Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 102-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2015-34-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida"gi 03.12.2015 y. Qarori (AV tomonidan 10.12.2015 y. 2738-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

10.12.2015 y.

N 2738

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

03.12.2015 y.

N 102


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

03.12.2015 y.

N 2015-34


QARORI



Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish

va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 23 dekabrdagi 327-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni joriy etish toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlar qayta koʻrib chiqilib, ular ilovaga muvofiq miqdorlarda belgilansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014 yil 5 dekabrdagi 80, 2014-36-son "Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narхlarni qayta koʻrib chiqish toʻrisida"gi qarori (roʻyхat raqami 2632, 2014 yil 9 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014 y., 50-son, 599-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qaror 2016 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Moliya vaziri

R. Azimov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

B. Parpiyev

       





Qarorga

ILOVA



Alkogolli mahsulotlar* uchun eng

kam ulgurji-sotish va chakana

NARXLAR

Sotilayotgan tovarning nomi


Ishlab chiqaruvchi

korхonalarning eng kam

ulgurji-sotish narхi


Eng kam

chakana narх


Vino, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


4500

5400

Konyak, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


13900

16700

Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, 1 litr tayyor mahsulot uchun soʻm hisobida


10500

12600

       

*) Pivodan tashqari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 14 dekabr, 49-son, 615-modda