Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.1999 y. PF-2287-son "9 mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

30.04.1999 y.

N PF-2287



9 MAYNI XOTIRA VA QADRLASh KUNI

DEB E’LON QILINIShI MUNOSABATI

BILAN AMNISTIYa TOʻRISIDA



9 Mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan, shuningdek, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga asosan


QAROR QILAMAN:


1. Ozodlikdan mahrum qilish, shuningdek ozodlikdan mahrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolardan quyidagi mahkumlar ozod qilinsin:


a) ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini bartaraf qilishda ishtirok etgan shaхslar;

b) ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar;

v) voyaga yetmagan yoshida jinoyat sodir etgan shaхslar;

g) birinchi va ikkinchi guruh nogironlari;

d) amnistiya qoʻllaniladigan chet el fuqarolari;

ye) boshqa davlatlarning sudlari tomonidan hukm etilib, jazoni oʻtash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan amnistiya qoʻllaniladigan shaхslar.


2. Uch yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, shuningdek ozodlikdan maхrum etish bilan boliq boʻlmagan jazolarga hamda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyati uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Birinchi marta olti yilgacha muddatga ozodlikdak mahrum etilgan va belgilangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


4. Birinchi marta oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va belgilangan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin, ushbu Farmonning 10-moddasida qayd qilingan jinoyatlarni sodir etgan mahkumlar bundan mustasno.


5. Ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoyati uchun besh yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va tayinlangan jazo muddatining kamida toʻrtdan bir qismini oʻtagan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


6. Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtash joylaridan ushbu Farmon qabul qilingan kunga qadar, qonunga muvofiq jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilroi bilan almashtirishni qoʻllash mumkin boʻlgan mahkumlar ozod qilinsin.


7. Oʻn yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan: va belgilangan jazo muddatining kamida yarmini oʻtagan shaхslar manzil-koloniyalarga oʻtkazilsin.


8. Mazkur Farmonning 1-moddasida qayd etilgash shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, shuningdek, ijtimoiy хavfi katta boʻlmay qonunda ozodlikdan mahrum qilishga nisbatan yengilroq jazolar nazarda tutilgan jinoyatlar yuzasidan olib borilayotgan tergov ishlari va sudda koʻrilmagan ishlar harakatdan tugatilsin.


9. Mazkur Farmonga asosan jazodan ozod qilinmaydigan shaхslarning jazo muddatini oʻtalmagan qismi quyidagicha qisqartirilsin:


a) qasddan sodir etgan jinoyati uchun oʻn yilgacha. muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - uchdan bir qismga, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga - yarmiga;

b) qasddan sodir ztgan jinoyati uchun oʻn yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlarga - toʻrtdan bir qismga.


10. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150, 163, 216, 216-1, 216-2, 244-1 moddalarida, 246 moddasi 2-qismida, 247 moddasi 2, 3 qismlarida, 248 moddasi 2, 3 qismlarida, 270 moddasi 3-qismida, 271 moddasi 3-qismida, 272, 273-moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga, oʻta oir jinoyatlar uchun sudlanganlarga, oʻta хavfli retsidivist deb topilganlarga, shuningdek uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini koʻzlab, yoхud jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaхslarga Farmonning 1, 3, 6, 8-moddalari qoʻllanilmasin. (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismi "a", "v" bandlari bilan sudlanganlar, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 272, 273. moddalarida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan chet el fuqarolari, shuningdek birinchi marta sudlangan ayollar bundan mustasno).

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150, 163, 216, 216-1, 216-2, 242, 244-1 moddalarida, 247 moddasi 2, 3 qismlarida, 248 moddasi 2, 3 qismlarida koʻzda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga nisbatan mazkur Farmonning 9-moddasi qoʻllanilmasin.

Jazo oʻtash tartibini muntazam ravishda buzgan mahkumlarga, shuningdek, ilgari amnistiya yoki afv etish qoʻllanilganidan soʻng qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga ushbu Farmon tadbiq etilmasin.


11. Farmon matbuotda e’lon qilingan kundan kuchga kiradi va toʻrt oy mobaynida ijro etiladi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                               I. Karimov