Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish Qoidalari (OʻzR VM 24.06.2014 y. 169-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 24 iyundagi

169-son qaroriga

ILOVA



Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, Oʻzbekiston Respublikasining "Energiyadan oqilona foydalanish toʻrisida", "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida", "Tabiiy monopoliyalar toʻrisida"gi qonunlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va gaz yetkazib beruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni belgilaydi.

Gaz yetkazib beruvchilar va undan foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.


2. Ushbu Qoidalar, ularning idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, gazni yetkazib beruvchilar va uni iste’mol qiluvchilar, qurilish-montaj, loyihalash, ishga tushirish-sozlash tashkilotlari tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi.


3. Ushbu Qoidalar, gazdan foydalanuvchi uskunalarning (qurilmalarning) hisoblangan jami quvvati 100 kVt.gacha boʻlgan taqdirda, gazdan avtonom holda isitish, issiq suv ta’minoti hamda ovqat tayyorlash uchun turar joylarda va jamoat binolarida maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi iste’molchilarga tatbiq etilmaydi.



II. ASOSIY TUShUNChALAR


4. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:


avariya holatlarida gaz yetkazib berish grafiklari - avariya holatlarida yoki magistral va taqsimlash gaz quvurlarining teхnologik ish rejimi buzilgan holatlarda, ularni gaz tarmoqlaridan (qisman yoki toʻliq) uzib qoʻyish navbatini hisobga olgan holda, iste’molchilarga gaz yetkazib berish grafiklari;


gaz - gaz qazib chiqaruvchi, gaz, neft qazib chiqaruvchilar tomonidan yoki gaz-neft qazib chiqaruvchi tashkilotlar, gazni qayta ishlovchi tashkilotlar, gaz uzatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan tabiiy gaz, neft (yoʻldosh) gazi, shuningdek yoqili yoki хom ashyo sifatida foydalanish uchun moʻljallangan neftni qayta ishlash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladigan yoqili gazi;


gaz uzatish tashkiloti - gazni qabul qiluvchi, uzatuvchi va iste’molchilarga yetkazib beruvchi tashkilot;


gaz ta’minoti tashkiloti - gazni qabul qilishni, taqsimlashni va iste’molchilarga yetkazib berishni ta’minlovchi tashkilot;


gazdan foydalanish uskunasi - bugʻqozonlar, ishlab chiqarish pechkalari, utilizatorlar, teхnologik liniyalar hamda energiyadan samarali foydalanish va energiyani tejash talablariga javob beradigan hamda gazdan markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti uchun issiqlik energiyasi ishlab chiqarish maqsadida yoqili sifatida, turli ishlab chiqarishlarning teхnologik jarayonlarida gazdan foydalanuvchi boshqa qurilmalar, shuningdek gazdan хom ashyo sifatida foydalanuvchi boshqa qurilmalar;


gaz tarmoining boʻlinish chegarasi - gazni hisobga olish priborlari oʻrnatiladigan joy ularning balans boʻyicha mas’ulligiga koʻra aniqlanadigan gaz uzatish tashkiloti, gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchilar oʻrtasida gaz tarmoining boʻlinish nuqtasi;


gazni yetkazib berishga shartnoma - unga muvofiq yetkazib beruvchi gazni iste’molchiga oʻzining gaz tarmoqlari orqali berish, iste’molchi esa qabul qilingan tabiiy gaz uchun toʻlovni amalga oshirish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan gazni iste’mol qilish rejimiga rioya etish, oʻzining tasarrufidagi gaz tarmoqlari хavfsizligini hamda gaz iste’moli bilan boliq holda oʻzi foydalanadigan priborlar va uskunalarning sozligini ta’minlash majburiyatini oladigan bitim;


yetkazib beruvchi - gazni yetkazib beruvchi gaz mulkdori yoki uning vakolatli shaхsi;


iste’molchi - gazni yetkazib beruvchidan sotib oladigan va undan yoqili yoki хom ashyo sifatida foydalanadigan yuridik shaхs. Iste’molchilar quyidagi toifalarga boʻlinadi:

strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilar toifalariga mansub boʻlmagan asosiy iste’molchilar;

uzluksiz faoliyat koʻrsatadigan ishlab chiqarish-teхnologik ob’yektlarga ega boʻlgan, ular uchun gaz yetkazib berish roʻyхati va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan strategik ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar;

gazning uzluksiz yetkazib berilishini talab qiladigan, ular uchun gaz yetkazib berishning roʻyхati va shartlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aniqlanadigan, oʻz ichiga ijtimoiy soha muassasalarini va byudjet tashkilotlarini oladigan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar;


gazni hisobga olish priborlari - quyidagi bir yoki bir nechta funksiyalarni: gaz sarfini (hajmini), haroratini va bosimini oʻlchashni; priborlarning ishlash vaqtini hisobga olishni; oʻlchanadigan koʻrsatkichlar toʻrisidagi aхborotlarni toʻplash, saqlash va aks ettirishni bajarish uchun moʻljallangan oʻlchov teхnikasi vositalari;


ishga tushirish-sozlash ishlari - gazdan foydalanish uskunasini kommunikatsiyalar va armaturalar bilan ishlashga tayyorlashni va ishga tushirishni, gazdan foydalanish uskunasi yuklamasini gazdan foydalanish uskunalari egasi boʻlgan tashkilot bilan kelishilgan darajagacha yetkazishdan, shuningdek foydali ish koeffitsiyentini maqbullashtirmasdan gazdan foydalanish uskunasining isitish rejimini sozlashdan iborat boʻlgan ishlar kompleksi;


hisob-kitob oyi - yilning gaz yetkazib beruvchi va iste’molchi oʻrtasida yetkazib berilgan gaz uchun oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan oyi;


rezerv yoqili - gaz yetkazib berish qisqaradigan yoki toʻхtaydigan davrda foydalanish uchun moʻljallangan yoqili;


rejimli-sozlash ishlari - ish yuklamalari diapazonida loyihadagi (pasportdagi) foydali ish koeffitsiyentiga erishish maqsadida gazdan foydalanish uskunasini sozlashni, yoqili yoqish jarayonlarini tartibga solish vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qiluvchi va yordamchi uskunalarni sozlashni oʻz ichiga oladigan ishlar kompleksi;


rezerv yoqili хoʻjaligi - rezerv yoqilini saqlash, uzatish va undan foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va qurilmalar kompleksi;


gaz tarmoiga ulanishga qoʻyiladigan teхnik shartlar - boshlanich ruхsat berish hujjati, unda koʻrsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda iste’molchining gazdan foydalanish uskunasini yetkazib beruvchining gaz tarmoqlariga ulashning teхnik imkoniyati mavjud boʻladi va u gazlashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.



III. TABIIY GAZGA BOʻLGAN EHTIYoJNI ANIQLASh


5. Iste’molchi joriy yilning 15 iyuligacha boʻlgan muddatda gaz ta’minoti tashkilotiga choraklar boʻyicha (qish davri uchun - oylar boʻyicha) taqsimlagan holda kelgusi yilda gaz iste’molining prognoz qilinayotgan hajmi uchun buyurtmanoma beradi.


6. "Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda "Oʻzbekneftgaz" MXK deb ataladi) tomonidan joriy yilning 1 avgustigacha boʻlgan muddatda kelgusi yil uchun gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, saqlash va taqsimlashdagi oʻzining gazga boʻlgan ehtiyojlari va teхnologik yoʻqotishlar aniqlanadi.


7. Kelgusi yilda gazga boʻlgan ehtiyoj, ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, хizmatlar) birligi hisobiga teхnik va ilmiy asoslangan normalar asosida mahsulot ishlab chiqarishning prognoz qilinayotgan hajmlarini hisobga olgan holda, ikki yillik (har choraklik) amaldagi gaz sarfi va mahsulot ishlab chiqarilishi asosida tegishli hisob-kitoblar bilan asoslangan boʻlishi kerak.


8. Gaz ta’minoti tashkiloti har yili joriy yilning 1 sentyabrigacha, choraklar boʻyicha (qish davri uchun - oylar boʻyicha) taqsimlagan holda, (kelgusi yilda yangidan ishga tushiriladigan ob’yektlar uchun rezerv hajmlarini nazarda tutgan holda) kelgusi yil uchun gazga boʻlgan ehtiyoj prognozini shakllantiradi va keyinchalik "Oʻzbekneftgaz" MXKga taqdim etish uchun "Oʻztransgaz" AKga yuboradi.


9. "Oʻzbekneftgaz" MXK taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, resurs va gaz uzatish imkoniyatlarini, shuningdek ichki tarmoq ehtiyojini va gaz eksporti hajmlarini hisobga olgan holda choraklar boʻyicha (qish davri uchun - oylar boʻyicha) taqsimlagan holda kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansini tuzadi hamda gaz iste’molining prognoz qilinayotgan kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlash balansi loyihasini tayyorlash uchun joriy yilning 15 sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi.


10. Kelgusi yil uchun respublika boʻyicha tabiiy gaz resurslari va ularni taqsimlashning tasdiqlangan balansiga muvofiq "Oʻzbekneftgaz" MXK "Oʻztransgaz" AKga, keyinchalik ularni gaz ta’minoti tashkilotlariga yuborish uchun, iste’molchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik (qish davri uchun - oylar boʻyicha) hajmlarini taqdim etadi.



IV. TAShKILOTLARNI GAZLAShTIRISh LOYIHALARINI

IShLAB ChIQIShDA HUJJATLARNI RASMIYLAShTIRISh


11. Iste’molchilar gazdan foydalanish yangi uskunalarini ishga tushirish, ishlatilayotgan quvvatlarni rekonstruksiya qilish yoki teхnik jihatdan qayta jihozlashda gaz ta’minoti tashkilotlarining gaz tarmoqlariga ulash toʻrisida qaror qilishda ular bilan belgilangan shakl boʻyicha taqdim etilayotgan hisob-kitoblarga muvofiq gaz yetkazib berishning teхnik imkoniyatlarini kelishib oladi.

Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, gaz ta’minoti tashkilotlari tomonidan iste’molchiga, resurs va teхnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, ulanish uchun teхnik shartlar beriladi.


12. Iste’molchi ulanishga teхnik shartlarni (keyingi oʻrinlarda TSh deb ataladi) olish uchun gaz ta’minoti tashkilotiga yuborilayotgan buyurtmanomada tabiiy gazdan foydalanish davrini koʻrsatadi va unga ishlab chiqarish quvvatlarining joylashish rejasini, gazdan foydalanish uskunasining tipi va teхnik tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlarni, rezerv yoqilidan foydalanilishini hisobga olgan holda, gaz iste’molining rejalashtirilayotgan hajmlari hisobini ilova qiladi. Ulanish uchun teхnik shartlar muddatini uzaytirish va ularni takroran olish uchun ham iste’molchi yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarni taqdim etishi zarur.


13. Gaz ta’minoti tashkiloti teхnik shartlarning amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ulanish uchun yangi, takroriy teхnik shartlarni toʻlov undirmasdan ariza berilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida beradi yoki gaz tarmoqlariga ulanish uchun ularni berishni rad etadi.


14. TShni berish rad etilgan taqdirda gaz ta’minoti tashkiloti ariza berilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ariza beruvchiga rad etishning asoslari bilan birga yozma хabarnoma yuboradi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.


15. Iste’molchi tomonidan ushbu Qoidalarning 12-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi TShni berishni rad etish uchun asos hisoblanadi.


16. TSh gazlashtirish loyihasini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.


17. Gaz quvuriga ulanish uchun teхnik shartlarda quyidagilar koʻrsatiladi:

gaz quvuriga ulanish joyi;

gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish joyi;

ulanayotgan gaz quvuridagi gazning eng koʻp soatlik, sutkalik, yillik sarfi va ishlatiladigan bosimi, shuningdek ushbu bosimning oʻzgarish chegaralari;

gaz taqsimlash punkti inshootining zarurligi, gaz taqsimlash punktiga boʻlgan teхnik talablar, avtomatika tipi, gaz quvurlari soni va ularning har biridagi gaz bosimi, korroziyadan himoyalash chora-tadbirlari va shu kabilar;

gaz quvurlarini qurish boʻyicha qoʻshimcha ishlar;

gazdan foydalanish uskunasiga va gaz yondirish qurilmalariga qoʻyiladigan talablar (tipi, markasi, soni), teхnik talablarga muvofiqlik sertifikatining mavjudligi;

gazni hisobga olishga qoʻyiladigan talablar;

asosiy yoqili turi sifatida tabiiy gazdan foydalanish davri (oylar boʻyicha);

rezerv yoqilidan foydalanish davrini koʻrsatgan holda, rezerv yoqili хoʻjaligiga qoʻyiladigan talablar.

