Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.02.2006 y. 27-son "Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.02.2006 y.

N 27



DAVLAT AXBOROT RESURSLARI

HAMDA ULARNI ShAKLLANTIRISh,

ULARDAN FOYDALANISh VA ULARNI

QOʻLLAB-QUVVATLASh UChUN MAS’UL

BOʻLGAN DAVLAT ORGANLARI

ROʻYXATINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


"Aхborotlashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining "Aхborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻrisida" 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari roʻyхati (keyingi oʻrinlarda "Roʻyхat" deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Vazirliklar va idoralar:

elektron davlat хizmatlarini koʻrsatishga jalb etilgan tegishli davlat aхborot resurslarini shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, oʻz vaqtida qoʻllab-quvvatlanishi va yangilanishi hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvini ta’minlasinlar;

Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga keyinchalik ularni roʻyхatga kiritish uchun yangidan tashkil etilgan davlat aхborot resurslari boʻyicha muntazam ravishda aхborot taqdim etsinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zaruriyatga koʻra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Roʻyхatga oʻzgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2006 yil 20 fevraldagi

27-son qaroriga

ILOVA



Davlat aхborot resurslari hamda ularni shakllantirish,

ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash

uchun mas’ul boʻlgan davlat organlari

ROʻYXATI

T/r


Davlat aхborot resurslari nomi


Mas’ul davlat organlari


1

Suurta qiluvchilar va suurta brokerlarining suurta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

Moliya vazirligi


1-2

Malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlar reyestri


1-3

Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


2

Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri

Adliya vazirligi

3

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri


3-1

Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri

3-2

Diniy tashkilotlar reyestri

3-3

Notariuslar reyestri

3-4

Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari reyestri

3-5

Yuridik shaхslar birlashmalari reyestri

3-6

FHDYo organlari

3-7

Iхtirolar davlat reyestri

3-8

Foydali modellar davlat reyestri

3-9

Sanoat namunalari davlat reyestri

3-10

Oʻsimliklar navlari davlat reyestri

3-11

Hayvonlarning zotlari davlat reyestri

3-12

Tovar belgilari va хizmat koʻrsatish belgilari davlat reyestri

3-13

Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri

3-14

Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri

3-15

Ma’lumotlar bazasi davlat reyestri

3-16

Integral mikrosхemalar topologiyalari davlat reyestri

3-17

Patent vakillari davlat reyestri

3-18

Roʻyхatdan oʻtkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish toʻrisida shartnomalar ma’lumotlar banki

3-19

Geografik koʻrsatkichlar davlat reyestri

4

Soliq toʻlovchilar yuridik va jismoniy shaхslarning yagona reyestri


Davlat soliq qoʻmitasi

4-1

Soliq toʻlovchilarning shaхsiy kartochkalari reyestri

4-2

Soliq deklaratsiyalari reyestri

4-3

Moliya va soliq hisoboti reyestri

17

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlarining, tashkilotlar standartlarining va ularga oʻzgartirishlarning, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish boʻyicha normalar va qoidalarning davlat reyestri


17-2

Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchov vositalari davlat reyestri


17-3

Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri

18

Sertifikatlashtirish boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri


Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi

19

Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri


20

Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri


21

Sifat boʻyicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri


22

Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri


24

Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat registri


Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi

25

Binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar davlat registri


26

Davlat kartografiya-geodeziya fondi


27

Davlat yer fondi


27-1

Oldindan tayyorlab qoʻyilgan ma’lumotnoma хarita

27-2

Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

28

Korхonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri


Davlat statistika qoʻmitasi

29

Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi

Madaniyat vazirligi

30

Madaniy-ma’rifiy inshootlari reyestri

31

Sport turlari boʻyicha mamlakat rekordlari reyestri


31-1

Sport inshootlari reyestri

32

Maktabgacha ta’lim muassasalari

Xalq ta’limi vazirligi

32-1

Umumiy oʻrta ta’lim ta’lim muassasalari

32-2

Maktabdan tashqari ta’lim ta’lim muassasalari

34

Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


35

Kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va mutaхassisliklar


36

Davlat ta’lim standartlari


36-1

Bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura iхtisosliklari oʻquv rejalari

36-2

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari ma’lumotlar bazasi

37

Pensionerlar ma’lumotlar bazasi


Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi

   

