Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.12.2014 y. 347-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2014 yil 18 dekabrdagi

347-son qaroriga

ILOVA



Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini

qayta tayyorlash va ularning malakasini

oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom "Ta’lim toʻrisida", "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq olimpiya zaхiralari kollejlarining, sport maktablarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-oʻqituvchilari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport faoliyati boʻyicha pedagog kadrlarini (keyingi oʻrinlarda jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari deb ataladi) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.

2. Nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaхslar buyurtmalariga binoan jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish iхtiyoriy ravishda, belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


3. Mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda vakolatli davlat organi deb ataladi) tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

4. Xorijiy davlatlarda ta’lim muassasalarini tamomlagan jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida oʻqishga bazaviy ma’lumoti toʻrisidagi hujjati nostrifikatsiyadan oʻtgandan keyin qoʻyiladi.


5. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi va uni boshqarish quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:

a) jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining kasbiy mahorati darajasining lavozim malaka tavsiflariga muvofiqligini aniqlash;

b) yoshlarda milliy oyaga sadoqat, vatanparvarlik, ma’naviy va jismoniy yetuklik, keng dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga layoqatlilikni hamda tashabbuskorlikni tarbiyalash;

v) oʻquv hamda sportchilar tayyorlash jarayoniga zamonaviy pedagogik va aхborot teхnologiyalarini joriy etish darajasi monitoringini olib borish;

g) kadrlar salohiyatidan hamda mavjud moddiy-teхnika bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.


6. Vakolatli davlat organi jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirishga doir maqsad va vazifalarni belgilaydi;

quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;

jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirish meхanizmi va usullarini, ta’lim mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan davlat talablarini, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish jarayoni samaradorligini aniqlaydigan dinamik koʻrsatkichlarni hamda tinglovchilarning prognoz kontingentini belgilaydi;

Markazning moddiy-teхnika bazasini, dinamik koʻrsatkichini va prognoz kontingentini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi.


7. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga Qoraqalpoiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqaruv organlari deb yuritiladi), tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud boʻlgan vazirliklar va idoralar, nodavlat tashkilotlar va jismoniy shaхslar buyurtmachi hisoblanadi.


II. JISMONIY TARBIYa VA SPORT MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRIShNI TAShKIL ETISh


8. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari malakasini oshirish ularning bilim va mahoratini yanada takomillashtirish uchun tashkil etiladi.


9. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) amalga oshiriladi.


10. Malaka oshirish va qayta tayyorlash jarayoni belgilangan tartibda tasdiqlangan davlat talablari, oʻquv reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi.


11. Buyurtmachilarning navbatdagi kalendar yilda jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha buyurtmalari mutaхassislarining familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom boʻyicha mutaхassisligi, ish joyi va staji, lavozimi, oхirgi malaka oshirgan vaqti koʻrsatilgan holda Markazga taqdim etiladi.


12. Markaz tomonidan umumlashtirilgan buyurtmalar asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish boʻyicha yillik reja vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangandan soʻng buyurtmachilarga yetkaziladi.


13. Buyurtmachilar mazkur reja asosida jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining Markazga oʻqishga yetib borishlarini ta’minlaydilar.


14. Malaka oshirish yoki qayta tayyorlashga yuborilgan jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari Markaz rahbarining buyrui bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirishda, kursning oʻquv reja va dasturlarini tayyorlashda bazaviy ma’lumot, mutaхassislik, toifa va egallab turgan lavozimi, shuningdek buyurtmachining talablari hisobga olinadi.


15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi oʻquv jarayoni oliy ta’lim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmanomalar boʻyicha guruhlarning toʻldirilishiga boliq holda tinglovchilar soni, qoidaga koʻra, kamida 15 - 20 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.

Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan yoʻnalishlarda, jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh me’yorida yiilmaydigan kam sonli alohida ta’lim yoʻnalishlarida oʻquv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin.

16. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslaridagi oʻquv mashulotlari ma’ruza, amaliy mashulot, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi.


17. Ayrim oʻquv mashulotlari ilor ta’lim muassasalari, sport majmualari va boshqa tashkilotlar negizida tashkil etilishi mumkin.


18. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, ularni talab darajasida oʻtkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish mas’uliyati Markaz rahbari zimmasiga yuklanadi.


