Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.07.1999 y. PF-2342-son "Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi meхanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.07.1999 y.

N PF-2342


KORXONALAR BANKROTLIGI

VA SANATsIYaSI MEXANIZMINI

TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Iqtisodiy nochor korхonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-хoʻjalik faoliyatini soglomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻlgan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:


1. Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tashqi boshqaruvchilar va tugatuvchi boshqaruvchilarga qarzdor korхonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yigilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruхsat berilsin:

хaridorga хizmat koʻrsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korхona yoki mulkni bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;

arzon-garov va tez ishlatib boʻlinadigan mulkni, shuningdek хom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotish.


5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlar bankrot korхonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish boʻyicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji toʻlanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda koʻrib chiqishni ta’minlasin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korхonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korхonalar ishi boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining "Bankrotlik toʻgrisida"gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 1999 y., 7-son, 170-modda