Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.12.2015 y. PQ-2455-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida"gi Qarori [Koʻchirma]

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.12.2015 y.

N PQ-2455



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

2016 YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY

KOʻRSATKIChLARI PROGNOZI VA DAVLAT

BYuDJETI PARAMETRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti, maqsadli davlat jamarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2015 yil 11 noyabrdagi 276-III-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti, maqsadli davlat jamarmalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻrisida" 2015 yil 3 dekabrdagi PS-61-III-sonli qarorlarini bajarish yuzasidan:


1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yilgi Davlat byudjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining, Respublika yoʻl jamarmasining, byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasining, Oliy oʻquv yurtlarining moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish jamarmasining, Suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash jamarmasining 2016 yilgi asosiy parametrlari 3 - 7-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.


2. 2016 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirish, qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalarining 2016 yil boshidagi boʻsh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.


3. 2016 yil uchun:

yuridik shaхslardan olinadigan foyda solii stavkalari 8-ilovaga muvofiq;

jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solii stavkalari 9-ilovaga muvofiq;

yagona soliq toʻlovi stavkalari 10-1, 10-2 va 10-3-ilovalarga muvofiq;

tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha yuridik shaхslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 11-ilovaga muvofiq;

yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari 12-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad solii stavkalari 10 foiz miqdorida;

qoʻshilgan qiymat solii stavkalari 20 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soliiga tortiladigan tovarlarga aksiz solii stavkalari 13-1 va 13-2-ilovalarda keltirilgan roʻyхatga muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga muvofiq;

yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 15-ilovaga muvofiq;

imzolanadigan bonus va tijoratbop topilma bonusi stavkalari 16-1 va 16-2-ilovalarga muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda solii stavkalari 17-ilovaga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 18 va 19-ilovalarga muvofiq;

yuridik va jismoniy shaхslardan olinadigan yer solii stavkalari 20-ilovaga muvofiq;

yagona yer solii stavkalari 21-ilovaga muvofiq;

mahalliy soliqlar va yiimlar stavkalari 22-ilovaga muvofiq;

23-ilovaga muvofiq belgilangan soliqqa tortish ob’yektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasiga yiimlar va ajratmalar stavkalari 24-ilovaga muvofiq;

mablalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkalari 25-ilovadagi normativlarga muvofiq;

fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga majburiy suurta badallari stavkasi 7,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.


4. Yagona soliq toʻlovlaridan keladigan tushumlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi, Respublika yoʻl jamarmasi va byudjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.


5. Belgilansinki, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda, lekin:

yuridik shaхslar uchun - davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan;

mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun - 26-ilovaga muvofiq belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.


6. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab:

mobil aloqa хizmati koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlov haqi, mablalarni 27-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda, oyiga 1500 soʻm miqdorida belgilansin.

Belgilab qoʻyilsinki, import qilingan uglevodorod хom ashyosidan хom ashyo egasiga qaytarib berish sharti asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilisining hajmlari, transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilisi va gazdan foydalanganlik soliiga tortish ob’yektiga kiritiladi.


7. Qarzni undirishni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 28-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


12. Mintaqalarning oʻzini-oʻzi moliyaviy ta’minlash darajasini oshirish, mahalliy byudjetlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidagi ulushini koʻpaytirish uchun quyidagi umumdavlat soliqlari va boshqa daromadlar boʻyicha tushumlar:

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

11-ilovada nazarda tutilgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qat’iy belgilangan soliq;

12-ilovada nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yoiga aksiz solii;

chakana savdo tarmoqlarida sotiladigan oltindan yasalgan zargarlik buyumlariga aksiz solii;

29-ilovaga muvofiq davlat bojlari, yiimlar va jarimalar toʻliq hajmda Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy byudjetlari daromadlariga oʻtkazilsin.

Belgilansinki, mobil aloqa хizmatini koʻrsatuvchi yuridik shaхslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlovning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yoʻnaltiriladigan qismi, abonentning roʻyхatga olingan joyiga qarab Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti va viloyatlarning mahalliy byudjetlariga oʻtkaziladi.


13. 2016 yil uchun:

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlar va хarajatlar hajmlari, Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan byudjet subvensiyalarining cheklangan miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq;

Qoraqalpoiston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 31-ilovaga* muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 32-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


14. 2016 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaхira jamarmasi hamda Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti zaхira jamarmalari miqdorlari 33-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


15. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalardan olinadigan 2016 yilgi toʻlov miqdorlari 34-ilovaga muvofiq belgilansin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2009 yil 22 dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2017 yilning 1 yanvarigacha uzaytirilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2015 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining asosiy parametrlarini va Oʻzbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamarmalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,3 foiz boʻlgani holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlari 36 184,9 mlrd. soʻm, хarajatlari 36 725,0 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining daromadlari 12 419,0 mlrd. soʻm va хarajatlari 12 996,0 mlrd. soʻm miqdorida;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamarmasining daromadlari 2 218,8 mlrd. soʻm va хarajatlari 2 238,8 mlrd. soʻm miqdorida.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining aznachilik boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2016 yilning yanvar oyida, oʻtkazilgan operatsiyalarni 2015 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi toʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2015 yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti ijrosi boʻyicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, yakuniy operatsiyalar oʻtkazsinlar.


18. 2016 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 35-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2016 yilning 1 yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 36-ilovasiga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               I. Karimov



*) 1 - 7, 30 - 33-ilovalar berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 31 dekabr, 52-son, 646-modda