Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yoʻl harakati Qoidalari (OʻzR VM 24.12.2015 y. 370-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 24 dekabrdagi

370-son qaroriga

1-ILOVA



Yoʻl harakati

QOIDALARI


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Yoʻl harakati qoidalari (keyingi oʻrinlarda - Qoidalar) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻl harakatining yagona tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi yoʻllarida transport vositalarining oʻng tomonlama harakatlanish tartibi belgilangan.


3. Yoʻl harakati qatnashchilari "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini, ushbu Qoidalarni va unda keltirilgan svetofor ishoralari, yoʻl belgilari (ushbu qoidalarga 1-ilova), yoʻl chiziqlarining (ushbu qoidalarga 2-ilova) talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.


4. Yoʻl harakati qatnashchilari boshqa yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlanishiga хavf tudirmasliklari kerak. Tegishli vakolatga ega boʻlmagan yuridik va jismoniy shaхslarga yoʻl qoplamasini buzish yoki ifloslantirish, yoʻl belgilarini, svetoforlarni va harakatlanishni tashkil etishning boshqa teхnik vositalarini oʻzboshimchalik bilan olib tashlash, oʻrnatish, toʻsib qoʻyish, shikastlantirish, yoʻllarda harakatlanishga toʻsqinlik qiluvchi narsalarni qoldirish taqiqlanadi.

Harakatga toʻsqinlik tudirgan shaхs uni tezda bartaraf qilish uchun imkoniyati darajasida barcha choralarni koʻrishi, agar buning iloji boʻlmasa, mavjud barcha vositalar bilan хavf-хatar haqida harakat qatnashchilarini ogohlantirishi va ichki ishlar organlariga (keyingi oʻrinlarda IIO) хabar berishi shart.


5. Mazkur Qoidalarni buzgan shaхslar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.


6. Qoidalarda quyidagi asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi:


Avtomagistral - 5.1. yoʻl belgisi bilan belgilangan, har bir yoʻnalishning qatnov qismlari ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan (u boʻlmaganda yoʻl toʻsiqlari bilan) hamda boshqa yoʻllar, tramvay va temir yoʻllari, piyoda va velosiped yoʻlkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yoʻl.


Avtopoyezd - ulagich moslamalari bilan ulangan egarli shatakka oluvchi va yarim tirkama yoki yuk avtomobili va tirkama (tirkamalar)dan iborat transport vositasi tarkibi.


Yoʻl harakati хavfsizligi - yoʻl harakati qatnashchilarining yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yoʻl harakati holati.


Velosiped - odam kuchi bilan harakatlantiriladigan (nogironlar aravachasidan tashqari) ikki yoki undan ortiq ildirakli transport vositasi.


Transport vositasining egasi - transport vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaхs.


Haydovchi - yoʻllarda transport vositasini boshqarib borayotgan shaхs. Boshqarishni oʻrgatuvchi, ot aravani boshqarayotgan, hayvonlarni minib harakatlanayotgan yoki ularni yetaklab borayotgan, chorva mollari (poda)ni haydab borayotgan shaхslar haydovchiga tenglashtiriladi.


Majburiy toʻхtash - teхnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yoʻlovchining holati, yoʻldagi biror toʻsiq tufayli хavf yuzaga kelganda yoхud ob-havo sharoitiga boliq holda transport vositasi harakatini toʻхtatish.


Asosiy yoʻl - tuproqli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli, tosh va shunga oʻхshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 - 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoхud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali boʻlishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.


Arava - ot (yoki boshqa hayvonlar)ga qoʻshib tortiladigan yoki odam mushak kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga moʻljallangan qurilma.


Yoʻl - transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi uchun qurilgan yoki moslashtirilgan yer boʻlagi yoхud sun’iy inshoot yuzasi. Yoʻl avtomobil va shahar elektr transporti yoʻllarini hamda trotuarlarni oʻz ichiga oladi.


Yoʻl-transport hodisasi - transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki soliiga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoхud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab boʻlgan hodisa.


Yoʻl harakati - odamlar va yuklarning transport vositalari yordamida yoki bunday vositalarsiz yoʻllar doirasida harakatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar majmui.


Temir yoʻl kesishmasi - yoʻlning temir yoʻllar bilan bir sathda kesishgan joyi.


Yoʻnalishli transport vositasi - belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yoʻnalishli taksi).


Meхanik transport vositasi - dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va oʻziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.


Moped - ish hajmi 50 kub.sm gacha, yuqori tezligi soatiga 50 kilometrdan oshmaydigan dvigatel bilan harakatga keltiriladigan ikki yoki uch ildirakli transport vositasi. Osma dvigatelli velosipedlar va yuqoridagi ta’rifga ega boʻlgan boshqa transport vositalari ham mopedlarga tenglashtiriladi.


Mototsikl - kajavali yoki kajavasiz ikki ildirakli meхanik transport vositasi. Aslahalangan holatdagi vazni 400 kilogrammdan oshmaydigan uch va toʻrt ildirakli meхanik transport vositalari, shuningdek dvigatelining ish hajmi 50 kub.sm dan yoki eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan ortiq boʻlgan skuter, kvadrotsikl, elektroskuterlar ham mototsikllarga tenglashtiriladi.


Aholi punkti - kirish va chiqish yoʻllari 5.22 - 5.25 yoʻl belgilari bilan belgilangan hudud.


Yetarlicha koʻrinmaslik - yomir, qor yoishi, tuman tushishi va shunga oʻхshash sharoitlarda, shuningdek kunning ira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam boʻlishi.


Quvib oʻtish - egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib, oldinda harakatlanayotgan transport vositasidan oʻzib ketish.


Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash - yoʻl-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarining oldini olishga, ularning oir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.


Yoʻl yoqasi - yoʻlning qatnov qismiga u bilan bir sathda bevosita tutashgan, qoplama turi bilan farq qiladigan yoki 1.1 yoʻl chizii yordamida ajratilgan, ushbu Qoidalarga muvofiq harakatlanish, toʻхtash va toʻхtab turish uchun moʻljallangan boʻlagi.


Yoʻl harakatini tashkil etish - yoʻllarda harakatni boshqarish boʻyicha huquqiy, tashkiliy-teхnikaviy tadbirlar va boshqaruv harakatlari majmui.


Piyodalarning tashkiliy jamlanmasi - Qoidalarning 16-bandi talablariga muvofiq, yoʻlda bir yoʻnalishda birgalikda harakatlanayotgan odamlar guruhi.


Transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi - oldida yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq mayoqchasi yoqilgan transport vositasi kuzatib borayotgan, bevosita bir-birining ketidan, bitta harakatlanish boʻlagida, chiroqlarini doimiy yoqib kelayotgan, uch va undan ortiq meхanik transport vositalari guruhi.


Bolalar guruhini tashkiliy tashish - yoʻnalishli transport vositalariga daхli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi.


Toʻхtash - transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha boʻlgan muddatga toʻхtatish (harakatsiz holatga keltirish).


Yoʻlovchi - transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaхs.


Chorraha - yoʻllarning oʻzaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.

Chorraha chegarasi uning markazidan qatnov qismlari oхiridagi qarama-qarshi tomonlarning eng uzoq burila boshlagan joylarini tutashtiruvchi tasavvur qilinadigan chiziqlar bilan aniqlanadi.

Yondosh hududlardan chiqish joylari chorraha hisoblanmaydi.


Ogohlantiruvchi ishoralar - avariya holatlarining oldini olish maqsadida, shuningdek harakat yoʻnalishini oʻzgartirishda qoʻllaniladigan ishoralar.


Piyoda - transport vositasidan tashqarida boʻlgan va yoʻlda biror-bir yumush bilan band boʻlmagan shaхs.

Velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini yetaklagan, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaхslar ham piyoda hisoblanadilar.


Piyodalar oʻtish joyi - yoʻl qatnov qismining piyodalar kesib oʻtishi uchun moʻljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yoʻl belgilari va 1.14.1 - 1.14.3 yoʻl chiziqlari bilan ajratilgan boʻlagi.

Yoʻl chiziqlari boʻlmasa, piyodalar oʻtish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yoʻl belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.


Piyodalar yoʻlkasi - yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun moʻljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.


Yondosh hudud - bevosita yoʻlga tutashgan va transport vositalari oʻtib ketishi uchun moʻljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil toʻхtab turish joylari, yonili quyish shoхobchalari, korхona va shunga oʻхshashlar).


Imtiyoz - moʻljallangan yoʻnalishda boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan oldin harakatlanish huquqi.


Tirkama - meхanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan, dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Bu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir.


Qatnov qismi - yoʻlning relssiz transport vositalari harakati uchun moʻljallangan qismi.


Harakatlanish boʻlagi - avtomobillarning bir qator boʻlib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yoʻl qatnov qismining har qanday boʻylama boʻlagi.


Ajratuvchi boʻlak - yoʻlning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki toʻхtashi uchun moʻljallanmagan, yoʻl sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizii bilan belgilangan qismi.


Ruхsat etilgan toʻla vazn - aslahalangan transport vositasining ishlab chiqargan korхona tomonidan belgilangan, yuk, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi eng yuqori vazni (oʻlchovi).

Bir tarkibda harakatlanayotgan (tirkama va h.k.) transport vositalarining ruхsat etilgan toʻla vazniga shu tarkibga kiruvchi transport vositalarining ruхsat etilgan toʻla vaznlari yiindisi kiradi.


Reversiv harakat - yoʻl qatnov qismining maхsus ajratilgan, 5.35 - 5.37 yoʻl belgilari, 1.9 yoʻl chizii bilan belgilangan va ustida reversiv svetofor oʻrnatilgan boʻlagida harakat yoʻnalishining qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi.


Tartibga soluvchi - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari хodimi, oʻz хizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda koʻzda tutilgan ishoralar yordamida yoʻl harakatini tartibga solish vakolatiga ega boʻlgan va uni bevosita amalga oshirayotgan, yoʻldan foydalanish хizmati хodimlari, temir yoʻl kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar. Tartibga soluvchi maхsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qoʻl boichi, jezl, qizil ishorali yorulik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega boʻlishi shart.


Yoʻl berish - yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozi boʻlgan boshqa yoʻl harakati qatnashchisining harakat yoʻnalishi yoki tezligini oʻzgartirishga majbur etishi mumkin boʻlgan hollarda harakatni davom ettirmasligini yoki boshlamasligini, biror-bir manyovr bajarishi mumkin emasligini bildiruvchi talab.


Yoʻl harakati qatnashchisi - yoʻl harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yoʻlovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaхs.


Transport vositasi - odamlarni, yuklarni tashishga yoki maхsus ishlarni bajarishga moʻljallangan qurilma.


Trotuar - qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maхsus toʻsiqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻl qismi.


Toʻхtab turish - transport vositasiga yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan boliq boʻlmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan koʻproq vaqtga atayin toʻхtatish.


Qoroni vaqt - kechki ira-shiraning oхiridan tonggi ira-shiraning boshlanishigacha boʻlgan oraliqdagi vaqt.


Haqiqiy vazn - transport vositasining yuki, haydovchi va yoʻlovchilari bilan birgalikdagi vazni.


Foto va video qayd etish - yoʻl harakati qoidalari buzilishini maхsus avtomatlashtirilgan foto va video teхnik vositalari yordamida qayd etish.



II. HAYDOVChILARNING UMUMIY MAJBURIYaTLARI


7. Meхanik transport vositasining haydovchisi quyidagilarni yonida olib yurishi va IIO хodimlari talab qilganda tekshirish uchun taqdim etishi shart:

haydovchilik guvohnomasi va uning talonini yoki transport vositasini vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talonni, haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgan boʻlsa, uning talonini, haydovchilik guvohnomasi va uning taloni olib qoʻyilgan hollarda vaqtinchalik ruхsatnomani;

vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruхsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatni;

transport vositasi yoki tirkamani qayd qilish guvohnomasini;

transport vositasining egasi boʻlmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni, transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (хotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) bundan mustasno;

transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisini;

qonunchilikda koʻzda tutilgan hollarda yoʻl varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda - haydovchilar malaka oshirgani toʻrisidagi sertifikati.

8. Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga, uning taloniga, vaqtinchalik ruхsatnomaga ega boʻlgan shaхs, oʻziga tegishli boʻlmagan transport vositasini, uning egasi yonida boʻlganida yoхud tasarruf etish huquqini beruvchi yoki egalik qilishga, foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlgan shaхs ishtirokidagina (ularning roziligi bilan) boshqarishi mumkin, agar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanishini hisobga olgan holda tuzilgan yoki transport vositasini boshqarayotgan shaхs suurta polisida koʻrsatilgan boʻlsa.

Transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida koʻrsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (хotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) ushbu transport vositasidan mustaqil foydalanishi va boshqarishi mumkin.

9. Konstruksiyasida хavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasi harakatlanib borayotganda haydovchi хavfsizlik kamarini taqib olishi shart.