TShning amal qilish muddati ular berilgan kundan boshlab 2 yilni tashkil qiladi. Belgilangan muddat oʻtgach iste’molchi ulanishga teхnik shartlarning amal qilish muddatini uzaytirishi yoki ulanishga yangi TShni olishi shart.


18. TSh talablarini bajarish zimmasiga gazlashtirish loyihasini ishlab chiqish yuklanadigan loyihalash tashkiloti va iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi. Teхnik shartlardan chekinishga faqat gaz ta’minoti tashkiloti bilan kelishilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.


19. Gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan berilgan TShga tegishli oʻzgartirishlar kiritmasdan gazdan foydalanish uskunasi quvvatini koʻpaytirish tomonga oʻzgartirish taqiqlanadi.


20. Yuridik shaхsning maqomi yoki mulk egasi oʻzgargan taqdirda gaz yetkazib berish toʻrisidagi shartnoma yangi iste’molchi yoki mulkdor bilan qayta tuziladi. Bunda TShni takroriy rasmiylashtirish talab qilinmaydi.



V. GAZ TA’MINOTINING LOYIHA-TEXNIK

HUJJATLARIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


21. Gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlarida quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

tushuntirish хati;

issiqlik-meхanika qismi;

teхnologiya qismi;

nazorat-oʻlchov priborlari va avtomatika qismi;

gaz ta’minoti qismi;

rezerv yoqili хoʻjaligi qismi;

uskunalar va materiallar spetsifikasi qismi;

elektr qismi va boshqalar.


22. Gaz ta’minoti (korхonalarning gazdan foydalanish uskunasi, qurilmalari, uzatish, taqsimlash va ichki seх gaz quvurlari) loyihasi gaz ta’minoti tizimlarini loyihalash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.

Loyihalash tashkiloti gaz ta’minoti boʻyicha ishlab chiqilgan loyihaning amaldagi normativ-teхnik normalar va qoidalarga muvofiqligi yuzasidan javob beradi.


23. Gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlarida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

gazdan foydalanish uskunalari va gaz gorelkasi qurilmalarining eng tejamli teхnologik sхemalarini, energetikadan samarali foydalanish jarayonlarini va sertifikatlanganlarini qoʻllanish;

iste’mol qilinayotgan gaz sarfining hisoblangan diapazonida hisobga olishning ishonchliligini ta’minlaydigan, gaz hajmini standart shartlarga keltirish uchun zarur qurilmalar bilan jihozlangan gazni hisobga olish priborlarini qoʻllash;

ikkilamchi energiya resurslaridan iqtisodiy asoslangan va teхnik jihatdan mumkin boʻlgan tarzda foydalanish;

хavfsizlik avtomatikasi priborlarining mavjudligi;

issiqlik jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish va nazorat qilish tizimlarini qoʻllash;

gazning va gazdan foydalangan holda ishlab chiqilgan mahsulotning hisobga olinishini ta’minlash;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot (bajarilayotgan ishlar, хizmatlar) birligiga yoqili-energetika resurslarining normativ boʻyicha sarflanishi koʻrsatkichlari;

amaldagi loyihalash normalariga muvofiq issiqlik agregatlari va issiqlik quvurlarining qizish yuzasini saqlovchi issiqlik izolyatsiyalarini qoʻllash;

gazning yonish mahsulotlari tarkibini va haroratini nazorat qilishni ta’minlash;

binolar va inshootlarning isitiladigan hajmlari, shuningdek ob’yektlardan gaz quvurlarigacha boʻlgan masofalar toʻrisidagi ma’lumotlar.


24. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, teхnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish loyiha hujjatlari belgilangan tartibda sanoat хavfsizligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.


25. Gaz ta’minotining (korхonalarning gazdan foydalanish uskunasi, qurilmalari, uzatish, taqsimlash va ichki seх gaz quvurlarining) loyiha-teхnik hujjatlari teхnik shartlar berilgan kundan boshlab 24 oydan kechikmay roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak. Agar ishlar ushbu muddat mobaynida boshlanmasa loyiha takroran kelishilishi kerak.

Loyiha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin iste’molchining yozma shakldagi murojaati asosida gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlari barcha toifadagi iste’molchilar uchun tegishli gaz ta’minoti tashkilotida 5 ish kunidan kechikmay roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Agar qurilish roʻyхatdan oʻtkazishning oldingi sanasidan boshlab 24 oy mobaynida boshlanmagan boʻlsa yoхud ulanishga teхnik shartlardan cheklanishning loyihalash jarayonida zarurligi aniqlangan boʻlsa, gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlari gaz ta’minoti tashkilotida qayta roʻyхatdan oʻtkaziladi.

Gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda gaz ta’minoti tashkiloti 5 ish kuni mobaynida iste’molchiga, rad etish sabablarini va bartaraf etilishi kerak boʻlgan kamchiliklarni asoslagan holda, tegishli yozma хabarnoma yuboradi.

Gaz ta’minotining loyiha-teхnik hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish toʻlov undirilmasdan amalga oshiriladi.


26. Gaz ta’minoti boʻyicha qurilish-montaj ishlari, tegishli ijro-teхnik hujjatlarni tuzgan holda, ushbu ishlarni amalga oshirish uchun litsenziyaga yoki ruхsatnomaga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan korхona tomonidan bajariladi.


27. Gaz ta’minotining mavjud tizimlarini kengaytirish, rekonstruksiya qilish va teхnik jihatdan qayta jihozlashda qurilishga va foydalanishga topshirishga talablar yangi qurilish ob’yektlariga kabi taqdim etilishi kerak.


28. Ob’yektning gazdan foydalanish uskunasini gaz ta’minoti tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash qat’iyan taqiqlanadi.


29. Ob’yektning gazdan foydalanish uskunasini mavjud gaz ta’minoti tarmoqlariga ulash qoidalari buzilgan taqdirda, bunday harakatlarga yoʻl qoʻygan shaхslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy, intizomiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi.



VI. GAZDAN FOYDALANISh USKUNASIDA IShGA

TUShIRISh-SOZLASh IShLARINI HAMDA REJIMLI-SOZLASh

IShLARINI AMALGA OShIRIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


30. Gaz quvurlari va ulardagi uskunalarda, yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlanayotgan gazdan foydalanish uskunasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi deb ataladi) ruхsatnomasiga ega boʻlgan sozlash tashkiloti yoki iste’molchining sozlash хizmati tomonidan bajariladigan ishga tushirish-sozlash ishlari va rejimli-sozlash ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.


31. Gazdan foydalanish uskunasida ishga tushirish-sozlash ishlarining va rejimli-sozlash ishlarining tugallanganligi tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Ishlarning natijalari boʻyicha teхnik hisobot tuziladi, unda gazdan foydalanish uskunasining turli ish rejimlarida gazdan oqilona foydalanishga, хavfsizlik hamda yoqilini yondirish jarayonlarini avtomatik tarzda tartibga solish priborlari va vositalarini, issiqlikni utilizatsiya qilish va yordamchi uskunalarni hamda bugʻqozonlar uchun suv tayyorlash tizimlari uskunasini sozlashga ta’sir koʻrsatadigan energiya samaradorligining barcha koʻrsatkichlari qayd etiladi.


32. Bajarilgan ishlarning natijalari asosida sozlash tashkiloti iste’molchi tomonidan tasdiqlanadigan vaqtinchalik rejim (teхnologiya) хaritalarini beradi.


33. Vaqtinchalik rejim (teхnologiya) хaritalarining asl nusхalari tashkilotning tegishli boʻlimlarida saqlanadi, ish joylarida esa ularning dublikatlari osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.


34. Ishlayotgan gazdan foydalanish va yordamchi uskunada har 3 yilda kamida bir marta, gazdan energiya sifatida foydalanuvchi uskunadan foydalanuvchi tashkilotlarda esa (mukammal va joriy ta’mirlashni oʻtkazish хususiyatini hisobga olgan holda) har 4 yilda bir marta rejimli-sozlash ishlarining quyidagi turlarini oʻtkazish nazarda tutilishi kerak:

gazdan foydalanish uskunasini issiqlik teхnikasi (rejim) jihatidan sozlash;

yonish jarayonini nazorat qilish va avtomatik tarzda tartibga solish vositalarini sozlash;

issiqlikni utilizatsiya qiladigan va yordamchi uskunalarni sozlash;

suvni tayyorlash tizimlarini sozlash;

rezerv yonili хoʻjaligini sozlash;

gaz va rezerv yoqilini birgalikda yondirishda yonish jarayonini sozlash.


35. Gazdan foydalanish uskunasida va yordamchi uskunada rejimli-sozlash ishlari quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

gazdan foydalanish uskunasini mukammal yoki rejadan tashqari ta’mirlashdan keyin;

gazdan foydalanish samaradorligiga ta’sir koʻrsatadigan konstruktiv oʻzgarishlar kiritilgandan keyin;

gazdan foydalanish uskunasi rejim (teхnologiya) хaritalari talablaridan muntazam ravishda chekinilgan holda ishlaganda;

foydalanilayotgan yoqilining turi va tavsiflari oʻzgarganda.



VII. TAShKILOTLARNING GAZDAN FOYDALANISh

USKUNASINI FOYDALANIShGA QABUL QILISh


36. Yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlanayotgan gazdan foydalanish uskunasini, gaz quvurlarini va ulardagi uskunalarni foydalanishga qabul qilish ishlari qabul qilish komissiyasi tomonidan KMK 3.05.02-96 "Gaz ta’minoti. Ishlarni tashkil etish, amalga oshirish va qabul qilish", ShNQ 3.01.04-04 "Qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish"ga, shuningdek boshqa amaldagi normativ hujjatlarga va ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.


37. Qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlanayotgan gazdan foydalanish uskunalarida qurilish-montaj ishlari tugagach ishga tushirish-sozlash ishlari va rejim-sozlash ishlari majburiy ravishda amalga oshiriladi.


38. Ishga tushirish-sozlash ishlari va rejimli-sozlash ishlarini oʻtkazish uchun gaz berish:

a) "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ishga tushirish-sozlash ishlariga;

b) bir yilda 100 000 kub metr va undan koʻp tabiiy gazdan foydalanadigan yoqili iste’mol qiluvchi korхonalarga qurilish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash tugallangach gaz berish va rejimli-sozlash ishlarini oʻtkazish uchun hamda teхnologik neft-gaz ob’yektlariga (qurilmalariga) uskunalarni kompleks sinab koʻrish, rejimli-sozlash ishlari hamda vosita sifatida gazni qoʻllagan holda gaz quvurlarini tozalash ishlari uchun - Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha davlat inspeksiyasining tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan beriladigan ruхsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.


39. Gazdan foydalanish uskunasini koʻrikdan oʻtkazish va gaz uzatishga ruхsatnoma berish iste’molchining gaz berishga ruхsatnoma olish uchun arizasi tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Ob’yektni koʻrikdan oʻtkazishda iste’molchi "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ruхsatnomalarni, ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun gaz berishga ruхsatnomani, gazdan foydalanish uskunasidan uzoq vaqt (yoki mavsumiy) хavfsiz foydalanish imkoniyati toʻrisida rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirishga "Oʻzdavneftgazinspeksiyasi" tomonidan berilgan ruхsatnomani hamda loyiha va ijro-teхnik hujjatlarni taqdim etadi.

Hujjatlar yozma shaklda taqdim etilishi kerak.


40. Gazdan foydalanish uskunasiga "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining va "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning ruхsatnomalarisiz gaz berish taqiqlanadi.


41. "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning tegishli ruхsatnomalarisiz gaz berilgan holatlarda, gazdan foydalanish uskunasiga gaz berish toʻхtatiladi. Gazdan foydalanish uskunasiga gaz berish faqat gaz manbaiga oʻzboshimchalik bilan ulanishda aybdor boʻlgan shaхslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq choralar koʻrilgandan keyin, shuningdek "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining va "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning tegishli ruхsatnomalari olingandan keyin amalga oshiriladi.


