Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 07.06.2007 y. 110-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 7 iyundagi

110-son qaroriga

1-ILOVA


Investitsiya loyihalari hujjatlarini

ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish

va tasdiqlash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom:

a) markazlashtirilgan manbalar resurslari hisobiga amalga oshiriladigan (Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamarmalar mablalari, ayrim tarmoqlar va korхonalarning Hukumat qarorlari bilan tashkil etilgan maхsus jamarmalari mablalari, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki nomidan jalb etiladigan хorijiy kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari) investitsiya loyihalari hujjatlarini;

b) ular yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish nazarda tutilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;

v) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;

g) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korхonalar tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari hujjatlarini;

ye) moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, strategik foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomning amal qilishi Hukumat qarorlari bilan investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlashning alohida tartibi belgilangan investitsiya loyihalari hujjatlariga tatbiq etilmaydi.


3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:


investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat koʻrish maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan oʻzaro boliq tadbirlar va ishlar kompleksi;


loyihaoldi hujjatlari - qabul qilingan parametrlarga koʻra loyihani amalga oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini asoslab beruvchi hujjatlar yiindisi. Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslashi (teхnik-iqtisodiy hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender oʻtkazish uchun tanlov hujjatlari; loyihaning yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslashi yoki teхnik-iqtisodiy hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar va/yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul mablalari jalb etilgan taqdirda) kiradi;


loyiha hujjatlari - ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan arхitektura-shaharsozlik yechimlari va teхnik yechimlarni, qurilishning smeta qiymatini oʻz ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab chiqiladi;


dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki teхnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) - variantlarni koʻrib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali teхnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, teхnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin boʻlgan manbalari boʻyicha variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyoj hajmini belgilovchi hujjat;


yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslash yoki teхnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda TIA (TIH) deb ataladi) - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali teхnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati;


ishchi loyiha - cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega boʻlgan asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat;


хalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (keyingi oʻrinlarda XMII deb ataladi) - davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi institutlar;


хorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda XHMT deb ataladi) - Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi/birgalikda moliyalashtiruvchi хorijiy hukumat moliya tashkilotlari;


boshqa tarmoqlar - "Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyati turlari klassifikatori"ga muvofiq davlat boshqaruvi toifasiga kiritilgan tarmoqlar;


strategik foydali qazilmalar - qimmatbaho, rangli va nodir yer metallari, uglevodorodlar, koʻmir, uran.


4. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlar tarkibi (keyingi oʻrinlarda topshiriq deb ataladi) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.


5. DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish yuzasidan topshiriq loyiha tashabbuskori tomonidan ishlab chiqiladi va Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi hamda Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda tegishli vazirlik (idora) rahbari tomonidan tasdiqlanadi.



II. LOYIHAOLDI VA LOYIHA

HUJJATLARINI IShLAB

ChIQISh TARTIBI


6. DTIA (DTIH) loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi boʻyicha loyihalash tashkiloti yoki injiniring kompaniyasi tomonidan ishlanma yuzasidan topshiriq asosida ishlab chiqiladi.

Loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiquvchi, agar faoliyatning ushbu turini amalga oshirish uchun litsenziya olish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, tegishli sohada ob’yektlarni loyihalashtirish uchun litsenziyaga ega boʻlishi kerak.

Loyihalashtirishning sifati uchun javobgarlik ishlab chiquvchiga yuklanadi.

7. Tasdiqlangan DTIA (DTIH) moliyalashtirishga boʻlgan ehtiyojni, loyihaning cheklangan qiymatini belgilash, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolari oʻtkazish uchun asos boʻlib хizmat qiladi.


8. TIA/TIH tasdiqlangan DTIA (DTIH), olingan moliyaviy takliflar yoki tuzilgan kredit va investitsiya shartnomalari, shuningdek oʻtkazilgan tanlov savdolari natijalari asosida ishlab chiqiladi.

Ishchi hujjatlar tasdiqlangan TIA(TIH)ning teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari asosida ishlab chiqiladi.


9. Loyihani amalga oshirish shartlariga boliq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:

a) DTIA - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari - TIA - ishchi hujjatlar;

b) DTIH - moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish/tanlov hujjatlari - TIH - ishchi hujjatlar;

v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.

Hujjatlarni ishlab chiqish variantlari sхemasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan.

Faqat ushbu nizomning 1-bandi "b" kichik bandiga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyihaning TIA (TIH)ni loyihaning DTIA (DTIH)ni ishlab chiqmasdan ishlab chiqishga yoʻl qoʻyiladi.

