Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 14.01.1992 y. 514-XII-son "Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY KENGAShINING

QARORI

14.01.1992 y.

N 514-XII



"JISMONIY TARBIYa VA SPORT TOʻRISIDA"GI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI

AMALGA KIRITISh TARTIBI HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:


1. "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan paytdan boshlab amalga kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga uch oylik muddat ichida:

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar kiritsin;

Hukumat qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ hujjatlarini "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish topshirilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining Raisi                                               Sh. Yoʻldoshev