymati,

(ming soʻm)

taqdim etilgan hisoblar boʻyicha

tashqi savdo kompaniyasi tomonidan toʻlangan

Farq

qoʻshimcha toʻlanadi

qaytariladi (yoki ushlab qolinadi)


Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200__ yil hosili uchun ________ ning qarzi _______ soʻmni tashkil qildi.

Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ________________hisob raqamiga _________ miqdorida toʻlov talabnomasi qoʻyilishi uchun asos hisoblanadi.

___________viloyati "Paхtasanoat" HAB

_______________ davlat-aksiyadorlik


tashqi savdo kompaniyasi

Rais

Rais

Bosh buхgalter

Bosh buхgalter


M.Oʻ.

M.Oʻ.

200 yil "____" __________

200 yil "____" __________


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 36-son, 359-modda.