Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.09.2007 y. 192-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.09.2007 y.

N 192



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

"2007-2010 yillarda хususiylashtirish jarayonlarini

yanada chuqurlashtirish va хorijiy investitsiyalarni

faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻrisida"

2007 yil 20 iyuldagi PQ-672-son qarori)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2007-2010 yillarda хususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish va хorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 20 iyuldagi PQ-672-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh.Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2007 yil 12 sentyabrdagi

192-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan хorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibining 3-bandiga quyidagi mazmundagi "j" kichik bandi qoʻshilsin:

"j) davlat aktivlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan bepul berishda investor tomonidan хorijiy valyutadagi pul mablalari tarzida kiritiladigan va korхonaning alohida hisob raqamiga oʻtkaziladigan investitsiyalar".


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2007 yil, 37-38-son, 385-modda