Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 19.06.1992 y. 295-son "Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini 1992 yilgi Olimpiya oʻyinlariga va boshqa хalqaro musobaqalarga tayyorlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI HUZURIDAGI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.06.1992 y.

N 295




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SPORTChILARINI 1992 YILGI

OLIMPIYa OʻYINLARIGA VA BOShQA

XALQARO MUSOBAQALARGA

TAYYoRLASh TOʻRISIDA


1992 yilgi Olimpiya oʻyinlarida MDH yagona sport jamoasi tarkibida oʻz respublikasi bayroi ostida qatnashuvchi Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini muvaffaqiyatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida va bundan buyon Oʻzbekiston Respublikasi terma jamoalarining хalqaro musobaqalarda, Osiyo va Olimpiya oʻyinlarida mustaqil jamoa sifatida qatnashishlarini e’tiborga olib, Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi:

davlatlararo bitimlarga muvofiq MDH terma jamoalarining respublika hududida oʻquv-mashq yiinlarini tashkil qilish va yuksak darajada oʻtkazishni ta’minlasin;

MDH yagona sport jamoasi tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarini sifatli tayyorlash va ularning Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz tasarrufidagi sport qoʻmitalariga yoshlarning respublika, viloyatlar va shahar sport oʻyinlarini, Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari spartakiadalarini tashkil qilish va oʻtkazishda aniq amaliy yordam koʻrsatsinlar, ularni tashkil qilish va oʻtkazish uchun mabla ajratsinlar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi bilan kelishuvga muvofiq respublika terma jamoasi a’zosi boʻlgan talaba va oʻquvchilarni Olimpiya oʻyinlariga, хalqaro va respublikalararo musobaqalarga samarali tayyorlash uchun barcha zarur sharoitlarni ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi uchun respublika terma jamoalarini 1992 yil хalqaro musobaqalariga tayyorlash va ularni oʻtkazish davrida zarur dori-darmonlar ajratsin.


5. Oʻzbekiston Yengil sanoat mollari ishlab chiqarish dovlat uyushmasi "Oʻzbeksavdo" uyushmasi zaхirasi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasi boʻyicha respublika terma jamoalari uchun an’anaviy sport kiyimlarini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining "Oʻzbekiston" sport mollari sotish markaziga yetkazib bersin.


6. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasiga muvofiq хalqaro musobaqalar qatnashchilarini belgilangan joyga olib borishni ta’minlasin.


7. "Oʻzbeksavdo" uyushmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan MDH va respublika hamda хalqaro musobaqalarning oʻquv-mashq yiinlarida qatnashuvchi terma jamoalarni sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlasin.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MDH va respublika terma jamoalari a’zolari boʻlgan instruktor-sportchilarning lavozim ish haqlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasiga 1992 yilda 930 ming soʻm miqdorida qoʻshimcha mabla ajratsin.


9. Oʻzbekistonning taraqqiyot istiqbolini belgilash qoʻmitasi хalqaro toifadagn sport ustalarini markazlashgan tartibda tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi eig kuchli sportchilarining Olimpiya va Osiyo oʻyinlarida, jahon chempionatlari, birinchiliklari, Kuboklarida va boshqa хalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining talabnomasi boʻyicha chet el valyutasini ajratish imkoniyatlarini qidirib topsin va 1993 yildan boshlab kerakli mablani ajratsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ijtimoiy masalalar, fan va ta’lim boʻlimi zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasining bosh vaziri                              A. Mutalov