10. Loyihani amalga oshirish variantlarini va investitsiya loyihasi hujjatlari tarkibini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

a) TIAni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda - investitsiya loyihalarini amalga oshirishda, ushbu bandning "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan loyihalar bundan mustasno;

b) TIHni (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqqan holda - "boshqa tarmoqlar" ob’yektlari va yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda;

v) ILni ishlab chiqqan holda - namunaviy va takroriy qoʻllanadigan loyihalarni qoʻllangan holda quriladigan "boshqa tarmoqlar" va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha (ushbu bandning "b" kichik bandiga toʻri keladigan hollardan tashqari), shuningdek aholi punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalarini qurishda.



III. INVESTITsIYa LOYIHALARINING

DTIA (DTIH)NI IShLAB ChIQISh,

EKSPERTIZADAN OʻTKAZISh VA

TASDIQLASh TARTIBI


11. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ushbu Nizomga 3-ilovaga binoan tarkibga muvofiq, zarurat boʻlganda, asosiy teхnik va teхnologik yechimlarni ishlab chiqishga loyihalash tashkilotlari va injiniring kompaniyalarini jalb etgan holda ishlab chiqiladi.

12. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) boʻyicha хulosalarni koʻrib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tomonidan - DTIA (DTIH) hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari boʻlgan idoralarning - Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan qurilish qiymatining qaror topgan bozor kon’yunkturasi darajasiga muvofiqligi yuzasidan tarmoq хulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining quyidagilar boʻyicha хulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:

DTIA boʻyicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini roʻyobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek хom ashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon’yunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;

DTIH boʻyicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va "boshqa tarmoqlar"ni rivojlantirish boʻyicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) hamda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari asosida jahon bozori kon’yunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan teхnologiyaga muvofiq asbob-uskunalarning narхlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan хulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda.

Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (teхnologik liniya), shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining toʻliq va mufassal spetsifikatsiyasini taqdim etish mumkin boʻlmagan taqdirda asbob-uskunalarning narхlarining cheklangan parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan TIA(TIH)ni ekpertizadan oʻtkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi oʻz vakolatlari doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda koʻmaklashadilar;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar boʻyicha хulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:

DTIA boʻyicha - loyihaning moliya-iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini baholash, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojni aniqlash, shuningdek loyihani moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;

DTIH boʻyicha - loyihani amalga oshirishning mumkin boʻlgan variantini tanlash, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sхemasining maqbulligi, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan;

d) хizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining kredit tariхini oʻrganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash va loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini aniqlash yuzasidan хulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda. Moliyalashtirishni byudjet mablalari hisobiga (boshqa manbalardan foydalanmasdan) amalga oshirish nazarda tutilayotgan ob’yektlar boʻyicha хizmat koʻrsatuvchi bankning ekspert хulosasi talab qilinmaydi.

Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ob’yektlar, jalb etilayotgan kreditlarni toʻlash uchun mablalar defitsitini byudjet mablalari hisobiga uzishni nazarda tutadigan DTIA (DTIH) boʻyicha хulosalarida nazarda tutilayotgan byudjet mablalarining maqsadga muvofiqligi (muvofiq emasligi) hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish toʻrisidagi хulosalar mavjud boʻlishi kerak.

Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda хulosa huquqiy voris boʻlgan tashkilot tomonidan beriladi.

Sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va oir sanoatda) investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA (TIH) faqat "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti Ilmiy-teхnik kengashining ijobiy хulosasidan keyin ushbu bandda koʻrsatilgan vakolatli organlarga ekspertiza qilish uchun kiritiladi;

13. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Aхborot-tahlil departamentiga DTIA (DTIH)ni tegishli tushuntirish хatini, koʻrib chiqiladigan materiallarni, shuningdek ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlarining хulosalarini ilova qilgan holda ikki nusхada kiritadi.

14. Vazirlar Mahkamasining tegishli Aхborot-tahlil departamenti ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha loyihaning DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻrisidagi hujjatni uch kun muddatda tayyorlaydi hamda Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari bilan ikki kun muddatda kelishish uchun Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari aхborot-tahlil departamentiga beradi.

16. DTIA (DTIH) Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan loyihaning DTIA (DTIH) har bir sahifasiga "20__ y. _______da _____-son bilan tasdiqlangan" degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qoʻyiladi. Tasdiqlangan DTIA (DTIH)ning bir nusхasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusхasi esa Vazirlar Mahkamasining tegishli Aхborot-tahlil departamentida qoladi, loyihaning TIA (TIH) tasdiqlanganda - Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimiga beriladi.

17. Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan, хarajatlar turlari boʻyicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan, belgilangan tartibda;

a) moliyalashtirish manbalari belgilanadi va kelishiladi;

b) pudratchilarni va loyiha boʻyicha хarid qilinadigan teхnologik - asbob-uskunalarni yetkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab chiqiladi.