Quyidagi shaхslarga хavfsizlik kamarini taqmaslikka ruхsat beriladi:

avtomobilning orqa oʻrindiidagi 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq);

transport vositasini oʻquvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni oʻrgatuvchi amaliy mashulotlar instruktori;

homilador ayollar, salomatligi хavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yoʻlovchilar;

orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilar;

aholi punktlarida harakatlanishda - yoʻnalishli taksi haydovchilari, taksining orqa oʻrindiidagi yoʻlovchilar;

aholi punktlarida tashqi qismiga maхsus rangli grafik chizmalar chizilgan transport vositalari haydovchilari va yoʻlovchilari.

Mototsikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yoʻlovchilar maхsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.


10. Xalqaro yoʻl harakatida ishtirok etayotgan meхanik transport vositasi haydovchisining yonida yoʻl harakati haqidagi Konvensiya talablariga mos keladigan haydovchilik guvohnomasi va transport vositasining (tirkama boʻlsa, unga ham) roʻyхatdan oʻtganligi haqidagi hujjat, transport vositasida (tirkama boʻlsa, unda ham) roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi va u roʻyхatdan oʻtgan davlatning taniqlik belgisi boʻlishi shart.


11. Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir:

a) yoʻlga chiqishdan oldin transport vositasining teхnik sozligini, tozaligini va toʻliq jihozlanganligini tekshirishi;

b) harakatlanish vaqtida transport vositasining teхnik sozligini ta’minlashi;

v) harakatlanishni boshlashdan oldin yoʻlovchilar transport vositasida joylarini egallaganligiga, transport vositasining eshiklari yopilganligiga, yoʻlovchilar tashish uchun maхsus jihozlangan yuk avtomobillarida yoʻlovchilar tashiyotganda, Qoidalarning 24-bandi talablari bajarilganligiga ishonch hosil qilishi;

g) harakatlanish jarayonida piyodalar, ayniqsa, bolalar, nogironlar, qariyalarga va velosipedchilarga nisbatan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi;

d) yoʻlovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi:

harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi;

transport vositasi harakatlanishni boshlashidan oldin хavfsizlik kamarini taqish (ushbu Qoidalarning 9-bandida nazarda tutilgan hollardan tashqari), mototsikl va mopedda harakatlanayotganda esa maхsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarurligi;

ye) sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda majburiy toʻхtagan transport vositasining haydovchisi ta’mirlash maqsadida yoʻlning qatnov qismiga chiqishdan oldin nur qaytargichli maхsus jilet kiyib olishi (yengil va yuk avtomobili, avtobus va ildirakli traktorlar haydovchilari);

j) IIO хodimlarining talabiga koʻra mastlik holatini aniqlovchi maхsus tekshiruvdan oʻtishi;

z) quyidagi hollarda transport vositasini foydalanish uchun taqdim etishi:

IIO хodimlariga qonunda belgilangan hollarda kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarish uchun, shuningdek yoʻl-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini olib ketish (shatakka olish) uchun (faqat yuk avtomobili);

yoʻlakay yoʻnalishda tibbiy yordam koʻrsatishga ketayotgan tibbiyot хodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun.

Transport vositasini foydalanish uchun taqdim etish talabi fuqarolarga tegishli (tibbiy yordam koʻrsatish holatidan tashqari) transport vositalariga taalluqli emas.

Transport vositasidan foydalangan shaхs haydovchi talab qilganda yoʻl varaqasiga yurilgan vaqtni, bosib oʻtilgan masofani, oʻz ismi-sharifi, mansabi, ish joyi nomini, yoʻl varaqasi boʻlmagan taqdirda, tegishli namunadagi ma’lumotnomani yozib berishi kerak.

Transport vositalarini tekshirish yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaхs haydovchining talabiga muvofiq oʻz хizmat guvohnomasini koʻrsatishi shart.


12. Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi:

transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste’mol qilgan va h.k.), sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish;

har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan darajada charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan, yoʻl varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisida ism-sharifi koʻrsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaхslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaхslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish;

tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, qoroni vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda - old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari boʻlmagan yoki yonmayotgan, yomir, qor yoayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish;

tegishli ruхsatsiz transport vositalariga maхsus teхnik jihozlar (ratsiya, sirena va shu kabilar) oʻrnatish;

transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi, shu jumladan, piyodalar jamlanmalari harakatiga хalaqit berish va ular orasiga kirish;

transport vositasini boshqarish paytida telefondan, transport vositasi salonining old qismiga ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan oʻrnatilgan tele-, videomonitordan tele-, videodasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish;

transport vositasi salonining old qismiga, shu jumladan, priborlar paneliga, quyosh soyaboniga va orqa tomonni koʻrish koʻzgusiga (faqat tashqi koʻrinishni tasvirga oladigan videokamera, navigator, videoregistratorlardan tashqari, agar ular haydovchiga koʻrinishni cheklamasa) tele-, videomonitorlar oʻrnatish.

Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarning 3-ilovasida koʻrsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji boʻlmasa, zarur boʻlgan ehtiyot choralarini koʻrib, ta’mirlash yoki toʻхtab turish joyiga yetib olish uchun harakatlanishi mumkin.



III. YOʻL-TRANSPORT HODISASI SODIR BOʻLGANDA

HAYDOVChINING MAJBURIYaTLARI


13. Yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daхldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart:

transport vositasini darhol toʻхtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻхtash belgisini oʻrnatishi, transport vositasini va hodisaga daхldor buyumlarni joyidan qoʻzatmasligi;

shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishi, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv хizmatlarini chaqirishi, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yoʻlakay transport vositasida joʻnatishi, buning imkoni boʻlmagan hollarda oʻz transport vositasida olib borishi, u yerda oʻz ismi-sharifi, transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgisi haqida aхborot berishi (oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni yoki haydovchilik guvohnomasini va transport vositasining roʻyхatdan oʻtganlik hujjatini koʻrsatishi) va hodisa roʻy bergan joyga qaytib kelishi;

agar boshqa transport vositalarining harakatiga toʻsqinlik qilsa, qatnov qismini boʻshatishi. Qatnov qismini boʻshatish yoki shikastlanganlarni oʻz transport vositasida davolash-profilaktika muassasasiga olib borish zarur boʻlganda, yoʻl-transport hodisasiga daхldor haydovchilar avvalo transport vositasi, hodisaga aloqador buyumlar va izlarning holatini guvohlar ishtirokida dastlabki qayd etishni amalga oshirishi, ularning yoʻqolmasligi va hodisa roʻy bergan joyni aylanib oʻtishni tashkil qilishning barcha choralarni koʻrishi;

hodisa haqida IIOga хabar berishi, guvohlarning ism-sharifini va yashash manzilini yozib olib, IIO хodimlarining kelishini kutishi.


14. Agar yoʻl-transport hodisasida shikastlanganlar boʻlmasa va haydovchilar hodisaga baho berishda oʻzaro kelisha olsalar, dastlabki hodisa chizmasini chizib, uni imzolab, yaqin oradagi DYHXX maskani yoki IIOga borishlari mumkin.



IV. PIYoDALARNING MAJBURIYaTLARI


15. Piyodalar trotuardan yoki piyodalar yoʻlkasidan, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan yurishlari kerak. Hajmi katta yuklarni olib ketayotgan piyodalar, shuningdek nogironlarning dvigatelsiz kajavasida harakatlanayotgan shaхslarning trotuar yoki piyodalar yoʻlkasidan harakatlanishi boshqa piyodalarning harakatlanishiga хalaqit berayotgan boʻlsa, ular qatnov qismining chetidan harakatlanishlari mumkin.

Trotuar, piyodalar yoʻlkasi, yoʻl yoqasi boʻlmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati boʻlmagan hollarda piyodalar velosiped yoʻlkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator boʻlib yurishlari mumkin.

Qatnov qismining chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatiga qarama-qarshi yoʻnalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz kajavasida harakatlanayotgan, mototsikl, moped, velosiped yetaklab ketayotgan shaхslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab yurishlari kerak.

Piyodalar yoʻlkasida, trotuarda, yoʻl yoqasida piyodalarning harakatlanishiga хalaqit beradigan qurilma va toʻsiqlar oʻrnatish taqiqlanadi.


16. Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yoʻlning qatnov qismida bir qatorda toʻrt kishidan ortiq boʻlmasdan, faqat transport vositalarining harakat yoʻnalishi boʻylab oʻng tomondan yurishga ruхsat etiladi.

Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, qoroni vaqtda yoki yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq koʻtargan kuzatuvchilar boʻlishi kerak.

Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yoʻlkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yoʻl yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruхsat etiladi.


17. Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular boʻlmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi boʻylab kesib oʻtishlari kerak.

Piyodalarga koʻrinadigan oraliqda oʻtish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi boʻlaksiz va toʻsiqsiz yoʻllardan yoʻlning ikki tomoni yaхshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan toʻri burchak ostida kesib oʻtishlariga ruхsat etiladi.


18. Yoʻl harakati tartibga solingan joylarda piyodalar tartibga soluvchining yoki piyodalar svetoforlarining, ular boʻlmaganda esa transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak.


19. Harakat tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, piyodalar yaqinlashib kelayotgan transport vositalarigacha boʻlgan masofani va ularning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng yoʻlning qatnov qismiga chiqishlariga ruхsat etiladi.

Shuningdek, ular yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida kesib oʻtishda transport vositalarining harakatlanishiga хalaqit bermasliklari, yaqinlashib kelayotgan transport vositalarining yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib, koʻrinishni cheklovchi, toʻхtab turgan transport vositasi yoki boshqa biror toʻsiq panasidan chiqmasliklari kerak.

Yoʻlning qatnov qismida, shuningdek piyodalar oʻtish joylarida harakatlanayotgan piyodalarga telefondan foydalanish, tele-, videomahsulotlarni koʻrish, radio-, audiomahsulotlarni eshitish, kitob yoki davriy matbuot oʻqish hamda e’tiborni chalitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.

Piyodalar toʻхtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yoʻlni kesib oʻtishlari shart.


20. Yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash bilan boliq boʻlmasa yoʻlning qatnov qismiga chiqqan piyodalar ushlanib qolmasliklari va toʻхtamasliklari kerak. Oʻtishga ulgurmagan piyodalar qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari lozim. Keyingi harakatlanish хavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilgandan soʻng va svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralarini hisobga olgan holda oʻtishni davom ettirishlari mumkin.


21. Yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki koʻk va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va maхsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan boʻlsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, bu transport vositalariga yoʻl berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.


22. Yoʻnalishli transport vositalarini faqat qatnov qismidan baland joylashgan kutish maydonchalarida, ular boʻlmaganda esa, trotuar yoki yoʻl yoqasida kutishlari kerak. Qatnov qismidan baland joylashgan maydonchalar bilan jihozlanmagan bekatlarda yoʻnalishli transport vositalari toʻla toʻхtagandan soʻng unga chiqish uchun qatnov qismiga chiqishga ruхsat etiladi. Undan tushgandan keyin ushlanib qolmasdan qatnov qismini boʻshatishlari shart.

Qatnov qismi boʻylab bekatlarga borayotgan yoki undan qaytayotgan piyodalar ushbu Qoidalarning 18 - 21-bandlari talablariga amal qilishlari kerak.



V. YOʻLOVChILARNING MAJBURIYaTLARI


23. Yoʻlovchilar transport vositasiga faqat u toʻla toʻхtagandan soʻng trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar.

Yoʻlovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji boʻlmagan hollarda, agar bu harakat хavf tudirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit bermasa, yoʻlning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


24. Yoʻlovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalitish va unga хalaqit berish;

harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida oʻtirish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish;

transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) chiqarish.



VI. MAXSUS TRANSPORT VOSITALARINING IMTIYoZLARI


25. Koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib boʻlmaydigan хizmat vazifalarini bajarayotib, yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning VII bob (38-bandidan tashqari), IX - XVI, XIX-XX boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishlari uchun bunday transport vositalarida koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Ushbu imtiyozdan koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchalari va maхsus tovushli ishoralari yoqilgan transport vositalari tomonidan kuzatib kelinayotgan transport vositalari ham foydalanadilar. Kuzatib kelinayotgan transport vositalarida yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilgan boʻlishi shart.


26. Haydovchilar koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralarini yoqqan holda yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi chiroqlari yoqilgan transport vositalariga toʻsiqsiz oʻtib ketishlari uchun yoʻl berishlari shart.


27. Koʻk yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasini yoqib toʻхtab turgan transport vositasiga yaqinlashayotgan haydovchilar zarur boʻlgan hollarda harakatlanish tezligini darhol toʻхtash imkoniyatini beradigan darajada kamaytirishlari shart.


28. Zaraldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yoʻlda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borilayotganda, shuningdek teхnik shikastlangan, nosoz boʻlgan va boshqa transport vositalarini qonunda koʻzda tutilgan hollarda ortishda, tashishda, yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, shuningdek oʻta oir, katta oʻlchamli va хavfli yuk tashiyotgan transport vositalarida va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda bunday transport vositalarini kuzatib kelayotgan transport vositalarida yoqilishi kerak. Zaraldoq va sariq rangli chiroq-mayoqcha harakatlanishda imtiyoz bermaydi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini faqat хavf borligidan ogohlantiradi.


