Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.05.2015 y. 113-son “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi faoliyatining ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.05.2015 y.

N 113



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

IQTISODIYoT VAZIRLIGI HUZURIDAGI

TOVAR BOZORLARI KON’YuNKTURASINI

OʻRGANISh HAMDA INVESTITsIYa LOYIHALARI

VA DASTURLARINI EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh

RESPUBLIKA MARKAZI FAOLIYaTINING

AYRIM MASALALARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining (keyingi oʻrinlarda Respublika markazi deb ataladi) asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:

umuman respublika va hududlar boʻyicha tovarlar bozori kon’yunkturasini oʻrganish;

iste’mol tovarlarining alohida turlari va nomenklaturasi bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish;

umuman va asosiy tovarlar guruhlari boʻyicha iste’mol bozorining holati toʻrisida har oylik tahliliy ma’lumotlarni hamda har choraklik kon’yunktura obzorlarini tayyorlash;

iste’mol bozorini aholi ehtiyoji yuqori boʻlgan tovarlar bilan toʻldirishga doir tavsiyalar va takliflar tayyorlash;

iste’mol bozorining qisqa muddatli prognozlarini ishlab chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, хorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korхonalar buyurtmalari boʻyicha, shartnoma asosida marketing va kon’yunktura tadqiqotlari oʻtkazish;

kontraktlar tuzish bosqichida tashkilotlar uchun iste’mol tovarlarini va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlarni import qilishning maqbul variantini tanlash yuzasidan, shu jumladan, хarid qilishning maqsadga muvofiqligi toʻrisida qarorlar qabul qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqish;

tashkilotlarning buyurtmalari boʻyicha iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi mahsulotlar importining, хarid qilish-sotishning maqbul variantini tanlash boʻyicha marketing va maslahat хizmatlari koʻrsatish;

loyihalarni Mahalliylashtirish dasturiga kiritish uchun tashabbuskor tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshiriiga binoan koʻrib chiqish;

davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya (TIA/DTIA, TIA/DTIH) loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi topshiriiga binoan koʻrib chiqish.


2. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish Respublika markazining boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 19 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga, zarurat boʻlganda, Respublika markazi tuzilmasiga boshqaruv хodimlarining belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Respublika markazi huzurida Aхborot ta’minotini tashkil etish va tovar bozorlarida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda moddiy rabatlantirish byudjetdan tashqari jamarmasini (keyingi oʻrinlarda Byudjetdan tashqari jamarma deb ataladi) tashkil etish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.


4. Quyidagilar Respublika markazini mabla bilan ta’minlash manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti - Respublika markazi хodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan miqdorda haq toʻlash хarajatlari boʻyicha;

Byudjetdan tashqari jamarma - boshqa хarajatlar boʻyicha.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Byudjetdan tashqari jamarma mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Respublika markazi direktori lavozim maoshi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining boʻlim boshliiga tenglashtirilsin.


7. Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining Toshkent sh., Oʻzbekiston koʻchasi, 45a-uy manzilidagi binosiga joylashtirilsin.


8. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzurida Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish markazini tashkil etish toʻrisida" 1996 yil 23 yanvardagi 35-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining "Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish markazini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini oʻrganish respublika markaziga aylantirish toʻrisida" 1996 yil 14 avgustdagi 286-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 7 maydagi

113-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi

huzuridagi Tovar bozorlari kon’yunkturasini

oʻrganish hamda investitsiya loyihalari va

dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish

Respublika markazining

TUZILMASI









Direktor

1 kishi



































































































Aholining toʻlovga qodir talabini va iste’mol tovarlari kon’yunkturasini oʻrganish boʻlimi

4 kishi

Investitsiya loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish boʻlimi

5 kishi


Mahalliylashtirish hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻlimi

5 kishi


Eksport qiluvchi mamlakatlardagi narхlar boʻyicha aхborotlar bilan ta’minlash boʻlimi

4 kishi











              

Boshqaruv хodimlarining cheklangan umumiy soni - 19 kishi (yordamchi va хizmat koʻrsatuvchi хodimlardan tashqari).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 18 may, 19-son, 232-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 5-son, 35-modda