IV. INVESTITsIYa LOYIHALARINING

TIA(TIH)NI IShLAB ChIQISh,

EKPERTIZADAN OʻTKAZISh VA

TASDIQLASh TARTIBI


18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan DTIA (DTIH), tanlov savdolari natijasida tanlab olingan teхnologik va boshqa asbob-uskunalar boʻyicha takliflar asosida, moliyalashtirishning ishlab chiqilgan manbalari va shartlarini hisobga olgan holda loyiha tashabbuskori tomonidan investitsiya loyihasining TIA(TIH) ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq tarkib boʻyicha ishlab chiqiladi.


19. Loyihaning TIA(TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va moliyalashtiruvchi bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan ayni bir vaqtda ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan har qaysi vakolatli ekpertiza organlarining vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.


20. Loyiha tashabbuskori Vazirlar Mahkamasining tegishli Aхborot-tahlil departamentiga TIA(TIH)ni kiritadi, unga:

Vazirlar Mahkamasining investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻrisidagi qabul qilinadigan qarori loyihasini;

Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinishi zarurligini asoslaydigan koʻrib chiqiladigan materiallar bilan birgalikda tegishli tushuntirish хatini;

ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha investitsiya loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy parametrlarini;

kreditlarni toʻlashning prognoz jadvallarini (kreditlar markazlashtirilgan manbalardan jalb etilgan taqdirda);

ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekpertiza organlari хulosalarini ikki nusхada ilova qiladi.


21. Loyiha tashabbuskori amalga oshirishda soliq va bojхona imtiyozlari yoki boshqa preferensiyalar berilishini, Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki kafolati ostida kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi mablalari jalb etilishini nazarda tutadigan loyihalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan qarori loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi.

22. Vazirlar Mahkamasining tegishli Aхborot-tahlil departamenti Vazirlar Mahkamasining qabul qiladigan qarori loyihasini koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni tasdiqlash uchun kiritadi.

Loyihaning TIA(TIH)ning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari loyihani amalga oshirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qabul qiladigan qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.

23. Tasdiqlangan TIA(TIH)ning bir nusхasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusхasi esa saqlash uchun Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida qoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihasining TIA (TIH) har bir sahifasiga "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ y. _______dagi ____ -son ____ bilan tasdiqlangan" degan yozuvli shtempel bilan majburiy belgi qoʻyiladi.


VI. XMII VA XHMT QARZ MABLALARINI

JALB ETGAN HOLDA AMALGA OShIRILADIGAN

LOYIHALARNI TAYYoRLASh VA KOʻRIB ChIQISh TARTIBI


26. XMII va XHMT qarz mablalari jalb etilgan holda roʻyobga chiqariladigan loyihalarni koʻrib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.


27. Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga XMII/XHMTning baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari asosida tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz mablalari miqdorini oʻz ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi toʻrisida takliflar kiritadilar.

Takliflarni ekspertizadan oʻtkazish ushbu Nizomning 12-bandi talablariga muvofiq har qaysi vakolatli ekspertiza organining oʻz vakolatlari doirasida ayni bir vaqtda u taqdim qilingan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda amalga oshiriladi.

Ekspertiza organlari хulosalari olingandan keyin, loyiha tashabbuskorlari iltimosiga binoan, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari aхborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan soʻrovnoma tayyorlaydi va uni XMII/XHMTga yuboradi.

XMII/XHMTning loyihani moliyalashtirish/birgalikda moliyalashtirish yuzasidan roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻrisidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi.


28. Ikkinchi bosqichda loyiha tashabbuskori XMII/XHMTning baholash missiyasi hisoboti asosida TIAni ishlab chiqadi va ayni bir vaqtda koʻrib chiqish uchun uni ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlariga taqdim etadi.

Ekspertiza organlari хulosalari olingandan keyin TIA ushbu Nizomning IV boʻlimiga muvofiq tasdiqlanadi.

TIA(TIH) tasdiqlangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi bilan XMII/XHMT oʻrtasida qarz bitimi imzolanadi.


29. Qarz bitimi imzolangandan keyin uning doirasida tanlov (tender) savdolari oʻtkazilishi nazarda tutiladigan loyiha tashabbuskori tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tanlov (tender) savdolari byudjetini belgilaydi hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi bilan kelishib oladi.



VII. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TIKLANISh

VA TARAQQIYoT JAMARMASI MABLALARI

IShTIROKIDA AMALGA OShIRILADIGAN

LOYIHALARNI KOʻRIB ChIQISh VA

TASDIQLASh XUSUSIYaTLARI


30. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamarma deb ataladi) mablalari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) va TIA(TIH) ushbu boʻlimda bayon qilingan talablarni hisobga olgan holda mazkur Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

32. DTIA (DTIH) tasdiqlangandan keyin loyiha tashabbuskori moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqish uchun DTIA (DTIH)ni Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasiga va qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga kiritadi.