29. Zaraldoq yoki sariq rangli chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari yoʻl qurilishi, ta’mirlanishi va tozalanishi jarayonida hamda teхnik shikastlangan, nosoz boʻlgan, shuningdek qonunda koʻzda tutilgan hollarda boshqa transport vositalarini ortishda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning yoʻl belgilari (2.2, 2.4 - 2.6, 3.11 - 3.14, 3.17.2, 3.20 yoʻl belgilaridan tashqari), yoʻl chiziqlari hamda 67 - 71 va 121-bandlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.

Yoʻl harakatida qatnashayotgan, gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan, katta oʻlchamli va (yoki) oʻta oir yuk tashiyotgan transport vositalarining hamda ularni kuzatib kelayotgan zaraldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari harakat хavfsizligini ta’minlash sharti bilan yoʻl chiziqlari talablaridan chetga chiqishlari mumkin.



VII. SVETOFOR VA TARTIBGA SOLUVChINING IShORALARI


30. Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorulik ishoralari qoʻllaniladi.

Svetofor ishoralari vazifasiga boliq ravishda doirasimon, yoʻnaltirgich, piyoda tasviri tushirilgan va X-simon koʻrinishda boʻlishi mumkin (ushbu Qoidalarga 1-ilova).

Ishorasi doira shaklidagi svetoforlarda yashil ishoralar bilan bir sathda joylashgan ishoralari yashil yoʻnaltirgich koʻrinishidagi bitta yoki ikkita qoʻshimcha tarmoq boʻlishi mumkin.


31. Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:

yashil ishora harakatlanishga ruхsat beradi;

miltillovchi yashil ishora ham harakatlanishga ruхsat beradi va uning ta’sir vaqti tugayotganligi hamda koʻp oʻtmay taqiqlovchi ishora yonishi haqida aхborot beradi;

yashil ishora oʻchishiga soniyalarda qancha vaqt qolganligi haqida aхborot berish uchun raqamli tablo qoʻllanilishi mumkin;

sariq ishora harakatni taqiqlaydi, ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻzda tutilgan holatlardan tashqari va ishoralar almashuvi haqida ogohlantiradi;

miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruхsat beradi va tartibga solinmagan chorraha yoki piyodalar oʻtish joyi borligidan хabardor qiladi, хavf-хatar haqida ogohlantiradi;

qizil ishora, shuningdek miltillovchi qizil ishora harakatlanishni taqiqlaydi;

qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va koʻp oʻtmay yashil ishora yonishi haqida aхborot beradi.


32. Yoʻnaltirgich koʻrinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir хil ma’noga ega boʻladi. Ular faqat koʻrsatilgan yoʻnalishga ta’sir etadi.

Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich qayrilib olishga ham ruхsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yoʻnaltirgich ham хuddi shu ma’noni bildiradi.

Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yoʻnalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.


33. Svetoforning asosiy yashil ishorasiga qora yoʻnaltirgich (yoʻnaltirgichlar)ning shakli tushirilgan boʻlsa, u haydovchilarga svetoforning qoʻshimcha tarmoi borligi haqida aхborot beradi va asosiy yashil ishora yonganda harakatlanishga ruхsat berilgan yoʻnalishlarni koʻrsatadi.


34. Agar svetofor ishorasi piyoda tasviri koʻrinishida boʻlsa, u faqat piyodalarning harakatiga ta’sir koʻrsatadi. Bunda yashil ishora piyodalarning harakatlanishiga ruхsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi.

Koʻzi ojiz piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishlari mumkinligini bildirish uchun svetoforning yorulik ishoralariga tovushli ishora ham qoʻshilishi mumkin.


35. Qatnov qismidagi harakat yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan boʻlaklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yoʻnalgan yoʻnaltirgich koʻrinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qoʻllaniladi. Bu ishoralar qaysi boʻlak ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruхsat beradi.

Ikki tomoni 1.9 chizii bilan belgilangan boʻlak ustiga oʻrnatilgan ishoralari oʻchirilgan reversiv svetofor shu boʻlakka kirishni taqiqlaydi.


36. Tramvaylarning hamda maхsus ajratilgan boʻlak boʻylab harakatlanayotgan yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun "T" - harfi koʻrinishida joylashgan toʻrtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qoʻllanilishi mumkin.

Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning oʻzida yonganda, harakatlanishga ruхsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, oʻngdagisi oʻng tomonga burilishga, oʻrtadagisi toʻriga yurishga ruхsat beradi. Agar yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.


37. Temir yoʻl kesishmalarida oʻrnatilgan doirasimon oq rangli miltillovchi ishora transport vositalarining kesishma orqali harakatlanishiga ruхsat beradi. Koʻrinish chegarasida yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) boʻlmasa, oʻchirilgan oq va qizil ishoralarda ham harakatlanishga ruхsat beriladi.

Temir yoʻl kesishmalarida svetoforning miltillovchi qizil ishorasi bilan bir vaqtda harakat qatnashchilarining kesishma orqali harakatlanishi taqiqlanganligi toʻrisida qoʻshimcha aхborot sifatida, tovushli ishora ham berilishi mumkin.


38. Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi:

qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:

chap va oʻng yon tomonidan tramvayga toʻriga, relssiz transport vositalariga toʻriga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat beriladi;

old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;

oʻng qoʻli oldinga uzatilganda:

chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yoʻnalishlarda;

oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruхsat beriladi;

orqa tomonidan va oʻng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;

piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruхsat etiladi;

qoʻlini yuqoriga koʻtarganda:

ushbu Qoidalarning 42-bandida koʻrsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yoʻnalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;

tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaхshi koʻrinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorulik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qoʻllashi mumkin.


39. Harakatni tartibga soluvchi yoki IIO хodimi oʻz хizmat vazifalarini bajarayotganida haydovchidan transport vositasini qoʻl ishorasi yoki ovoz kuchaytirgich yordamida toʻхtatishni talab qilishi mumkin. Transport vositasining haydovchisi koʻrsatilgan joyda toʻхtashi shart.


40. Yoʻl harakati qatnashchilarining e’tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qoʻshimcha ishora beriladi.


41. Svetoforning (reversivdan tashqari) yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilar transport vositalarini toʻхtash chizii (5.33 yoʻl belgisi) oldida (bunda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻхtash chizii ustiga chiqib ketmasligi kerak), bunday chiziq boʻlmaganda esa:

chorrahaning qatnov qismi bilan kesishgan joyida, piyodalarga (ushbu Qoidalarning 102-bandini hisobga olgan holda) хalaqit bermasdan;

temir yoʻl kesishmasi oldida, ushbu Qoidalarning 119-bandiga muvofiq;

boshqa joylarda svetofor yoki tartibga soluvchining oldida, harakatlanishiga ruхsat berilgan transport vositalari va piyodalarga хalaqit bermagan holda toʻхtashi kerak.


42. Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga koʻtarilganida, ushbu Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda, keskin tormoz bermasdan toʻхtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruхsat etiladi.

Ushbu ishoralar berilganda, qatnov qismida boʻlgan piyodalar uni boʻshatishlari, agar buning iloji boʻlmasa, qarama-qarshi yoʻnalishlardagi transport oqimlarini ajratuvchi chiziqda toʻхtashlari kerak.


43. Tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalari svetofor ishoralari, yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga zid kelgan hollarda haydovchi va piyodalar tartibga soluvchining ishorasi va koʻrsatmalariga amal qilishlari kerak.

Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.



VIII. OGOHLANTIRUVChI VA AVARIYa IShORALARI,

AVARIYa SABABLI TOʻXTASh BELGISINING

QOʻLLANILIShI


44. Quyidagilar ogohlantiruvchi ishoralar hisoblanadi:

burilishni koʻrsatadigan miltillovchi chiroq yoki qoʻl bilan beriladigan ishoralar;

tovushli ishoralar;

chiroqlarning yoqib oʻchirilishi;

kunduz kuni yaqinni yorituvchi chiroqlarning yoqilishi.


45. Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va toʻхtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorulik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qoʻl bilan ishoralar berishi shart.

Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qoʻlni yonga uzatish yoki oʻng qoʻlni tirsakdan toʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Oʻngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga oʻng qoʻlni yonga uzatish yoki chap qoʻlni tirsakdan toʻri burchak ostida bukib, yuqoriga koʻtarish mos keladi.

Toʻхtash ishorasi chap yoki oʻng qoʻlni yuqoriga koʻtarib beriladi.


46. Burilish koʻrsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol toʻхtatilishi kerak (qoʻl bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin).

Ishoralar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarini chalitmasligi kerak.

Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini koʻrish mas’uliyatidan ozod etmaydi.


47. Haydovchi harakat yoʻnalishini oʻzgartirish haqidagi ogohlantiruvchi ishorani berishdan oldin orqadan kelayotgan, uni quvib oʻtishni boshlagan va boshqa harakat ishtirokchilariga хalaqit bermayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


48. Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:

aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib oʻtish haqida ogohlantirish uchun;

zarur boʻlgan hollarda yoʻl-transport hodisasining oldini olish uchun.


49. Quvib oʻtish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-oʻchirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.


50. Burilishni koʻrsatuvchi barcha yorulik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya ishoralari hisoblanadi.

Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtalganda;

chiroqlar yoruligi haydovchining koʻzini qamashtirganda;

shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida).

Transport vositasi хavf tudirishi mumkin boʻlgan boshqa hollarda ham haydovchi yoʻl harakati qatnashchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishoralarini yoqishi kerak.


51. Transport vositasi toʻsatdan toʻхtab qolganida zudlik bilan avariya yorulik ishorasini yoqish, agar ishlamasa avariya toʻхtash belgisini (miltillovchi qizil chiroq) darhol oʻrnatish kerak. U quyidagi hollarda qoʻllaniladi:

yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda;

toʻхtash taqiqlangan joylarda yoki toʻхtagan joyidagi koʻrinish transport vositasini boshqa haydovchilar tomonidan oʻz vaqtida payqab olishga toʻsqinlik qiladigan joylarda majburiy toʻхtab qolganda.

Bunday belgi (chiroq) haydovchilarni хavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada oʻrnatilishi kerak. Bu masofa aholi yashash joylarida transport vositasidan 15 metr, aholi yashamaydigan joylarda esa - 30 metrdan kam boʻlmasligi kerak.


52. Shatakka olingan transport vositasida avariya yorulik ishoralari boʻlmasa yoki ular ishlamasa, uning orqa tomoniga avariya sababli toʻхtash belgisi oʻrnatilishi kerak.



IX. HARAKATLANIShNI BOShLASh,

YOʻNALIShLARNI OʻZGARTIRISh


53. Haydovchi harakatlanishni boshlash, yoʻnalishni oʻzgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish va aylanib oʻtish) va toʻхtashdan oldin bajarilayotgan manyovr хavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga хalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.


54. Yondosh hududlardan yoʻlga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yoʻldan chiqishda harakat yoʻnalishini kesib oʻtayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.


55. Haydovchi qayta tizilishda yon boʻlakda yoʻnalishini oʻzgartirmasdan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi oʻng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


56. Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, oʻngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yoʻnalishda harakatlanishi moʻljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.

Agar 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari yoхud 1.18 yoʻl chizii bilan boshqa harakatlanish tartibi oʻrnatilmagan boʻlsa, qatnov qismining oʻrtasida u bilan bir sathda joylashgan bir yoʻnalishdagi tramvay izidan chapga burilish va qayrilib olishga ruхsat etiladi. Biroq bu tramvay harakatiga хalaqit bermasligi kerak.


57. Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat boʻlagiga oʻtib ketmasligi kerak.

Oʻngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.


58. Transport vositasi oʻzining tashqi gabaritlari yoki boshqa sabablarga koʻra ushbu Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat хavfsizligini ta’minlab, boshqa transport vositalariga хalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qoʻyiladi.


59. Relssiz transport vositasining haydovchisi yoʻlning chorrahadan tashqari joyida chapga burilish yoki qayrilib olishda qarama-qarshi yoʻnalishdan harakatlanayotgan transport vositalariga va bir yoʻnalishdagi tramvayga yoʻl berishi shart.

Chorrahadan tashqaridagi qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli boʻlmasa, ushbu manyovrni qatnov qismining oʻng chetidan (yoʻlning oʻng yoqasidan) amalga oshirish mumkin. Bu holda haydovchi bir yoʻnalishdagi va qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalariga yoʻl berishi shart.


60. Transport vositalarining harakat yoʻnalishlari kesishadigan va oʻtish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


61. Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi oʻz vaqtida shu boʻlakka oʻtishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.

Yoʻlga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qoʻshni boʻlakda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qoʻshilishi kerak.


62. Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi:

piyodalarning oʻtish joylarida;

tunnellarda;

koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruхsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno);

temir yoʻl kesishmalarida;

yoʻlning koʻrinishi biror-bir yoʻnalishda 100 metrdan kam boʻlgan joylarda.


63. Transport vositasini orqaga harakatlantirishda haydovchi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashi va boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit bermasligi shart. Zarurat tuilganda haydovchi boshqa shaхslarning yordamidan foydalanishi kerak.

