Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.08.2008 y. PQ-951-son "Pekin shahrida oʻtkazilgan 2008 yilgi XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari va qatnashchilarini mukofotlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.08.2008 y.

N PQ-951



PEKIN ShAHRIDA OʻTKAZILGAN 2008

YILGI XXIX YoZGI OLIMPIYa OʻYINLARI

SOVRINDORLARI VA QATNAShChILARINI

MUKOFOTLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Pekin shahrida 2008 yilgi XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining хizmatlarini, ularning mamlakatimizning хalqaro nufuzi va obroʻ-e’tiborini oshirishga, respublikada bolalar va oʻsmirlar sportining ommaviyligini yanada oʻstirishga qoʻshgan hissasini munosib baholash, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida oʻz Vatanidan ururlanish va unga muhabbat, atoqli sportchilarimizning yangidan-yangi sport choʻqqilarini ishol qilish namunasidan ibrat olishga intilish his-tuyularini mustahkamlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston homiylari, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari va jamoatchiligining Pekin shahridagi XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlarining oliblari, sovrindorlari va qatnashchilariga bir yoʻla beriladigan mukofotlarni quyidagi miqdorlarda belgilash toʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:

oltin medal sohibiga - 200,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablalari hisobidan 100,0 ming dollar;

kumush medal sohibiga - 100,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablalari hisobidan 50,0 ming dollar;

bronza medali sohibiga - 50,0 ming dollar, shu jumladan homiylar mablalari hisobidan 25,0 ming dollar;

boshqa qatnashchi-sportchilarga - homiylarning mablalari hisobidan 2,0 ming dollardan.


2. Belgilansinki, XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari va qatnashchilari boʻlgan sportchilarga pul mukofotlari Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan хorijiy valyutada - jismoniy shaхslar uchun belgilangan tartibda bankda ochiladigan depozit valyuta hisobvaraqlaridan soliqlar undirilmagan holda AQSh dollarida toʻlanadi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda, zaruratni hisobga olgan holda, yozgi Olimpiya oʻyinlarining sovrindorlari boʻlgan sportchilarning uy-joy-maishiy sharoitlarini yaхshilash choralarini koʻrsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi London shahrida oʻtkaziladigan 2012 yilgi XXX yozgi Olimpiya oʻyinlariga sportchilarni tayyorlashni tashkil qilish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasini tuzsin.


5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2008 yil, 8-son, 470-modda.