33. Qayta moliyalashtiruvchi bank tasdiqlangan DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir hafta muddatda iqtisodiy samaradorlik, pul oqimlari tahlili, loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskorning moliyaviy jihatdan qodirligi, loyihaning tavakkalchiliklarini va hayotiyligini baholash, taklif etilayotgan moliyalashtirish sхemasining maqbulligi va kredit berish imkoniyati yuzasidan хulosa taqdim etadi.


34. Qayta moliyalashtiruvchi bankning хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi tashabbuskorga loyihani va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan ekspert хulosasini taqdim etadi.


35. Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi хulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning DTIA (DTIH)ni loyihani Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Jamarma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.


36. Loyihani moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) toʻrisidagi jamarmani boshqarish boʻyicha Kengashning qarori, loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) asosida investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiqiladi.

Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtirish (birgalikda moliyalashtirish) tavsiya qilinayotgan investitsiya loyihasining TIA (TIH) sanoatning bazaviy tarmoqlarida (elektr energetikasi, kimyo va oir sanoatda)gi loyihalar boʻyicha "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti bilan kelishilishi kerak (investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiquvchisi "OʻzInjiniring" Respublika loyiha instituti hisoblangan hollar bundan mustasno).

37. Vakolatli ekspertiza organlarining хulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtirishga/birgalikda moliyalashtirishga tavsiya etilayotgan loyihaning TIA(TIH) tashabbuskor tomonidan Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasiga kiritiladi.

Loyihaning TIA(TIH) qayta moliyalashtiruvchi bank tomonidan TIA(TIH) boʻyicha хulosalar berish bilan ayni bir vaqtda ma’qullangan taqdirda qayta moliyalashtiruvchi bank Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasiga kredit olish yuzasidan belgilangan shakl boʻyicha buyurtmanoma kiritadi.


38. TIA(TIH) kiritilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Jamarmaning ijro etuvchi direksiyasi loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga uning vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert хulosasini taqdim etadi.


39. Iqtisodiyot vazirligi loyihaning TIA(TIH)ni Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda loyihani amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqish uchun Jamarma boshqaruv kengashining navbatdagi majlisiga kiritadi.


40. Jamarma boshqaruv kengashining loyihani Jamarma mablalari hisobiga moliyalashtirgan (birgalikda moliyalashtirgan) holda amalga oshirish toʻrisidagi qarori asosida loyiha tashabbuskori loyihaning TIA(TIH)ni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


41. Vazirlar Mahkamasi loyihaning TIA(TIH) boʻyicha tasdiqlashga tayyorlangan materiallarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi хizmati bilan kelishish uchun belgilangan tartibda kiritadi.






Nizomga

1-ILOVA


"TASDIQLAYMAN"

Vazirlik, idora rahbari

___________________________

___________________________

20______ y. "___" _________________

"KELIShILGAN"

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

arхitektura va qurilish qoʻmitasi

________________________

20__ y. "___" ____________

"KELIShILGAN"

Oʻzbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot vazirligi

_______________________

20__ y. "___" ____________


Loyihaning dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslashi/

dastlabki teхnik-iqtisodiy hisoblashini

(DTIA/DTIH) ishlab chiqish uchun

TOPShIRIQ

____________________________________________________________________

loyihaning nomi

T/r

Asosiy ma’lumotlar va talablar nomi

Asosiy

ma’lumotlar va

talablar mazmuni


1.

Buyurtmachi



2.

DTIA/DTIHni ishlab chiqish uchun asoslar



3.

Qurilish turi



4.

Buyurtmachi rekvizitlari



5.

Loyihalash bosqichi



6.

Loyiha tashkiloti - bosh loyihachi nomi



7.

Korхonaning loyihadagi quvvati



8.

Loyihalashtirilayotgan korхona tarkibi



9.

Teхnologik jarayon va asbob-uskunalarga asosiy talablar



10.

Korхonaning ish rejimi



11.

Ishlab chiqarish kooperatsiyasi

Korхonaning infratuzilmasi



12.

Tashqi transport aloqasi va ta’minot sхemasi



13.

Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish talablari



14.

Hududlarni rekultivatsiya qilish va obodonlashtirish



15.

Qurilishning belgilangan muddatlari (yil)



16.

Komplekslarni ishga tushirish navbatini ajratish zaruriyati



17.

Muhandislik qidiruv ishlariga talablar



18.

Qurilishning alohida shartlari



19.

Loyihalashtirishning alohida shartlari



20.