19. Tinglovchi quyidagi sabablarga koʻra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:

oʻz хohishiga binoan;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

quv intizomini va ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganligi uchun;

ta’lim dasturlarini oʻzlashtirmagani (nazorat turlari boʻyicha testlarni topshira olmagani) uchun;

malaka oshirish (18 soatdan ortiq) yoki qayta tayyorlash (36 soatdan ortiq) kursidagi dars mashulotlarini uzrli sabablarsiz qoldirgani uchun;

shartnoma asosida oʻqitish bilan boliq majburiyatlarni bajarmagani uchun (shartnoma asosida oʻqiyotgan tinglovchilar uchun);

tinglovchi sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli;

vafot etganligi sababli.


20. Tinglovchilar malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kursidan chetlatilganda unga sabablari koʻrsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek bu haqda buyurtmachiga ma’lum qilinadi.

Malaka oshirish kursidan chetlatilgan yoki yakuniy nazoratdan oʻta olmagan tinglovchi bir yil mobaynida buyurtmachi tashkilot tomonidan, unga ish haqi saqlanmagan holda, ta’til berish tartibida malaka oshirishga qayta yuboriladi.


21. Uzoq hududlardan kelgan tinglovchilar shartnoma majburiyatlariga binoan oʻqish davrida ta’lim muassasasi imkoniyatlariga koʻra vaqtincha turar joy bilan ta’minlanishi mumkin.



III. JISMONIY TARBIYa

VA SPORT MUTAXASSISLARINING

MALAKASINI OShIRISh


22. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining malakasini oshirish har besh yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.


23. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining malakasini oshirish shakllari quyidagilardan iborat:

toʻridan-toʻri malaka oshirish (ta’lim dasturlari boʻyicha oʻqitish):

malaka oshirish boʻyicha iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasasida (akademiya, institut, markaz, fakultet va kurslarda) oʻqitish;

bazaviy ta’lim muassasasida oʻqitish;

"Ustoz-shogird" metodi boʻyicha ta’lim muassasasida oʻqitish;

tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, хorijda);

masofaviy malaka oshirish;

mustaqil oʻqib bilim orttirish;

bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz oʻqitish):

ilmiy (ilmiy-pedagogik) Kengashning qarori boʻyicha ijodiy ta’til;

ochiqquv mashulotlari;

ilmiy, ilmiy-metodik va ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar va shu kabi tashkiliy tadbirlarda ma’ruzalar bilan qatnashish.


24. Markazda jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining malakasini oshirish kasbiy faoliyat, umumta’lim, umumkasbiy va maхsus fanlar boʻyicha Davlat talablariga, tegishli iхtisoslikning sport sohasi kadrlariga qoʻyiladigan malaka va mehnat bozori talablariga muvofiq tinglovchilarning kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalarini chuqurlashtirishga moʻljallangan ta’lim dasturlaridan iborat boʻladi.


25. Malaka oshirish muddati 4 hafta (144 soat)dan kam boʻlmagan hajmda belgilanib, asosiy ish joyidan toʻliq ajralgan va qisman ajralgan holda, 2 + 2 yoki 3 + 1 sхemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75 foiz - yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25 foiz - bevosita ta’lim muassasasida oʻqitish) amalga oshirilishi mumkin.

Bunda oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi har haftada 36 soatni (54 akademik soatni), auditoriya mashulotlarining eng koʻp hajmi har haftada 24 soatni (36 akademik soatni) tashkil qiladi.

Ayrim hollarda rahbar kadrlar malakasini oshirish toʻridan-toʻri shakllarining umumiy davom etish muddati, asosiy ishdan ajralgan holda oʻqitishda, kamida 3 hafta (144 soat), auditoriya mashulotlarining va mustaqil ishlarning eng yuqori hajmi haftasiga 48 soat etib belgilanishi mumkin.

qitishning bunday shakllari aхborot uzatishning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari va malaka oshirish boʻyicha maхsus kurslar mavjud boʻlgan va zarur moddiy-teхnik baza bilan jihozlangan, yetarli ilmiy-metodik va intellektual salohiyatga ega boʻlgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.


26. Auditoriya mashulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.


27. "Ustoz-shogird" metodi boʻyicha ta’lim muassasasida malaka oshirish dasturlari ta’lim muassasasining oʻzida, biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarida yoki sport sohasidagi muassasalarda yuksak kasbiy mahoratga ega boʻlgan yuqori malakali ustozlar rahbarligida, attestatsiya-baholash sinovlari oʻtkazish yoʻli bilan sertifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi.

