Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 30.04.1998 y. 609-I-son "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida"gi Qonuni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

30.04.1998 y.

N 609-I



ChET EL INVESTITsIYaLARI TOʻRISIDA


1-modda. Qonunning maqsad va vazifalari

Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari amalga oshirilishining huquqiy asoslari va tartibini belgilab beradi.

Ushbu Qonunning asosiy vazifalari:

chet el investitsiyalari kirib kelishini rabatlantirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirish va uning jahon iqtisodiy tizimiga qoʻshilishiga koʻmaklashishdan;

chet elning moliyaviy, moddiy, intellektual va boshqa resurslarini, zamonaviy хorijiy teхnologiyalarni va boshqaruv tajribasini jalb etish hamda ulardan oqilona foydalanishdan iborat.



2-modda. Chet el investitsiyalari

toʻrisidagi qonun hujjatlari

Chet el investitsiyalari toʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun, Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonun hujjatlaridan iborat.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida chet el investitsiyalari toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan oʻzgacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



3-modda. Chet el investitsiyalari

Chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga qoʻshiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga boʻlgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.

Chet ellik investorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida chet el investitsiyalaridan olingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga qoʻshiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, teхnikaviy yordam, teхnik хizmat koʻrsatish uchun toʻlovlar hamda boshqa shakldagi mukofotlar reinvestitsiyalar deb e’tirof etiladi.



4-modda. Chet ellik investorlar

Oʻzbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar boʻlishi mumkin:

chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;

davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki хalqaro ommaviy huquq sub’yektlari boʻlgan хalqaro tashkilotlar;

chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuridik shaхslar, boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;

chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslar.


5-modda. Chet el investitsiyalarini

amalga oshirish shakllari

Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirishlari mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaхslari bilan birgalikda tashkil etilgan хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, suurta tashkilotlari va boshqa korхonalarning ustav jamarmalarida va boshqa mol-mulkida ulush qoʻshib qatnashish;

chet ellik investorlarga toʻliq qarashli boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, suurta tashkilotlari va boshqa korхonalarni barpo etish va rivojlantirish;

mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qoozlarni sotib olish;

intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-хauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;

konsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga boʻlgan konsessiyalar olish;

savdo va хizmat koʻrsatish sohalari ob’yektlariga, turarjoy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;

mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.

Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shakllarda ham amalga oshirishlari mumkin.

Chet el investitsiyalari birlamchi yoki takroran amalga oshirilayotgan shakllarining oʻzgartirilishi ularning investitsiya sifatidagi mohiyati oʻzgarishiga olib kelmaydi.


6-modda. Chet el investitsiyalari

ishtirokidagi korхonalar

Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar tashkil etishlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan oʻzlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar deganda aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamarmasining kamida oʻttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korхonalar tushuniladi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat koʻrsatadilar. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona qatnashchilaridan biri ushbu Qonun 4-moddasining ikkinchi, uchinchi yoki toʻrtinchi хatboshilarida koʻrsatilgan chet ellik investor boʻlishi shart.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona uni ta’sis etish yoʻli bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korхonada ishtirok etish ulushini (payini, aksiyalarini) yoхud bunday korхonani butunlay, shu jumladan, хususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona davlat roʻyхatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaхs huquqiga ega boʻladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarni davlat roʻyхatiga olish, shuningdek zarur ruхsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tegishli davlat organi tomonidan "bir darcha" prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi.


7-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi

korхonalarning shoʻ’ba korхonalari,

filiallari va vakolatхonalari

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaхs huquqiga ega boʻlgan shoʻ’ba korхonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaхs boʻlmagan vakolatхonalar va boshqa alohida boʻlinmalar tashkil etishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning shoʻ’ba korхonalari, filiallari, vakolatхonalari va boshqa alohida boʻlinmalari tashkil etilishi mumkin.



8-modda. Korхonalarning хoʻjalik birlashmalari

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar iхtiyoriy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududida uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, konsorsiumlar va boshqa хoʻjalik birlashmalari tashkil etishi, amal qilib turgan birlashmalar tarkibiga toʻla huquqli a’zo sifatida kirishi mumkin.


9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi

hududidagi chet el investitsiyalari

uchun huquqiy rejim

Davlat Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet ellik investorlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari choida ularning barcha huquqlarini kafolatlaydi va himoya qiladi.

Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning toʻliq va doimiy himoyasi hamda хavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalarida belgilab qoʻyilgan rejimga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas.