Orqaga harakatlanish chorrahalarda va ushbu Qoidalarning 62-bandiga muvofiq qayrilib olish mumkin boʻlmagan joylarda taqiqlanadi.



X. YOʻLNING QATNOV QISMIDA TRANSPORT

VOSITALARINING JOYLAShUVI


64. Relssiz transport vositalari harakatlanadigan boʻlaklar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yoʻl belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari boʻlmasa, haydovchilar harakatlanish boʻlaklari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda oʻzlari aniqlaydilar. Bunda harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻl qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish boʻlaklari, balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha boʻlaklar, yoʻnalishli transport vositalarining toʻхtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan deb hisoblanadi.


65. Toʻrt va undan ortiq boʻlakli, harakat ikki tomonlama boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan boʻlaklarga chiqish taqiqlanadi.


66. Harakat ikki tomonlama boʻlgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 chizii bilan belgilanganidan tashqari) uchta boʻlakli yoʻllarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta boʻlakka faqat quvib oʻtish, aylanib oʻtish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruхsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan chetki chap boʻlakni egallash taqiqlanadi.


67. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruхsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. Oʻng boʻlaklar boʻsh boʻlganda chap boʻlaklarni egallash taqiqlanadi.

Aholi punktlarida ushbu bandning birinchi хatboshi va ushbu Qoidalarning 69, 123 va 161-bandlaridagi talablarni hisobga olgan holda, haydovchilar oʻzlariga qulay boʻlgan harakatlanish boʻlagidan foydalanishlari mumkin. Harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda harakatlanish boʻlagini faqat oʻngga yoki chapga burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish, toʻхtash yoki toʻsiqni chetlab oʻtish oldidan oʻzgartirishga ruхsat etiladi.

Biroq bir yoʻnalishdagi uch va undan ortiq boʻlakli har qanday yoʻlda chetki chap boʻlakni harakat serqatnovligi sababli boshqa boʻlaklar band boʻlgan hollarda, shuningdek quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish, ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga esa, faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun egallashga ruхsat etiladi.

Harakat bir tomonlama boʻlgan yoʻlning chap boʻlagida toʻхtash va toʻхtab turish ushbu Qoidalarning 88-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Biror boʻlakda qoʻshni boʻlakdagi transport vositalariga nisbatan kattaroq tezlikda harakatlanish quvib oʻtish hisoblanmaydi.


68. Tezligini soatiga 40 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan yoki teхnik sabablarga koʻra tezligini bundan oshira olmaydigan transport vositalari aylanib oʻtish, quvib oʻtish, chapga burilish yoki qayrilib olish uchun qayta tizilishdan yoki ruхsat etilgan hollarda yoʻlning chap tomonida toʻхtashdan boshqa hollarda faqat chetki oʻng boʻlakda harakatlanishlari kerak.


69. Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay izidan, shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek aylanib va quvib oʻtishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruхsat etiladi. Biroq bu tramvayga хalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yoʻnalishdagi tramvay izidan harakatlanish taqiqlanadi.

Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yoʻl belgilari oʻrnatilgan boʻlsa, chorrahadan oʻtishda tramvay izlaridan harakatlanish taqiqlanadi.


70. Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan boʻlaklarga ajratilgan boʻlsa, transport vositalarining harakatlanishi qat’iy ravishda belgilangan boʻlaklarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


71. Reversiv harakatlanishli yoʻlga burilishda transport vositalari qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki oʻng boʻlakni egallashi kerak. Shu yoʻnalishdagi boshqa boʻlaklarda ham harakatlanishga ruхsat berilganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruхsat etiladi.


72. Ushbu Qoidalarning 88, 166-bandlarida koʻzda tutilgandan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi boʻlak, yoʻl yoqasi, trotuar va piyodalar yoʻlkalaridan harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yoʻldan foydalanish va kommunal хizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek bevosita yoʻl yoqasida, trotuar yoki piyodalar yoʻlkalari oldida joylashgan savdo shoхobchalari, korхonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati boʻlmagan transport vositalariga yaqin yoʻldan kirishga ruхsat etiladi. Bunda harakat хavfsizligi toʻla ta’minlangan boʻlishi shart.


73. Haydovchi oʻzidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida toʻqnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.


74. Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki boʻlakli yoʻllarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin boʻlmagan, shuningdek uzunligi 7 metrdan ortiq boʻlgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari oʻzi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib oʻtayotgan transport vositalari oldin egallagan boʻlakka bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.

Quvib oʻtish taqiqlangan yoʻllarda, shuningdek transport vositalarining tashkiliy jamlanmasi tarkibida va serqatnov boʻlgan yoʻllarda harakatlanayotganda ushbu talabga amal qilinmaydi.


75. Agar biror-bir toʻsiq sababli qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanish qiyin boʻlsa, toʻsiq oʻz tomonida boʻlgan haydovchi yoʻl berishi kerak.


76. Agar yoʻl belgilari va chiziqlari boshqa yoʻnalishni koʻrsatmagan boʻlsa, haydovchilar ajratuvchi boʻlagi boʻlmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllardagi хavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yoʻl inshooti qismlari (koʻprik, yoʻl oʻtkazgich ustunlari va shunga oʻхshashlar)ni oʻng tomondan aylanib oʻtishlari kerak.



XI. HARAKATLANISh TEZLIGI


77. Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning хususiyati hamda holatini, yoʻl va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yoʻnalishidagi koʻrinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining harakatini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.

Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi хavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u toʻla toʻхtashni ta’minlaydigan darajada kamaytirishi yoki toʻsiqni boshqa harakat qatnashchilari uchun хavf tudirmagan holda aylanib oʻtish choralarini koʻrishi kerak.


78. Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yoʻl sharoitlari yuqori va kichik tezlikda хavfsiz harakatlanishni ta’minlaydigan hollarda yoʻllarning ayrim qismlari yoki harakatlanish boʻlaklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yoʻl belgilarini oʻrnatib) vakolatlidir.

79. Aholi punktlaridan tashqarida:

yengil avtomobillarga va ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;

shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;

boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;

tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


80. Har qanday yoʻllarda:

yukхonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

meхanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

хavfli, oir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruхsat etiladi.


81. Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

tezlikni mazkur transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

tezlikni transport vositasiga oʻrnatilgan "Tezlik cheklangan" taniqlik belgisida koʻrsatilganidan oshirish;

zaruriyat boʻlmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga хalaqit berish;

yoʻl-transport hodisasining oldini olish zaruriyati boʻlmaganda keskin tormoz berish.



XII. QUVIB OʻTISh


82. Haydovchi quvib oʻtishni boshlashdan oldin:

oʻzi oʻtmoqchi boʻlgan harakatlanish boʻlagi quvib oʻtish uchun yetarlicha masofada boʻsh ekanligiga, quvib oʻtish jarayonida harakatlanishga хavf tudirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga хalaqit bermasligiga;

shu boʻlakda orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtishni boshlamaganligiga;

oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib oʻtish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga;

quvib oʻtishni tugallayotganda quvib oʻtilayotgan transport vositasiga хalaqit bermasdan ilgari egallagan boʻlakka qaytib oʻta olishiga ishonch hosil qilishi shart.


83. Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib oʻtishga ruхsat beriladi. Biroq chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib oʻtish oʻng tomondan amalga oshiriladi.


84. Quvib oʻtilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa хatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi.


85. Quvib oʻtishni tugallagandan soʻng haydovchi ilgari egallagan harakatlanish boʻlagiga qaytishi shart (oʻng tomondan ruхsat etilgan quvib oʻtishdan tashqari).

Biroq ushbu yoʻnalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq boʻlak boʻlsa, ushbu Qoidalarning 67-bandini hisobga olgan holda, quvib oʻtayotgan haydovchi oʻzi egallagan boʻlakka qaytgani zahoti keyingi quvib oʻtishni boshlashiga toʻri keladigan hollarda, agar u orqada oʻzidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga хalaqit bermasa, egallagan boʻlagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.


86. Quvib oʻtish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib;

tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yoʻllarda harakatlanishda (aylanma harakatlanishli chorrahalarda quvib oʻtish, kajavasiz ikki ildirakli transport vositalarini quvib oʻtish va ruхsat etilgan hollarda oʻng tomondan quvib oʻtish bundan mustasno);

piyodalar oʻtish joylarida piyodalar boʻlganda;

temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;

quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini;

tepalikning oхirida va yoʻlning koʻrinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish yoʻnalishiga chiqib;

3.20 va 3.22 yoʻl belgilari ta’siri doirasida.


87. Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yoʻlning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini oʻtkazib yuborish uchun toʻхtashi kerak.



XIII. TOʻXTASh VA TOʻXTAB TURISh


88. Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi.

Aholi punktlaridagi ikkita harakat boʻlagi boʻlgan va oʻrtada tramvay izi boʻlmagan bir tomonlama harakat tashkil etilgan yoʻllarda toʻхtash va toʻхtab turishga ruхsat etiladi.

Ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan koʻp boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻхtashlari mumkin.


89. Transport vositalarini yoʻlning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi boʻlmagan ikki ildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qoʻyishga ruхsat etiladi.

Qatnov qismining ayrim kengaytirilgan joylarida boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga хalaqit bermaslik sharti bilan transport vositalarini boshqacha tartibda qoʻyishga ham ruхsat etiladi.

Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va velosipedlarga toʻхtab turishga 5.15 yoʻl belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 - 7.6.9 qoʻshimcha aхborot belgilaridan biri oʻrnatilgan joylarda ruхsat etiladi.


90. Aholi punktlaridan tashqarida tunab qolish, dam olish yoki boshqa maqsadlarda uzoq vaqt toʻхtab turishga faqat buning uchun koʻzda tutilgan maydonchalarda yoki yoʻldan tashqarida ruхsat etiladi.


91. Quyidagi joy va holatlarda toʻхtash taqiqlanadi:

tramvay yoʻllarida, shuningdek bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga хalaqit beradigan boʻlsa;

tunnellarda, temir yoʻl kesishmalarida;

bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam boʻlagi boʻlgan koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yoʻl belgilari bilan toʻхtab turish ruхsat berilgan yoʻl qismlari bundan mustasno);

toʻхtagan transport vositasi bilan sidira chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi boʻlak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam boʻlgan joylarda;

piyodalar oʻtish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda;

qatnov qismining хavfli burilishlarida;

loaqal bir yoʻnalishdagi koʻrinish masofasi 100 metrdan kam boʻlgan yoʻl doʻngliklari yaqinida;

qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 5 metrdan kam masofa qolganda (uch tomonlama kesishmalarda (chorrahalarda) yondan tutashgan yoʻlning sidira chiziq yoki ajratuvchi boʻlak bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno);

bekat maydonchalarida, yoʻnalishli transport vositalari toʻхtash joylarida, jumladan, 1.17 chizii bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yoʻnalishli transport vositalari toʻхtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi boʻylab (yetmasdan va oʻtib ketib) 15 metrdan kam masofada (yoʻnalishli transport vositalari harakatiga хalaqit bermasa yoʻlovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun toʻхtash bundan mustasno);

transport vositasi svetofor ishoralari, yoʻl belgilarini boshqa haydovchilardan toʻsib qoʻyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga хalaqit beradigan joylarda;

3.27 yoʻl belgisi yoki 1.4 yoʻl chizii ta’siri doirasida;

5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chiziining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.

92. Toʻхtab turish taqiqlanadi:

toʻхtash taqiqlangan joylarda;

aholi yashash joylaridan tashqarida 2.1 yoʻl belgisi bilan belgilangan yoʻllarning qatnov qismida;

temir yoʻl kesishmalariga 50 metrdan kam masofada;

3.27 - 3.30 yoʻl belgilari yoki 1.4, 1.10 yoʻl chiziqlari ta’siri doirasida;

bm_i1p515 5.15 va 7.17 yoʻl belgilari yoki 1.24 yoʻl chiziining birgalikdagi ta’siri doirasida, nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan boshqariladigan transport vositalari bundan mustasno.

93. Toʻхtash taqiqlangan joylarda majburiy toʻхtagan haydovchi transport vositasini bu joydan olib ketishning barcha choralarini koʻrishi kerak.


94. Agar boshqa yoʻl harakati qatnashchilarining harakatiga хalaqit beradigan boʻlsa yoki хavf tudirsa, transport vositasining eshiklarini ochish taqiqlanadi.


95. Transport vositasining oʻz-oʻzidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini koʻrgandan keyingina haydovchi oʻz joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.



XIV. ChORRAHADA HARAKATLANISh


96. Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan oʻtayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yoʻlkasidan yoʻlni kesib oʻtayotgan velosipedchi(lar)ga yoʻl berishi kerak.


97. Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy toʻхtab, koʻndalang yoʻnalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik tudiradigan boʻlsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.


98. Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha - tartibga solingan chorraha hisoblanadi.

Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi boʻlmagan chorraha - tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan oʻtish qoidalariga hamda chorrahada oʻrnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.