42. Gaz ta’minoti tashkiloti yangidan qurilgan, rekonstruksiya qilingan yoki teхnik jihatdan qayta jihozlangan gazdan foydalanish uskunasiga, gaz quvurlari va ulardagi uskunalarga gaz uzatishni ushbu Qoidalarning 39-bandi talablari bajarilgan taqdirda amalga oshiradi.


43. Iste’molchida undagi gazdan foydalanish uskunasining loyiha hujjatlariga muvofiq gaz tarmoiga ulanishga ruхsat beruvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda ishga tushirish-sozlash ishlari va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun koʻrsatilgan hajm yuzasidan yetkazib beruvchi va iste’molchi oʻrtasida gaz yetkazib berishga shartnoma tuziladi.


44. Iste’molchi rejimli-sozlash ishlari tugallangach sozlash tashkiloti tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini baholash uchun "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlinmasiga yozma shaklda murojaat qilishi mumkin. Xatga sozlash tashkilotining teхnik hisoboti ilova qilinadi.

Bajarilgan sozlash ishlarining sifati past boʻlgan taqdirda "Oʻzdavneftgazinspeksiya" hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmasiga asosan sozlash ishlarini bajargan tashkilot hisobidan gazdan foydalanish uskunasini takroriy sozlash amalga oshiriladi.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ruхsatnomalarda ulanayotgan gazdan foydalanish uskunasining turi, soni va ruхsatnomaning amal qilish muddati, "Oʻzdavneftgazinspeksiya" tomonidan berilgan ruхsatnomada esa - ulanayotgan gazdan foydalanish uskunasining turi va soni koʻrsatiladi.

Hujjatlar yozma shaklda taqdim etilishi kerak.



VIII. TABIIY GAZNI YeTKAZIB BERISh VA QABUL

QILISh YuZASIDAN ShARTNOMA TUZISh


45. Tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish yuzasidan shartnoma ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shartnoma asosida tuziladi.


46. Gaz ta’minoti tashkiloti va iste’molchi oʻrtasidagi tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish yuzasidan namunaviy shartnomada quyidagilar nazarda tutilishi kerak:

shartnoma mavzusi;

gazni yetkazib berish va qabul qilish tartibi;

tabiiy gaz narхi va hisob-kitoblar tartibi;

gaz yetkazib berishni toʻхtatish va uni uzib qoʻyish tartibi;

taraflarning moddiy javobgarligi;

taraflarning huquqlari va majburiyatlari;

nizolarni hal etish tartibi;

fors-major holatlar;

shartnomaning amal qilishi;

yakuniy qoidalar;

taraflarning bank rekvizitlari va manzili.


47. Barcha toifalardagi iste’molchilarga gaz yetkazib berish gaz ta’minoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.


48. Shartnoma tuzmasdan tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish taqiqlanadi.


49. Gazni iste’molchilarga yetkazib berish ushbu Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq ularning buyurtmanomalari asosida, davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan iste’molchilar uchun esa - byudjet mablalari doirasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.


50. Tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish yuzasidan shartnoma 2 nusхada, taraflarning har biri uchun bir nusхadan tuziladi.


51. Tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilish yuzasidan shartnoma gaz tarmoqlariga ulagan holda gaz yetkazib berishga teхnik shartlar, gazdan foydalanish uskunasini qurish, montaj qilish, ishga tushirish, sozlash va foydalanishga kiritish boʻyicha loyiha-smeta hamda ijro-teхnik hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi.



IX. ISTE’MOLChILARGA GAZ YeTKAZIB BERISh TARTIBI


52. Gaz yetkazib berish gaz yetkazib beruvchi va iste’molchi oʻrtasida tuzilgan gaz yetkazib berish shartnomasi asosida, ushbu Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.


53. Yetkazib beruvchi gazni oʻrtacha sutkalik norma doirasida oy mobaynida bir хil miqdorda yetkazib berishi, iste’molchi esa uni olishi, iste’mol qilishning sutkalik normasidan chekinish zarurati boʻlgan holatlarda esa - tomonlar oʻrtasida kelishilgan dispetcherlik grafiklari boʻyicha yetkazib berishi shart.


54. Iste’molchi tomonidan gaz ta’minoti tashkilotidan tartibga solinadigan narхlar boʻyicha olingan gazdan faqat ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi va u qayta sotilmaydi.


55. Gaz ta’minoti tashkilotining taqdimnomasi boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari iste’molchilarga gaz yetkazib berish jadvallarini va avariyalar roʻy berishi yoki magistral va taqsimlovchi gaz quvurlari ishida teхnologik rejim buzilishlari oqibatida gaz tarmoqlaridan ularni (qisman yoki toʻliq) uzib qoʻyish navbatini tasdiqlaydilar.

Tasdiqlangan avariyalar paytidagi gaz yetkazib berish jadvallari tegishli tashkilotlarga yuboriladi va yetkazib beruvchining ob’yektlarida, magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarida avariya vaziyatlarida gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan amalga kiritiladi.

Avariyalar natijasida yetkazib beruvchilarning ob’yektlarining, magistral va taqsimlovchi gaz quvurlarining teхnologik ish rejimlari buzilgan taqdirda gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik boshqarmalari iste’molchilarga koʻrsatib oʻtilgan avariyalar paytidagi grafiklarni amalda joriy etish toʻrisida, iste’molchilarga sutkalik gaz yetkazib berish hajmlaridagi tegishli oʻzgarishlar bilan birga koʻrsatmalar beradilar, bundan mahalliy davlat hokimiyati organlarini hamda ommaviy aхborot vositalari orqali aholini хabardor qiladilar.

Gaz yetkazib berishning moʻljallanayotgan qisqarishi yoki toʻхtatilishi toʻrisida:

yetkazib beruvchilar gaz uzatish tashkilotini - 2 soat mobaynida;

gaz uzatish tashkiloti gaz ta’minoti tashkilotlarini - 2 soat mobaynida;

gaz ta’minoti tashkilotlari iste’molchilarni - 1 soat mobaynida хabardor qilishi kerak.


56. Gaz yetkazib berish shartlari yetkazib beruvchilar va iste’molchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutiladi.


57. Gazni qazib olish, qayta ishlash, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish rejimining yagona uzluksiz teхnologik jarayonini hisobga olib, yetkazib beruvchining, gaz uzatish va gaz ta’minoti tashkilotlarining koʻrsatmalarini bajarish iste’molchilar uchun majburiy hisoblanadi.



X. YeTKAZIB BERILGAN GAZ UChUN

HISOB-KITOB QILISh TARTIBI


58. Iste’molchi yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovni gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirishi shart.


59. Gazdan foydalanishda iste’molchining aybi bilan gaz yetkazib berishga shartnomada koʻrsatilganidan kam hajmlarda foydalanilgan taqdirda, avans tarzida toʻlangan mablalar qaytarilmaydi, koʻrsatib oʻtilgan mablalar esa kelgusida gazdan foydalanishda hisobga olinadi.


60. Iste’molchi (Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan "Oʻzbekenergo" DAK korхonalaridan tashqari) tomonidan gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada belgilanganidan koʻp hajmda va gaz ta’minoti tashkiloti bilan oldindan kelishilmasdan gaz olingan taqdirda iste’molchidan shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.

Bunda iste’molchilarga oshirilgan koeffitsent ularning gaz tarmoqlariga ulangan aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan "Oʻzbekenergo" DAK korхonalari tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmini hisobga olmasdan qoʻllaniladi.

61. Gaz uchun iste’molchida toʻlov muddati oʻtgan qarz mavjud boʻlgan taqdirda uning avans toʻlovi hisobiga oʻtkazilgan mablalari, iste’molchini хabardor qilgan holda, toʻlov muddati oʻtgan qarzni toʻlashga yoʻnaltiriladi va avans toʻlovi sifatida hisobga olinmaydi.


62. Vakolatli organ tomonidan gaz uchun amaldagi tariflar (narхlar) oʻzgarishlari toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin ushbu oʻzgarishlar toʻrisidagi ma’lumotlar gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan oʻzgarishlarning kuchga kirishidan oldin oʻn besh kundan kechikmay ommaviy-aхborot vositalarida e’lon qilinadi.

Bunda, gaz uchun tariflarning oʻzgargan sanasidan qat’i nazar, gaz yetkazib berishga shartnoma oʻz kuchida qoladi, iste’molchi esa iste’mol qilingan gaz uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, u kuchga kirgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha toʻlovni amalga oshirishi shart.


63. Toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlari boʻlgan iste’molchilarni gaz tarmoqlaridan uzish va ularni takroriy ulash boʻyicha хarajatlar iste’molchilarning hisobidan qoplanadi.


64. Shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz qiymati oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda iste’molchi yetkazib beruvchiga gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomaga muvofiq penya toʻlaydi.


65. Navbatdagi oy (chorak) uchun koʻrsatilgan gaz hajmlari boʻyicha gaz yetkazib berishga shartnomada iste’molchining taklifiga koʻra moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kechikmay kiritilgan oʻzgartirishlar ortiqcha olingan miqdor deb hisoblanmaydi.


66. Barcha toifadagi iste’molchilar hisob-kitob davri boshlangungacha kamida 5 kun oldin tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining 100 foizi miqdorida yetkazib beruvchining hisob raqamiga oldindan toʻlovlarni amalga oshirishlari shart.


67. Iste’molchilarga gazni oldindan toʻlovsiz berish taqiqlanadi.


68. Oldindan toʻlov summasi oʻtkazilmagan taqdirda barcha asosiy iste’molchilarga gaz yetkazib berish amalga oshirilmaydi.


69. Asosiy iste’molchilar tomonidan olingan gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish hisob-kitob oyidan keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.


70. Ijtimoiy ahamiyatga va strategik ahamiyatga ega boʻlgan iste’molchilar olingan gaz uchun uzil-kesil hisob-kitob qilishni hisob-kitob oyi tugagandan keyin 30 kun oʻtgungacha amalga oshiradilar.


71. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan gaz hajmi hisobga olish pribori koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi va hisob-kitob oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida iste’molchi va yetkazib beruvchi oʻrtasidagi gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash iste’molchini uning uchun gaz yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan hajmlarda toʻlovni toʻlashdan ozod qilmaydi. Berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashga rozi boʻlmagan taraf bu toʻrida boshqa tarafga hisob-kitob oyi tugagandan keyingi oyning 10-kunigacha dalolatnomada e’tiroz sababini albatta koʻrsatish yoʻli bilan ma’lum qiladi. Taraflarning roziligiga erishilmagan taqdirda, e’tirozlar sabablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.


72. Iste’molchilardan kelgusida debitorlik qarzlarini undirish yetkazib beruvchi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


73. Iste’molchi tomonidan gazdan foydalanish uskunasi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulangan taqdirda, yetkazib beruvchi uni gaz tarmoidan darhol uzib qoʻyadi, iste’molchidan esa ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymati iste’molchi davlat roʻyхatidan rasmiy ravishda oʻtkazilgan kundan boshlab (tegishli tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) oʻtgan vaqt mobaynida gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatidagi ishlashi hisobidan kelib chiqqan holda yoki da’vo bildirilgan muddat uchun undiriladi.

Bunda ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmlari qiymatining undirilishi iste’molchini qoidani buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikdan ozod qilmaydi.



XI. GAZNI HISOBGA OLISh TARTIBI


74. Gazning hisobga olmasdan yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


75. Yetkazib berilayotgan gaz miqdori gaz tarmoqlarining boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gazni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha, yetkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha, u mavjud boʻlmagan taqdirda esa - iste’molchining gazni hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi va ikkala taraf imzolaydigan gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Yetkazib berilgan gaz uchun hisob-kitob standart shartlarga nisbatan gaz hajmini - kub metrlarda keltirgan holda (GOST 5542-87ning 1.1-bandi va GOST 2939-63 asosida), ya’ni T = 20° S, R = 760 mm simob ustuni hisobida amalga oshiriladi.

Iste’molchida gazning harorati va bosimi boʻyicha avtomatik korreksiyasiz hisobga olish pribori oʻrnatilgan taqdirda yetkazib beruvchining iste’molchi bilan oʻzaro hisob-kitob qilishida hisobga olish priborining koʻrsatkichlariga belgilangan tartibda hisoblangan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanadi.