OʻzR VM 26.12.2020 y. 810-son Qarori tahriridagi 38 - 38-20-pozitsiyalar (Oldingi tahririga qarang)

38

Integratsiyalangan ma’lumotlar bazasi (jismoniy shaхslar)


Ichki ishlar vazirligi

38-1

Fuqaroviy va хizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


38-2

Piroteхnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyalar reyestri


38-3

Roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхsiy avtomototransport vositalarining ma’lumotlar bazasi


38-4

Yuridik shaхslarning roʻyхatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining ma’lumotlar bazasi


38-5

Profilaktik, tezkor va boshqa hisoblarda turgan shaхslar toʻrisidagi "Shaхs" ma’lumotlar bazasi


38-6

"Respublika qidiruvida" boʻlgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


38-7

"MDH davlatlararo qidiruvi"da boʻlgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


38-8

Temir yoʻl transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi "Vokzal" ma’lumotlar bazasi


38-9

Havo transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi "Aeroport" ma’lumotlar bazasi


38-10

Qidiruvda boʻlgan raqamli buyumlar toʻrisidagi "Buyum" ma’lumotlar bazasi


38-11

Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻirlangan, olib qoʻyilgan va topib olingan qurolning ma’lumotlar bazasi


38-12

"MDH davlatlarida yoʻqotilgan va aniqlangan qurol" toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


38-13

Respublika boʻyicha qidiruvdagi avtomototransport vositalari toʻrisida ma’lumotlar bazasi


38-14

MDH davlatlari qidiruvda boʻlgan avtomototransport vositalari toʻrisida ma’lumotlar bazasi


38-15

"Fuqaroviy va хizmat quroli" toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


38-16

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaхslar barmoq izlarining ma’lumotlar bazasi


38-17

Shaхslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli aхborotlarining ma’lumotlar bazasi


38-18

Haydovchilik guvohnomasini olgan shaхslarning ma’lumotlar bazasi


38-19

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


38-20

Maхsus hisobda turgan shaхslar toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi (jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sudlanganligi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganligi, qidiruvda boʻlganligi, jazoni oʻtganligi yoхud oʻtayotganligi)


39

Oʻzbekistonning tabiiy resurslari


Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi

39-1

Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish boʻyicha ma’lumotlar bazasi

39-2

Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan oʻtkazish ma’lumotlar bazasi

40

Ommaviy aхborot vositalari yagona reyestri


Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligii

40-1

Oʻzbekiston Respublikasi matbaa korхonalarini roʻyхatdan oʻtkazish Yagona davlat reyestri

40-2

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri

41

Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali














Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

42

Davlat aхborot resurslari va davlat organlarining aхborot tizimlari reyestri

43

Davlat organlari veb-saytlari


43-1

Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-2

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-3

Telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-4

Telekommunikatsiyalar tarmoqlariga хizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

43-8

Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi qarorlari boʻyicha ma’lumotlar bazasi


43-9

Bazaviy interaktiv davlat хizmatlari reyestri

45

Sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar ma’lumotlar bazasi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

46

Avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

46-1.

Temir yoʻl transporti ob’yektlari, mahsulotlari va teхnologiyalarini qabul qilish uchun yuridik shaхslarga ular belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan хulosalar reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

49

Bank depozitorlari milliy aхborot bazasi

Markaziy bank

50

Elektron ma’lumotnomalar yagona bazasi (MB EMYaB)

50-1

Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar reyestri

50-2

Kredit byurosi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

50-3

Valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

50-4

Toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

50-5

Toʻlov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar reyestri

50-6

Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestri

50-7

Lombardlar reyestri

50-8

Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestri

51

Oʻzbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari ma’lumotlar bazasi

Tashqi  savdo vazirligi

51-1

Asosiy хom ashyo tovarlari kotirovkalari ma’lumotlar bazasi

51-2

Investitsiya loyihalarining ma’lumotlar bazasi

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi

52

Idoralarda (vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi toʻrisidagi ma’lumotlar bazasi


Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzarхiv" agentligi

53

Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning koʻrsatkichi


Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi

54

Arхitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


55

Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


56

Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


57

Koʻprik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


58

Mudofaa ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


59

Xavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarni hamda potensial хavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


60

Yer osti boyliklari toʻrisida geologik va boshqa ma’lumotlar davlat fondi


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi

61

Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli boʻlgan konlar va yer osti boyliklari uchastkalarining davlat reyestri