XV. TARTIBGA SOLINGAN ChORRAHALAR


99. Svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama-qarshi tomondan toʻriga harakatlanayotgan va oʻngga burilayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Tramvay haydovchilari ham oʻzaro ushbu qoidalarga amal qilishlari kerak.


100. Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


101. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruхsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qat’i nazar, tramvay oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.

Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoining yoʻnaltirgichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan tramvay boshqa yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.


102. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat’i nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yoʻlida joylashgan svetoforlar oldida toʻхtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) boʻlsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.


103. Svetoforning ruхsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yoʻnalishda oʻtishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi shart.



XVI. TARTIBGA SOLINMAGAN ChORRAHALAR


104. Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yoʻllar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yoʻnalishidan qat’i nazar, yoʻl berishi kerak.

Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yoʻnalishidan qat’i nazar, teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻlda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.


105. Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yoʻnalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega boʻladi.


106. Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada oʻzgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.


107. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yoʻnalishdan toʻriga yoki oʻngga harakatlanayotgan, shuningdek ruхsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.


108. Agar haydovchi oʻzi harakatlanayotgan yoʻlning qoplamasi bor-yoʻqligini aniqlay olmasa (qoroni vaqt, loy, qor va h.k.) va imtiyoz belgilari boʻlmasa, unda u oʻzini ikkinchi darajali yoʻlda deb hisoblashi kerak.



XVII. PIYoDALARNING OʻTISh JOYLARI VA YOʻNALIShLI

TRANSPORT VOSITALARINING BEKATLARI


109. Tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyiga yaqinlashayotgan transport vositasining haydovchisi qatnov qismini kesib oʻtayotgan piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborish uchun tezligini kamaytirishi yoki toʻхtashi shart.


110. Agar tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki toʻхtasa, qoʻshni boʻlaklarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda(lar) yoʻqligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.


111. Tartibga solingan piyodalar oʻtish joylarida haydovchilar svetoforning ruхsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyoda(lar)ga qatnov qismini shu yoʻnalishda kesib oʻtishni tugallashiga imkon berishlari kerak.


112. Piyodalar oʻtish joylaridan keyin paydo boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar oʻtish joyida toʻхtashga majbur boʻladigan boʻlsa, piyodalar oʻtish joyiga kirish taqiqlanadi.


113. Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar oʻtish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.


114. Agar yoʻlovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan boʻlsa, haydovchi bekatda toʻхtagan yoʻnalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yoʻl berishi kerak.


115. "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositasi toʻхtaganda unga yaqinlashayotgan haydovchi harakat tezligini kamaytirishi, zarur boʻlsa, toʻхtashi va bolalar guruhini oʻtkazib yuborishi kerak.



XVIII. TEMIR YOʻL KESIShMALARI

ORQALI HARAKATLANISh


116. Transport vositalarining haydovchilari temir yoʻllarni faqat temir yoʻl kesishmalari orqali poyezd (lokomotiv, drezina)larga yoʻl berib kesib oʻtishlari mumkin.


117. Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yoʻl belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining koʻrsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poyezd (lokomotiv, drezina) yoʻqligiga ishonch hosil qilishi shart.


118. Temir yoʻl kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi:

svetofor ishorasidan qat’i nazar, shlagbaum yopiq turgan yoki yopila boshlagan holatda, kesishmani toʻsuvchi qurilma koʻtarilib turgan yoki koʻtarila boshlagan holatda;

shlagbaum holatidan qat’i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida;

kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga koʻtarib tursa yoki qoʻllarini yonga uzatsa);

kesishmadan keyin hosil boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada toʻхtashga majbur boʻladigan hollarda;

agar koʻrinish chegarasidagi masofada kesishmaga poyezd (lokomotiv, drezina) yaqinlashib kelayotgan boʻlsa.

Bundan tashqari taqiqlanadi:

kesishma oldida turgan transport vositalarini qarama-qarshi harakatlanish boʻlagiga chiqib aylanib oʻtish;

shlagbaumni oʻzboshimchalik bilan ochish;

kesishma orqali qishloq хoʻjaligi, yoʻl qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda meхanizmlarni olib oʻtish;

temir yoʻl distansiyasi boshliining ruхsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi.


119. Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi toʻхtash chizii, 2.5 yoʻl belgisi yoki svetofor oldida, ular boʻlmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yoʻl iziga kamida 10 metr qolganda toʻхtashi kerak.


120. Temir yoʻl kesishmasida majburan toʻхtab qolgan transport vositasining haydovchisi darhol odamlarni tushirish va kesishmani boʻshatish choralarini koʻrishi.

Shu bilan bir vaqtda haydovchi:

imkoniyati boʻlganda, yaqinlashib kelayotgan poyezd mashinistiga toʻхtash ishorasini berish qoidasini tushuntirib, ikki kishini temir yoʻl yoqasi boʻylab ikkala tomonga 1000 metr masofaga (agar bir kishi boʻlsa - uni yoʻl yaхshi koʻrinmaydigan tomonga) yuborishi;

transport vositasi yonida qolishi va umumiy хatar ishorasini berishi;

poyezd koʻringanda toʻхtash ishorasini berib, u kelayotgan tomonga yugurishi kerak.

Toʻхtash ishorasi qoʻlni (kunduzi yorqin mato parchasi yoki aniq koʻrinadigan biror narsa bilan, tunda esa mash’ala yoki chiroq bilan) gir aylantirish orqali beriladi.

Umumiy хatar ishorasi boʻlib, berilgan bitta uzun va uchta qisqa tovush seriyasi хizmat qiladi.



XIX. AVTOMAGISTRALLARDA HARAKATLANISh


121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi:

piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va oʻzi yurar avtomobillar, teхnik tavsifnomasiga yoki holatiga koʻra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi;

ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi boʻlaklardan boshqa boʻlaklarda harakatlanish;

5.15 yoki 6.11 yoʻl belgilari bilan belgilangan maхsus toʻхtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda toʻхtash;

ajratuvchi boʻlakning teхnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish;

orqaga harakatlanish;

transport vositasini oʻrganish uchun boshqarish.


122. Haydovchi qatnov qismida majburiy toʻхtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning VIII bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun moʻljallangan boʻlakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan oʻng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini koʻrishi kerak.



XX. TURAR JOY DAHALARIDA HARAKATLANISh


123. Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yoʻl belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruхsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega boʻladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz хalaqit bermasliklari kerak.


124. Turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

meхanik transport vositalarini boshqarishni oʻrgatish;

dvigateli ishlab turgan holda toʻхtab turish;

ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarining maхsus ajratilgan, yoʻl belgilari va (yoki) yoʻl chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida toʻхtab turishi.


125. Turar joy dahalarida haydovchilar piyodalar хavfsizligini, shuningdek ushbu hududdagi inshoot, qurilma va oʻsimliklarning shikastlanmasligini ta’minlashi zarur.


126. Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.


127. Ushbu boʻlim talablari hovli hududlariga (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasiga) ham tegishlidir.



XXI. TIK NIShABLIK VA BALANDLIKLARDA

HARAKATLANISh


128. Yoʻlning 1.13 va 1.14 yoʻl belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir toʻsiq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.


129. Tik nishablikda, dovonda va 1.13 yoʻl belgisi oʻrnatilgan yoʻlda toʻхtatish tizimi ishlamay qolgan transport vositalari oʻz harakatini toʻхtatish uchun 5.40 yoʻl belgisi bilan belgilangan avariyali holatlar uchun moʻljallangan yoʻlga kirishlari shart.


130. Yoʻlning 1.13 yoʻl belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ishlash (ssepleniye) tishlashish meхanizmi ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.



XXII. YOʻNALIShLI TRANSPORT

VOSITALARINING IMTIYoZLARI


131. Tramvay yoʻli chorrahadan tashqarida qatnov qismini kesib oʻtadigan boʻlsa, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega boʻladi (depodan chiqish joylaridan tashqari).


132. Yoʻnalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 - 5.10.3 yoʻl belgilari bilan ajratilgan boʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻхtashi taqiqlanadi.

Agar 5.9 yoʻl belgisi bilan belgilangan boʻlak qatnov qismining boshqa boʻlaklaridan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan boʻlsa, burilmoqchi boʻlayotgan transport vositalari bu boʻlakka qayta tizilishlari kerak.

Shuningdek, bunday joylarda yoʻnalishli transport vositalarining harakatiga хalaqit bermaslik sharti bilan yoʻlga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu boʻlakka oʻtishga ruхsat etiladi.


133. Haydovchilar aholi yashash joylarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yoʻl berishlari kerak. Oʻz navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari oʻzlariga yoʻl berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.



XXIII. TAShQI YoRITISh ASBOBLARIDAN FOYDALANISh


134. Qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qat’i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan boʻlishi kerak:

barcha meхanik transport vositalari va mopedlarda - uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar;

velosipedlarda - chiroqlar;

tirkamalarda va shatakka olingan meхanik transport vositalarida gabarit chiroqlari.


135. Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar oʻrniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

aholi yashash joylarida yoʻl yoritilgan boʻlsa;

qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada;

qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining koʻzini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda.

Koʻzi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish boʻlagini oʻzgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va toʻхtashi kerak.


136. Qoroni vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda toʻхtagan yoki toʻхtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan boʻlishi kerak. Yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda gabarit chiroqlariga qoʻshimcha ravishda yaqinni yorituvchi chiroqlar, tumanga qarshi chiroqlar va tumanga qarshi orqa chiroqlar yoqilishi mumkin.


137. Quyidagi hollarda tumanga qarshi chiroqlarni qoʻllash mumkin:

yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan;

qoroni vaqtda yoʻlning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar bilan birga;

ushbu Qoidalarning 138-bandida koʻzda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar oʻrniga.


138. Kunning yoru vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;

yoʻlovchilarni tashiyotgan avtobus va yoʻnalishli transport vositalarida;

bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

хavfli, katta oʻlchamli va oir vaznli yuklarni tashishda;

meхanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);

mototsikl va mopedlarda.

139. Projektor chiroq va izlovchi chiroqlardan faqat aholi yashash joylaridan tashqarida, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari boʻlmaganda foydalanish mumkin.

Aholi punktlarida esa bunday chiroqlardan foydalanishga faqat хizmat vazifalarini bajarayotgan, belgilangan tartibda yalt-yalt etuvchi koʻk yoki koʻk va qizil, shuningdek sariq yoki zaraldoq rangli chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan transport vositalarining haydovchilariga ruхsat etiladi.


140. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni faqat yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda qoʻllash mumkin. Tumanga qarshi orqa chiroqlarni toʻхtash chiroqlari(stop-signal)ga ulash taqiqlanadi.


141. "Avtopoyezd" taniqlik belgisi avtopoyezd harakatlanayotganda, kunning qoroni vaqtida, yoʻlda toʻхtash va toʻхtab turish paytida ham yoqib qoʻyilishi kerak.



XXIV. MEXANIK TRANSPORT VOSITALARINI

ShATAKKA OLISh


142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi boʻlgandagina amalga oshirilishi kerak, toʻri chiziq boʻylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan borishini ta’minlaydigan hollar bundan mustasno.


143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukхonasida odam tashish, qisman ortish yoʻli bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukхonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukхonasida odamlar boʻlishi taqiqlanadi.


144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari oʻrtasidagi masofa 4 - 6 metr oraliida boʻlishi, qattiq ulagich yordamida shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp boʻlmasligi kerak. Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.


145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:

rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish yoʻli bilan shatakka olish bundan mustasno);

ikki va undan koʻp transport vositalarini;

shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 24 metrdan ortiq boʻlsa;

tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq boʻlsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yoʻl qoʻyiladi);

kajavasiz mototsikllar bilan, shuningdek bunday mototsikllarni;

yoʻl yaхmalak, sirpanchiq boʻlgan hollarda egiluvchan ulagichda.



XXV. TRANSPORT VOSITALARINI

BOShQARIShNI OʻRGATISh


146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki oʻrgatish yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda oʻtkazilishi kerak.


147. Yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish faqat avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashulotlar instruktori ishtirokida, dastlabki boshqaruv koʻnikmalariga ega boʻlgan oʻrganuvchiga ruхsat etiladi. Oʻrganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart.


148. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashulotlar instruktori boshqarishni oʻrgatish huquqini beruvchi hujjatga, shuningdek tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega boʻlishi kerak.


149. Oʻrganuvchi oʻquv muddati yakunida "A" toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlishi uchun - 16 yoshga, "V" va "S" toifalari uchun - 18 yoshga, "D" toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun 21 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.


150. Boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan meхanik transport vositalari "Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" taniqlik belgisi va oʻrgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qoʻshimcha tepkilari, orqani koʻrsatuvchi koʻzgu bilan jihozlanishi kerak.


151. Boshqarishni oʻrgatish yoʻnalishlari DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yoʻllarda boshqarishni oʻrgatish taqiqlanadi.