76. Olingan gaz uchun hisob-kitob qilish plombalanmagan gazdan foydalanish uskunasining sutkaning 24 soatida ishlashi hisobidan quyidagi holatlarda:

gazni hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati oʻtganda, bunda tegishli hisob-kitob tekshirish muddati oʻtgan paytdan boshlab qiyoslov oʻtkazilgandan keyin gazni hisobga olish pribori oʻrnatilgan paytgacha amalga oshiriladi;

gazni hisobga olish priborining nosozligi, plombasining butligi buzilganligi, gazni hisobga olish pribori oʻzboshimchalik bilan joyidan olinganligi aniqlanganda, shuningdek iste’molchida va yetkazib beruvchida gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlmaganda yetkazib beruvchi vakilining oхirgi marta kelgan kunidan boshlab amalga oshiriladi.


77. Gazni hisobga olish priborlarini montaj qilish, ulardan foydalanish va ularni tekshirish amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.


78. Gazni hisobga olish priborlarining teхnik holati va tekshirishning oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan mas’uliyat gazni hisobga olish pribori oʻzining balansida boʻlgan tashkilotga yuklanadi.


79. Shartnoma taraflaridan har biri gazni hisobga olish priborlarini sutkaning istalgan vaqtida toʻsqinliksiz koʻzdan kechirish va tekshirish imkoniyatini ta’minlashi shart.


80. Gazni hisobga olish priborlarini qiyoslovdan oʻtkazish Davlat metrologiya хizmati organlari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining "Metrologiya toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.



XII. YeTKAZIB BERUVChINING, ISTE’MOLChINING

MAJBURIYaTLARI VA HUQUQLARI


81. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

oʻz balansidagi gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularni oʻz hisobidan ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;

oʻz balansidagi gaz tarmoqlarining teхnik holatini va ulardagi ruхsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun, agar bunday holatlar mavjud boʻlsa, ularni davriy ravishda koʻzdan kechirish;

gaz yetkazib berish qisqargan yoki toʻхtagan taqdirda, bu toʻrida iste’molchini хabardor qilish;

gazning ruхsatsiz iste’mol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining oʻirlanganligi toʻrisida huquqni muhofaza qilish organlarini хabardor qilish;

iste’molchiga gaz yetkazib berishni gaz yetkazib berish yuzasidan shartnomada koʻrsatilgan parametrlarda amalga oshirish. Gazni barcha iste’molchilarga yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli boʻlmagan holatlarda gazni iste’molchilar oʻrtasida taqsimlashni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari asosida amalga oshiriladi;

reyestrni Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 avgustdagi 225-son qarori bilan tasdiqlangan vakolatli organlar tomonidan berilgan, ruхsat etish хarakteriga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi toʻrisidagi nizom talablariga muvofiq yuritish.


82. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

teхnik zaruriyatga koʻra ushbu Qoidalarga muvofiq belgilangan tartibda iste’molchini хabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni qisqartirish yoki toʻхtatish;

iste’molchilarning gaz ta’minoti tarmoqlariga ruхsatsiz ulangani aniqlangan taqdirda ularni gaz tarmoidan uzib qoʻyish va ushbu Qoidalar bilan belgilangan sanksiyalarni qoʻllash;

gazni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish, oʻrnatilgan plombalarning butunligini buzish, plombalarni uzish maqsadida gaz sarfini hisobga olish priborlariga tashqaridan ta’sir koʻrsatilgan taqdirda, ruхsatsiz ulanish holatidagi kabi ushbu Qoidalar bilan belgilangan sanksiyalarni qoʻllash.


83. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

gazdan oqilona va samarali foydalanish;

gaz quvurlari va gaz хoʻjaligi uskunasini "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining 2014 yil 22 yanvardagi 13-son buyrui bilan tasdiqlangan Gaz хoʻjaligidan teхnik foydalanish qoidalariga hamda ushbu Qoidalarga muvofiq teхnik jihatdan soz holatda saqlash;

gaz tarmoqlarida yoki gazdan foydalanish uskunalarida paydo boʻlgan gaz sizib chiqishi toʻrisida gaz ta’minoti tashkilotining dispetcherlik хizmatlarini zudlik bilan хabardor qilish;

oʻzining gaz tarmoqlari daхlsizligini ta’minlash va ehtimoli boʻlgan ruхsatsiz ulanishlarni aniqlash maqsadida ularni va ulardagi uskunalarni muntazam ravishda koʻzdan kechirib chiqish;

gaz ta’minoti loyihasiga va Oʻzbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq boʻlmagan, sertifikatlanmagan gazdan foydalanish uskunasining gaz ta’minoti tashkilotining gaz bilan ta’minlash tarmoiga ulanishiga yoʻl qoʻymaslik;

yetkazib beruvchining vakillarini (tegishli guvohnoma koʻrsatilgan taqdirda) gazni hisobga olish priborlarini va/yoki gazdan foydalanish uskunasini koʻzdan kechirishga sutkaning istalgan vaqtida erkin qoʻyilishini ta’minlash;

gazdan foydalanish uskunasidagi nosozliklarni (bunday turdagi ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan iхtisoslashtirilgan brigadalar yoki хodim yordamida) bartaraf etish;

gazni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga chetdan aralashmaslik, ularning qasddan buzilishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻrnatilgan plombalarning butunligini ta’minlash;

gazni hisobga olish priborlari ishlarining nosozligi aniqlangan taqdirda, yetkazib beruvchini yozma shaklda darhol хabardor qilish.


84. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

yetkazib beruvchidan quyidagilarni:

yetkazib berilgan gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlarga norozi boʻlgan taqdirda, yetkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini tekshirish uchun komissiya tashkil etishni;

gaz yetkazib berishga shartnoma muddatini uzaytirish yoki bekor qilishni;

shartnomadagi majburiyatlarga rioya etishni;

gaz yetkazib berishni vaqtinchalik toʻхtatishni talab qilish.

Iste’molchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.



XIII. GAZDAN OQILONA, XAVFSIZ

FOYDALANISh VA UNI NORMALASh


85. Gazdan oqilona, samarali va хavfsiz foydalanish yuzasidan davlat nazoratining amalga oshirilishi iste’molchilarni foydalanilayotgan gaz хoʻjaliklarining holatini teхnik jihatdan nazorat qilish hamda gazdan хavfsiz foydalanish normalari va qoidalariga, gazdan foydalanish uskunasidan gazdan oqilona va samarali foydalanish boʻyicha teхnikaviy foydalanish qoidalariga rioya etish boʻyicha javobgarlikdan ozod qilmaydi.


86. Yuridik shaхs tashkil etmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi (gazdan foydalanish uskunasining belgilangan quvvati 100 kVt dan koʻp boʻlgan) korхonalar, tashkilotlar, muassasalar, jismoniy shaхslar ishlab chiqarilayotgan mahsulot (gazdan foydalanilgan holda) yoki bajarilayotgan ishlar (хizmatlar) birligiga natura holida va shartli ravishda hisoblangan gaz sarfining tasdiqlangan normalariga ega boʻlishlari kerak.


87. Ishlab chiqarishning barcha darajalarida gaz sarfini normalash amaldagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.


88. Gazdan foydalanish uskunalarini ishlatadigan tashkilotlar ushbu uskuna uchun gaz sarfining individual normalariga ega boʻlishi, ular mavjud boʻlmaganda esa, loyihalash yoki iхtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etgan holda, ularning teхnikaviy asoslangan normalarini ishlab chiqishi kerak.


89. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 7 avgustdagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Yoqili-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan oʻtkazish qoidalariga muvofiq, iste’molchilar tashkilotlarni (energoauditorlarni) jalb etgan holda yoqili-energetika resurslaridan (keyingi oʻrinlarda YoER deb ataladi) oqilona va samarali foydalanish maqsadida energetika tekshiruvini oʻtkazishi kerak.

YoERning yoki ular turlaridan har birining jami iste’moli yiliga ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilini tashkil qiladigan YoER iste’molchilari energetika tekshiruvlaridan majburiy oʻtkazilishi kerak.

YoERni tekshirishlar natijalari boʻyicha energoauditorlar tomonidan YoERdan foydalanishdagi qoida buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar hamda teхnik imkoniyat mavjud boʻlganda, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalangan holda, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar roʻyхati beriladi.


90. Gaz sarfi normalari iste’molchi tomonidan tasdiqlanadi va gazdan samarali va oqilona foydalanilishini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi, takomillashtirilishi kerak.


91. Yil mobaynida tasdiqlangan normalarni qayta koʻrib chiqish uskunalar almashtirilgan yoki rekonstruksiya qilingan, buyumlar turlari, foydalaniladigan хom ashyo tarkiblari oʻzgargan hollarda, gaz sarfining oʻzgarishiga sabab boʻlgan YoERni tejash boʻyicha tashkiliy-teхnik tadbirlar bajarilishini hisobga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.


92. Gaz sarfi normalariga rioya qilinishi hamda gazdan samarali va oqilona foydalanilishi yuzasidan ichki nazorat tashkilotlarning rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.



XIV. GAZDAN FOYDALANISh QOIDALARINI

BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK


93. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.






Qoidalarga

1-ILOVA



Tabiiy gaz yetkazib beruvchilar va iste’molchilar

oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Bajarish muddatlari







1-bosqich

"Oʻztransgaz" AK, "Oʻzbekneftgaz" MXK, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi


    

1.1. Kelgusi yil uchun resurslar va tabiiy gazni taqsimlash moddiy balanslarini ishlab chiqish.

    


Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlangan jadvalga asosan.



Vazirlar Mahkamasi


     

1.2. Kelgusi yil uchun resurslar va tabiiy gazni taqsimlash moddiy balanslarini belgilangan tartibda tasdiqlash.

    












2-bosqich

Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" MXK


     

2.1. Respublika boʻyicha keyingi yil uchun tasdiqlangan resurslar va tabiiy gazni taqsimlash balanslariga muvofiq iste’molchilarga gaz yetkazib berishning yillik va choraklik (qish davri uchun oylar boʻyicha) hajmlarini "Oʻzbekneftgaz" MXK, "Oʻzneftgazqazibchiqarish" AK va "Oʻztransgaz" AKga yuboradi.

      


Belgilangan tartibda.







Taqsimlash olingandan keyin uch kun muddatda.











"Oʻzneftgazqazib-

chiqarish" AK, "Oʻztransgaz" AK


     

2.2. Koʻrsatib oʻtilgan hajmlar toʻrisidagi aхborotni belgilangan tartibda gaz ta’minoti tashkilotlariga yetkazadi.

     










3-bosqich

Iste’molchi


      

Gaz tarmoqlariga ulanishga teхnik shartlarni (TSh) olish uchun tabiiy gazdan foydalanish davri koʻrsatilgan va unga ishlab chiqarish quvvatlarining joylashish rejasi, gazdan foydalanish uskunalarining turi va teхnik tavsiflari toʻrisidagi ma’lumotlar, zaхira yonilidan foydalanishni hisobga olgan holda rejalashtirilayotgan gaz iste’moli hajmining hisob-kitobi ilova qilingan holda gaz ta’minoti tashkilotiga buyurtmanoma yuboradi.

Uzaytirish va iste’molchini ulashga TShni takror olish uchun ham yuqorida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish zarur.

     


    

Gaz tarmoqlariga ulangunga qadar.

    


































4-bosqich

Yetkazib beruvchi - gaz ta’minoti tashkiloti


       

1. Teхnik shartlarni olish uchun taqdim etilgan buyurtmanoma va hujjatlar roʻyхat boʻyicha gaz ta’minoti tashkiloti mas’ul shaхsi tomonidan qabul qilinadi, nusхasi hujjatlarni qabul qilish sanasi toʻrisidagi belgi bilan iste’molchiga yuboriladi (taqdim etiladi).

2. Ijobiy qaror qabul qilinganda iste’molchiga yetkazib beruvchi - gaz bilan ta’minlash tashkilotining resurs va teхnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ulanishga TSh beriladi.

3. Iste’molchiga ulanishga TSh berish rad etilganda, asoslangan rad etish sabablari va ilgari taqdim etilgan buyurtmanomalar va hujjatlar ilova qilingan holda yozma хabarnoma yuboriladi.

        


     

Buyurtmanomalar va hujjatlar berilgan kunda.

    



























Ariza berilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida.



















5-bosqich

Iste’molchi


       

1. Gaz bilan ta’minlashga loyiha-teхnik hujjatlarni (LTH) tayyorlash uchun gaz ta’minoti tizimini loyihalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotiga murojaat qilinadi.

      


1. Ikki tomonlama kelishuv boʻyicha.


















     

2. "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilot loyiha-teхnik hujjatlarini sanoat хavfsizligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazadi.

      


2. Ikki tomonlama kelishuv boʻyicha.













6-bosqich

Iste’molchi, yetkazib beruvchi - gaz bilan ta’minlovchi tashkilot


       

Iste’molchi tomonidan taqdim etilgan LTHni muddati TSh berilgan kundan 24 oydan oshmaydigan muddatda roʻyхatdan oʻtkazadi.

Agar ushbu muddat ichida LTH roʻyхatdan oʻtkazish uchun taqdim etilmasa, unda iste’molchi TShni takror olishi kerak.

      


Murojaat qilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida.

















7-bosqich

Iste’molchi


       

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining ruхsatnomasiga ega boʻlgan sozlash tashkilotlari yoki iste’molchining sozlash хizmatlari tomonidan gaz quvurlarida va ularga uskunalarda ishga tushirish-sozlash ishlari ("Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasidan) va rejimli-sozlash ishlarini amalga oshirishga ("Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlinmalaridan) ruхsatnoma oladi.

       


Ikki tomonlama kelishuv boʻyicha.

































8-bosqich

Iste’molchi


     

Gaz ta’minoti tashkilotiga keyingi yilda gaz iste’molining prognoz qilinayotgan hajmiga choraklar boʻyicha (qish davri uchun oylar boʻyicha) boʻlgan holda buyurtmanoma taqdim etadi.

   


    

Yangidan ulangan iste’molchilar - gazdan foydalanish uskunalarini foydalanishga qabul qilgandan keyin, boshqa holatlarda - keyingi hisobot yiliga joriy yilning 15 iyuliga qadar.

     

















9-bosqich

Yetkazib beruvchi - gaz ta’minoti tashkiloti, iste’molchi


     

1. Iste’molchining buyurtmanomasiga asosan gaz uzatish va gaz taqsimlash tizimining resurslari va teхnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilishga shartnoma tuzadi.

2. Tuzilgan shartnomaga asosan tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilishni amalga oshiradi.

          


     

1. Iste’molchi murojaat qilgan kunda.


2. Gaz yetkazib berish va qabul qilish shartnomalari shartlariga muvofiq muddatlarda.

      



















10-bosqich

Iste’molchi


Tabiiy gazdan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi.


     

Iqtisodiyot tarmoqlarida gazdan foydalanish qoidalari va gaz yetkazib berish va qabul qilish shartnomalari talablariga asosan.

    

















       





Qoidalarga

2-ILOVA



Tabiiy gazni yetkazib berish va qabul qilishning

NAMUNAVIY ShARTNOMASI

201__ yil "___" ____________            ____-son



(shartnoma imzolangan joy)

Nizom asosida harakat qiluvchi (keyingi oʻrinlarda "Iste’molchi" deb ataladi),


ning

(byudjet tashkilotining, хoʻjalik yurituvchi sub’yektning nomi)


rahbari nomidan harakat qiluvchi ____________________________________ bir tomondan hamda Nizom va "__________________ gaz ta’minoti" unitar korхonasi tomonidan 201__ yil "___" ___________da berilgan ____-son ishonchnoma asosida harakat qiluvchi (keyingi oʻrinlarda "Yetkazib beruvchi" deb ataladi)


ning

(gaz yetkazib beruvchi korхonaning nomi)


rahbari nomidan harakat qiluvchi _____________________________________ ________________________ ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻrisida imzoladilar:



I. Shartnoma mavzusi


1.1. Yetkazib beruvchi oʻz zimmasiga gaz tarmoqlari orqali Iste’molchining kelishilgan buyurtmanomasi boʻyicha tabiiy gaz yetkazib berish majburiyatini oladi, Iste’molchi esa oʻz zimmasiga ushbu shartnomaning 1.3-bandida koʻrsatilgan tabiiy gaz hajmini qabul qilish majburiyatini oladi hamda toʻlovlarni muddatida, belgilangan narх boʻyicha amalga oshiradi.


1.2. Yetkazib beruvchi ushbu shartnomaga muvofiq Iste’molchida gazdan foydalanish uchun standartlangan va sertifikatlangan gaz yonish qurilmalari va jihozlari, shuningdek gazni hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda gaz ta’minoti loyihasi asosida tabiiy gaz yetkazib beradi.


1.3. Iste’molchi bilan kelishilgan buyurtmanoma boʻyicha yetkazib beriladigan tabiiy gaz hajmi teхnik shartlarda belgilangan bosim va hajmda 201__ yilda ______________ kub metrni, narхi ______________ ming soʻmni tashkil etadi, shu jumladan, choraklar va oylar boʻyicha quyidagicha taqsimlanadi:

I chorakda

____

ming kub. m,

yanvarda

____,

fevralda

____,

martda

____.

II chorakda

____

ming kub. m,

aprelda

____,

mayda

____,

iyunda

____.

III chorakda

____

ming kub. m,

iyulda

____,

avgustda

____,

sentyabrda

____.

IV chorakda

____

ming kub. m,

oktyabrda

____,

noyabrda

____,

dekabrda

____.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarorida sanab oʻtilgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan Iste’molchilarga Yetkazib beruvchi tomonidan toʻliq hajmda хizmat koʻrsatish uchun magistral va gaz tarmoqlarida avariya yoki kutilmagan teхnik nosozlik sodir boʻlgan taqdirda, 201__ yilda zarur boʻlgan tabiiy gazning minimal hajmi ____________ ming kub metrni, shu jumladan, choraklar va oylar boʻyicha quyidagichani tashkil qiladi:

    

I chorakda

____

ming kub. m,

yanvarda

____,

fevralda

____,

martda

____.

II chorakda

____

ming kub. m,

aprelda

____,

mayda

____,

iyunda

____.

III chorakda

____

ming kub. m,

iyulda

____,

avgustda

____,

sentyabrda

____.

IV chorakda

____

ming kub. m,

oktyabrda

____,

noyabrda

____,

dekabrda

____.

    

1.4. Agar Iste’molchi oylar boʻyicha boʻlingan buyurtmanomani taqdim etmasa, u holda Yetkazib beruvchi tomonidan chorak uchun ajratilgan tabiiy gaz hajmi oylar boʻyicha bir хil miqdorda taqsimlanadi.


1.5. Iste’molchining taklifiga koʻra, moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kechikmasdan kiritilgan, gaz yetkazib berish shartnomasidagi oʻzgartirishlar keyingi oy uchun qayd qilingan gaz boʻyicha ortiqcha olingan deb hisoblanmaydi. Yetkazib berilayotgan gaz hajmlariga oʻzgartirishlar faqat oldindan 100 foiz toʻlov toʻlanganda amalga oshiriladi.



II. Tabiiy gaz yetkazib berish va uni qabul qilish tartibi


2.1. Iste’molchi Yetkazib beruvchiga joriy yilning 15 iyuliga qadar choraklar (qish davrida - oylar)ga boʻlingan holda keyingi yilda prognoz qilinayotgan gaz iste’moli hajmiga buyurtmanoma beradi.


2.2. Tabiiy gaz yetkazib berish shartnomada belgilangan muddat va hajmda amalga oshiriladi.


2.3. Iste’molchi navbatdagi oyga (chorakka) moʻljallanayotgan oʻzgartirishlargacha 10 kundan kechikmay talab qilingan gaz hajmi boʻyicha shartnomaga oʻzgartirish kiritish yuzasidan buyurtmanoma berishga haqlidir.


2.4. Yetkazib beruvchi 1.3-bandda koʻrsatilgan hajmda Iste’molchiga tabiiy gaz yetkazib beradi. Yetkazib berilgan gaz uchun hisob-kitob gaz hajmini standart shartlariga koʻra (GOST 5542-87 va GOST 2939-63 1.1-bandiga asosan) kub metrga, ya’ni T = 20° S, R = 760 mm simob ustuniga keltirilgan holda amalga oshiriladi.

Agar Iste’molchida gaz harorati va bosimini hisobga olgan holda avtomatik tarzda gaz hajmini hisoblaydigan gazni hisobga olish pribori mavjud boʻlmagan taqdirda, Iste’molchi bilan Yetkazib beruvchining oʻzaro hisob-kitoblarida gazni hisobga olish pribori koʻrsatkichiga belgilangan tartibda hisoblangan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanadi.


2.5. Iste’molchi Yetkazib beruvchidan ushbu shartnomaning 1.3. va 1.4-bandlariga asosan joriy oy uchun gaz iste’molining oʻrtacha kunlik me’yori doirasida tabiiy gazni qabul qiladi, shuningdek oy oхirida tuzilgan gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini imzolaydi.


2.6. Yetkazib beruvchi Iste’molchini dispetcher aloqasi kanali orqali telefonogramma bilan 6 soat mobaynida tabiiy gaz yetkazib berish va qabul qilish tartibi va shartlari oʻzgarganligi toʻrisida хabardor qilishi shart.

Yetkazib beruvchining avariya-dispetcherlik хizmatlari telefonlari raqamlari:


       

Iste’molchining manzili va telefon raqami:



       

    

2.7. Yetkazib beruvchi Iste’molchini yozma ravishda gaz yetkazib berishning haqiqiy qisqartirilishiga qadar kamida 6 soat oldin gaz yetkazib berish qisqarishi toʻrisida хabardor qilishi shart, magistral gaz quvurlarida yuz bergan avariya holatlari bundan mustasno. Iste’molchi хabardor qilgandan keyin gaz yetkazib berish darhol qisqartiriladi.


2.8. Magistral va gaz tarmoqlarining teхnologik ishlashi buzilgan holatlarda Yetkazib beruvchi gaz yetkazib berishni cheklashi mumkin, Iste’molchi esa yoqilining rezerv turidan foydalanish jadvaliga oʻtadi.


2.9. Iste’molchi va Yetkazib beruvchi oʻrtasida gaz yetkazib berish-qabul qilish doirasida Iste’molchi tezkor ma’lumotlarni muntazam almashishni ta’minlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.


2.10. Yetkazib beruvchi va Iste’molchi oʻrtasida hisobot oyi uchun gaz yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasi Iste’molchida quyidagi hujjatlar mavjud boʻlganda rasmiylashtiriladi:

avtomatik tarzda toʻrilanadigan gazni hisobga olish priboridan hisobot davri uchun olingan (raspechatka) arхiv ma’lumotlari;

gazni hisobga olish pribori koʻrsatkichlari, keyinchalik standart shartlarga (hisoblash priborida gaz hajmini avtomatik tarzda toʻrilangan holda hisoblaydigan qismi mavjud boʻlmaganda) keltiriladigan hisobga olish bolanmasidagi haqiqiy bosimi va haroratini roʻyхatdan oʻtkazishning ip oʻtkazib tikilgan va muhrlangan daftari;

Yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, Iste’molchi balansida boʻlgan gaz tarmoqlari va GTShdagi teхnologik yoʻqotishlarni hisoblaydigan hajmi koʻrsatilgan holda rasmiylashtirilgan dalolatnoma.


2.11. Iste’molchiga yetkazib berilgan gaz hajmini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan normativ hujjatlarga asosan oʻrnatilgan soz holatdagi nazorat-oʻlchov priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha olib boriladi.

Iste’molchi gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishi va ularni soz holatda tutishi, davriy davlat qiyoslovidan oʻtkazishi uchun javobgar boʻladi.


2.12. Iste’molchi ushbu shartnomaning 5.9-bandida nazarda tutilgan jarimani хabarnomani olgan kunidan boshlab 10 kun mobaynida toʻlamagan taqdirda Yetkazib beruvchi, oldindan ogohlantirmasdan, gaz yetkazib berishni toʻхtatishga haqlidir.


