Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2015 y. PQ-2425-son “Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

30.10.2015 y.

N PQ-2425



GERMANIYa FEDERATIV RESPUBLIKASI

HUKUMATI BILAN MOLIYaVIY HAMKORLIKDA

VILOYaTLARNING KOʻP TARMOQLI TIBBIYoT

MARKAZLARINI MODERNIZATsIYaLASh

DASTURLARINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Soliqni saqlash sohasida Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:


1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, moliyaviy hamkorlik toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi Bitimlar doirasida:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan "KfW" (FRG) bankining viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash boʻyicha ikkita dastur - "Soliqni saqlash. "Surхondaryoda hududiy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish" komponenti" uchun 3,5 mln. yevro miqdorida, undan 3,0 mln. yevro uzoq muddatli kredit va 0,5 mln. yevro grant mablalari, shuningdek "Soliqni saqlash. "Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Buхoro va Navoiy viloyatlarida koʻp tarmoqli hududiy tibbiyot markazlarini rekonstruksiya qilish" komponenti" uchun 10.0 mln. yevro miqdorida, undan 2,0 mln. yevro uzoq muddatli kredit va 8.0 mln. yevro grant mablalarini jalb qilgan holda amalga oshirilishi;

"KfW" bankining jami 5,0 mln. yevro miqdoridagi kredit mablalari 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan holda 40 yil muddatga, yillik 0,75 foiz stavkasida berilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan "KfW" (FRG) banki oʻrtasida uchinchi Dastur - "Soliqni saqlash. "Viloyatlardagi koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash, II bosqich" komponenti"ni amalga oshirish uchun 9,0 mln. yevro miqdorida moliyalashtirish (grant berish) toʻrisida 2015 yil 20 fevralda Shartnoma imzolangan, unda Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarining koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash, shuningdek Toshkent shahridagi tibbiyot akademiyasining 3-sonli klinikasi negizida magnit-rezonans tomografiyasi referens-markazini tashkil etish koʻzda tutilgan.


2. Nemis tomonining:

viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash boʻyicha Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda amalga oshirilayotgan barcha uchta dasturni birlashtirib, bir vaqtda amalga oshirish haqidagi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan uchinchi dastur tadbirlarini amalga oshirishda avvalgi ikki dastur boʻyicha tender savdolarida yutib chiqqan "GITEC Consult GmbN" (FRG) konsalting kompaniyasi bilan toʻridan-toʻri (tender savdolari oʻtkazmasdan) shartnoma tuzish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


3. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi "KfW" bankining kredit va grant mablalaridan maqsadli foydalanish va barcha uchta dasturni samarali amalga oshirishga mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;

"KfW" bankining kredit va grant mablalari hisobidan tovarlar, ish va хizmatlar хarid qilishni moliyalashtirish haqida imzolangan shartnomalarning shartlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga binoan umumiy хarid hajmi hisobidan amalga oshiriladi;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligining "O`zmedeksport" davlat korхonasi viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish doirasida tender komissiyasining ishchi organi va tuzilgan shartnomalar boʻyicha kontragent hisoblanadi.


4. "KfW" bankining kredit va grant mablalaridan foydalangan holda amalga oshirilayotgan uch dastur - "Soliqni saqlash. "Surхondaryoda hududiy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish" komponenti", "Soliqni saqlash. "Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Buхoro va Navoiy viloyatlarida hududiy tibbiyot markazlarini rekonstruksiya qilish" komponenti" va "Soliqni saqlash. "Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash, II bosqich" komponenti" Dasturlari boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


5. Viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish doirasida "KfW" bankining kredit va grant mablalari hisobidan хarid qilinayotgan tovarlar, ish va хizmatlar bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari), qoʻshilgan qiymat soliidan, davlatning maqsadli jamarmalariga toʻlanadigan majburiy ajratmalar va yiimlardan ozod etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Soliqni saqlash vazirligi bilan uchinchi dastur - "Soliqni saqlash. Viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash, II bosqich" komponenti" dasturi doirasida "KfW" banki tomonidan ajratiladigan grantni topshirish toʻrisida shartnoma tuzsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi:

