Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.07.2012 y. 214-son "Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.07.2012 y.

N 214



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

TRENERLIK FAOLIYaTINI YaNADA TARTIBGA

SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


"Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan, trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish, aholiga jismoniy tarbiya-sport hamda solomlashtirish хizmatlari koʻrsatishning sifatini oshirish va хavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jismoniy tarbiya - sport tashkilotlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:

trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

2013 yil 1 iyuldan boshlab trenerlik faoliyati bilan shuullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtmagan shaхslar bilan mehnat shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsin.

3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2012 yil 13 iyuldagi

214-son qaroriga

2-ILOVA


Trenerlik faoliyati bilan shuullanish

yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha

Respublika komissiyasi

TARKIBI

Isroilov Sh.

-

Jismoniy tarbiya va sport vaziri, komissiya raisi


Matchanov J.M.

-

Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi, Komissiya raisining oʻrinbosari

Lavozimi boʻyicha

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori

Qodirov A.K.

-

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

Sultonov Sh.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatsiyalash va kompyuterlashtirish markazi direktori, komissiya kotibi

           

Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda tegishli lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar yoхud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaхslar komissiya tarkibiga kiritiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2012 yil, 29-son, 332-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2012 yil, 7-son, 53-modda