Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.06.2000 y. PF-2618-son "Oʻzbekistonda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va mamlakat sportchilarini Sidney shahri (Avstraliya)dagi XXVII Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.06.2000 y.

N PF-2618



OʻZBEKISTONDA OLIMPIYa

HARAKATINI YaNADA RIVOJLANTIRISh

VA MAMLAKAT SPORTChILARINI SIDNEY

ShAHRI (AVSTRALIYa)DAGI XXVII OLIMPIYa

OʻYINLARIGA TAYYoRLASh TOʻRISIDA


Mamlakatda olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va Oʻzbekiston sportchilarining Sidney shahri (Avstraliya)dagi XXVII Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rabatlantirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekistonning хalqaro obroʻsini mustahkamlashda, yosh avlodni milliy urur va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek sportchilari erishgan yutularning oyat katta ahamiyatini e’tiborga olib:


1. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy vakili deb hisoblansin.


2. XXVII Olimpiya oʻyinlarida sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilarini rabatlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini koʻpaytirishga ular qoʻshgan munosib qissani e’tirof etish maqsadida quyidagi miqdorlarda bir yoʻla beriladigan mukofotlar belgilansin:

oltin medal uchun - 100 000 AQSh dollari,

kumush medal uchun - 50 000 AQSh dollari,

bronza medali uchun - 25 000 AQSh dollari.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda Tashki ihtisodiy faoliyat milliy banki bilan birga yuqorida koʻrsatilgan pul mukofotlarini toʻlash tartibi toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi XXVII Olimpiya oʻyinlariga baishlangan lotereyani oʻtkazishdan olingan daromad (foyda) soliini toʻlashdan ozod qilinsin, bunda tushgan mablalar XXVII Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekistonning sport delegatsiyasini tayyorlash hamda ishtirok etishiga maqsadli yoʻnaltirilishi shart;

yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston sportchilarini XXVII Olimpiya oʻyinlarida qatnashishga tayyorlash hamda ishtirok etishlariga yoʻnaltirilgan homiylik mablalari tegishli ravishda daromad (foyda) solii yoki jismoniy shaхslarning daromad soliini toʻlashdan ozod qilinsin;

Oʻzbekiston sport delegatsiyasini XXVII Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash hamda ishtirok etishini ta’minlash uchun aniq maqsadni koʻzlab respublikaga olib kelinayotgan maхsus sport uskunalari va anjomlari, sport liboslari bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod qilinsin (bojхona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yiimlar bundan mustasno).


4. Vazirlar Mahkamasining iste’mol mollari ishlab chiqarish va savdo kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida oʻzbek sportining munosib namoyandalari boʻlmish Oʻzbekiston sport delegatsiyasining a’zolari uchun maхsus sport kiyimi tayyorlab berilishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sport qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi XXVII Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik davrida olimpiya terma jamoalariga respublikaning barcha sport bazalarida, ular qaysi idoraga qarashli boʻlishidan qat’iy nazar ijara haqi toʻlamasdan oʻquv-mashq mashulotlarini oʻtkazish huquqi berilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, "Oʻzbekkino" davlat-aksionerlik kompaniyasi, "Oʻzteleradio" kompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi XXVII Olimpiya oʻyinlarida respublikaning madaniyat va sport sohasidagi yutuqlarini tarqib qilish uchun matbaa va kino-video mahsulotlari tayyorlashni, shuningdek Oʻzbekiston terma jamoalarining Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarligi hamda ishtirokini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritishni ta’minlasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu Farmonni bajarish yuzasidan qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov