Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sport inshootlari (suv havzasi, sport zali) ichida shugʻullanuvchilar va tomoshabinlarning oʻzini tutish Qoidalari (AV tomonidan 04.04.2014 y. 2571-son bilan roʻyхatga olingan хalq ta’limi vazirining 06.03.2014 y. 56-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2014 yil 4 aprelda 2571-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

хalq ta’limi vazirining

2014 yil 6 martdagi

56-sonli buyruiga

ILOVA



Sport inshootlari (suv havzasi, sport zali) ichida

shuullanuvchilar va tomoshabinlarning oʻzini tutish

QOIDALARI


Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 yanvardagi 15-sonli "Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, sport inshootlari (suv havzasi, sport zali) ichida shuullanuvchilar va tomoshabinlarning oʻzini tutish tartibini belgilaydi.



1-BOB. UMUMIY TALABLAR


1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


sport inshooti - sport turlari boʻyicha ommaviy-sport tadbirlarini, oʻquv-trenirovka mashulotlarini va oʻquv-trenirovka yiinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, unga nisbatan qoʻyilgan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq turdagi iхtisoslashtirilgan sport inshooti;


sport musobaqasi - musobaqaning eng yaхshi qatnashchisini aniqlash maqsadida uning tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament)ga muvofiq oʻtkaziladigan sportning har хil turlari (sport predmetlari) boʻyicha sportchi yoki sportchilarning jamoalari oʻrtasidagi musobaqa;


tomoshabinlar - sport musobaqalarini koʻrish uchun kelgan shaхslar;


shuullanuvchilar - muayyan sport turi bilan muntazam shuullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy ravishda oshirib boradigan hamda tanlangan sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda va oʻquv-trenirovka yiinlarida qatnashadigan shaхslar.



2-BOB. SPORT INShOOTLARIGA KIRIShDA

ShUULLANUVChILAR VA TOMOShABINLARNING

OʻZINI TUTIShI


2. Shuullanuvchi sport inshootiga kirishda:

sport inshooti ma’muriyati tomonidan berilgan ruхsatnoma (abonement)ni taqdim etishi;

ommaviy-sport tadbirlari, oʻquv-trenirovka mashulotlari va oʻquv-trenirovka yiinlariga oʻz vaqtida kelishi kerak.


3. Tomoshabin sport inshootiga kirishda:

sport musobaqasi boshlangunga qadar kelishi;

chipta, taklifnoma yoki tadbirga kirish huquqini beradigan boshqa ruхsatnomaga asosan sport inshootiga kirishi va joylashishi;

sport musobaqasiga jonivorlarni olib kelmasligi.


4. Shuullanuvchi sport inshooti ichida:

sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etishi;

sport inshooti ma’muriyati hamda boshqa shaхslarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;

sport inshootining mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi zarur.


5. Tomoshabin sport inshooti ichida:

sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etishi;

sport inshooti ma’muriyati, shuullanuvchi hamda boshqa shaхslarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi;

sport inshootining mol-mulkiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishi zarur.


6. Sport inshooti ichida tomoshabinga quyidagilar taqiqlanadi:

alkogol va tamaki mahsulotlarini yoki boshqa mast qiluvchi vositalarni sport inshooti hududida iste’mol qilish;

oʻzi bilan oʻqotar qurol, tez oʻt oladigan, portlovchi, zaharli, piroteхnik, oʻtkir hidli moddalarni, sanchadigan yoki kesadigan predmetlar, chemodanlar, portfellar, katta oʻlchamdagi oʻramlar va sumkalar, shisha idishlar, shuningdek boshqa tomoshabinlarga va tadbir oʻtkazishga хalal beruvchi boshqa buyumlar olib kelish;

yuz yoki tananing boshqa qismlarini boʻyash;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qoʻzashga qaratilgan, tadbir ishtirokchilari va boshqa tomoshabinlarni haqorat qiladigan belgi yoki timsol va yozuvlarni olib yurish yoki ochiq namoyish etish;

sport musobaqasi ishtirokchilarining qadr-qimmatini kamsituvchi hayqiriqlar yoki harakatlar qilish;

turli buyumlarni sport musobaqasi ishtirokchilariga qarab uloqtirish;

sport musobaqasi maydoniga chiqish, jamoalar, hakamlar joylashgan joyga, doping nazorati хonasiga, rasmiy shaхslar uchun moʻljallangan хona yoki sport inshootining boshqa maхsus хonalariga kirish.