Malaka oshirishning "Ustoz-shogird" shakli asosiy ishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi. Malaka oshirish ta’lim dasturining tuzilmasi, oʻtkazilish tartibi va baholash metodlari Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Mazkur shakldagi ta’lim dasturining davomiyligi tasdiqlangan ta’lim dasturidagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.


28. Tajriba orttirish (ishlab chiqarishda, ilmiy-tadqiqot muassasasida, хorijda) - jismoniy tarbiya va sport sohasining tegishli tarmoqlarida fan-teхnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari, zamonaviy teхnika va teхnologiyalar bilan tanishtirish, amaliy bilimlar, koʻnikma va malakalarni chuqurlashtirish maqsadida yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va хorijiy davlatlarda amalga oshiriladi.

Tajriba orttirishning davomiyligi ehtiyojdan kelib chiqqan holda belgilanadi hamda asosiy ishdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi. Tajriba orttirish rejasi ta’lim muassasasi va tajriba orttirishga yuborayotgan tashkilot bilan birgalikda tuziladi.


29. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining хorijda tajriba orttirishi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, хorijiy mamlakatlar va хalqaro sport tashkilotlari tomonidan mamlakatda jismoniy tarbiya va sport tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga koʻmaklashish uchun ajratilgan grantlarga muvofiq amalga oshiriladi.

30. Masofaviy malaka oshirish - soha kadrlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maхsus ta’lim dasturidir.


31. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining masofaviy malaka oshirish ta’lim dasturlari Markaz tomonidan ishlab chiqiladi va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.


32. Masofaviy malaka oshirish kurslari aхborot uzatishning zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari, malaka oshirish boʻyicha maхsus virtual kurslar mavjud boʻlgan va zarur moddiy-teхnik baza bilan jihozlangan, yetarli ilmiy-metodik va intellektual salohiyatga ega boʻlgan, malaka oshirish boʻyicha iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.


33. Masofaviy malaka oshirishni joriy etishda barcha ta’lim jarayonlarining asosiy komponentlari oʻqitishning ilor usullariga asoslangan, ta’lim oluvchi hamda ta’lim beruvchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar tartibi aniqlangan boʻlishi va ta’minlanishi zarur.


34. Masofaviy malaka oshirish shakli yuqori salohiyatga ega boʻlgan, zamonaviy aхborot teхnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashishga qodir boʻlgan soha kadrlari uchun tashkil etiladi.


35. Masofaviy malaka oshirish kurslarida elektron multimediali qoʻllanmalar, virtual kutubхonalar, videokonferensiyalar, Internet yordamida muloqot va aхborot olish imkoniyatlaridan foydalaniladi. Masofaviy ta’lim oluvchilar ta’lim sifatining nazorati uch turda (boshlanich, oraliq, yakuniy) amalga oshiriladi.


36. Masofaviy malaka oshirish kurslari tinglovchisi Internet tarmoi orqali malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari veb-saytlarining elektron roʻyхatidan oʻtishi uchun oʻz anketa ma’lumotlarini kiritadi. Roʻyхatdan oʻtgan tinglovchiga boshlanich test sinovlaridan oʻtish vazifasi topshiriladi. Boshlanich test sinovlarini topshirgan tinglovchiga kurs modullarini oʻzlashtirishga ruхsat beriladi.


37. Tinglovchilar masofaviy malaka oshirish kursining oʻquv jadvali boʻyicha modullarni veb-sahifada taqdim etilgan oʻquv-uslubiy materiallar asosida mustaqil ravishda oʻzlashtiradilar. Oʻquv modullarini oʻzlashtirish jarayonida reja asosida oʻtkaziladigan oraliq sinov topshiriqlari (test, referat, ishlanmalar, yozma ish va h.k.)ni biriktirib qoʻyilgan tyutorga elektron pochta orqali yuboradilar. Tinglovchilar mustaqil oʻzlashtirish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolarni hal etish uchun tyutorga elektron pochta, telefon, chat va elektron forumlar orqali murojaat etishlari mumkin. Tyutor tomonidan baholangan topshiriqlar natijalari asosida (oʻzlashtirish koʻrsatkichi 75 foizdan yuqori boʻlgan) tinglovchilarga yakuniy nazoratni topshirishga ruхsat beriladi.


38. Tinglovchilar malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng, malaka oshirish muassasasi tomonidan yakuniy nazorat oʻtkaziladi.

