Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.12.2013 y. 340-son "Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.12.2013 y.

N 340



TABIIY GAZ ISTE’MOLChILARI VA GAZ

BILAN TA’MINLOVChI TAShKILOTLAR

OʻRTASIDAGI OʻZARO HISOB-KITOBLAR

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Yetkazib berilgan gaz uchun oʻzaro hisob-kitoblarni tartibga solish, "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi issiqlik elektr stansiyalarining moliyaviy ahvolini barqaror saqlash, respublika iste’molchilarining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 maydagi 132-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin.

"10. Iste’molchi tomonidan tuzilgan shartnomada belgilangandan ortiqcha hajmda (aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan iste’mol qilingan hajmdan tashqari) va gaz yetkazib beruvchi bilan oldindan kelishmasdan gaz olingan taqdirda gaz iste’molchisidan quyidagi miqdorlarda:

hududiy gaz bilan ta’minlovchi korхona uchun - shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga 1,5 koeffitsiyent bilan;

boshqa iste’molchilar uchun - shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan gaz qiymatiga 2 koeffitsiyent bilan oshirilgan toʻlov undiriladi.

Bunda oshirilgan koeffitsiyentlar koʻrsatib oʻtilgan iste’molchilarga aholi va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 fevraldagi 57-son qaroriga 5-ilovaga kiritilgan, ularning gaz tarmoqlariga ulangan "Oʻzbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korхonalari tomonidan iste’mol qilingan tabiiy gaz hajmini hisobga olmasdan qoʻllanadi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2013 yil 30 dekabr, 52-son, 694-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2013 yil, 12-son, 94-modda