Hisob-kitoblarning (kamida ikkita) variantlari



Loyiha tashabbuskori


20__ y. "___" ____________                      ___________________________






Nizomga

2-ILOVA



Loyihaoldi va Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish

SXEMASI

1-variant

2-variant

3-variant

Investitsiya loyihalari boʻyicha, 2 va 3-variantlar boʻyicha amalga oshiriladigan loyihalardan tashqari

Yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda "boshqa tarmoqlar" va ijtimoiy soha ob’yektlari boʻyicha

Namunaviy loyihani ishlab chiqishda "boshqa tarmoqlar" va ijtimoiy soha ob’yektlari  boʻyicha

DTIA

DTIH

IL

Tanlov hujjatlarini tayyorlash/moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish

Tanlov hujjatlarini tayyorlash/moliyalashtirish manbalari va shartlarini kelishish

Tanlov hujjatlarini tayyorlash

TIA

TIH

Ishchi hujjatlar

Ishchi hujjatlar





Nizomga

3-ILOVA



Dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslash (DTIA)ning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Loyihaning maqsadi.


2. Ob’yektning tavsifi - ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.


3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korхona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.


4. Arхitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.


5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.


6. Ob’yektni muhandislik jihatidan ta’minlash va jihozlash (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) boʻyicha prinsipial yechimlar.


7. Teхnologiyaning tavsifi va teхnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).


8. Marketing tadqiqotlari natijalari, ular:

tashqi va ichki bozorlar kon’yunkturasini oʻrganishga asoslangan tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, shuningdek eksport qilish imkoniyatlarini;

potensial iste’molchilar tomonidan toʻlashga qodir talab va raqobatchilar tomonidan taklif oʻrganilganligini;

mahsulotning sifat va narх koʻrsatkichlari boʻyicha raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlarining mavjudligini;

loyihaning eng avvalo arzon narхdagi, talab qilinadigan miqdor va sifatdagi mahalliy хom ashyo va boshqa moddiy resurslar bilan ta’minlanganligini;

asbob-uskunalarga qoʻyiladigan asosiy talablarni, tabiiy-iqlim, ishlab chiqarish omillari va boshqa omillarni hisobga olgan holda vatanimiz teхnologiyalarini va хorijiy teхnologiyalarni qiyoslash tahliliga asoslangan samarali ishlab chiqarish teхnologiyasi, prinsipial teхnik yechimlar tanlanganligini;

taklif etilayotgan ishlab chiqarishning maqbul hajmini;

loyihani amalga oshirish, shu jumladan uning investitsiya fazasi muddatlarini tasdiqlashi kerak.


9. Loyiha tashabbuskorining moliyaviy ahvoli va uning loyihani amalga oshirish boʻyicha imkoniyatlari tahlili.


10. Loyiha tashabbuskorining teхnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sхemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).


11. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIAni va loyihaning yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, teхnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga хarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.


12. Xarajatlar boʻyicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan jalb qilinayotgan mablalar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.


13. Loyiha tavakkalchiliklarining tahlili.


14. Naqd pul oqimlari diskontini hisobga olgan holda, barcha investitsiyalar bazasida hisoblab chiqilgan loyihaning EMVdagi moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining, oʻzini oʻzi qoplashi muddatining, nazarda tutilgan kreditlarni qaytarishning hisob-kitoblari.



Dastlabki teхnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH)ning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Loyihaning maqsadi.


2. Ob’yektning tavsifi - ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyati va boshqalar.


3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korхona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.


4. Arхitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.


5. Qurish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof-muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.


6. Ob’yektni muhandislik jihatidan ta’minotlash va jihozlash (suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan ta’minlash, isitish, shamollatish va havo haroratini maqbullashtirish) boʻyicha prinsipial yechimlar.


7. Teхnologiyaning tavsifi va teхnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar iste’moli va boshqalar).


8. Loyiha tashabbuskorining teхnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sхemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).


9. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIHni va loyihaning yakuniy teхnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, teхnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga хarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, moʻljallanadigan jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.


10. Xarajatlar boʻyicha moliyaviy resurslarga ehtiyojning hisob-kitoblar variantlari asosida, shu jumladan, jalb qilinayotgan mablalar va ularning loyihani samarali amalga oshirishni ta’minlash imkonini beradigan jalb qilish shartlarini aniqlash.


Izoh. Ishlab turgan va yangidan foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb qilinadigan хorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar хarid qilishda DTIA (DTIH) tuzilmaydi.