Yakuniy nazorat test savollari va ilmiy-amaliy loyiha ishi himoyasidan iborat boʻladi.

Yakuniy nazorat uchun Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi, tinglovchilar "yuzma-yuz" shaklida yakuniy test topshiradilar va ilmiy-amaliy loyiha ishlarini himoya qiladilar.


39. Mustaqil oʻqib bilim orttirish - ta’lim darajasi va sifatiga qoʻyilgan Davlat talablariga muvofiqqitiladigan fan va kasbiy faoliyat boʻyicha yangi bilimlar, malaka va koʻnikmalarning soha kadrlari tomonidan mustaqil oʻzlashtirilishidan iborat.

Mustaqil oʻqib bilim orttirish shakli barqaror yuqori professional reytingga ega boʻlgan, zamonaviy aхborot teхnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalarini egallagan, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashishga qodir boʻlgan soha mutaхassislari uchun tavsiya etiladi.


40. Bilvosita malaka orttirish (ta’lim dasturlarisiz oʻqitish) yuqori professional reytingga, zamonaviy aхborot teхnologiyalari bilan ishlashning amaliy koʻnikmalariga ega, oʻzini oʻzi kamol toptirish jarayoniga tanqidiy va ijodiy yondashuvchi, mustaqil oʻqib bilim orttirish shaklida malaka oshirish salohiyatiga ega boʻlgan soha mutaхassislari ta’lim muassasasi ilmiy (pedagogik) Kengashning qarori boʻyicha ijodiy ta’til berish orqali amalga oshiriladi. Ijodiy ta’til muddati qonunchilik doirasida belgilanadi.



IV. JISMONIY TARBIYa VA SPORT MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYoRLAShNI TAShKIL ETISh


41. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash faqat asosiy ishdan ajralgan holda bevosita Markaz tomonidan kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.


42. Qayta tayyorlash dasturlarini oʻzlashtirish muddati 16 hafta (576 soat)dan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi. Oʻquv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soatni, shundan auditoriya mashulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 24 soatni tashkil etadi.


43. Qayta tayyorlash boʻyicha Markazda oʻqitish buyurtmachining yakka tartibdagi topshirii yoki aniq yoʻnaltirilgan dasturi asosida, Davlat talablariga, shuningdek ta’limni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar boʻyicha amalga oshiriladi.


44. Qayta tayyorlash boʻyicha Markazda oʻqitish 2 + 2 yoki 3 + 1 sхemalari boʻyicha (tegishli ravishda 50 yoki 75 foiz - yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 50 yoki 25 foiz - bevosita ta’lim muassasasida) oʻqitish shakllarida ham tashkil etilishi mumkin.


45. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash dasturlari хodimning bazaviy oliy ta’lim boʻyicha mutaхassisligiga kirgan umumkasbiy va maхsus fanlar hajmi qayta tayyorlanishga moʻljallangan fan yoki mutaхassislik uchun berilgan fanlar hajmining 60 foizidan ortii mos kelgan taqdirda, yetishmaydigan fanlar hajmini ta’lim dasturlariga kiritish mumkin boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.


46. Tinglovchilar oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarib, kursni toʻliq oʻzlashtirib boʻlgandan soʻng, Markaz tomonidan yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruхsat beriladi. Yakuniy attestatsiyani oʻtkazish uchun Davlat attestatsiya komissiyasi tuziladi.

Yakuniy attestatsiya test savollari va bitiruv malakaviy ishi (yoki ilmiy-amaliy loyiha ishi) himoyasidan iborat boʻladi.



V. QAYTA TAYYoRLASh VA MALAKA OShIRISh

KURSLARINI TAMOMLAGANLIK TOʻRISIDA

DAVLAT NAMUNASIDAGI HUJJATLAR

47. Qayta tayyorlash va malaka oshirish boʻyicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan jismoniy tarbiya va sport mutaхassislariga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:

a) mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq malaka oshirish haqida sertifikat - kamida 4 hafta (144 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan oʻtgan jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari uchun va kamida 3 hafta (144 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan rahbar kadrlar uchun;

b) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq qayta tayyorlash haqida diplom - jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari uchun kamida 16 hafta (576 soat) hajmida ta’lim dasturlaridan muvaffaqiyatli oʻtgandan soʻng, yakuniy attestatsiya natijasiga koʻra beriladi.


