Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2015/23-10-son, Iqtisodiyot vazirligining 104-son, Moliya vazirligining 98-son "Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi" tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 09.11.2015 y. Qarori (AV tomonidan 21.12.2015 y. 2741-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

21.12.2015 y.

N 2741

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TAShQI IQTISODIY ALOQALAR,

INVESTITsIYaLAR VA SAVDO

VAZIRLIGINING

09.11.2015 y.

N 2015/23-10


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGINING

09.11.2015 y.

N 104


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

09.11.2015 y.

N 98


QARORI



"Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi"

tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli

loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish

tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi PQ-927-son "Xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda oʻzlashtirish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 4 avgustdagi 215-son "Istiqbolli investitsiya takliflarini kelishish meхanizmini hamda хorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish jarayonini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. "Investitsiya takliflarining yagona elektron bazasi" tizimida investitsiya takliflarini va istiqbolli loyihalar pasportlarini kiritish va kelishish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vaziri

E. aniyev

Iqtisodiyot vaziri

G. Saidova

Moliya vaziri

R. Azimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 28 dekabr, 51-son, 635-modda