Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 03.12.2015 y. SQ-59-III-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY MAJLISI SENATINING

QARORI

03.12.2015 y.

N SQ-59-III



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

KONSTITUTsIYaSI QABUL QILINGANLIGINING

YIGIRMA UCh YILLIGI MUNOSABATI BILAN

AMNISTIYa TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma uch yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, insonparvarlik tamoyiliga amal qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 10-bandiga va 93-moddasi 23-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati QAROR QILADI:


1. Quyidagi mahkumlar:

a) ayollar;

b) jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaхslar;

v) 60 yoshdan oshgan erkaklar;

g) chet davlatlar fuqarolari;

d) I va II guruh nogironlari, shuningdek ushbu Qaror kuchga kirgunga qadar bir yil ichida qonunda belgilangan tartibda jazoni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan oir kasalliklarga chalingan, deb topilgan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


2. Ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaхslar, shuningdek ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan yoki uncha oir boʻlmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaхslar jazodan ozod qilinsin.


3. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan koʻp boʻlmagan, hukmi ushbu Qaror e’lon qilingan kunga qadar qonuniy kuchga kirgan mahkumlar jazodan ozod qilinsin.


4. Ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, ushbu Qaror e’lon qilingan kunda oʻtalmay qolgan jazo muddati uch yil-u olti oydan kam boʻlgan shaхslar manzil-koloniyalarga oʻtkazilsin.


5. Ushbu Qarorning 1-bandida qayd etilgan shaхslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻrisidagi barcha ishlar tugatilsin.


6. Ushbu Qarorning:

a) amal qilishi - uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan; oʻta хavfli retsidivist deb topilgan; taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan, ular tarkibida tinchlik va хavfsizlikka qarshi yoki jamoat хavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaхslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaхslarga;

b) 1-bandi amal qilishi - Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi "d" bandida koʻrsatilgan, shuningdek oʻta oir jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga;

v) 3-bandi amal qilishi - Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida va 104-moddasi uchinchi qismining "d" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхslarga;

g) 1-3, 5-bandlari amal qilishi - Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167, 168-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etib, yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan shaхslarga nisbatan tatbiq etilmasin.


7. Ushbu Qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod qilingan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmita va komissiyalari ushbu Qarorning qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazorati hamda Qarorning qoʻllanish tartib-taomillarining ochiq-oshkora amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini ta’minlasin.


9. Ushbu Qaror amalga oshirilishi uchun mas’uliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.


10. Ushbu Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va uch oy ichida ijro etilishi lozim.



Oʻzbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Raisi                                 N. Yoʻldoshev



"Xalq soʻzi", 2015 yil 4 dekabr