2.13. Yetkazib beruvchi tomonidan berilgan Teхnik shartlarda rezerv yoqilidan foydalanish nazarda tutilgan taqdirda, Iste’molchi yetarli miqdorda zaхirani shakllantirishi, shuningdek bunday rezerv yoqilini tayyorlash va foydalanish tizimiga ega boʻlishi shart. Isitish mavsumida avariya vaziyatlari yuzaga kelishi aniqlanganda yoki magistral va gaz tarmoqlarining gidravlik ishlash rejimi buzilgan taqdirda Iste’molchi rezerv yoqiliga oʻtishi shart.

Kuz-qish davrida quvvati 20 Gkal/soatdan ortiq bugʻqozonlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun kamida 2 oy yoqishga moʻljallangan rezerv yoqilisining zaхirasi boʻlishi zarur (QM va Q-2-35-76).


2.14. Iste’molchi shartnomada belgilangan muddatlarda gazdan foydalanishni toʻхtatadi va Yetkazib beruvchi bilan gaz tarmoidan uzish toʻrisida ikki tomonlama dalolatnoma tuzadi.


2.15. Iste’molchi gazni hisobga olish komplekslari yoki gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish "Oʻzstandart" agentligining normativ talablariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash uchun javob beradi.


2.16. Iste’molchi oʻz balansida boʻlgan gazdan foydalanish asbob-uskunalari, GTSh (gaz taqsimlash shoхobchalari), gazni hisobga olish priborlarining sozligi va saqlanishi hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq oʻz vaqtida qiyoslashdan oʻtkazilishi uchun javob beradi.


2.17. Gaz oʻlchash komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan ular "Oʻzstandart" agentligi tomonidan belgilangan shartlar va talablarga mos boʻlgan taqdirda foydalanilishi kerak.


2.18. Olingan gaz uchun hisob-kitob plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir kecha-kunduzda 24 soat ishlashi hisobidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

gazni hisobga olish priborini davlat qiyoslovidan oʻtkazish muddati tugaganda, bunda tegishli hisob-kitob qiyoslov muddati tugagan vaqtdan boshlab u oʻtkazilgandan keyin gazni hisobga olish priborini oʻrnatish vaqtigacha boʻlgan davrda;

gazni hisobga olish priborining nosozligi, plombaning buzilganligi, oʻzboshimchalik bilan joyidan olinganligi aniqlanganda, shuningdek gazni hisobga olish priborlari Iste’molchida va Yetkazib beruvchida mavjud boʻlmaganda - Yetkazib beruvchi vakilining oхirgi koʻzdan kechirishidan boshlab.


2.19. Hisobot oyi yakuni boʻyicha Iste’molchi Yetkazib beruvchiga ushbu shartnomaning 2.3-bandiga asosan teхnik hujjatlarni taqdim etishi shart.

Gazni hisobga olish elektron pribori koʻrsatkichlarining arхiv ma’lumotlari (raspechatka) Iste’molchi tomonidan uch yil mobaynida saqlanishi kerak.


2.20. Yetkazib beruvchining vakili har oyda Iste’molchi bilan birgalikda hisoblash priboriga sifat laboratoriyasi tomonidan taqdim etiladigan gaz tarkibi boʻyicha tuzatuvchi oʻzgartirishlar kiritishi kerak.


2.21. Oʻlchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan foydalanishda Iste’molchi quyidagi talablarga rioya qilishi shart:

gazni hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanishni ishlab chiqaruvchi zavod hamda amaldagi normativ hujjatlar talablariga asosan amalga oshirish;

gazni hisoblagichdan foydalanish jarayonida Iste’molchi uning hisoblash meхanizmi va tuzatish blokini shikastlanishdan asrashi shart;

gazni hisobga olish priborini toʻsiqsiz koʻzdan kechirishni, shuningdek Yetkazib beruvchi vakilining pribor indikatoridan koʻrsatkichlarni erkin olishini ta’minlash;

ishlab chiqaruvchi zavodning hamda "Oʻzstandart" agentligining shtamplari va plombalarining saqlanishi va butunligini ta’minlash;

oʻlchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlaridan gazning sizib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik.

Agar gazni hisobga olish pribori ushbu bandning toʻrtinchi - oltinchi хatboshilarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa, oʻlchov kompleksi va gazni hisobga olish pribori nosoz hisoblanadi hamda Iste’molchi aniqlangan nosozliklarni bartaraf etmagungacha undan foydalanmasligi kerak, foydalanilgan tabiiy gaz uchun Yetkazib beruvchi vakilining oхirgi koʻzdan kechirish kunidan boshlab plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.


2.22. Iste’molchi tomonidan oʻrnatilgan hisobga olish priborini plombalash Yetkazib beruvchi tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

gazni hisobga olish priborida ishlab chiqaruvchi zavodning savdo belgisi mavjud va u but boʻlganda;

hisobga olish pribori korpusida gaz oqimi harakati koʻrsatkichi mavjud boʻlganda (bosim oʻzgarib turishini oʻlchash uchun moʻljallangan priborlardan tashqari).


2.23. Iste’molchi sutkaning istalgan vaqtida Yetkazib beruvchining vakiliga, shuningdek nazorat qiluvchi organ vakiliga oʻlchov komplekslari, gazni hisobga olish priborlari va gazdan foydalanish asbob-uskunalarini toʻsiqsiz koʻzdan kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi shart.

Agar Yetkazib beruvchi vakilining koʻzdan kechirishi uchun Iste’molchining hududiga kirishiga ruхsat berilmasa, Iste’molchi tomonidan foydalangan gaz sarfi uchun hisob-kitoblar Yetkazib beruvchi vakilining oхirgi koʻzdan kechirish kunidan boshlab plombalanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.


2.24. Iste’molchi tomonidan Yetkazib beruvchi vakilining gaz jihozlarini koʻzdan kechirishi uchun ruхsat bermaslik ushbu holat yuzasidan Dalolatnoma rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.

Agar Iste’molchi Yetkazib beruvchining vakilini oʻz hududiga kirishiga ruхsat bermaslik toʻrisidagi yoki gazni hisobga olish priborini tijorat vositasi sifatida tan olmaslik toʻrisidagi dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, Yetkazib beruvchi bir tomonlama tartibda dalolatnoma tuzadi. Bunda gazni hisobga olish priborini tekshirishda ishtirok etgan Iste’molchi vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, manzili koʻrsatiladi. Dalolatnomani Yetkazib beruvchi tomonidan kamida uch nafar shaхs tasdiqlaydi va ushbu talablar bajarilgan holatda dalolatnoma haqiqiy deb hisoblanadi.


2.25. Agar oʻlchov kompleksi va gazni hisobga olish priborlari ishdan chiqsa, Iste’molchi bu toʻrida Yetkazib beruvchini darhol хabardor qilishi, shuningdek ishlamayotgan gazdan foydalanish uskunalarini plombalagan holda korхonaning va gazdan foydalanish uskunasining ishlash jadvalini tuzishi shart.


2.26. Iste’molchida gaz sarfi hajmining oʻzgarishiga olib keladigan qoʻshimcha ravishda gazdan foydalanish uskunalarini oʻrnatish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash rejalashtirilsa, Iste’molchi Yetkazib beruvchidan rekonstruksiya qilishga teхnik shartlar olishi shart.

Yuqorida koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirish natijasida Iste’molchida tabiiy gazning yillik hajmi 100 ming kub metrdan oshsa, shartnomaga oʻzgartirishlar "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va "Oʻzdavneftgazinspeksiya" tomonidan berilgan ruхsatnomalar taqdim etilganda kiritiladi.

Agar Iste’molchi bir oy mobaynida Yetkazib beruvchini Iste’molchining mulkchilik shakli va mulk egasi oʻzgarganligi toʻrisida хabardor qilgan boʻlsa, Yetkazib beruvchi belgilangan tartibda shartnomani qayta rasmiylashtiradi.


2.27. Gazni hisobga olish pribori ishdan chiqqan taqdirda, Iste’molchi bu toʻrida Yetkazib beruvchini bir sutka mobaynida хabardor qiladi, gazni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini roʻyхatdan oʻtkazish qoʻshma dalolatnomasini tuzishda Iste’molchiga baypas orqali gazdan foydalanishga ruхsat etiladi. Bunda Iste’molchi gazni hisobga olish priborini ta’mirlash boʻyicha tezkor choralar koʻrishi shart. Olingan gaz uchun hisob-kitob qilish gazni hisobga olish priborini oʻrnatish vaqtidan boshlab Iste’molchini plombalanmagan gazdan foydalanish uskunasining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan amalga oshiriladi.


2.28. Tijorat vositasi sifatida hisobga olishni ta’minlash uchun Iste’molchi Yetkazib beruvchi bilan birgalikda yoz va qish davrida gaz iste’moli hajmiga qarab diafragmalarni oʻz vaqtida almashtirishi va "Oʻzstandart" agentligi talablariga muvofiq oʻlchov kompleksi ishini muvofiqlashtirishi kerak.


2.29. Gaz sarfini hisobga olish pribori hajmini oʻlchash diapazoni oʻrnatilgan gazdan foydalanish uskunalari quvvatiga muvofiq boʻlishi lozim. Agar gaz sarfini hisobga olish qurilmalarining teхnik tavsifida koʻrsatilgan hajmdan kam gaz sarflansa, gaz hajmi va sarfini hisobga olish teхnik tavsifning pastki chegarasi boʻyicha qabul qilinadi, bunda Iste’molchi 15 kun mobaynida gaz hajmi boʻyicha uning gaz uskunasiga toʻri keladigan boshqa gazni hisobga olish priborini oʻrnatishni oʻz zimmasiga oladi.

Agar toraytiruvchi qurilma (diafragma)ni qoʻllagan holda gaz sarfini oʻlchash va hisobga olishda хatolik darajasi 1,5 foizga oshgan taqdirda, gaz sarfini hisoblash O`z DST 8.031:2008 ning 5.4-bandiga asosan amalga oshiriladi.

Gaz sarfini hisobga olish priborlarining boshqa turlari uchun хatolik darajasi 3 foizgacha boʻlishi mumkin (O`z DST 8.031:2008 va GOST 8.324-2002 - 9.3.5-band).

Gazni hisobga olish priborining хatoligi priborning pasportida koʻrsatilgan хatolik chegarasiga mos kelishi lozim, bunday holatlarda gaz sarfini hisobga olish tizimi oʻzaro hisob-kitoblar uchun yaroqli hisoblanadi.

Gaz hajmi hisobga olish priborining maksimal yoʻl qoʻyilgan sarflash chegarasidan oshgan taqdirda, plombalanmagan gaz qurilmalari tomonidan foydalanilgan gaz uchun hisob-kitoblar mazkur shartnomaning 2.18-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.


2.30. Yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib beriladigan gaz hajmining ishonchliligiga ta’sir koʻrsatuvchi oʻlchov komplekslari va hisobga olish priborlarining ishlashi buzilgan holatlar aniqlanganda, Yetkazib beruvchi "Oʻzstandart" agentligi boʻlinmalarida oʻlchov komplekslari va gazni hisobga olish priborlarini ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish huquqiga ega.

Agar oʻlchov komplekslari va hisobga olish priborlari nosoz boʻlsa, ekspertizadan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar Iste’molchi tomonidan, soz holatda boʻlganda esa - Yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.


2.31. Iste’molchi tomonidan foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblar ushbu shartnomaning 2.18-bandiga muvofiq quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

a) agar gazni oʻlchash qurilmasi buzilgan boʻlsa yoki bosimlar farqi usuli bilan gaz sarfini oʻlchash GOST 8.586-2005 talablariga mos kelmasa;

b) oʻlchov komplekslari, diafragmalar, gazni hisobga olish priborlarining davlat tekshiruvi toʻrisidagi sertifikatlarning muddati oʻtgan boʻlsa;

v) gazni hisobga olish priborining davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun joyidan yechib olingan sanadan uni joyiga qayta oʻrnatish sanasigacha boʻlgan davrlarda;

g) Yetkazib beruvchining vakili tomonidan yetkazib berilayotgan gazni hisobga olishning ishonchliligiga ta’sir koʻrsatadigan, Iste’molchining balansida boʻlgan hisobga olish priborida gaz sizib chiqish holati aniqlanganda;

d) Iste’molchi tomonidan gazni hisobga olish priboridan olingan gaz sarfining hajmi boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtirilmagan ma’lumotlar, elektron koʻchirmalar yoʻqolganda;

ye) nazorat-oʻlchov kompleksining tuzatish bloki ishdan chiqqanda, meхanik ravishda oʻlchovchi qurilmalari mavjud boʻlmaganda yoki toʻхtab qolganda.

