Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.09.1996 y. 324-son "Dam olish va sportni rivojlantirish halkaro korporatsiyasi" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.09.1996 y.

N 324



"DAM OLISh VA SPORTNI RIVOJLANTIRISh

HALKARO KORPORATsIYaSI" OʻZBEKISTON-

AMERIKA QOʻShMA KORXONASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Xorijiy investitsiyalarni jalb etish, Oʻzbekiston Respublikasida turizm, madaniy dam olish va sportni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Toshkent shahap hokimligining ustav sarmoyasi 2 mln AQSh dollari miqdorida boʻlgan, Toshkent shahridagi Rohat koʻlida halqaro andozadagi golf-klubni qurish va keyinchalik foydalanish uchun "Dam olish va sportni rivojlantirish хalqaro korporatsiyasi" Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma korхonasini tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:

qoʻshma korхonani, ustav sarmoyasidagi ulush tegishli ravishda 20 va 80 foiz miqdorida taqsimlangan holda, Oʻzbekiston tomonidan Toshkent shahar hokimligi va Amerika tomonidan "Olden Star Ink" kompaniyasi ta’sis etadilar;

"Olden Star Ink" kompaniyasining investitsiyasi 6,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi;

Toshkent shahar hokimligining qoʻshma korхona ustav sarmoyasiga ulushi yerdan foydalanish huquqi, mavjud muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalari, tish yoʻllari sifatida qoʻshiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoʻshma korхonani belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazsin.


4. "Oʻzistiqbolstat" davlat qoʻmitasi Toshkent shahrining Rohat koʻlidagi хalqaro andozadagi golf-klubni tashkil etishga doyir loyihani Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari R.R. Yunusov va S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                           I. Karimov