Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.06.2003 y. 289-son "Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.06.2003 y.

N 289



NEFT MAHSULOTLARINI SOTISh BOʻYIChA

FAOLIYaTNI LITsENZIYaLASh TOʻRISIDAGI

NIZOMLARNI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Respublika darajasida va joylarda neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalashni tashkil etish ishlarining tahlili ishlarni tashkil etish tizimida kamchiliklar mavjudligidan hamda amaldagi qonun hujjatlari normalari va talablari buzilayotganligidan dalolat bermoqda.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy ishchi guruhlari qoniqarsiz ishlayotganligi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan ular faoliyati ustidan zarur nazorat oʻrnatilmaganligi bunday holatning sabablaridan biridir.

Shu munosabat bilan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalovchi organlar tomonidan oʻz vazifalarining bajarilishiga hamda respublika va hududiy komissiyalar faoliyatining aniq ish tartibini belgilashga katta ahamaiyat beriladi.

"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;

Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yoqili qoʻyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalarining Namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

neft mahsulotlarini sotish boʻyicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻхtatish yoki uzaytirish toʻrisidagi qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi;

neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻхtatib qoʻyish, toʻхtatish yoki uzaytirish toʻrisidagi qarorlar Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududiy komissiyalari tomonidan qabul qilinadi.


3. Quyidagilar:

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"ga Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funksiyalari;

"Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlimlariga Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalarining hujjatlarni qabul qilish, litsenziyalar berish, litsenziya bitimini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi funksiyalari yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi toʻrisidagi Nizomni;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili qoʻyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyalari toʻrisidagi Namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqili-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti bir oy muddatda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni хatlovdan oʻtkazsin, ularning amal qilish muddatlarini Neft mahsulotlarini (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) sotish faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi Nizomga muvofiqlashtirsin va litsenziatlar bilan litsenziya bitimlari tuzsin.


6. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

oʻn kun muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yiilishlarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga va namunaviy tarkibga muvofiq neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili qoʻyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasinlar, komissiyalar mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

bir oy muddatda "Oʻzdavneftgazinspeksiya" bilan birgalikda ushbu qaror kuchga kirgunga qadar neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili quyish shoхobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish huquqiga litsenziya olgan litsenziatlar bilan "Oʻzdavneftgazinspeksiya"ning hududiy boʻlimlari orqali litsenziya bitimlari tuzilishini ta’minlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi ushbu bandning bajarilishini muvofiqlashtirishni va nazorat qilishni ta’minlasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 28 iyundagi

289-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

Neft mahsulotlarini sotish boʻyicha faoliyatni

litsenziyalash komissiyasi

TARKIBI

Karimov A.R.

-

"Oʻzbekneftgaz" milliy хolding kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, komissiya raisi


Turdiyev U.T.


-

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

Joʻrayev T.I.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari


Vosiqov A.R.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boʻlim boshlii


Shmakova N.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining boshqarma boshlii


Sultonov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yonindan saqlash bosh boshqarmasi boʻlimi boshliining oʻrinbosari


Dotsenko N.P.

-

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Atmosfera havosini muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlii


Akbarхodjayev L.T.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Oʻzdavneftgazinspeksiya" boshlii, komissiya kotibi


Yunusov A.N.

-

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari


Izoh: 1. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.

2. Komissiya zaruriyat boʻlganda tegishli iхtisoslik boʻyicha mutaхassis - ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 28 iyundagi

289-son qaroriga

4-ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining

neft mahsulotlarini avtomobillarga yonili

qoʻyish shoхobchalari va moy almashtirish

punktlari orqali sotish boʻyicha faoliyatni

litsenziyalash komissiyalarining

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari - Komissiya raisi


2. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlii


3. Viloyat moliya boshqarmasi boshlii


4. Viloyat soliq boshqarmasi boshlii


5. Xususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy organi rahbari

6. Viloyat standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlii

Izoh: Komissiya zaruriyat boʻlganda tegishli iхtisoslik boʻyicha mutaхassis - ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil 28 iyundagi

289-son qaroriga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. Vazirlar Mahkamasining "Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 7 sentyabrdagi 382-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 33-modda) 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil yonilisi quyish shoхobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 18 sentyabrdagi 397-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998 y., 9-son, 35-modda):


a) 1-bandda:

ikkinchi va uchinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "хususiylashtirilgan" soʻzi chiqarib tashlansin;


b) 3-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


v) 4-bandda:

ikkinchi хatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

toʻrtinchi хatboshidagi "хususiylashtirilgan" soʻzi chiqarib tashlansin;

beshinchi хatboshidagi "Oʻzdavneftmahsulot" birlashmasi" soʻzlari "Oʻzneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


d) qarorga 3-ilova nomidagi, 1.3, 3.4 va 3.5-bandlardagi "хususiylashtirilgan" soʻzi chiqarib tashlansin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 6, 50-modda.