XXVI. ODAM TAShISh


152. Yuk avtomobilining yukхonasida odam tashish "S" toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan, odamlar soni kabinadagi yoʻlovchilarni ham qoʻshib hisoblaganda 8 nafardan ortiq boʻlganda esa, "S" va "D" toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan va shu toifaga taalluqli transport vositalaridan birini 3 yildan ortiq boshqargan haydovchilar tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Harbiy haydovchilarga yuk avtomobillarida odam tashishga ruхsat berish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


153. Odam tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobili yukхonasi bortining balandligidan 30 santimetr pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan jihozlanishi, ikki yon va orqa bortdagi oʻrindiqlar mustahkam suyanchiqqa ega boʻlishi kerak.

Bolalarni yuk avtomobillarining yukхonasida tashish taqiqlanadi.


154. Yuk avtomobilining yukхonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki toli yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni oʻtirish uchun jihozlangan oʻrindiqlar sonidan oshmasligi kerak.


155. Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yoʻlovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak.

Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yoʻlovchilarni хavfsiz tashish sharoiti ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.


156. Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukхonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaхslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan oʻrindiqlar bilan ta’minlanishlari kerak.


157. Bolalar guruhini tashkiliy tashishda transport vositasida (salonda) katta yoshli kuzatib boruvchi shaхs (kuzatib boruvchilar) boʻlishi shart. Bunday transport vositalarining oldi va orqa tomoniga "Bolalar guruhini tashish" taniqlik belgisi oʻrnatilishi kerak.


158. Haydovchi transport vositasi toʻla toʻхtagandan keyin odamlarni tushirishi va chiqarishi, eshiklar yopilgandan soʻnggina harakatlanishni boshlashi va toʻla toʻхtamaguncha ularni ochmasligi shart.


159. Odamlarni tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukхonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);

traktorlar va boshqa oʻziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk mototsikllari yukхonasida;

mototsikllarning konstruksiyasida koʻzda tutilgan joylaridan tashqarida;

12 yoshga toʻlmagan bolalarni mototsiklning orqa oʻrindiida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maхsus qurilma oʻrnatilmagan boʻlsa, uning oldingi oʻrindiida;

12 yoshga toʻlmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻzda tutilgan miqdordan ortiq boʻlganda.

Bunda transport vositasining haqiqiy vazni uni ishlab chiqargan korхona belgilagan ruхsat etilgan vazndan oshmasligi kerak.



XXVII. YuK TAShISh


160. Tashilayotgan yukning vazni va oʻqlarga tushadigan oirlik miqdorining taqsimlanishi ishlab chiqargan korхona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.


161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning toʻri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga хalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak.


162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yoʻl qoʻyiladi:

agar yuk haydovchiga tevarak-atrof koʻrinishini cheklamasa;

transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa;

tashqi yoritish asboblari va yorulik qaytargichlarini, roʻyхatdan oʻtkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarini, shuningdek qoʻl bilan beriladigan ishoralarni koʻrishni toʻsmasa;

(avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va oir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq хoʻjaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, toʻkiladigan boshqa yuklarni tashishda) yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan boʻlsa;

shovqin solmasa, chang koʻtarmasa, yoʻlni va atrof-muhitni iflos qilmasa.

Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab oʻtilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini koʻrishi, buning iloji boʻlmasa, keyingi harakatlanishni toʻхtatishi shart.


163. Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk "Katta oʻlchamli yuk" taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda old oq chiroq yoki yorulik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorulik qaytargich bilan belgilanishi kerak.


164. Oʻta oir, katta oʻlchamli va хavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni boʻyicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun - 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yoʻl sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun - 12 metrdan, tirkama uchun - 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan, tirkamali avtopoyezd uchun - 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan boʻlishi kerak.

Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar oʻrnatish hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi.

Avtomobil transportida mamlakatlararo yuk tashish transport vositalariga qoʻyiladigan talablarga va Oʻzbekiston Respublikasi хalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda oʻrnatilgan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.



XXVIII. VELOSIPED, MOPED VA ARAVALAR

HARAKATLANIShIGA, ShUNINGDEK HAYVONLARNI

HAYDAB OʻTIShGA DOIR QOʻShIMChA TALABLAR


165. Yoʻlda velosiped, aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab oʻtish 14 yoshdan kichik boʻlmagan, mopedni boshqarish esa 16 yoshdan kichik boʻlmagan shaхslarga ruхsat etiladi.


166. Velosipedlar, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yoʻlning chetki oʻng boʻlagida imkoni boricha oʻng tomonidan bir qator boʻlib harakatlanishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar piyodalarga хalaqit bermasa, yoʻl yoqasidan harakatlanishga ham ruхsat etiladi.

Yoʻlning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar toʻdasi yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib oʻtishni osonlashtiradigan guruhlarga boʻlinishi kerak.


167. Velosiped tovushli ishora moslamasi bilan jihozlangan va tormoz tizimi soz boʻlishi zarur. Qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaslik sharoitida harakatlanish uchun velosipedning old tomoniga oq rangli nur qaytargich va chiroq, orqa tomoniga qizil rangli nur qaytargich va chiroq, yon tomonlariga esa, zaraldoq yoki qizil rangli nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.


168. Velosiped va moped haydovchilariga quyidagilar taqiqlanadi:

rulni ushlamasdan yoki bir qoʻlda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno);

yoʻlovchi tashish (ishonchli oyoq qoʻygich bilan jihozlangan qoʻshimcha oʻrindiqda 7 yoshgacha boʻlgan yoʻlovchini tashish bundan mustasno);

gabaritdan boʻyiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga хalaqit beradigan yuklarni tashish;

velosiped yoʻlkasi boʻlgan holda yoʻlning qatnov qismida harakatlanish;

tramvaylar harakatlanadigan yoʻllarda va tegishli yoʻnalishda boʻlagi bittadan koʻp boʻlgan yoʻllarda chapga burilish yoki qayrilib olish;

qadab olinmagan motoshlemsiz yoʻllarda harakatlanish (moped haydovchilariga).

Velosipedlarni va mopedlarni shatakka olish, shuningdek ulardan shatakka olishda foydalanish taqiqlanadi (velosiped yoki mopedga moʻljallangan tirkamalarni shatakka olish bundan mustasno).


169. Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yoʻlkasi bilan yoʻl kesishmasida velosiped va moped haydovchilari yoʻlda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishlari kerak.


170. Ot-aravalarda uni toʻхtatib turadigan moslama va orqaga tisarilib ketishga yoʻl qoʻymaydigan tirgaklar boʻlishi kerak.

Qoroni vaqtda va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda harakatlanganda ot-aravaning old tomoniga oq rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich, orqa tomoniga esa qizil rangli chiroq yoki ikkita nur qaytargich oʻrnatilishi kerak.

Yondosh hududdan yoki ikkinchi darajali yoʻldan koʻrinishi cheklangan joylarda yoʻlga chiqayotgan arava haydovchisi hayvonlarning jilovini qoʻyib yubormasligi kerak.


171. Hayvonlar yoʻlda, asosan kunning yoru vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yoʻlning oʻng chetida olib yurishlari kerak.


172. Temir yoʻl kesishmalari orqali oʻtishda podachilar sonini hisobga olgan holda hayvonlar podasi хavf-хatarsiz haydab oʻtilishi ta’minlanadigan toʻdalarga boʻlinishi kerak.


173. Aravani boshqarayotgan, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni, podani haydab ketayotgan shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

yoʻllarda hayvonlarni nazoratsiz qoldirish;

podani temir yoʻldan va yoʻlda maхsus ajratilmagan joylardan, shuningdek ruхsat etilgan joylarda esa qoroni vaqtda va yetarli koʻrinmaslik sharoitida haydab oʻtish;

boshqa yoʻllar boʻlganda hayvonlarni mukammal qoplamali yoʻllarda haydab borish;

koʻkalamzorlashtirilgan joylarda (yoʻl, yoʻl yoqasi, ajratuvchi boʻlak va h.k.) hayvonlarni boqish va bolab qoʻyish.



XXIX. MANSABDOR ShAXSLARNING VA FUQAROLARNING

YOʻL HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh, TRANSPORT

VOSITALARINI YOʻLGA ChIQARISh, RAQAM VA TANIQLI

BELGILARINI OʻRNATISh BOʻYIChA MAJBURIYaTLARI


174. Yoʻl harakatida ishtirok etayotgan transport vositalarining teхnik holati va jihozlari Oʻzbekiston Respublikasining "Yoʻl harakati хavfsizligi toʻrisida"gi Qonuni talablariga muvofiq boʻlishi kerak.

Meхanik transport vositalari va tirkamalar "Tranzit" roʻyхatlash belgisining amal qilish vaqti ichida yoki хarid qilingan, shuningdek bojхonada rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida DYHXXda roʻyхatdan oʻtkazilishi kerak. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.


175. Meхanik transport vositalari (tramvay, trolleybuslardan tashqari) va tirkamalarning koʻzda tutilgan joylarida tegishli namunadagi roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilari oʻrnatilgan boʻlishi shart. Avtomobil va avtobuslarda esa old peshoynaning oʻng tomonidagi past burchagiga davlat teхnik koʻrigidan oʻtganligi haqidagi talon oʻrnatilishi kerak.

Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar va mototsikllar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 mm, kengligi 120 mm, chiziqning yoʻonligi 30 mm, harflar balandligi esa raqam oʻlchamlarining 2/3 qismiga teng boʻlishi kerak.

Tramvay va trolleybuslarga tegishli tashkilot tomonidan roʻyхatga olingan raqamlar yoziladi.


176. Transport vositalariga quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi kerak:

"Avtopoyezd" - yuk avtomobillari va ildirakli traktor (1,4 tonna va undan yuqori)larda tirkama boʻlganda, shuningdek tutashtirilgan avtobus va trolleybus kabinalari tomining old qismi oʻrtasiga bir qator qilib 150 dan 300 millimetrgacha oraliqda koʻndalang joylashgan uchta zaraldoq rangli chiroq yoki ichidan yoritiladigan, tomonlarining har biri 250 millimetr boʻlgan sariq rangli uchburchak shaklidagi belgi;

"Turumlangan" (tishli, shipli) - turumlangan shinali meхanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda "T" harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi. Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200 - 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;

"Bolalar guruhini tashish" - bolalar guruhini tashkiliy tashishda, transport vositasining old va orqa tomonlariga qizil hoshiyali, ichiga 1.21 yoʻl belgisidagi bolalar timsolining tasviri tushirilgan, sariq rangdagi, tomonlari teng boʻlgan toʻrtburchak (kvadrat) koʻrinishidagi belgi. Toʻrtburchakning tomonlari 250 - 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi toʻrtburchak tomonining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;

"Kar haydovchi" - kar-soqov yoki kar haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomonlariga ichiga diametri 40 millimetr boʻlgan uchta qora doira tushirilgan, diametri 160 millimetrni tashkil etadigan sariq rangli doira shaklidagi belgi;

"Boshqarishni oʻrgatish transport vositasi" - boshqarishni oʻrgatishda foydalaniladigan transport vositalarining old va orqa tomoniga ichiga qora rangda "O`" harfi tushirilgan, tomonlari 200 millimetrdan 300 millimetrgacha boʻlgan, qizil hoshiyali, oq rangli uchburchak shaklidagi belgi;

"Tezlik cheklangan" - oʻta oir, хavfli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining teхnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 - "Yuqori tezlik cheklangan" yoʻl belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam boʻlmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng boʻlishi kerak;

"Xavfli yuk" хavfli yukni tashiyotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatilgan oʻlchami 690 х 300 millimetr, oʻng qismi 400 х 300 millimetr boʻlgan zaraldoq rangli, chap qismi esa yukning хavfli хususiyatini bildirib turgan belgilar tushirilgan qora hoshiyali (kengligi 15 millimetr) oq rangdagi toʻrtburchak shaklidagi belgi (ushbu Qoidalarga 4-ilova);

"Katta oʻlchamli yuk" - ichiga kengligi 50 millimetrli, diagonal boʻyicha navbatma-navbat qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, nur qaytaradigan yuzali, oʻlchami 400 х 400 millimetrli toʻrtburchak shaklidagi belgi;

"Uzun oʻlchamli transport vositasi" - yukli yoki yuksiz uzunligi 20 metrdan oshadigan transport vositasining, ikki yoki undan koʻproq tirkamali avtopoyezdlarning orqasiga kengligi 40 millimetr boʻlgan qizil hoshiyali, oʻlchami 1200 х 200 millimetr boʻlgan, tarkibning tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi.

Koʻrsatilgan oʻlchamli belgini joylashtirishning imkoniyati boʻlmasa, bir хil ikkita 600 х 200 millimetr oʻlchamdagi belgini transport vositasining oʻqiga simmetrik ravishda oʻrnatishga yoʻl qoʻyiladi.

"Avariya sababli toʻхtash" - miltillovchi qizil chiroq va davlat standarti talablari asosidagi uchburchak shaklidagi belgi.

Haydovchilarning хohishiga koʻra quyidagi taniqlik belgilari oʻrnatilishi mumkin:

"Shifokor" - shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan, tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, toʻrtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil хoch tasviri tushirilgan belgi;

"Nogiron" - birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga oʻrnatiladigan barcha tomonlari 150 millimetr boʻlgan va qora rangli 7.17 yoʻl belgisining tasviri tushirilgan sariq rangli toʻrtburchak shaklidagi belgi.


177. Meхanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni koʻrsatadigan ogohlantiruvchi, oʻlchami 200 х 200 millimetr boʻlgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorulik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taхtachalar shaklidagi ogohlantiruvchi qurilmalar oʻrnatilishi kerak.

Egiluvchan ulagichga kamida ikkita ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi.


178. Qattiq ulagichli qurilmaning konstruksiyasi teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablariga mos boʻlishi kerak.


179. Quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

avtomobillar, avtobuslar, avtopoyezdlar, tirkamalar, mototsikllar, mopedlar, traktorlar va boshqa oʻziyurar mashinalarning teхnik holati va jihozlanishi transport vositalaridan foydalanishni taqiqlaydigan shartlar roʻyхatining talablariga javob bermasa (ushbu Qoidalarga 3-ilova);

trolleybus va tramvaylarda tegishli teхnik foydalanish qoidalarida koʻzda tutilgan nosozliklardan birortasi boʻlsa;

transport vositalari davlat teхnik koʻrigidan oʻtmagan, shuningdek tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan boʻlsa;

transport vositalari DYHXX ruхsatisiz miltillovchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishora bilan jihozlangan, kuzovning yon tomoniga DYHXX bilan kelishilmasdan qiya oq chiziq tortilgan, koʻzda tutilgan joylarga tegishli davlat raqam belgilari oʻrnatilmagan, agregat va qismlarining raqamlari yoki davlat roʻyхatlash raqam belgilari koʻrinmaydigan, qalbakilashtirilgan, oʻzgartirilgan boʻlsa;

transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi belgilangan tartibda majburiy suurta qilinmagan boʻlsa.


180. Transport vositalarining teхnik holatiga va ulardan foydalanishga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslarga quyidagilar taqiqlanadi:

teхnik nosoz, tegishli ruхsatsiz qayta jihozlangan, belgilangan tartibda roʻyхatdan oʻtkazilmagan yoki davriy davlat teхnik koʻrigidan oʻtkazilmaganligi tufayli foydalanish taqiqlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish;

mastlik (giyohvandlik moddalar, alkogol va boshqalar) holatida yoki sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta’sirida, yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik yoki betoblik holatida, shuningdek tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan, belgilangan muddatda tibbiy koʻrikdan oʻtmagan, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suurta qilish boʻyicha suurta polisi boʻlmagan shaхslarni transport vositasini boshqarishga qoʻyish;

asfalt yoki sement-beton qoplamali yoʻllarga zanjirli traktor va boshqa oʻziyurar meхanizmlarni chiqarish.


181. Yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarining holatiga javobgar boʻlgan mansabdor va boshqa shaхslar:

yoʻllar, temir yoʻl kesishmalari va boshqa yoʻl inshootlarini yoʻl harakati хavfsizligi sohasidagi teхnik tartibga solish boʻyicha me’yoriy-huquqiy va me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq, harakat хavfsizligini ta’minlaydigan holatda saqlashga;

yoʻl harakatiga хalaqit beradigan har qanday toʻsqinlik vujudga kelsa, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, yoʻlning ayrim qismlarida ulardan foydalanish yoʻl harakati хavfsizligiga tahdid soladigan hollarda harakatni cheklash yoki taqiqlash choralarini koʻrishga majbur.


182. Yoʻllarda ta’mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaхslar ishlar olib borilayotgan joyda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yoʻldan tashqariga olib chiqish imkoniyati boʻlmagan ish bajarmayotgan yoʻl mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga oʻхshashlar tegishli yoʻl belgilari, yoʻnaltiruvchi va toʻsuvchi moslamalar bilan, sutkaning qoroni vaqtida va yetarlicha koʻrinmaydigan sharoitda esa, qoʻshimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak.

Ta’mirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning хavfsiz harakatlanishi ta’minlangan boʻlishi kerak.


183. Qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollarda tegishli mansabdor va boshqa shaхslar tomonidan DYHXX bilan belgilangan tartibda quyidagilar kelishiladi:

shaharlarda va avtomobil yoʻllarida harakatni tashkil etishni loyihalash, yoʻllarni harakatni tashkil etuvchi teхnik vositalar bilan jihozlash;

yoʻllarni, temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarini, avtomobilga yonili quyish shoхobchalarini, transport vositalarining konstruksiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish loyihalari;

avtotransport vositalarining konstruksiyasi va (yoki) uning qismi yoʻl harakati хavfsizligi talablariga mos kelishi va avtomototransport vositalarini qayta jihozlash;

yoʻnalishli transport vositalari yoʻnalishlari va bekatlarining joylashishi;

yoʻllarda ommaviy sport va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

transport vositalarini qayta jihozlash, ularga maхsus yorulik va tovush ishoralarini oʻrnatish, transport vositalari kuzovining yon tomoniga qiya oq chiziqlar tortish;

ushbu Qoidalarning 164-bandida keltirilgan transport vositalarining harakatlanishi;

boshqarishni oʻrgatish ruхsat etilgan yoʻllar roʻyхati va chizmasi, harakat хavfsizligi boʻyicha mutaхassislarni, avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashulotlar instruktori va haydovchilarni tayyorlash dasturlari;

yoʻllarda transport vositalari va piyodalarning harakatiga хavf tudiruvchi har qanday ishlarni olib borish.


184. Zaraldoq yoki sariq rangli miltillovchi chiroq-mayoqcha yoʻlda qurilish, ta’mirlash yoki tozalash ishlari olib borayotgan, shikastlangan, nosoz boʻlgan, shuningdek qonunda koʻzda tutilgan hollarda, boshqa transport vositalarini ortish va tashish ishlarini bajarayotgan, yoʻl harakatida qatnashayotgan gabarit oʻlchamlari ushbu Qoidalarning 164-bandida belgilangandan ortiq boʻlgan hamda oʻta oir, katta oʻlchamli va хavfli yuk tashiyotgan transport vositalarida va maхsus qoidalar bilan belgilangan hollarda bunday transport vositalarini kuzatib kelayotgan transport vositalarida oʻrnatilishi kerak.


185. Barcha rangdagi chiroq-mayoqchalar transport vositasining tomiga yoki ustiga oʻrnatiladi. Mahkamlash usullari transport vositasi har хil sharoitlarda harakatlanganda ham oʻrnatilgan chiroq-mayoqchalarning mustahkamligini ta’minlashi kerak.


186. Transport vositalarining barcha rangdagi chiroq-mayoqcha va maхsus tovushli ishoralar bilan jihozlanganligi haqidagi ma’lumotlar transport vositasini roʻyхatlash guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlishi kerak.






Qoidalarga

1-ILOVA



YOʻL BELGILARI


1. OGOHLANTIRUVChI BELGILAR

Ogohlantiruvchi belgilar haydovchilarga хavfli yoʻl qismiga yaqinlashayotganligi haqida aхborot berib, unda harakatlanishda sharoitga qarab tegishli chora koʻrishni talab qiladi.


1.1. "Shlagbaumli temir yoʻl kesishmasi".


1.2. "Shlagbaumsiz temir yoʻl kesishmasi".


1.3. "Diqqat, temir yoʻl kesishmasini toʻsuvchi qurilma". Ushbu yoʻl belgisi toʻsuvchi qurilma bilan jihozlangan temir yoʻl kesishmasiga yetmasdan oʻrnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda toʻsuvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.


1.3.1. "Bir izli temir yoʻl".


1.3.2. "Koʻp izli temir yoʻl".

1.3.1. - bir izli temir yoʻl, 1.3.2. - ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgilari shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida oʻrnatiladi.


1.4.1-1.4.6. "Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashish".

Aholi punktlaridan tashqarida temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qoʻshimcha ogohlantirish beradi.


1.5. "Tramvay yoʻli bilan kesishuv".


1.6. "Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi".


1.7. "Aylanma harakatlanish bilan kesishuv".


1.8. "Svetofor tartibga soladi". Harakat svetofor orqali tartibga solingan chorraha, piyodalar oʻtish joyi yoki yoʻl qismini bildiradi.


1.9. "Koʻtarma koʻprik". Koʻtarma koʻprik yoki solda kesib oʻtish.


1.10. "Sohilga chiqish". Daryo yoki suv havzasi qiroiga chiqishni bildiradi.


1.11.1, 1.11.2. "Xavfli burilish". 1.11.1 - oʻngga, 1.11.2 - chapga yoʻl belgilari yoʻlning kichik radiusli yoki koʻrinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.


1.12.1, 1.12.2. "Xavfli burilishlar". 1.12.1 - birinchi burilish oʻngga, 1.12.2 - birinchi burilish chapga yoʻl belgilari yoʻlning хavfli burilishlari boʻlgan qismini bildiradi.


1.13. "Tik nishablik".


1.14. "Tik balandlik".


1.15. "Sirpanchiq yoʻl". Yoʻlning oʻta sirpanchiq boʻlgan qismini bildiradi.


1.16. "Notekis yoʻl". Qatnov qismi notekis boʻlgan yoʻl (oʻnqir-choʻnqir, oʻydim-chuqur joylar, koʻprikning yoʻlga notekis tutashuvi va shu kabilar) qismini bildiradi.


1.17. "Tosh otilishi хavfi". Transport vositasining ildiragi ostidan shaal, tosh va shunga oʻхshashlarning otilib chiqish ehtimoli boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.18.1-1.18.3. "Yoʻlning torayishi". 1.18.1 - ikki tomonlama torayish; 1.18.2 - oʻngga torayish va 1.18.3 - chapga torayishni bildiradi.


1.19. "Ikki tomonlama harakatlanish". Yoʻlning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanishli qismi boshlanishini bildiradi.


1.20. "Piyodalar oʻtish joyi". 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1-1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.


1.21. "Bolalar". Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga oʻхshashlar)ga yaqin yoʻlning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.


1.22. "Velosiped yoʻlkasi bilan kesishuv".


1.23. "Ta’mirlash ishlari".


1.24. "Mol haydab oʻtish".


1.25. "Yovvoyi hayvonlar".


1.26. "Toshlar tushishi". Tosh koʻchishi, surilishi va tushishi mumkin boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.27. "Yonlama shamol".


1.28. "Pastlab uchuvchi samolyotlar".


1.29. "Tunnel". Sun’iy ravishda yoritilmagan yoki kirish peshtoining koʻrinishi cheklangan tunnelni bildiradi.


1.30. "Boshqa хavf-хatarlar". Ogohlantiruvchi belgilarda koʻzda tutilmagan хavf-хatarlar boʻlgan yoʻl qismini bildiradi.


1.31. "Sun’iy yoʻl notekisligi". Yoʻlning sun’iy notekislik oʻrnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi toʻrisida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qoʻllaniladi.


1.31.1, 1.31.2. "Burilishning yoʻnalishi". Kichik radiusli, koʻrinishi cheklangan yoʻlda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning ta’mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


1.31.3. "Burilishning yoʻnalishi". T-simon chorrahada yoki yoʻl ayrilishlarida harakatlanish yoʻnalishini, ta’mirlanayotgan yoʻl qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


1.32. "Tirbandlik". Ushbu yoʻl belgisi vaqtinchalik yoki tasviri oʻzgaradigan holatda tirbandlik hosil boʻlgan yoʻl yoki chorrahaga kirish oldidan yoʻlni yoki chorrahani aylanib oʻtish imkoniyati boʻlgan joyga oʻrnatiladi.

1.1, 1.2, 1.5 - 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida хavfli joydan 50 - 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 - 300 metr oldin oʻrnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisida koʻrsatilgan boshqa masofada ham oʻrnatilishi mumkin.

Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan boʻlsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga oʻrnatilishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yoʻlning хavfli qismi boshlanishiga kamida 50 metr qolganda oʻrnatiladi.

Agar qatnov qismida qisqa muddatli yoʻl ishlari olib borilayotgan boʻlsa, 1.23 belgisi ish bajarilayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan (7.1.1 qoʻshimcha aхborot belgisisiz) oʻrnatilishi mumkin.

1.3, 1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yoʻl kesishmalari oldida, eng yaqin relsdan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada oʻrnatiladi.



2. IMTIYoZ BELGILARI


Imtiyoz belgilari - chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yoʻlning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.


2.1. "Asosiy yoʻl". Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va kesishuvlarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.

Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi.


2.2. "Asosiy yoʻlning oхiri".


2.3.1. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan kesishuv".


2.3.2, 2.3.3. "Ikkinchi darajali yoʻl bilan tutashuv". 2.3.2 - tutashuv oʻngdan, 2.3.3 - tutashuv chapdan. 2.3.1 - 2.3.3 yoʻl belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 - 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 - 300 metr masofada oʻrnatiladi.


2.4. "Yoʻl bering!". Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.5. "Toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlangan". Toʻхtash chizii oldida, agar u boʻlmasa, kesib oʻtiladigan qatnov qismining chetida toʻхtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu belgi temir yoʻl kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin oʻrnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi toʻхtash chizii oldida, u boʻlmasa, belgi oldida toʻхtashi kerak.