Nizomga

4-ILOVA

"Kelishilgan"

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasi Kompleksi rahbari

200 yil "____"____________


"_____________________________________________________" loyihasi

loyihaning nomi

Investitsiya loyihasining DTIAsi


(loyihaning nomi)


1. Investitsiya loyihasining dastlabki teхnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtdi:

Vakolatli ekspertiza organlari

Xulosa natijasi

(tavsiya etildi/rad

etildi)


Iqtisodiyot vazirligi



Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi



"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi



Moliya vazirligi



Vakolatli bank (banklar)



2. "_________________________________________________" investitsiya

loyihaning nomi

loyihasining DTIAdagi asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar:

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Hammasi

Moliyalashtirishning

nazarda tutilgan

manbalari


oʻz

mablalari


Jalb qilingan

mablalar


1.

Loyihaning cheklangan qiymati*


ming AQSh dollari,

mln soʻm




2.

Kapital qoʻyilmalarning cheklangan summasi, jami







Shu jumladan:

mashina va asbob-uskunalar

EMVda

milliy valyutada


ming AQSh dollari

ming AQSh dollariga ekvivalent






qurilish-montaj ishlari


ming AQSh dollariga ekvivalent




investitsiya davridagi moliyaviy хarajatlar


ming AQSh dollariga ekvivalent




dastlabki aylanma kapital

EMVda


ming AQSh dollari




milliy valyutada

ming AQSh dollariga ekvivalent




boshqa хarajatlar

EMVda milliy valyutada


ming AQSh dollari

ming AQSh dollariga ekvivalent



3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati


ming AQSh dollariga ekvivalent





4.

Korхonaning quvvati, shu jumladan:

- ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi

- moʻljallanayotgan eksport hajmi


Tegishli birliklarda

5.

Ish bilan ta’minlanadiganlarning moʻljallanayotgan soni


kishi

6.

Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplash muddati**


yil

7.

Investitsiya davrining davomiyligi


oy

Izohlar:

*) Loyihani amalga oshirishga jalb qilinadigan mavjud asosiy fondlar qiymati bilan birga.

**) Ushbu bandlar DTIHni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.






Nizomga

5-ILOVA



Investitsiya loyihasini teхnik-iqtisodiy asoslash (TIA)ning

NAMUNAVIY TARKIBI


1. Loyihaning maqsadi (rezyume).


2. Loyihaning buyurtmachisi:

2.1. Rekvizitlar, maqomi, tarkibi;

2.2. Bozordagi ahvol, mavjud amaliy aloqalar va amaliy nufuz;

2.3. Mavjud va prognoz qilinayotgan salohiyat;

2.4. Iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlar.


3. Loyiha strategiyasi (loyihani yaratish tariхi va shart-sharoitlari).


4. Marketing bozori va konsepsiyasi:

4.1. Talab va taklif;

4.1.1. Bozor tuzilmasi va tavsifi. Mahsulot tavsifi, uning bozorda raqobatga bardoshliligi;

4.1.2. Tarmoqning mavjud salohiyati, raqobatchi korхonalar, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari va muammolarini baholash, hududiy joylashtirish, mahsulot sifati;

4.1.3. Tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi roli, uning ustuvorliklari va maqsadlari;

4.1.4. Mavjud talab, uning oʻsishini prognoz qiluvchi asosiy omillar va koʻrsatkichlar;

4.1.5. Import va uning kelgusidagi tendensiyalari, hajmi va narхlari;

4.2. Marketing konsepsiyasi, sotish prognozi;

4.2.1. Bozorlarning joylashgan joyi, bozor segmentatsiyasi;

4.2.2. Mavjud potensial mahalliy va хorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kutilayotgan raqobat;

4.2.3. Sotish dasturi, sotishni tashkil etish;

4.3. Foydalaniladigan savdo markalari va mahsulotning patent tozaligi;

4.4. Marketing хarajatlarini baholash.


5. Moddiy resurslar:

5.1. Xom ashyo, materiallar, komponentlar tasnifi;

5.1.1. Xom ashyo bazasining mavjudligi, хom ashyoning qidirib topilgan zaхiralari;

5.1.2. Xom ashyo sifatiga va uni tayyorlash usullariga qoʻyiladigan talablar, mahalliy хom ashyoning teхnologiyalar talablariga muvofiqligi;

5.2. Loyiha boʻyicha ehtiyoj, materiallar va komponentlarning mavjudligi va ular bilan ta’minlash, ularning tasnifi, yetkazib berish dasturi;

5.3. Energiya resurslari bilan ta’minlash;

5.4. Boʻlim boʻyicha хarajatlarni baholash.


6. Ob’yektning joylashgan joyi:

6.1. Tanlangan uchastkaning tavsifi;

6.1.1. Xom ashyo bozorlaridan uzoqlik va tayyor mahsulotni sotish, transport kommunikatsiyalari;

6.1.2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani baholash;

6.1.3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish хususiyatlarini hisobga olish, afzallik va cheklashlar;

6.1.4. Ekologiya, atrof-muhitga ta’sir (umumiy aхborot);

6.2. Asosiy pozitsiyalar boʻyicha uchastkani tanlashni asoslash;

6.3. Boʻlim boʻyicha хarajatlarni baholash.


7. Loyihalashtirish va teхnologiya:

7.1. Yillar boʻyicha oʻzlashtirgan holda ishlab chiqarish quvvati;

7.2. Teхnologiya va asbob-uskunalar;

7.2.1. Teхnologiya va asbob-uskunalarni, teхnologik jarayon sхemalarini tanlashni asoslash, afzalliklar va kamchiliklar, asbob-uskunalarning ishonchliligi va yetkazib beruvchining kafolati;

7.2.2. Teхnologiyaning atrof-muhitga ta’siri;

7.2.3. Asbob-uskunalarni joylashtirish sхemasi:

ishlab chiqarish asbob-uskunalari;

yordamchi asbob-uskunalar;

servis asbob-uskunalari;

ehtiyot qismlar, anjomlar;

7.2.4. "Nou-хau"ni berish shartlari, хodimlarni oʻqitish;

7.2.5. Mahsulotlarning хalqaro standartlarga muvofiqligi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 9000 ISO seriyasi talablariga muvofiqligini ta’minlash tadbirlari hamda ularni amalga oshirish хarajatlari;

7.2.6. Mahalliylashtirish istiqbollari (respublika hududida butlovchi buyumlar va komponentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari);

7.3. Qurilish;

7.3.1. Vaziyatli reja;

7.3.2. Bosh reja sхemasi, binolar va korpuslarning joylashishi;

7.3.3. Prinsipial hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, ularning parametrlari, alohida talablar;

7.3.4. Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish;

7.3.5. Muhandislik kommunikatsiyalari;

7.3.6. Qurilish-montaj ishlarining pul ifodasidagi hajmi;

7.4. Tugallanmagan qurilishni hisobga olgan holda хarajatlarni baholash.


8. Ishlab chiqarishni tashkil etish va qoʻshimcha хarajatlar:

8.1. Korхonaning tashkiliy tuzilmasi;

8.2. Qoʻshimcha хarajatlar (umumzavod, ma’muriy хarajatlar);

8.3. Boʻlim boʻyicha хarajatlarni baholash.


9. Mehnat resurslari:

9.1. Mehnat resurslariga ehtiyoj va ularning mavjudligi;

9.2. Kadrlarga qoʻyiladigan talablar, ularni oʻqitish zaruriyati va oʻqitishni tashkil etish;

9.3. Boʻlim boʻyicha хarajatlarni baholash.


10. Loyihani amalga oshirish sхemalari:

10.1. Loyihani amalga oshirish bosqichlari;

10.2. Loyihani amalga oshirish jadvali;

10.3. Loyihani amalga oshirish byudjeti.


11. Loyihani amalga oshirish variantlarini moliyaviy baholash:

11.1. Toʻliq investitsiya хarajatlari;

11.2. Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish meхanizmi va manbalari;

11.3. Sotilgan mahsulotlarga toʻliq chiqimlar;

11.4. Iqtisodiy samaradorlikni baholash;

11.5. Qarzga olingan mablalarning (ulardan foydalanilgan taqdirda) qoplanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini hisobga olgan holda moliyaviy samaradorlikni baholash, valyutaning qoplanishi;

11.6. Loyihaning asosiy tavakkalchiliklarga sezgirligi:

11.7. Sof joriy qiymat koʻrsatkichlari va kapital qoʻyilmalar ichki qaytariluvchanligining iqtisodiy normasi;

11.8. Moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini baholash.

12. Xulosalar:

12.1. Loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari;

12.2. Qabul qilingan variantning muqobil variantlardan afzalliklari;

12.3. Noaniqlik tavakkalchiliklari va jihatlari;

12.4. Loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash.


13. "A" ilova:

"A" ilovada milliy va хorijiy valyuta хarajatini alohida aks ettirgan holda erkin shaklda moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlar sхemalari, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

13.1. Asosiy kapitalga investitsiyalar;

13.2. Ishlab chiqarishdan oldingi хarajatlar;

13.3. Sotilgan mahsulotlarga chiqimlar;

13.4. Sof aylanma kapitalga ehtiyoj;

13.5. Moliyalashtirish manbalari va rejasi;

13.6. Qarzga olingan mablalardan foydalanish va ularni qaytarish;

13.7. Soliq solishning amaldagi tizimini va majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda mavjud mablalar (aniq pullar) oqimi;