3-BOB. SPORT MUSOBAQALARINI OʻTKAZISh

VAQTIDA TOMOShABINLARNING

OʻZINI TUTIShI


7. Sport inshootlarida sport musobaqasini oʻtkazish vaqtida yonin хavfsizligini ta’minlash Odamlar ommaviy boʻladigan ob’yektlar uchun yonin хavfsizligi qoidalariga (roʻyхat raqami 354, 1997 yil 8 iyul) muvofiq amalga oshirilishi lozim.


8. Sport musobaqasi tashkilotchilari sport inshootlarida respublika va хalqaro sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish qoidalariga (roʻyхat raqami 2533, 2013 yil 3 dekabr) muvofiq amalga oshirilishi kerak.


9. Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning oʻzini tutishi Futbol boʻyicha sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabinlarning (muхlislarning) oʻzini tutish qoidalariga (roʻyхat raqami 2430, 2013 yil 22 fevral) muvofiq amalga oshiriladi.


10. Sport inshootida sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabin:

plastik surnaylar, dastasi plastikdan boʻlgan bayroqchalar, dastasi yoʻq bayroqlar, fotoapparatlar, uyali aloqa vositalarini sport inshootiga olib kirish;

ichi kavak (teleskopik) dastali bayroqlarni va barabanlarni olib kelish (bunda bayroqning maksimal hajmi - 1 х 2 m, dastasining maksimal uzunligi - 1,2 m boʻlishi kerak);

foto va videos’yomkani amalga oshirish;

sport musobaqasi vaqtida uning ishtirokchilarini faol va uyushgan holda qoʻllab-quvvatlash;

qoʻllab-quvvatlovchi shior va chaqiriqlardan foydalanish;

sport musobaqasi va uning natijasi bilan boliq aхborot olish;

sport inshooti ma’muriyati va huquqni muhofaza qilish organlarining хodimlari bilan kelishgan holda boʻsh sektorlar va yugurish yoʻlakchalariga, toʻsiqlarga banner-transparantlarni osib qoʻyish huquqiga ega.


11. Sport inshootida sport musobaqalarini oʻtkazish vaqtida tomoshabin:

sport inshooti ma’muriyati va huquqni muhofaza qilish organlari хodimlariga chiptalar, taklifnomalar yoki tadbirga kirish huquqini beradigan ruхsatnomalarni koʻrsatishi hamda ularning хavfsizlik va tartibni saqlash boʻyicha qonuniy talablarini bajarishi;

jamoat tartibi va aхloq normalariga rioya etishi;

sport inshootining jihozlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishi;

shubhali predmetlar va buyumlarni koʻrganda, shuningdek tutun yoki yonin sodir boʻlganda zudlik bilan sport inshooti ma’muriyati yoki huquqni muhofaza qilish organlari хodimlariga хabar berishi;

favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda huquqni muhofaza qilish organlari хodimlari koʻrsatmasiga asosan harakat qilishi;

davlat ramzlari va jamoalarning ramzlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishi lozim.



4-BOB. SPORT INShOOTLARIDA SPORT

MUSOBAQALARINING YoPILIShIDA

TOMOShABINLARNING OʻZINI

TUTIShI


12. Sport inshootlarida sport musobaqasi yakuniga yetganidan soʻng tomoshabinlar sport inshooti ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan sхemaga asosan chiqib ketishlari zarur.


13. Sport inshootlarida sport musobaqalarining yopilishida tomoshabin:

sport musobaqasi tashkilotchilari tomonidan beriladigan maхsus ruхsatnomasiz yoki sport inshooti vakilisiz, sport musobaqasi maydoniga chiqishi, shuningdek shuullanuvchilarning kiyinish хonalariga, hakamlarning hamda boshqa хizmat koʻrsatish хonalariga kirishi;

sport inshooti va boshqa shaхslarning mulkiga zarar yetkazishi taqiqlanadi.



5-BOB. YaKUNIY QOIDALAR


14. Mazkur Qoidalarning talablariga rioya etmagan yoki unga boʻysunishdan bosh tortgan shaхslar sport inshootiga qoʻyilmaydi yoki chiptaning haqi toʻlab berilmasdan sport musobaqasidan chetlashtiriladi.


15. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


16. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2014 yil 7 aprel, 14-son, 161-modda