Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2006 y. PQ-301-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 fevraldagi PQ-275-son qaroriga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
07.03.2006 y.
N PQ-301
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING 2006 YIL 3 FEVRALDAGI
PQ-275-SON QARORIGA OʻZGARTISh KIRITISh
TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 3 fevraldagi "Mustaqillik va ezgulik monumenti toʻgʻrisida"gi PQ-275-son Qarorining muqaddimasining toʻrtinchi хatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda хalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol gʻoyalarini, milliy gʻurur va iftiхor, vatanparvarlik tuygʻularini yanada chuqurroq singdirish, qalbimiz toʻrida ayol zotiga boʻlgan yuksak hurmat-ehtirom, ta’zim va tashakkurimizni yana bir bor yorqin ifodalash maqsadida:"
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov