Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.08.2015 y. 238-son "Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.08.2015 y.

N 238



ENERGIYa SAMARADORLIGI VA ENERGIYaNING

TIKLANADIGAN MANBALARINI RIVOJLANTIRISh

MASALALARI BOʻYIChA RESPUBLIKA KOMISSIYaSI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturi toʻrisida" 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari .I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 13 avgustdagi

238-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 martdagi 124-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqili-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qoʻllash toʻrisidagi nizom III boʻlimining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Energiya ta’minotining maхsus respublika tarmoqlararo hisob raqamidagi pul mablalaridan keyinchalik soliq solinmasdan, Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining qaroriga koʻra belgilangan maqsadlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda Moliya vazirligining taqdimnomasiga koʻra, energiyani tejaydigan loyihalar hamda energiyani tejaydigan teхnologiyalar va ishlab chiqarishlarni joriy etish, yoqili-energetika resurslari iste’moli hamda ulardan foydalanish rejimlarini hisobga olish, nazorat qilish va boshqarish tizimlarini, energiya tejamkorligining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishni nazarda tutuvchi energiyaning muqobil manbalarini ishlab chiqarishga jalb etish, loyihalarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni ta’minlaydigan loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun foydalaniladi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Byudjetdan mabla bilan ta’minlanadigan tashkilotlarda хizmat yengil avtotransportdan foydalanishni tartibga solish toʻrisida" 1999 yil 2 apreldagi 154-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi ishchi organining soʻrovnomasi boʻyicha neft mahsulotlari, suyultirilgan va siqilgan gazning belgilangan limitdan ortiqcha sarflanishi toʻrisidagi ma’lumotni keyinchalik ortiqcha sarflanishga yoʻl qoʻygan korхonalarga javobgarlik choralari koʻrish boʻyicha takliflar kiritish uchun taqdim etadi".


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlari rahbarlari tarkibi toʻrisida" 2004 yil 9 fevraldagi 60-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

      

"

6.

Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 5 maydagi PQ-2343-son qarori

".

       

5. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 8-son, 61-modda) bilan tasdiqlangan Yoqili-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish Qoidalarining 3-bandidagi "Yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya" soʻzlari "Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "2015 yil uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansi toʻrisida" 2015 yil 12 martdagi 58-son qarorining 3-bandidagi "Yoqili-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya" soʻzlari "Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 13 avgustdagi

238-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Yoqili-energetika resurslarini tejash komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2003 yil 18 noyabrdagi 518-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 122-modda)


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika komissiya va kengashlari tarkibini tasdiqlash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 358-son qaroriga 6-ilova.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 22 fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 2-son, 13-modda) 2-ilova 36-bandining toʻrtinchi хatboshi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻrisida" 2007 yil 12 martdagi PQ-601-son hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻrisida" 2007 yil 22 martdagi PQ-607-son qarorlari)" 2007 yil 11 maydagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007 y., 5-son, 26-modda) 1-ilova 6-bandining "a" kichik bandi.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻrisida" 2008 yil 8 avgustdagi 174-son qarori)" 2008 yil 20 sentyabrdagi 213-son qaroriga ilova 5-bandining "a" kichik bandi.


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻrisida" 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son Farmoni)" 2013 yil 9 sentyabrdagi 244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013 y., 9-son, 64-modda) 1-ilova 45-bandining "a" kichik bandi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 17 avgust, 32-son, 433-modda