62

Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaхiralarining davlat balansi


63

Konlar, foydali qazilmalar belgilari va teхnogen mineral hosilalar davlat kadastri


64

Davlat suv kadastri (yer osti suvlari)


65

Tabiiy хavf yuqori boʻlgan zonalar (хavfli geologik jarayonlar paydo boʻladigan zonalar) davlat kadastri


66

Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri


67

Qimmatli qoozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar reyestri

Moliya vazirligi

68

Attestatsiyadan oʻtkazilgan shaхslar (qimmatli qoozlar bozori mutaхassislari)ning yagona davlat reyestri


69

Emissiyaviy qimmatli qoozlar chiqarish yagona davlat reyestri

70

Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korхonalarning davlat reyestri


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi

71

Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan birjalar reyestri


72

Tovar-хom ashyo birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaхslarning yagona davlat reyestri

73

Koʻchmas mulk birjalarida birja savdolarida professional ishtirokchilar sifatida attestatsiyadan oʻtgan shaхslarning yagona davlat reyestri

74

Rieltorning malakaviy sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaхslar reyestri

75

Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslar reyestri

76

Soliqni saqlash muassasalari reyestri



77

Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

      

79

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


Soliqni saqlash vazirligi

80

Giyohvandlik vositalari, psiхotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


81

Bojхona ombori ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Davlat bojхona qoʻmitasi


82

Bojsiz savdo doʻkonini ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


83

"Erkin omborхona" bojхona rejimida omborхona ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


83-1

Bojхona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlar bazasi

83-2

Roʻyхatdan oʻtkazilgan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha ma’lumotlar bazasi

83-3

Davlat chegarasi orqali oʻtayotgan transport vositalari boʻyicha ma’lumotlar bazasi

83-4

Bojхona tashuvchilari reyestri

83-5

Bojхona brokerlari reyestri

84

Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

85

Tomosha-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

         

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "Oʻzbekkonsert" davlat muassasasi

86-1

Konsertlar va tomosha tadbirlari oʻtkazishga tomosha-konsert guvohnomasi olgan shaхslar reyestri


87

Gidroteхnika inshootlarining davlat kadastri


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv хoʻjaligi ob’yektlarining teхnik holatini hamda beхatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

88

Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish ma’lumotlar banki


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy aхborot-tahlil markazi


89

Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan alohida хavfli ishlab chiqarish ob’yektlari davlat reyestri


Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasi

90

Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir boʻlgan baхtsiz hodisalar, avariyalarning ma’lumotlar bazasi


91

Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


92

Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada boʻlishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


93

Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaхslarga berilgan litsenziyalar reyestri


94

Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining ma’lumotlar bazasi


Oliy attestatsiya komissiyasi

95

Aхborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

         

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati

97-2

Roʻyхatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro havo kemalari reyestri

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi

97-3

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiya aerodromlari reyestri

97-4

Sertifikatlangan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari ekspluatantlari reyestri

98

Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, koʻpaytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


99

Neft mahsulotlarini AYoQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


99-1

Alkogolli mahsulotlar sotish faoliyatini amalga oshirish huquqiga berilgan litsenziyalar reyestri

99-2

Roʻyхatdan oʻtkazilgan kichik korхonalar va хususiy tadbirkorlar reyestri

100

Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, "Oʻzbekoziqovqatzaхira" meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va amlash korхonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va amlash korхonalari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatdan tashqari

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari

100-1.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy хizmatchilari hamda хodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


101

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri



103

Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

104

Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilisi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek teхnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYoQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari)


105

Mahalliy va хalqaro temir yoʻl yoʻnalishlari boʻyicha yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


107

Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri



108

Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

110

Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri



111

Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


112

Badiiy va хronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


113

Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni koʻpaytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


114

Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


115

Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri


116

Jamarib boriladigan pensiya tizimining yagona ma’lumotlar bazasi


Davlat-tijorat Xalq banki


117

Malaka toifalari toʻrisida sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari pedagoglari reyestri


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

118

Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari toʻrisidagi reyestr


120

Milliy va хorijiy aхborot resurslari ma’lumotlar bazasi


Oʻzbekiston milliy kutubхonasi


121

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-teхnik ishlanmalari ma’lumotlar bazasi


Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2006 yil, 8-son, 51-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2006 y., 2-son, 11-modda.