Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2004 y. 59-son "Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi ustuvor loyihalarni hisobga olishni tartibga solish va ular monitoringini olib borish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.02.2004 y.

N 59


XORIJIY INVESTITsIYaLAR IShTIROKIDAGI

USTUVOR LOYIHALARNI HISOBGA OLIShNI

TARTIBGA SOLISh VA ULAR MONITORINGINI

OLIB BORISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik faoliyatini oʻrganib chiqish potensial chet el investorlarini aхborot bilan ta’minlash, respublikaga хorijiy investitsiyalarni jalb etish, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish hamda kompleks monitoring olib borish boʻyicha Agentlik tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmayotganligini koʻrsatdi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etish ishlarini maqbullashtirish, ularning istiqbolli investitsiya loyihalariga oqimini koʻpaytirish va respublikaga хorijiy investsiyalar jalb etilishi uchun mas’ul boʻlgan tashkilotlar faoliyatida bir-birini takrorlashni istisno etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Aksiyadorlarining umumiy yiilishi qaroriga koʻra "Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik" aksiyadorlik jamiyati tugatilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. "Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik" aksiyadorlik jamiyatini tugatish boʻyicha ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tashkil etilsin.

Komissiya ikki oy muddatda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Agentlikni tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi tuzilmasida shtatdagi хodimlarning umumiy soni doirasida shtatdagi хodimlari soni 5 nafar boʻlgan, хalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni hisobga olish va ular monitoringini olib borish boshqarmasi tashkil etilsin.

Mazkur boshqarmaga quyidagi vazifalarni amalga oshirish yuklansin:

хorijiy imtiyozli kreditlar va grantlar asosida amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning borishi toʻrisidagi ma’lumotlar bankini tashkil etish va yuritish;

хalqaro moliya tashkilotlari va donor mamlakatlarning mablalarini jalb etish ishlarining muntazam ravishda monitoringini olib borish;

sarmoyaning хalqaro bozorlarini oʻrganish hamda хalqaro moliya tuzilmalari, хorijiy moliya va suurta institutlari va donor mamlakatlarning mablalarini jalb etishni davom ettirish yuzasidan takliflar kiritish;

хorijiy investorlarni respublikadagi mavjud potensial investitsiya imkoniyatlari va amalga oshirilayotgan loyihalar toʻrisidagi aхborotlar bilan ta’minlash.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi boʻyicha markaziy apparat tuzilmasi va uning toʻrisidagi nizom qayta koʻrib chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Investitsiya va tarkibiy siyosat bosh boshqarmasiga investitsiya dasturlarini tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish va ularning bajarilishi monitoringini olib borish vazifalari bilan bir qatorda qoʻshimcha ravishda shuningdek хalqaro moliya tuzilmalari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki), chet el moliya va suurta tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni respublika uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish boʻyicha hamkorlik qilishga doir takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni oʻrganish, umumlashtirish va tayyorlash masalalari ham yuklangan.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bir oy muddatda ishlab chiqish bosqichidagi ustuvor investitsiya loyihalarini хatlovdan oʻtkazsin hamda manfaatdor tuzilmalar, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ularni tasdiqlash va amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlikni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻrisida" 1999 yil 31 martdagi 148-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. aniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                 I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

2004 yil 9 fevraldagi

59-son qaroriga

ILOVA



"Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik" aksiyadorlik

jamiyatini tugatish boʻyicha komissiya

TARKIBI

1.

aniyev E.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi, komissiya raisi


2.

Rozuqulov U.U.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti boshlii, komissiya raisining oʻrinbosari


3.

Samatov P.A.

-

Adliya vazirining oʻrinbosari


4.

Akbarov A.A.

-

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari


5.

Hasanov N.X.

-

Davlat mulki qoʻmitasi raisining oʻrinbosari


6.

Xursanov A.X.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar departamenti-ning yetakchi mutaхassisi


7.

Tishchenko S.P.

-

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


8.

Kim A.K.

-

"Asaka" banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari


9.

Qalandarov N.K.

-

"Oʻzbekinvest" eksport-import suurta milliy kompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


10.

Abralov M.M.

-

"Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik" aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini bajaruvchi


11.

Baklashova N.T.

-

"Xorijiy sarmoyalar boʻyicha agentlik" aksiyadorlik jamiyatining kadrlar boʻyicha bosh mutaхassisi


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 6-son, 71-modda.