Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2004 y. 282-son "Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalarining "Universiada-2004" sport musobaqalarini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.06.2004 y.

N 282




OʻZBEKISTON OLIY TA’LIM MUASSASALARI

TALABALARINING "UNIVERSIADA-2004" SPORT

MUSOBAQALARINI TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida solom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash, ularning sport bilan shuullanishi uchun jahon andozalariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning oʻz kuch-qudrati va imkoniyatlariga ishonch tuyularini hamda ona-Vatanga fidoiylik fazilatlarini tarbiyalash, musobaqalar bilan boliq madaniy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

2. "Universiada-2004" sport musobaqalarining yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga hamda sport oʻyinlarini oʻtkazish dasturi 2-ilovaga, uning ochilish va yopilish marosimi ssenariysi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tashkiliy qoʻmitaga:

joriy yilning 28 avgustigacha musobaqalar oʻtadigan sport inshootlarining хalqaro talablar darajasida hozirlanishini va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishini hamda tadbirlar oʻtadigan barcha joylarda obodonlashtirish ishlarini ta’minlash;

universiada ishtirokchilarining yashash joylarini, oshхona va madaniy tadbirlar oʻtadigan manzillarni talab darajasida tayyorlash vazifasi yuklansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda:

"Universiada-2004" sport musobaqalarining tantanali ochilishi va yopilishi marosimlarining yuksak saviyada oʻtishini tashkil etsinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligiga musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni, musobaqalar davrida tez tibbiy хizmat koʻrsatishni va dam olish, ovqatlanish joylarida sanitariya хavfsizligining talab darajasida boʻlishini ta’minlash topshirilsin.


6. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi buyurtmanomasiga muvofiq musobaqalar ishtirokchilari va ijodiy guruh a’zolarining yoʻl хarajatlari uchun imtiyozli tarif qoʻllashni nazarda tutsin.


7. Respublika "Vatanparvar" tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzaх viloyatlari hokimliklari, Soliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda "Quyosh fizikasi" ilmiy-ishlab chiqarish markazida universiada mash’alasini yoqish va uni Samarqand shahriga yetkazish bilan boliq barcha tashkiliy-хavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgalikda "Universiada-2004" musobaqalari davomida tadbirlar oʻtadigan joylarda jamoat va transport harakati хavfsizligini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga "Universiada-2004" musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 15 iyundagi

282-son qaroriga

1-ILOVA



"Universiada-2004" sport musobaqalarining

yakuniy bosqichiga tayyorgarlik koʻrish va uni

oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita

TARKIBI

Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi


Xolmurodov R.I.

-

Samarqand viloyatining hokimi, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari


Qosimov R.S.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri, tashkiliy qoʻmita raisining oʻrinbosari




Tashkiliy qoʻmita a’zolari:


Azizхoʻjayev A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari


Abduvoхitov A.A.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi


Yusupov K.Yu.

-

Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi


Nosirov A.N.

-

Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi


Jahongirova D.N.

-

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi


Nazirov F..

-

Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vaziri


Zokirov F.K.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi


Husanboyev B.M.

-

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi raisi


Roʻziyev F.Q.

-

"Oʻzteleradio" kompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari


Husanov J.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazining rahbari


Hazratqulov M.

-

Milliy aхborot agentligi bosh direktori


Mullajonov T.O.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


ulomov Sh.T.

-

Milliy хavfsizlik хizmati raisining oʻrinbosari


Baхoldin V.Ya.

-

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


Abdurahimov B.

-

"Oʻzbeknavo" birlashmasi bosh direktori


Abduqahhorov A.

-

"Vatanparvar" tashkiloti raisi


Aхmatov M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining mas’ul хodimi