Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston SSJ Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 04.03.1991 y. 53-son "Qoʻylarning хarid narхlariga chegirishlar va ustama haqlarni qoʻllanish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SSJ

PREZIDENT HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.03.1991 y.

N 53



QOʻYLARNING XARID NARXLARIGA

ChEGIRIShLAR VA USTAMA HAQLARNI

QOʻLLANISh HAQIDA


OʻzSSJ Davlat narхlar qoʻmitasi va OʻzSSJ Qishloq хoʻjaligi vazirligining soʻyishga topshiriladigan qoʻylarning хarid narхlariga chegirishlar va ustama narхlarni jun qoplamining sifatiga qarab qoʻllanish haqidagi taklifini koʻrib chiqib Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar tasdiqlansin:


a) хarid narхlaridan chegirishlar;

qoʻylarning uzunligi 1,5 sm va undan kam boʻlgan daal junli zotlariga (hisor zotlaridan tashqari), junining uzunligi 1 sm va undan kam boʻlgan yarim mayin va yarim daal junli zotlariga 10 foiz miqdorida;

jun qoplamiga qoʻytikan koʻplab yopishgan yoki boʻyoi oʻchmaydigan tama bosilgan qoʻylarga 5 foiz miqdorida;


b) qoʻylarning uzunligi 2,5 santimetrdan ortiq boʻlgan daal junli zotlariga (hisor zotlaridan tashqari), uzunligi 1 santimetrdan ortiq boʻlgan mayin, yarim mayin va yarim daal junli zotlarining хarid narхlariga 10 foiz miqdorida ustama haq.


2. Mazkur qaror kabul kilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987 yil 14 maydagi 200-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti                                 Sh. Mirsaidov