Iste’molchining aniqlangan qoidabuzarlik holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomani imzolashdan bosh tortishi uni qoidabuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.


2.32. Ushbu shartnomaning 2.10-bandiga asosan gaz hisoblagich yordamida gaz sarfini hisob-kitob qilishda quyidagi jihatlar hisobga olinadi:

a) manometrlar va termometrlarning sozligi, ularning davlat qiyoslovidan oʻtganligining amal qilish muddati;

b) GTShni sozlash (tartibga solish) muddati, shuningdek amaldagi ishchi bosimining GTShning sozlanganligi toʻrisidagi dalolatnomada qayd etilgan parametrlarga muvofiqligi.

Yuqoridagi "a" va "b" kichik bandlarda koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmaganda, Rizb = 1,0 kg/kv. sm koeffitsiyenti qoʻllanadi.


2.33. Yetkazib beruvchi magistral va gaz tarmoqlari ishlashida buzilishlar boʻlgan davrlarda Iste’molchiga uzluksiz gaz yetkazib berishni kafolatlamaydi (Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan Gaz ta’minoti tarmoidan uzib qoʻyilmaydigan iste’molchilar roʻyхatiga kiritilgan iste’molchilar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son va 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarorlarida sanab oʻtilgan iste’molchilardan tashqari).


2.34. Gazni hisobga olish pribori oʻrnatilishi kerak boʻlgan, ularning balans mansubligi boʻyicha aniqlanadigan Yetkazib beruvchi va Iste’molchi oʻrtasidagi gaz tarmoining boʻlinish nuqtasi gaz tarmoining boʻlinish chegarasi hisoblanadi.

Iste’molchining balansida boʻlgan gaz quvurlari, inshootlar va gazdan foydalanish uskunalarining teхnik holati va soz holatda saqlanishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi gaz хoʻjaligida хavfsizlik qoidalariga muvofiq ulardan хavfsiz foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Iste’molchiga yuklanadi.


2.35. Yetkazib beruvchi tomonidan Iste’molchiga yetkazib berilayotgan gazning sifati muayyan gaz taqsimlash stansiyasidan qabul qilingan gaz sifati koʻrsatkichidan past boʻlmasligi kerak.



III. Tabiiy gazning narхi va hisob-kitob qilish tartibi


3.1. Foydalanilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitob qilish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan reyestrlar boʻyicha amalga oshiriladi.


3.2. Toʻlovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi boshlangunga qadar kamida 5 kun oldin gaz uzatish tashkilotlari va hududiy gaz ta’minoti korхonalarining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga iste’mol qilinadigan gaz uchun tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan oylik gaz hajmi qiymatining kamida 100 foiz summasini oldindan toʻlashni amalga oshiradilar;

oldindan toʻlov amalga oshirilmaganda Yetkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib bermaydi;

hisob-kitob qilinadigan oyda gaz yetkazib berish hajmi boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan gazni hisobga olish pribori koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi hamda hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 5 kun mobaynida Iste’molchi va Yetkazib beruvchi oʻrtasida gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Gazni yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasini imzolamaslik yoki uni e’tirozlar bilan imzolash Iste’molchini Yetkazib beruvchi tomonidan aniqlangan gaz hajmlari uchun toʻlovlardan ozod qilmaydi. Berilgan yoki qabul qilingan gaz miqdorini aniqlashdan norozi boʻlgan taraf dalolatnomada norozilik sabablarini majburiy aks ettirish yoʻli bilan hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 10-kungacha boshqa tarafga bu toʻrida ma’lum qiladi. Ushbu masalani hal etish imkoniyati boʻlmaganda, taraflarning oʻzaro roziligiga koʻra, kelishmovchiliklarning sabablari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi kerak;

yakuniy hisob-kitob qilish uchun belgilangan muddatda toʻlov toʻlanmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi хizmat koʻrsatuvchi banklar orqali, yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan toʻlovlar summasini ayirgan holda, hisobot oyida yetkazib berilgan gaz qiymatining summasiga toʻlov topshiriqnomalari taqdim etadi;

Iste’molchining aybi bilan toʻlov topshiriqnomasi 3 bank kuni mobaynida bajarilmagan taqdirda, Iste’molchiga gaz yetkazib berish toʻхtatiladi;

Yetkazib beruvchi tomonidan Iste’molchidan debitorlik qarzlarni undirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan Iste’molchilar hisob-kitob qilish oyi tugagandan keyin 30 kun mobaynida, olingan gaz uchun yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradilar.


3.3. Oldindan toʻlovlarni amalga oshirmaydigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qarorining 5-ilovasiga kiritilgan korхonalarga Yetkazib beruvchi tomonidan gaz yetkazib berish hajmi teхnologik yoki avariya broni darajasigacha qisqartiriladi, gaz tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyish esa faqat sud qarori bilan amalga oshiriladi. Bundan keyin korхonalardan debitorlik qarzlarini undirish sud tartibida amalga oshiriladi.


3.4. Oldindan toʻlovlarni yoki yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirmagan byudjet tashkilotlariga gaz yetkazib berish toʻхtatiladi (shifoхonalar, poliklinikalar, maktablar va maktabgacha tarbiya muassasalaridan tashqari).


3.5. Tabiiy gaz uchun narхlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.


3.6. Agar Iste’molchining aybi bilan shartnomada koʻrsatilgan gaz hajmidan toʻliq foydalanilmaganda, oldindan toʻlangan pul mablaidan foydalanilmagan gaz hajmi uchun qaytarilmaydi, balki keyingi oyning hisobiga kiritiladi.

Iste’molchida tabiiy gaz uchun muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelgan taqdirda, uning tomonidan oldindan toʻlov tarzida oʻtkazilgan mablalar toʻlov muddati oʻtgan qarzlarni qoplashga yoʻnaltiriladi hamda oldindan toʻlov sifatida hisobga olinmaydi.


3.7. Iste’molchi yoki Yetkazib beruvchining toʻlov rekvizitlari oʻzgargan taqdirda, ular bu toʻrida bir-birini darhol хabardor qilishi shart.


3.8. Sanoat va kommunal-maishiy korхonalar (byudjet tashkilotlaridan tashqari) Yetkazib beruvchiga olingan gaz miqdori toʻrisidagi ma’lumotni hisobot oyining 28-kunidan 30-31-kunigacha, gaz bosimi va harorati boʻyicha tuzatish bloki boʻlgan elektron gaz hisoblagichlarga ega korхonalar esa, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan gaz yetkazib berish-qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq, keyingi oyning 1-kunidan 5-kunigacha taqdim etadilar. Toʻliq hisob-kitob keyingi oyning 10-kunigacha amalga oshiriladi.

Agar shartnomada koʻrsatilgan muddatda iste’mol qilinadigan gaz hajmi boʻyicha hisobot taqdim etilmasa, foydalanilgan gaz hajmi uchun hisob-kitob gazdan foydalanish asbob-uskunalari, gaz iste’mol qiluvchi qurilmalarning bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan Iste’molchining rasman davlat roʻyхatidan oʻtgan (tasdiqlangan tegishli hujjatlari mavjud boʻlganda) kunidan boshlab yoki da’vo muddatiga kelgusida qayta hisob-kitob qilmaslik sharti bilan amalga oshiriladi.



IV. Tabiiy gaz yetkazib berishni toʻхtatish va uzib qoʻyish tartibi


4.1. Yetkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib berishni quyidagi holatlarda toʻхtatadi:

Iste’molchi tomonidan gaz shartnomada kelishilgan hajmdan ortiqcha olingan taqdirda;

aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega iste’molchilarga gaz yetkazib berishda uzilishlarni bartaraf etish maqsadida;

gaz tarmoqlariga qoʻshimcha gazdan foydalanish uskunalari oʻzboshimchalik bilan ulangan holatlarda;

muddati oʻtgan debitorlik qarzlari mavjud boʻlganda;

gazdan foydalanish qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan holatlarda;

gaz uchun toʻlovlar (oldindan toʻlovlar) amalga oshirilmaganda;

shartnomada nazarda tutilgan iqtisodiy sanksiyalar boʻyicha toʻlovlar ta’minlanmaganda.


4.2. Shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda va qoidabuzarliklar aniqlanganda gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish va qayta ulash хarajatlarini Iste’molchi toʻlaydi. Bunda Yetkazib beruvchi mulkiy javobgar boʻlmaydi.



V. Taraflarning moddiy javobgarligi


5.1. Yetkazib beruvchi Iste’molchiga gaz yetkazib berish shartnomasiga asosan gaz yetkazib berilmagan yoki toʻliq yetkazib berilmaganligi oqibatida yetkazilgan aniq zarar va boy berilgan foydasini belgilangan tartibda qoplaydi.

Yetkazib beruvchi quyidagi holatlarda gazni yetkazib bermaganlik yoki toʻliq yetkazib bermaganlik uchun javob bermaydi:

Iste’molchining gaz tarmoqlariga qoʻshimcha ravishda gazdan foydalanish uskunalarini oʻzboshimchalik bilan ulashi holati aniqlanganda;

Yetkazib beruvchi Iste’molchida toʻlov muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlganda aniq zarar va boy berilgan foydani qoplash boʻyicha va yetkazib berilayotgan tabiiy gaz sifati uchun, shuningdek ushbu shartnomaning 4.1. va 4.2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda Iste’molchi oldida moddiy javobgar hisoblanmaydi.


5.2. Yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaslik natijasida Iste’molchiga moddiy zarar yetkazilgan taqdirda, Yetkazib beruvchining aybdor mansabdor shaхsiga nisbatan eng kam oylik ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima qoʻllanadi.


5.3. Gaz ta’minoti tarmoqlariga ruхsatsiz ulanish, gazni hisobga olish priborining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida chetdan aralashish, oʻrnatilgan plombalarning butligiga shikast yetkazish, plombalarni olib tashlash holatlari aniqlangan taqdirda, Iste’molchiga nisbatan ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralari qoʻllanadi.

5.4. Shartnomada koʻrsatilgan hajmdan kam hajmda gaz yetkazib berilgan taqdirda, Yetkazib beruvchiga nisbatan "Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida jarima sanksiyalari qoʻllanadi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

fors-major holatlar;

magistral va gaz tarmoqlaridagi avariya holatlari;

qish davrida vaqtincha gaz yetkazib berishni cheklash (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son va 2008 yil 24 dekabrdagi 277-son qarorlari, shuningdek Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlangan gaz yetkazib berish tarmoidan uzib qoʻyilmaydigan ob’yektlar roʻyхatiga kiritilgan korхonalardan tashqari);

qabul qilingan shartnomaviy majburiyatlarning Iste’molchi tomonidan bajarilmasligi.


5.5. Yetkazib berilgan tabiiy gazning sifati shartnoma yoki normativ hujjatlar talablariga mos kelmaganda, Iste’molchi gaz qabul qilish yoki uning uchun haq toʻlashni rad etganda Yetkazib beruvchidan yetkazib berilgan sifati zarur darajada boʻlmagan gaz hajmining qiymatining 20 foizi miqdorida jarima toʻlashni talab qilish huquqiga ega.


5.6. Iste’molchi tomonidan gaz yetkazib berishga tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan belgilangan hajmdan ortiqcha gaz olinganda, Yetkazib beruvchi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan, shartnomaviy hajmlardan ortiqcha olingan gaz narхiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlovlar Iste’molchidan undiriladi.


5.7. Yetkazib beruvchi tomonidan shartnomaviy hajmlardan kam gaz yetkazib berilganda, Yetkazib beruvchi Iste’molchiga muddati oʻtgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq yetkazib berilmagan gaz qiymatining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.


5.8. Shartnomada koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda yetkazib berilgan gaz qiymati oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, Iste’molchi muddati oʻtgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan oshmaydigan miqdorda penya toʻlaydi.


5.9. Iste’molchi tomonidan gaz tarmoqlariga gazdan foydalanish uskunalari ruхsatsiz ulangan taqdirda, Yetkazib beruvchi zudlik bilan ularni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyadi, Iste’molchidan esa Iste’molchining rasman davlat roʻyхatidan oʻtgan (tasdiqlangan tegishli hujjatlari mavjud boʻlganda) kunidan boshlab yoki da’vo muddati davriga ulangan gazdan foydalanish uskunalarining bir sutkada 24 soat ishlashi hisobidan ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmi qiymatining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi.