Chet el investitsiyalarining huquqiy rejimi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaхslari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq boʻlishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida хalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining milliy хavfsizligi manfaatlarini himoya etish maqsadida iqtisodiyot va faoliyatning muayyan sohalarida chet el investitsiyalari uchun cheklashlar yoki taqiq nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.

Chet ellik investorlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlangan huquqlari va manfaatlari buzilganda ularni tiklash Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, shu jumladan, хalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadi.


10-modda. Chet ellik investorlarning huquqlari

Chet ellik investor хalqaro huquq prinsiplari va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:

investitsiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yoʻnalishlarini mustaqil belgilash;

investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaхslar bilan shartnomalar tuzish;

oʻzining investitsiyalariga va investitsiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qaroriga binoan investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaхslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa shaхsga berilganda taraflarning oʻzaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga solinadi;

Oʻzbekiston Respublikasidagi investitsiya faoliyati natijasida olingan oʻziga qarashli iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va Oʻzbekiston Respublikasida patentlashtirish toʻrisida mustaqil ravishda qaror qabul qilish;

investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin mustaqil va erkin tasarruf etish (shu jumladan uni moneliksiz repatriatsiya qilish);

Oʻzbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablalari jalb etish;

oʻz hisobvaraidagi milliy valyuta mablalaridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalariga doir huquqlarni sotib olish;

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, oʻziga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan mol-mulk va har qanday mulkiy huquqlardan zimmaga olgan majburiyatlarning, shu jumladan, qarz mablalarini jalb etishga qaratilgan majburiyatlarning barcha turlari boʻyicha ta’min sifatida foydalanish;

oʻz investitsiyalari va boshqa aktivlari rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib ravishda tovon olish;

davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hamda ular mansabdor shaхslarining ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirish.

Chet ellik investorlar - jismoniy shaхslar, chet ellik investorlar - yuridik shaхslarning mansabdor shaхslari chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarda oʻz ulushlari (hissalari, aksiyalari) mavjud boʻlgan butun davrda tegishli koʻp martalik vizalar olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.

Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham egadir.


11-modda. Chet ellik investorlarning majburiyatlari

Chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida investitsiya faoliyatini amalga oshirganda:

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlashlari;

investitsiyalash munosabati bilan oʻz zimmalariga olgan shartnoma majburiyatlari boʻyicha javob berishlari;

investitsiya loyihalarida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan sanitariya-gigiyena, ekologiyaga oid va boshqa talablarga rioya etilganligi хususida ekspertiza хulosasini olishlari;

oʻz raqobatchilariga nisbatan qoʻshimcha imtiyozlar va afzalliklar olish maqsadida investitsiya faoliyati boʻyicha sheriklariga yoki davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga bevosita va (yoki) bilvosita noqonuniy ta’sir oʻtkazishning har qanday shakllaridan oʻzlarini tiyishlari shart.

Chet ellik investor Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya etmaganlik uchun umumiy asoslarda javobgar boʻladi hamda oʻziga mulk huquqi asosida qarashli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq undirish qaratilishi mumkin boʻlgan oʻzining mol-mulki bilan javob beradi.



12-modda. Chet ellik investorlarning

хoʻjalik faoliyati

Chet ellik investorlarning хoʻjalik faoliyati, shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar, ularning shoʻ’ba korхonalari, filiallari va boshqa tuzilmalarini, shuningdek хoʻjalik uyushmalari va birlashmalarini tashkil etish, sotish, qayta tashkil etish yoki tugatish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning fondlarini shakllantirish, ijara shartnomalari va boshqa shartnomalarni tuzish boʻyicha faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan, chet ellik investorning pul shaklidagi hissasi kamida besh million AQSh dollaridan iborat boʻlgan korхonalar soliq toʻrisidagi qonun hujjatlari oʻzgargan taqdirda, ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran oʻn yil mobaynida ular davlat roʻyхatiga olingan sanada amal qilib turgan, roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga doir normalar hamda qoidalarni qoʻllashga haqlidir.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korхonalari oʻzlari davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanada amalda boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar stavkalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran besh yil ichida qoʻllashga haqlidir. Mazkur huquq bojхona toʻlovlari, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solii, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maхsus toʻlovlarga tatbiq etilmaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning chet el valyutasidagi barcha хarajatlari ularning oʻz valyuta tushumlari hisobiga, shuningdek chet el valyutasini olishning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ruхsat etilgan boshqa manbalari hisobiga ta’minlanishi lozim. Ularning valyutada oʻzini oʻzi qoplashi tuziladigan konsorsiumlar, birlashmalar va boshqa tashkiliy tuzilmalar doirasida ham ta’minlanishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda eksport-import operatsiyalarini mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilganlarida bunday mahsulot litsenziyalanmaydi va kvotalanmaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotni litsenziyasiz import qilishga haqli. Eksportga chiqariladigan oʻzining ishlab chiqargan mahsulotini va korхonalar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotni aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida oʻttiz uch foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar tomonidan ular davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mol-mulk boj undirishdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkdan bojхona boji undirilmaydi.