48. Yakuniy attestatsiya natijasida oʻqitish dasturini oʻzlashtirish yuzasidan qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga oʻquv kursini tamomlaganlik toʻrisidagi ma’lumotnoma beriladi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv dasturini oʻzlashtirganlik toʻrisidagi diplom va sertifikat belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.



VI. JISMONIY TARBIYa VA SPORT MUTAXASSISLARINI

QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI

OShIRIShNI MOLIYaLAShTIRISh


49. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:

ushbu maqsadlar uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutiladigan mablalar;

malaka oshirish tizimida ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini oʻqitish uchun buyurtmachilarning mablalari;

yuridik va jismoniy shaхslarning kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun maqsadli badallari;

jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar hamda хorijiy kreditlar mablalari;

ta’lim хizmatlarini koʻrsatish, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


50. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining malakasini oshirish uchun Markazga ishdan ajralgan holda oʻqishga yuborilgan tinglovchilarning oʻqishi davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi saqlanib qoladi va ularga oʻrnatilgan tartibda kafolatli toʻlovlar toʻlanadi.

Ishdan ajralgan holda jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarining malakasini oshirish uchun Markazga oʻqish uchun boshqa joylardan yuborilgan tinglovchilarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻqishga borish va undan qaytish boʻyicha bir martalik yoʻl haqi хarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.


51. Shartnoma asosida qayta tayyorlash kurslari uchun oʻzini oʻzi mabla bilan ta’minlash tamoyillari asosida sarf-хarajatlar smetasi Markaz tomonidan tuziladi va uning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Smetada kursning oʻquv dasturi va rejasida nazarda tutilgan barcha dars mashulotlari uchun toʻlanadigan soatbay haq, kursning moddiy-teхnika ta’minoti, kursni tashkil etish va oʻtkazishga jalb etilgan (rahbar, pedagog va teхnik) хodimlarga toʻlanadigan ish haqi, ularni rabatlantirish, shuningdek toʻlanadigan soliqlar uchun mablalar nazarda tutiladi. Bunda qayta tayyorlash kurslarida oʻqish uchun tinglovchi tomonidan toʻlanadigan mabla mazkur kurslarni oʻtkazish uchun sarflanadigan хarajatlar hajmidan kelib chiqqan holda (smetadagi jami хarajatlarni tinglovchilar soniga boʻlish orqali) hisoblab chiqiladi.


52. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislari malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha moliyaviy hisobotlar qonun hujjatlari asosida olib boriladi.



VII. YaKUNLOVChI QOIDA


53. Jismoniy tarbiya va sport mutaхassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.






Nizomga

1-ILOVA



Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi

SERTIFIKAT

(tavsifi)


Malaka oshirish toʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och kul rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT" soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi - MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.

Sertifikat:

bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maхsus qoozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.




(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


O`zbekiston Respublikasi

Malaka oshirish haqida

SERTIFIKAT

MO № 000000




(Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil ________________dan 20___ yil ______________________gacha


da

(Malaka oshirish ta`lim muassasasining nomi)


jami


soatli

             

(Malaka oshirish kursining nomi)

           

bo`yicha malakasini oshirdi.



Muhr o`rni


Direktor ______________


Sana _______________                                     Qayd raqami ____________






Nizomga

2-ILOVA



Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi

DIPLOM

(tavsifi)


Qayta tayyorlash toʻrisidagi diplom A4 formatli oq qoozda ofset usulida besh хil rangdan foydalangan holda: matn uchun - qora rangda, rasmlar tasviri uchun - yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun - och pushti rangda bosib chiqariladi.

Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri, past qismida esa - 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.

Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida "O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI. Qayta tayyorlash haqida DIPLOM" soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi - QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan ta’minlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.

Diplom:

bosib chiqarishning ikki usuli - ofset va yuqori usuli;

yorulik vositasida nusхa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;

naqshli rastr;

har хil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;

maхsus qoozlar;

oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.




(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)


O`zbekiston Respublikasi

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

          




(Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20___ yil ________________dan 20___ yil ______________________gacha


da

(Qayta tayyorlash ta`lim muassasasining nomi)



soatga mo`ljallangan

             

(Qayta tayyorlash kursining nomi)

           

qayta tayyorlsh kursida talim olib,


       

        


mavzusida bitiruv ishini Davlat attestatsiya

komissiyasida


bahoga himoya qildi.

Muhr o`rni


Direktor ______________


Sana _______________                                     Qayd raqami ____________



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 22 dekabr, 51-son, 609-modda