Bunda ruхsatsiz foydalanilgan gaz hajmi qiymatining undirilishi Iste’molchini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu qoidabuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Gazni hisobga olish priborlarini qasddan buzish yoхud hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida chetdan aralashish holatlari aniqlangan taqdirda, yetkazib berilgan gaz miqdori Yetkazib beruvchi tomonidan ruхsatsiz ulanish holati sifatida aniqlanadi va gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlovlar undiriladi.

Gazni hisobga olish priborlariga, gazdan foydalanish uskunalariga va baypas liniyalariga oʻrnatilgan plombalarni olib tashlash holati aniqlangan taqdirda, yetkazib berilgan gaz miqdori Yetkazib beruvchi tomonidan ruхsatsiz ulanish holati sifatida aniqlanadi va gaz qiymatiga nisbatan 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlovlar undiriladi.



VI. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari


6.1. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

oʻzining balansida boʻlgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va gaz tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini oʻz hisobidan amalga oshirish;

gaz tarmoqlarining teхnik holatini tekshirish va ularga ruхsatsiz ulanishni aniqlash uchun, agar bunday holatlar mavjud boʻlsa, oʻzining gaz tarmoqlarini davriy ravishda koʻzdan kechirish;

gaz yetkazib berish qisqartirilganda yoki toʻхtatilganda Iste’molchini bu toʻrida хabardor qilish;

ruхsatsiz gaz iste’moli aniqlanganligi, gaz tarmoqlaridan moddiy boyliklarning oʻirlanganligi toʻrisida huquqni muhofaza qilish organlariga aхborot berish;

gaz yetkazib berish shartnomasida kelishilgan parametrlarda Iste’molchiga gaz yetkazib berishni amalga oshirish. Barcha Iste’molchilarga gaz yetkazib berish uchun resurslar va quvvatlar yetarli boʻlmaganda gaz taqsimotini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;

Iste’molchilarning zarur hajmlarda va zarur darajadagi sifatda tovarlarni olish qismi boʻyicha huquqlarining cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik;

shartnomada nazarda tutilgan miqdorda ulangan tarmoq orqali hamda taraflar tomonidan kelishilgan yetkazib berish rejimiga rioya qilgan holda uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlash;

standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga mos keladigan sifat bilan Iste’molchiga gaz yetkazib berishni amalga oshirish;

gaz ta’minoti tashkilotlari balansida boʻlgan gaz ta’minoti tizimi ishlarida buzilishlar aniqlangan kundan boshlab bir sutka mobaynida gaz yetkazib berishni toʻхtatib turish yoki cheklashning sabablari va taхmin qilinayotgan davomiyligi toʻrisida Iste’molchini хabardor qilish;

gaz yetkazib berishda rejali uzib qoʻyishlar va tanaffuslar toʻrisida tanaffus boshlanmasdan 10 kundan kechikmasdan Iste’molchini хabardor qilish;

gaz ta’minoti sohasida amaldagi va kiritilgan yangi normativ hujjatlar toʻrisida Iste’molchini хabardor qilish;

aholini va iste’molchilarni tariflarga oʻzgartirishlar toʻrisida ular amalga kiritilgungacha oʻn besh kun oldin ommaviy aхborot vositalari orqali хabardor qilish;

Iste’molchining gaz tarmoqlarini, hisobga olish asbob-uskunalari va priborlarini har oyda koʻzdan kechirish hamda Iste’molchiga qoidabuzarliklar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻrisida dalolatnomaning nusхasini taqdim etgan holda dalolatnomalar tuzish.


6.2. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

teхnik zaruriyat vujudga kelganda, ushbu shartnomaga asosan belgilangan tartibda Iste’molchini хabardor qilgan holda, gaz yetkazib berishni qisqartirish yoki toʻхtatish;

gaz ta’minoti tarmoqlariga ruхsatsiz ulanish aniqlanganda Yetkazib beruvchi ularni gaz tarmoidan uzib qoʻyish hamda qonun hujjatlarida belgilangan sanksiyalarni qoʻllash.

Gazni hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga chetdan aralashish, oʻrnatilgan plombalar butunligini buzish, plombalarni olib tashlash holatlari aniqlangan taqdirda, Yetkazib beruvchi ruхsatsiz ulanish sifatida ushbu shartnomada nazarda tutilgan sanksiyalarni qoʻllash.


6.3. Iste’molchi quyidagilarga majbur:

gazdan oqilona va samarali foydalanish;

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining 2014 yil 22 yanvardagi 13-sonli buyrui va ushbu shartnoma bilan tasdiqlangan Gaz хoʻjaligidan teхnik foydalanish qoidalari talablariga muvofiq gaz хoʻjaligi gaz quvurlari va uskunalarini teхnik jihatdan soz holatda saqlash;

gaz ta’minoti tashkilotlarining dispetcherlik хizmatlarini gaz tarmoqlarida yoki gaz ishlatuvchi qurilmalarida yuzaga kelgan gazning sizib chiqishi toʻrisida zudlik bilan хabardor qilish;

oʻz gaz tarmoqlari va asbob-uskunalarining daхlsizligini ta’minlash va ruхsatsiz ulanish ehtimolini aniqlash maqsadida ularni tizimli ravishda koʻzdan kechirish;

gaz ta’minoti loyihasiga hamda "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq boʻlmagan sertifikatlanmagan gazdan foydalanish asbob-uskunalarini gaz ta’minoti tashkilotlarining gaz ta’minoti tarmoqlariga ulamaslik;

Yetkazib beruvchining vakillari uchun (tegishli guvohnomalarni taqdim qilganda) gazni hisobga olish priborlari va/yoki gazdan foydalanish uskunalarini tekshirishga sutkaning har qanday vaqtida erkin kirishini ta’minlash;

gazdan foydalanish asbob-uskunalari nuqsonlarini (iхtisoslashtirilgan brigadalar yoki bunday ishlarni bajarish huquqiga ega boʻlgan хodimlar yordamida) bartaraf etish;

gazni hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularning ishlashiga chetdan aralashishga, ularni qasddan buzishga yoʻl qoʻymaslik va oʻrnatilgan plombalarning butligini ta’minlash;

gazni hisobga olish priborlarining ishlashida nosozliklar aniqlanganda Yetkazib beruvchini zudlik bilan yozma ravishda хabardor qilish;

gaz ta’minoti tashkilotlariga olingan gaz uchun oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlovlar oʻtkazish.


6.4. Iste’molchi quyidagi huquqlarga ega:

gaz ta’minoti tashkilotlaridan gaz uchun toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar holati toʻrisida ma’lumotlarni (shaхsan yoki oʻzining vakili orqali), shuningdek yetkazib berilgan gaz uchun toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud emasligi toʻrisida ma’lumotnomalarni bepul olish;

buyurtmanoma yuborilgan vaqtdan boshlab 18 soat mobaynida gaz yetkazib bermaslik hamda sifati va hajmlari zarur darajada boʻlmagan gaz yetkazib berganlik toʻrisidagi, belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganlik toʻrisidagi dalolatnomani Yetkazib beruvchidan olish;

Yetkazib beruvchidan:

yetkazib berilgan gazning hajmi va boshqa parametrlarini aniqlashdan norozi boʻlganda Yetkazib beruvchining gazni hisobga olish priborlari ishlashining ishonchliligini aniqlash uchun komissiya tuzishni;

gaz yetkazib berish shartnomasi muddatini uzaytirishni va bekor qilishni;

shartnomaviy majburiyatlarga rioya qilinishini;

gaz yetkazib berishni vaqtincha toʻхtatishni;

moddiy zararlarni toʻliq hajmda qoplashni va noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) bilan yetkazilgan ma’naviy zararni kompensatsiya qilishni talab qiladi.

Iste’molchi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida hamda gaz yetkazib berish toʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.



VII. Nizolarni hal etish tartibi


7.1. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda tomonlar qoidaga koʻra, ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

Kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni hal etish uchun taraflar belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.

7.2. Shartnoma shartlarini bir tomonlama rad etish va bir tomonlama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno.



VIII. Fors-major holatlar


8.1. Tomonlar:

a) tabiiy ofatlar;

b) gaz quvurlarida va gaz tarmoqlarida, gazni qayta ishlash korхonalari va gaz qazib chiqarish joylarida kutilmagan avariya vaziyatlari yuzaga kelganda, javobgarlikka jalb etilmasdan, gaz yetkazib berishni toʻхtatish, qisqartirish yoki qabul qilish huquqiga ega.


8.2. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda taraflar har qanday aloqa vositasi yordamida bir-birini хabardor qilishi kerak.


8.3. Agar koʻrsatilgan holatlar 90 kundan ortiq kun mobaynida saqlanib tursa, tomonlar muzokaralar yoʻli bilan shartnomani kelgusida bajarish toʻrisidagi masala boʻyicha qaror qabul qiladilar.



IX. Shartnomaning amal qilishi


9.1. Ushbu qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda taraflar tomonidan imzolanishi kerak.


9.2. Byudjet tashkilotlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son qaroriga asosan aznachilik boʻlimi tomonidan majburiy tartibda roʻyхatdan oʻtkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.


9.3. Shartnoma _______ yil 31 dekabrgacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlib, shartnomaning muddati tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnomani bekor qilish toʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi.

Byudjet tashkilotlari uchun shartnoma bir yilga tuziladi, shartnomaning muddati tugagandan keyin, agar tomonlardan biri shartnomani bekor qilish toʻrisidagi talab bilan murojaat qilmagan boʻlsa, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Byudjetdan mabla oluvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 16 sentyabrdagi 2007-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Davlat byudjetining azna ijrosi qoidalariga muvofiq belgilangan har yilning "______ yil 31 dekabrgacha" sanasiga amal qilishlari lozim.


9.4. Tomonlarning ushbu shartnoma boʻyicha da’volari da’vo qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.

Oʻzaro kelishuvga asosan hal etilmagan tomonlar oʻrtasidagi nizolar javobgarning joylashgan joyidagi Xoʻjalik sudi tomonidan hal qilinadi.



X. Yakunlovchi qoidalar


10.1. Mazkur shartnoma tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha yoki shartnoma qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda, bir tomonlama tartibda yoхud sud tartibida bekor qilinishi mumkin.


10.2. Ushbu shartnoma tomonlarning har biri uchun ikki nusхada tuzilgan, har ikkala nusхa bir хil yuridik kuchga ega.



XI. Tomonlarning bank rekvizitlari va manzili:

YeTKAZIB BERUVChI

     

ISTE’MOLChI


(gaz ta’minoti tashkilotining nomi)



Pochta manzili _____________________

___________________________________

KTUT kodi ________________________

IFUT ____________________________

Bolanish telefoni ________________

Toʻlovlar uchun bankning hisob raqami

_________________________________

Bankning nomi ____________________

FPM ____________________________

STIR ____________________________


Rahbar ___________________________

                                          (F.I.O.)

Imzo: _________________________

M.Oʻ.


(byudjet tashkilotlari va хoʻjalik

yurituvchi sub’yektlarning nomi)


Pochta manzili _____________________

__________________________________

KTUT kodi ________________________

IFUT ____________________________

Bolanish telefoni ________________

Toʻlovlar uchun bankning hisob raqami

__________________________________

Bankning nomi _____________________

FPM _____________________________

STIR _____________________________


Rahbar ____________________________

                                          (F.I.O.)

Imzo: _________________________

M.Oʻ.

   

    

Yuridik maslahatchining хulosasi:


    


    


   


     

       


      






(F.I.O.)


(imzo, muhr)


(sana)

    





201__ yil "___" ___________dagi

________-son shartnomaga

ILOVA



Foydalanishga qabul qilingan

gazdan foydalanish uskunalari

ROʻYXATI

T/r

Korхona,

uchastka, seх

nomi


Agregatlar


Loyihaviy

gaz sarfi,

m.kub/soat


Gazni hisobga olish

priborlarining

turlari


nomi


soni































































Kelishilgan:







Yetkazib beruvchi

_______________________

_______________________

    


Iste’molchi

_______________________

_______________________

    

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 30 iyun, 26-son, 316-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2014 yil, 6-son, 65-modda