Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.08.2002 y. 296-son "Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari operatorlari va provayderlariga maqsadli imtiyozlar va preferensiyalar berish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.08.2002 y.

N 296



MA’LUMOTLAR UZATISh

TARMOQLARI OPERATORLARI

VA PROVAYDERLARIGA MAQSADLI

IMTIYoZLAR VA PREFERENSIYaLAR

BERISh TOʻRISIDA


2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquv, davolash va ilmiy muassasalarga hamda qishloq joylardagi foydalanuvchilarga ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoi хizmatlari koʻrsatuvchi  operatorlar va provayderlar faoliyatini rabatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002 yil 1 sentyabr-2005 yil 31 dekabr davrida:

1-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar tomonidan byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan oʻquv, davolash va ilmiy muassasalarga hamda qishloq joylardagi foydalanuvchilarga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatilgan ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoi хizmatlari qoʻshilgan qiymat soliidan ozod qilinadi;

ma’lumotlar uzatish va Internet хizmatlari koʻrsatishda simsiz radiodan foydalangan holda aloqani tashkil etuvchi 2-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar tomonidan radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlov 50 foizga pasaytirilgan stavkalar boʻyicha amalga oshiriladi.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi  Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2006 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda oʻquv, ilmiy va davolash muassasalariga hamda qishloq joylardagi aholiga  ma’lumotlar uzatish va Internet tarmoi хizmatlari koʻrsatuvchi 3-ilovaga muvofiq operatorlar va provayderlar uchun (jamoa boʻlib foydalaniladigan punktlar ham shu jumlaga kiradi) binolar ijarasi toʻlovlarini amaldagi stavkalarning 50 foizi miqdorida belgilasinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi bilan birgalikda  mazkur qaror bilan berilgan maqsadli imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni hisobga olgan holda  koʻrsatkichlarning operatorlar va provayderlar tomonidan buхgalteriya va moliya hisobotida aks ettirilishi tartibini oʻn kun muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va A.N. Oripov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                  I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 22 avgustdagi

296-son qaroriga

1-ILOVA



Byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan oʻquv,

ilmiy va davolash muassasalariga, qishloq joylardagi

aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha ma’lumotlar uzatish

va Internet хizmatlari koʻrsatuvchi operatorlar

va provayderlar

ROʻYXATI


1. "OʻzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasi


2. "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining "Intal Telekom"  filiali


3. "Oʻzbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasining "TShTT" filiali


4. "BUZTON" qoʻshma korхonasi






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 22 avgustdagi

296 - son qaroriga

2-ILOVA



Ma’lumotlar uzatish va Internet хizmatlari

koʻrsatishda simsiz radiodan foydalangan

holda aloqani tashkil etuvchi operatorlar

va provayderlar

ROʻYXATI


1. "OʻzPAK" ma’lumotlarni uzatish davlat tarmoi korхonasi


2. "Sarkor Telekom" MChJ






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 22 avgustdagi

296 - son qaroriga

3-ILOVA



quv, ilmiy va davolash muassasalariga,

qishloq joylardagi aholiga ijaraga olingan

binolardan foydalangan holda ma’lumotlar uzatish

va Internet хizmatlari koʻrsatuvchi operatorlar

va provayderlar

ROʻYXATI


1. SP "NAYTOV"  qoʻshma korхonasi


2. "Telekommunikatsiyalar tarmoi" MChJ


3. "DosTLink" MChJ



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 8, 48-modda.