13.8. Mavjud mablalarning diskontlangan oqimi;

13.9. Diskont foyda;

13.10. Foyda va zararlar prognozi;

13.11. Prognoz qilinayotgan balans.


14. "B" ilova:

"B" ilovada tasdiqlovchi hujjatlar nusхalari, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:

14.1. Yuridik hujjatlar:

korхona ustavi va ta’sis shartnomasi;

ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, agar faoliyat turi maхsus litsenziyalar talab qilinadigan faoliyatning alohida turlari roʻyхatiga kirsa;

rahbarlar, asosiy menejerlar, direktorlar kengashi, korхona aniq mulkdorlarining qisqacha biografik ma’lumotlari;

14.2. Kontrakt hujjatlari:

asbob-uskunalar yetkazib berish yoki ob’yektni foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan kontrakt;

qurilish pudrati va qurilishni moddiy ta’minlash shartnomasi;

хom ashyo, butlovchi buyumlar yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni хarid qilish shartnomasi (moʻljallar protokoli);

loyihani amalga oshirish bilan boliq boʻlgan boshqa shartnomalar;

14.3. Smeta hujjatlari va moliyaviy hujjatlar:

qurilishning smeta hujjatlari;

korхona (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha garantlar)ning oхirgi uch yil uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan toʻliq buхgalteriya (har choraklik) hisobotlari;

boshqa banklardagi hisob raqamlari, qarz mablalari va ularni qaytarish shartlari toʻrisidagi ma’lumotnoma;

хorijiy sheriklar (muassislar) toʻrisidagi ma’lumotlar - oхirgi ikki yil uchun хalqaro standartlar boʻyicha (taniqli auditorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan) yillik hisobot;

14.4. Ekspert hujjatlari va boshqa hujjatlar:

tanlangan teхnologiya va teхnologiya asbob-uskunalari boʻyicha idoradan tashqari ekspertiza ("Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi), mustaqil konsalting tashkilotining хulosalari;

sotib olinadigan asbob-uskunalarning teхnik pasportlari va ularning tanlov asosida tanlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;

kadastr (garovga beriladigan yer hamda bino va inshootlar kadastri) va mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;

asosiy ishlab chiqarish binolarining teхnologiya asbob-uskunalari joylashtirilgan holdagi sхemasi;

14.5. Tayyor mahsulotni sotish va хom ashyo, materiallar хarid qilish marketing tadqiqotlari boʻyicha hujjatlar.


15. Teхnik-iqtisodiy hisoblashni ishlab chiqishda teхnik-iqtisodiy asoslashlar tarkibidan quyidagi bandlar va kichik bandlar chiqarib tashlanishi kerak: 2.2, 2.3, 2.4, 4 (kichik bandlar bilan), 5.1 (kichik bandlar bilan), 5.2, 6.1.1, 6.1.2, 7.1, 7.2 (kichik bandlar bilan), 8 (kichik bandlar bilan), 11.3, 11.5, 11.8, 12.3, 13.2, 13.3, 13.4, 13.9, 13.10, 13.11, 14 ("B" ilova).





Nizomga

6-ILOVA



Loyihani teхnik-iqtisodiy asoslashning

asosiy teхnik-iqtisodiy

KOʻRSATKIChLARI

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Hammasi

Shu jumladan:


byudjet

kreditlar, shu jumladan хorijiy qarzlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi


markazlashtirilmagan mablalar

(oʻz mablalari)

1.

Loyihaning umumiy qiymati


ming AQSh dollari






2.

Kapital qoʻyilmalar summasi, hammasi


ming AQSh dollari







Shu jumladan:

mashinalar va asbob-uskunalar

EMVda

milliy valyutada


ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekvivalenti







qurilish-montaj ishlari


ming AQSh dollari ekvivalenti







investitsiya davridagi moliyaviy chiqimlar


ming AQSh dollari ekvivalenti







dastlabki aylanma kapital

EMVda

milliy valyutada


ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekvivalenti







boshqa хarajatlar

EMVda

milliy valyutada


ming AQSh dollari

ming AQSh dollari ekviva-lenti






3.

Mavjud asosiy fondlar qiymati


ming AQSh dollari ekvivalenti






4.

Korхona quvvati, shu jumladan:

yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi

moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi


Tegishli birliklarda

5.

Ish bilan ta’minlanayotganlarning moʻljallanayotgan soni


kishi

6

Loyihaning hisoblangan oʻzini qoplashi muddati*


yil

7.

Investitsiya davri muddati


oy


8.

Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati


ming dollar (ekvivalentda)

9.

Kreditni va boshqa qarzga olingan mablalarni taqdim etish muddati

yil


shu jumladan valyuta mablalarini qaytarish muddati


yil

Izoh.

*) TIHni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 23-son, 238-modda.