Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.04.1994 y. PF-821-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 avgustdagi PF-465 raqamli Farmonining 3-bandiga qisman oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

12.04.1994 y.

N PF-821



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 1992 YIL 28 AVGUSTDAGI

PF-465 RAQAMLI FARMONINING 3-BANDIGA

QISMAN OʻZGARTISh KIRITISh TOʻRISIDA


Respublika sportchilarning halqaro miqyosda misli koʻrilmagan alabaga erishganliklari, ularning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlashga qoʻshgan hissalarini e’tiborga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 avgustidagi PF-465 raqamli Farmonining 3-bandi "pul mukofotlari topshiriladi" soʻzlaridan keyin quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


oltin medal - 10000 AQSh dollari;

kumush medal - 5000 AQSh dollari;

bronza medal - 3000 AQSh dollari.


Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Milliy banki bilan birgalikda bir hafta ichida mazkur Farmonning 3-bandiga muvofiq toʻlov tartibi toʻrisidagi takliflarni kiritsinlar.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov