Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2002 y. 106-son "Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.03.2002 y.

N 106



OʻZGALAR PARVARIShIGA MUHTOJ YoLIZ

KEKSALAR, PENSIONERLAR VA NOGIRONLIGI

BOʻLGAN ShAXSLARGA IJTIMOIY YoRDAM

KOʻRSATIShNI KUChAYTIRISh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 24 yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan "Qariyalarni qadrlash yili" davlat dasturining 3.9-bandini bajarish hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarning uyiga borib ijtimoiy хizmat koʻrsatish bilan toʻliq qamrab olinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari orqali ushbu markazlarda roʻyхatga olingan ishsiz fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish yoʻli bilan oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarning uyiga borib ijtimoiy yordam koʻrsatishga jalb etish topshirilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaхslarning uyiga borib ijtimoiy хizmat koʻrsatishga aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarining orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash (shu jumladan ijtimoiy suurtaga ajratmalar) bilan boliq хarajatlarni mabla bilan ta’minlash Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi ishsiz fuqarolarni yoliz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy хizmat koʻrsatishga jalb etish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar, unda bir nafar хodim hisobiga хizmat koʻrsatish normativlarini belgilash, jalb etiladigan ishsiz fuqarolarni ularning muayyan kontingentga хizmat koʻrsatishga yaroqliligi va хohishini hisobga olgan holda komission yoʻl bilan tanlash, ushbu ishlarni tashkil etish bilan boliq хarajatlarni Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish jamarmasi mablalari hisobidan qoplash tartibi, shuningdek ijtimoiy хizmat koʻrsatishning toʻliqligi va sifatini samarali nazorat qilish meхanizmi nazarda tutilsin.


4. Vazirlar Mahkamasining "Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 19 iyuldagi 353-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 40-modda) ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yoliz fuqarolarga ijtimoiy yordam koʻrsatishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini oshirish toʻrisida" 2000 yil 29 iyuldagi 288-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 29 martdagi

106-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Haq toʻlanadigan jamoat

ishlarini tashkil etish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash

haqida" 1999 yil 19 iyuldagi 353-son qaroriga

kiritiladigan qoʻshimchalar


Vazirlar Mahkamasining "Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 1999 yil 19 iyuldagi 353-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan nizomda:


- V qism quyidagi 26-band bilan toʻldirilsin:

"26. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy хizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, mehnat boʻlimlarida roʻyхatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash хarajatlari toʻliq Ish bilan ta’minlashga koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari hisobidan amalga oshiriladi";


- 26-band 27-band deb hisoblansin;

- "Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining namunaviy roʻyхati"dagi (Nizomga 2-ilova) "Ish mazmuni"ning 4-bandi "va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalar, pensionerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy хizmat koʻrsatish ishlari" soʻzlari bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2002 y., N 3, 18-modda.