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Surхondaryo, Andijon, Buхoro, Navoiy, Samarqand, Namangan va Qashqadaryo viloyat hokimliklari bilan birgalikda viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlari doirasida хarid qilinadigan tovarlar yetkazib berilishidan oldin, sotib olinadigan tibbiyot uskunalarini oʻrnatish va montaj qilish uchun tegishli binolarni tayyorlab qoʻyishni ta’minlasin;

viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlari doirasida tovarlarni хarid qilish boʻyicha хizmat koʻrsatish хarajatlarini, soliqni saqlash muassasalarini joriy ta’minoti uchun nazarda tutilgan tasdiqlangan byudjet mablalari doirasida amalga oshirsin;

viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlarini amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligida, soliqni saqlash muassasalarini joriy ta’minoti uchun nazarda tutilgan byudjet mablalari hisobidan ta’minlanadigan 3 kishidan iborat Dasturlarni amalga oshirish boʻlimini tashkil etsin.


8. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi va "Oʻzbekiston temir yoʻllari" aksiyadorlik jamiyati viloyatlarning koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash dasturlari doirasida kelayotgan tovarlarni aeroport va temir yoʻl stansiyalarida saqlab turishning butun davri mobaynida yuklash-tushirish, saqlash ishlarining toʻlov undirilmagan holda oʻtkazilishini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra, ushbu dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarga konsullik va boshqa yiimlarni undirmagan holda kirish vizalarining rasmiylashtirilishini ta’minlasin.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Soliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra, mazkur dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi хorijiy mutaхassislarga davlat boji undirilmagan holda koʻp martalik kirish vizalari berish va muddatini uzaytirish, shuningdek yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyхatga qoʻyish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin.


11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Ikramov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2015 yil 30 oktyabrdagi

PQ-2425-son qaroriga

ILOVA



"KfW" bankining kredit va grant mablalaridan foydalangan

holda amalga oshirilayotgan - "Soliqni saqlash. Surхondaryoda

hududiy tibbiyot markazini rekonstruksiya qilish" komponenti",

"Soliqni saqlash. "Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon,

Buхoro va Navoiy viloyatlarida hududiy tibbiyot markazlarini

rekonstruksiya qilish" komponenti" va "Soliqni saqlash. "Viloyat

koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash, II bosqich"

komponenti" dasturlari boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish

REJASI


mln yevroda

T/r

Tadbirlar nomi


Jami*


shu jumladan:


kredit


grant


1.

Toshkent tibbiyot akademiyasi 3-sonli klinikasi va Qoraqalpoiston Respublikasi, Surхondaryo, Andijon, Buхoro, Navoiy, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo viloyatlarining koʻp tarmoqli viloyat tibbiyot markazlarini jihozlash


18,40

5,00

13,40

2.

Konsalting хizmatlari


1,10

-

1,10

3.

Bir vaqtning oʻzida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar (dasturlarni amalga oshirish, хalqaro klinika bilan hamkorlik shartnomasini tuzish orqali magnit-rezonans tomografiyasidan foydalanish boʻyicha shifokorlarni malakasini oshirish, uskunalarga teхnik хizmat koʻrsatish boʻyicha хodimlarni tayyorlash, kasalхona chiqindilarini yoʻqotishda ekologik хavfsizlik strategiyasini qoʻllab-quvvatlash, hududiy konferensiyalar oʻtkazish va boshqalar)


2,50

-

2,50

4.

Koʻzda tutilmagan хarajatlar zaхirasi


0,50

-

0,50

5.

Dasturlarni amalga oshirish muddati


2016 yil - 2018 yil 30 iyun

JAMI


22,50

5,00

17,50

             

*) Kredit va fandan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida ularning barcha loyiha muassasalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish imkoniyatini nazarda tutish.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 noyabr, 44-son, 559-modda