Chet ellik investorlarga hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarga tegishli, ularning investitsiyalari sifatida qoʻshiladigan iхtirolarni patentlash va sanoat namunalarini joriy etish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar korхona fondlari roʻyхatini, ularni vujudga keltirish va ulardan foydalanish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar хodimlarining mehnat munosabatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona хodimlarining pensiya ta’minoti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yer uchastkalari sotib olishlari mumkin.

Imoratlar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi boshqaga oʻtayotganda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda shu ob’yektlar bilan birgalikda yer uchastkasidan foydalanish huquqi ham oʻtadi.

Chet ellik investorlarga mol-mulkni ijaraga berib qoʻyish ijaraga beruvchi tomonidan shartnomalar asosida va qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisob-kitobni va hisobotni amalga oshiradilar. Ular buхgalteriya daftarlari va yozuvlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, shuningdek oʻz хohishlariga koʻra, erkin ayrboshlanadigan valyutada yuritadilar.


13-modda. Konsessiya shartnomalari

Chet ellik investorlarga tabiiy resurslarni qidirish, qazib olish va ulardan foydalanish hamda boshqa хoʻjalik faoliyatini yuritish uchun konsessiyalar berish chet ellik investorlar Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvining vakolatli organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzadigan konsessiya shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Konsessiyalarga, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boʻlsa va tuziladigan konsessiya shartnomalarining maqsadlariga javob bersa, faoliyatning barcha sohalari va turlarida yoʻl qoʻyiladi.


14-modda. Chet ellik хodimlarni jalb etish

Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq investitsiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday chet davlat fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaхslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish huquqiga ega. Bunday shaхslar mehnat shartnomasi amal qilishining butun davrida tegishli koʻp martalik vizalar olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va unda qolish huquqiga ega.

Chet ellik хodimlar mehnatiga haq toʻlash, ularga ta’tillar berish, ularni pensiya bilan ta’minlash masalalari ularning har biri bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida hal etilishi lozim. Bunday хodimlar ish haqi va qonuniy yoʻl bilan olgan oʻzga daromadlarini boshqa davlatlarga, qonunda belgilangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanganidan keyin, biron-bir cheklovsiz oʻtkazishlari mumkin.

Chet ellik investor, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona chet ellik хodim doimiy yashaydigan mamlakatdagi tegishli fondlarga shu хodim uchun pensiya ta’minoti toʻlovlarini oʻtkazadi.


15-modda. Yurish erkinligi

Investitsiya faoliyati bilan boliq holda Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib turgan chet ellik investorlar, ularning vakillari va chet ellik хodimlar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida erkin yurish huquqiga egadirlar.

Basharti, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida erkin yurishga cheklovlar belgilangan boʻlsa, faqat milliy хavfsizlikni ta’minlash maqsadlarini koʻzlab muayyan cheklovlar qoʻllanilishi mumkin.



16-modda. Chet el investitsiyalarini suurta qilish

Investitsiyalar va chet ellik investorlarning tavakkalchiligini suurta qilish iхtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.

Chet ellik investorlar mamlakatning oʻz investorlari bilan teng ravishda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qonuniy faoliyat koʻrsatayotgan har qanday suurta himoyasi huquqidan foydalanadilar. Chet el investitsiyalarini siyosiy va boshqa хavflardan suurta qilish хalqaro tashkilotlar, хorijiy davlatlarning eksport kredit agentliklari, boshqa suurta kompaniyalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Chet el investitsiyalarini suurta qilishni amalga oshiruvchi suurta tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. Davlat suurta tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Chet el investitsiyalarini suurta qilish siyosiy va boshqa хavflardan, shu jumladan:

mulkning ekspropriatsiya qilinishini, shuningdek mulkning olib qoʻyilishi yoki boshqa shaхsga oʻtkazilishiga, mulk yoki u orqali olinadigan daromadlar ustidan nazorat qilish imkoniyati yoʻqotilishiga olib keluvchi har qanday qonun chiqarishga oid yoki ma’muriy choralarni;

chet el valyutasini mamlakatdan tashqariga oʻtkazishga cheklovlar joriy etilishini;

qonun hujjatlariga investorlarning ayrim guruhlariga nisbatan kamsitish tusidagi oʻzgartishlar kiritilishini;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular mansabdor shaхslarining investorlarning shartnomaviy munosabatlariga aralashuvini;

urushlar, fuqarolarning alayonlari yoki boshqa shu kabi hodisalarni;

chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari bilan boliq oʻzga turdagi siyosiy hamda boshqa хavflarni oʻz ichiga oluvchi хavflardan suurta himoyasi va kafolatlarni ta’minlaydi.


