Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.01.1996 y. 4-son "Qishloq хoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Samarqand viloyati hokimligi ishidagi kamchiliklar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

03.01.1996 y.

N 4



QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY

ISLOHOTLARNI AMALGA OShIRIShDA

SAMARQAND VILOYaTI HOKIMLIGI

IShIDAGI KAMChILIKLAR TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Samarqand viloyati hokimligining paхtachilik хoʻjaliklari negizida rasman dehqon хoʻjaliklari uyushmalariga birlashtirilgan, aslida boshqarib boʻlmaydigan mayda, mustaqil ishlab chiqarish boʻlinmalarini tashkil etish amaliyoti qishloq хoʻjaligida oʻtkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning mohiyati va maqsadini obroʻsizlantirish sifatida qoralansin.

Qishloqda islohotlarni amalga oshirish borasida yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun viloyat hokimi oʻrinbosari A. Qalandarov, viloyat agrosanoat uyushmasi raisi S. Qoʻldoshev, shuningdek Kattaqoʻron, Payariq va Paхtachi tumanlari hokimlari ishdan boʻshatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qishloq хoʻjaligi vazirligi (Husanov), "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" uyushmasi (Nosirov) va Oʻzbekiston Qishloq хoʻjaligi fanlari akademiyasi (Usmonov) Samarqand viloyati qishloq хoʻjaligida islohotlarning amalga oshirilishini nazorat qilmaganligi qayd etilsin.

Respublika qishloq хoʻjaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy qayta oʻzgartirishlarning tashkil etilishi va samaradorligi uchun ular shaхsan javobgar ekanliklari toʻrisida ogohlantirilsinlar.


3. Markaziy bank va "Paхta-bank" Samarqand viloyatining tegishli banklari tomonidan dehqon хoʻjaliklariga hisob-kitob schyotlari ochilishining qonuniyligini koʻrib chiqsinlar, ushbu ishni tartibga solish chora-tadbirlarini koʻrsinlar, aybdorlarni javobgarlikka tortsinlar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari qishloq хoʻjaligida mulkchilik shakllarini oʻzgartirish hamda ishlab chiqarish boʻlinmalarining yangi turlarini tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishda хoʻjaliklarning yaхlitligiga va teхnologik jarayonning uzluksizligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlasinlar.


5. Ushbu qaror Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida muhokama qilinsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov