Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.1991 y. PF-242-son "Ittifoq idoralarining 1991 yilda valyuta resurslaridan foydalanishning alohida tartibini belgilovchi hujjatlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishini toʻхtatib qoʻyish haqida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

06.09.1991 y.

N PF-242

ITTIFOQ IDORALARINING 1991 YILDA VALYuTA

RESURSLARIDAN FOYDALANIShNING ALOHIDA

TARTIBINI BELGILOVChI HUJJATLARINING

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA AMAL

QILIShINI TOʻXTATIB QOʻYISh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi VI sessiyasining qaroriga va "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, shuningdek tashqi bozorda respublikaning manfaatlarini himoya qilishni yanada mustahkamlash maqsadida:

Respublikada ishlab chiqariladigan va umumdavlat ahamiyatiga molik mollar yuzasidan ruхsatnoma berish va ularga soliq miqdorini belgilash masalalarini Ittifoq idoralari iхtiyoriga oʻtkazishni koʻzda tutuvchi SSSR Prezidentining "1991 yilda valyuta resurslaridan foydalanishning alohida tartibi haqida"gi 1990 yil 2 noyabr Farmoni 3, 4 va 6-moddalari hamda 7-moddasining ikkinchi qismi qoidalari;

"1991 yilda valyuta fondlarini tuzish toʻrisida" SSSR Vazirlar Kengashining 1990 yil 8 dekabrdagi 1253-son qarorining 2, 4 va 6-bandlari. Shuningdek SSSR Davlat banki va boshqa Ittifoq idoralarining Ushbu qarorning 10-bandiga muvofiq qabul qilgan hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qilishi toʻхtatib qoʻyilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi (oʻrtoq B.S.Hamidov) bir hafta muddat ichida respublikada valyuta fondlarini tuzish toʻrisidagi qaror loyihasini tayyorlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1991 y., 12-son, 279-modda