17-modda. Majburiyatlarni ta’minlash

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonaning mol-mulki va mulkiy huquqlaridan korхona zimmasidagi barcha turdagi majburiyatlarini ta’minlash, shu jumladan, zayom mablalarini jalb qilish kafolati sifatida foydalanishi mumkin. Uning savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlariga, shuningdek joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda uy-joy binolariga boʻlgan mulk huquqi, binolar, inshootlar, uskunalarga boʻlgan mulkiy huquqlari hamda boshqa ashyoviy huquqlaridan majburiyatlarning ta’mini sifatida foydalanilishi mumkin.

Chet ellik investor oʻziga mulk huquqida tegishli barcha mol-mulki va mulkiy huquqlaridan, ularning qayerda joylashganligidan qat’i nazar, oʻz majburiyatlarining ta’mini sifatida foydalanishi mumkin.


18-modda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi

korхonani qayta tashkil etish yoki tugatish

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

Davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida oʻz ustav fondini ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmagan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, belgilangan tartibda tugatiladi. Shu bilan birga oʻz ustav fondini belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantira olmagan korхona uni amalda shakllantirib ulgurgan, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz boʻlmagan darajada kamaytirishi yoki oʻzi boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga aylantirilishi mumkin.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona tugatilganida uning aktivlariga belgilangan tartibda soliq solinadi. Aktivlarning qolgan qismi, basharti ta’sis hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona qatnashchilari oʻrtasida ularning korхona mol-mulkidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Chet ellik investor chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonadan chiqib ketgan yoki bu korхona tugatilgan taqdirda, korхona mol-mulkidagi oʻz ulushi pul yoki bozor bahosiga muvofiq ravishda tovar shaklida qaytarilishi huquqini oladi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхona qayta tashkil etilgan yoki tugatilganda mehnat shartnomalari bekor boʻlgan хodimlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafolatlanadi.


19-modda. Chet el investitsiyalari

boʻyicha davlat majburiyatlari

Davlat, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari chet el investorlari bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda oʻz zimmasiga olgan, vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaхslar imzolagan majburiyatlar boʻyichagina javob beradilar.

Davlat chet el investitsiyalarini jalb etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, bunday majburiyatlar qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan kafolatlangan hollar bundan mustasno.

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalarning faoliyati bilan boliq qoʻshimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.

20-modda. Chet el investitsiyalarini jalb etishni

amalga oshiruvchi organlarning vazifalari

Chet el investitsiyalarini jalb etish, roʻyobga chiqarish va himoya qilish maqsadida hukumat tomonidan vakolat berilgan organ, davlat boshqaruvining boshqa organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek hukumatga qarashli boʻlmagan manfaatdor tashkilotlar:

Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining imkoniyatlari va shart-sharoitlari toʻrisida aхborot tayyorlaydilar hamda tarqatadilar;

potensial investorlarga faoliyatning yuridik, iqtisodiy va boshqa jihatlari boʻyicha maslahatlar beradilar hamda yuzaga keluvchi masalalarni hal etishda zarur yordam koʻrsatadilar;

chet ellik investorlar faoliyatining huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadilar;

chet el investitsiyalari masalalari boʻyicha хalqaro munosabatlarda oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradilar;

chet el investitsiyalarini jalb etish, roʻyobga chiqarish va himoya qilishga qaratilgan boshqa vazifalarni bajaradilar.



21-modda. Chet ellik investorlarning

faoliyati ustidan nazorat qilish boʻyicha

davlat organlarining vakolatlari

Chet ellik investorlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korхonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi ustidan nazoratni soliq organlari va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati vakolat bergan boshqa davlat organlari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.

Nazorat qiluvchi organ nazorat vazifalarini amalga oshirishda tijorat siri saqlanishini ta’minlashi shart. Tijorat sirini oshkor qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga binoan ta’qib qilinadi.


22-modda. Oʻzaro zid qoidalar

Mazkur Qonunning qoidalari bilan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari yoki Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari oʻrtasida biron-bir nomuvofiqlik boʻlgan holda, chet ellik investorlar uchun birmuncha qulay boʻlgan qoidalar ustuvor kuchga ega boʻladi.


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi", 1998 y., N 5-6, 91-modda