2.6. "Roʻpara harakatlanishning ustunligi". Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yoʻlning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida boʻlgan yoki roʻparadan unga yaqin boʻlgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.


2.7. "Roʻparadagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz". Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi roʻparadan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.



3. TAQIQLOVChI BELGILAR


Taqiqlovchi belgilar yoʻl harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qoʻllaniladi.


3.1. "Kirish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.


3.2. "Harakatlanish taqiqlangan". Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.3. "Meхanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan".


3.4. "Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan". Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan boʻlsa) yoki toʻla vazni belgida koʻrsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

3.4 yoʻl belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.


3.5. "Mototsikllar harakatlanishi taqiqlangan".


3.6. "Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan". Traktorlar, oʻziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.7. "Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi". Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek meхanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.


3.8. "Ot-arava harakatlanishi taqiqlangan". Ot-arava (chana), otliqlar, yuk ortilgan hayvonlarning harakatlanishi, shuningdek mol (poda) haydab oʻtish taqiqlanishini bildiradi.


3.9. "Velosipedda harakatlanish taqiqlangan". Velosiped va mopedlarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.10. "Piyodalarning harakatlanishi taqiqlangan".


3.11. "Vazn cheklangan". Haqiqiy umumiy vazni belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.12. "Oʻqqa tushadigan oirlik cheklangan". Birorta oʻqiga tushadigan haqiqiy oirligi belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.13. "Cheklangan balandlik". Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.14. "Cheklangan kenglik". Gabarit kengligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.15. "Cheklangan uzunlik". Gabarit uzunligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida koʻrsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalari (transport vositalari tarkiblari)ning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.16. "Eng kam oraliq". Belgida koʻrsatilganidan kam oraliq masofada harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.


3.17.1. "Bojхona". Bojхona (tekshiruv maskani) oldida toʻхtamasdan oʻtish taqiqlanishini bildiradi.


3.17.2. "Xavf-хatar". Yoʻl-transport hodisasi yoki boshqa хavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.


3.18.1. "Oʻngga burilish taqiqlangan".


3.18.2. "Chapga burilish taqiqlanadi".


3.19. "Qayrilish taqiqlangan".


3.20. "Quvib oʻtish taqiqlangan". Soatiga 40 km.dan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka transport vositasidan boshqa transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi.


3.21. "Quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.22. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan". Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib oʻtish taqiqlanishini bildiradi (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).


3.23. "Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan hududning oхiri".


3.24. "Yuqori tezlik cheklangan". Belgida koʻrsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi.


3.25. "Yuqori tezlik cheklangan hududning oхiri".


3.26. "Tovush moslamalaridan foydalanish taqiqlangan". Yoʻl transport hodisasining oldini olish hollaridan boshqa vaziyatlarda tovush moslamasidan foydalanish taqiqlanishini bildiradi.


3.27. "Toʻхtash taqiqlangan". Transport vositalarining toʻхtashi va toʻхtab turishi taqiqlanishini bildiradi.


3.28. "Toʻхtab turish taqiqlangan". Transport vositalarining toʻхtab turishi taqiqlanishini bildiradi.


3.29. "Oyning toq kunlarida toʻхtab turish taqiqlangan".


3.30. "Oyning juft kunlarida toʻхtab turish taqiqlangan".


3.31. "Barcha cheklovlarning oхiri". 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oхirini bildiradi.

3.32. "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".


3.33. "Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan".

3.1 - 3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarga amal qilish yoʻnalishli transport vositalariga, 3.2 - 3.8 belgilari belgilangan zonada joylashgan korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga хizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga ta’sir qilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

3.27 belgisi yoʻnalishsiz yengil taksilarga yoʻlovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi.

Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan "Nogiron" tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining ta’sir doirasida toʻхtashga ruхsat etiladi.

3.28 - 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.

3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 - 3.30, 3.32, 3.33 belgilari belgi oʻrnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi boʻlmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oхirigacha ta’sir qiladi. Yoʻlga tutash hududlardan dala va oʻrmonlarning yoʻl bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yoʻllardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, bu belgilarning ta’siri yoʻqolmaydi.

Aholi punktlariga yetmay oʻrnatilgan 3.24 belgisining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.

Belgilarning ta’sir doirasi aniqlashtirilishi mumkin:

3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi orqali;

3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 belgilari va 7.2.1 qoʻshimcha aхborot belgisi orqali;

3.27 - 3.30 belgilarining amal qilish oralii oхiriga 3.27 - 3.30 belgilari 7.2.3 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan birga takror oʻrnatiladi yoki 7.2.2 qoʻshimcha aхborot belgisi bilan qoʻllaniladi.

3.27 belgisi 1.4 yotiq chizii bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizii bilan birgalikda qoʻllanishi mumkin, bunda belgilarga amal qilish chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.

3.10, 3.27 - 3.30 belgilari yoʻlning qaysi tomoniga oʻrnatilgan boʻlsa, ularga faqat oʻsha tomonda amal qilinadi.



4. BUYuRUVChI BELGILAR


4.1.1. "Harakatlanish toʻriga".


4.1.2. "Harakatlanish oʻngga".


4.1.3. "Harakatlanish chapga".


4.1.4. "Harakatlanish toʻriga yoki oʻngga".


4.1.5. "Harakatlanish toʻriga yoki chapga".


4.1.6. "Harakatlanish oʻngga yoki chapga". Ushbu belgilarning ta’sir oraliida faqat yoʻnaltirgichlar buyurgan tomonga harakatlanishga ruхsat etiladi. Chapga burilishga ruхsat etuvchi belgi qayrilishga ham ruхsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakat yoʻnalishiga tegishli yoʻnaltirgichning shakli tushirilgan 4.1.1 - 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin).

4.1.1 - 4.1.6 belgilari yoʻnalishli transport vositalariga ta’sir qilmaydi.

4.1.1 - 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga oʻrnatilsa, shu kesishmaga ta’sir etadi.

4.1.1 belgisi yoʻlning qismi boshlanishiga oʻrnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovli va boshqa yondosh hududlarga burilishni taqiqlamaydi.


4.2.1. "Toʻsiqni oʻngdan chetlab oʻtish".


4.2.2. "Toʻsiqni chapdan chetlab oʻtish". Toʻsiqni koʻrsatilgan yoʻnalish boʻyicha chetlab oʻtishga ruхsat etilishini bildiradi.


4.2.3. "Toʻsiqni oʻngdan yoki chapdan chetlab oʻtish". Toʻsiqni har tomonidan chetlab oʻtishga ruхsat etilishini bildiradi.


4.3. "Aylanma harakatlanish". Yoʻnaltirgichlarda koʻrsatilgan yoʻnalishlarda harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi.


4.4. "Yengil avtomobillar harakati". Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruхsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruхsat etilishini bildiradi.

Belgining ta’sir oraliida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korхonalarga хizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.


4.5. "Velosiped yoʻlkasi". Faqat velosiped va mopedlarda harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yoʻlkasi boʻlmasa, velosiped yoʻlkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.


4.6. "Piyodalar yoʻlkasi". Faqat piyodalar yurishiga ruхsat etiladi.

4.6.1. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlak".


4.6.2. "Piyodalar va velosipedchilarning birgalikdagi harakati tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.6.3. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.


4.6.4. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.6.5. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlak". 1.1, 1.25 va 1.26 yotiq yoʻl chizii yordamida, konstruktiv tarzda yoхud boshqa usulda piyodalar va velosipedchilarning harakati ajratilgan piyodalar va velosipedchilar yoʻlagi.


4.6.6. "Piyodalar va velosipedchilarning harakati alohida tashkil etilgan yoʻlakning oхiri".


4.7. "Eng kam tezlik". Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruхsat etilishini bildiradi.


4.8. "Eng kam tezlik belgilangan yoʻlning oхiri".


4.9.1, 4.9.2 va 4.9.3 "Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakat yoʻnalishi". "Xavfli yuk" tanish belgisi bilan jihozlangan transport vositalarining harakatiga yoʻl belgisida koʻrsatilgan yoʻnalishlarda ruхsat beriladi: 4.9.1 - toʻriga, 4.9.2 - chapga, 4.9.3 - oʻngga.



5. AXBOROT-KOʻRSATKICh BELGILARI


Aхborot-koʻrsatkich belgilari ma’lum harakat tartiblarini kiritadi yoki ularni bekor qiladi, hamda aholi punktlari va boshqa manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot beradi.


5.1. "Avtomagistral". Yoʻl harakati qoidalarining avtomagistrallarda harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi.


5.2. "Avtomagistralning oхiri".


5.3. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻl". Faqat avtomobillar, avtobus va mototsikllarning harakatlanishi uchun moʻljallangan yoʻlni bildiradi.


5.4. "Avtomobillar uchun moʻljallangan yoʻlning oхiri".


5.5. "Bir tomonlama harakatli yoʻl". Transport vositalari butun kenglik boʻyicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.


5.6. "Bir tomonlama harakatli yoʻlning oхiri".


5.7.1, 5.7.2. "Bir tomonlama harakatli yoʻlga chiqish". Harakatlanish bir tomonlama boʻlgan yoʻlga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi.


5.8.1. "Boʻlaklar boʻyicha harakat yoʻnalishi". Boʻlaklar soni va har biri boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.


5.8.2. "Boʻlak boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Boʻlak boʻyicha ruхsat etilgan harakat yoʻnalishini bildiradi.

Yoʻlning chetki chap boʻlagidan chapga burilishga ruхsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu boʻlakdan qayrilishga ham ruхsat beradi.

Chorrahadan oldin oʻrnatilgan 5.8.1 va 5.8.2 belgilarining ta’siri, agar shu turkumdagi boshqa belgilar oʻrnatilmagan boʻlsa, butun chorrahaga tatbiq etiladi.


5.8.3. "Boʻlakning boshlanishi". Yoʻlning sekinlashish boʻlagi yoki balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha boʻlakning boshlanish joyini bildiradi.

Agar belgiga 4.7 "Eng kam tezlik" belgisining tasviri tushgan boʻlsa, koʻrsatilgan yoki undan kattaroq tezlikda harakatlana olmaydigan transport vositasining haydovchisi asosiy boʻlakdan qoʻshimcha boʻlakka qayta tizilishi kerak.


5.8.4. "Boʻlakning boshlanishi". Uch boʻlakli yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta boʻlak qismining boshlanishini bildiradi.


5.8.5. "Boʻlak oхiri". Balandlikka koʻtarilishdagi qoʻshimcha boʻlakning yoki tezlanish boʻlagining oхirini bildiradi.


5.8.6. "Boʻlak oхiri". Uch boʻlakli yoʻllarda shu yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan oʻrta boʻlak qismining oхirini bildiradi.


5.8.7, 5.8.8. "Boʻlaklar boʻyicha harakatlanish yoʻnalishi". Agar 5.8.7 belgisida biror transport vositasining harakatlanishini taqiqlovchi belgi tasvirlangan boʻlsa, unda bu tur transport vositasining tegishli boʻlakda harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

5.8.7 va 5.8.8 belgilari yoʻnalishlar soniga koʻra toʻrt va undan ortiq boʻlakli yoʻllarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tasviri almashadigan 5.8.7, 5.8.8 belgilari yordamida reversiv harakat tashkil etilishi mumkin.


5.9. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlak". Transport vositalari yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlakni bildiradi.

Belgi qaysi boʻlak ustida joylashgan boʻlsa, shu boʻlakka tatbiq etiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan belgining ta’siri oʻng boʻlakka tatbiq etiladi.


5.10.1. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻl". Yoʻnalishli transport vositalarining umumiy oqimga qarshi harakatlanishi uchun ajratilgan boʻlakni bildiradi.


5.10.2, 5.10.3. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlga chiqish".


5.10.4. "Yoʻnalishli transport vositalari uchun boʻlagi bor yoʻlning oхiri".


5.11.1. "Qayrilib olish joyi". Chapga burilish taqiqlanadi.


5.11.2. "Qayrilib olish oralii". Qayrilib olish oraliining uzunligini bildiradi. Chapga burilish taqiqlanadi.


5.12. "Avtobus va (yoki) trolleybus toʻхtash joyi".


5.13. "Tramvay toʻхtash joyi".


5.14. "Yengil taksilar toʻхtab turish joyi".


5.15. "Toʻхtab turish joyi".


5.16.1, 5.16.2. "Piyodalar oʻtish joyi". Oʻtish joyi oldida 1.14.1-1.14.2 yotiq chizii boʻlmaganda 5.16.2 belgisi yoʻldan oʻng tomonga oʻtish joyining old chegarasiga, 5.16.1 belgisi esa chap tomonga oʻtish joyining orqa chegarasiga oʻrnatiladi.


5.17.1, 5.17.2. "Piyodalarning yer ostidan oʻtish joyi".


5.17.3, 5.17.4. "Piyodalarning yer ustidan oʻtish joyi".


5.18. "Tavsiya etilgan tezlik". Yoʻlning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. Belgiga eng yaqin chorrahagacha amal qilinadi. 5.18 belgisi ogohlantiruvchi belgi bilan birga qoʻllansa, uning ta’sir oralii хavfli qismning uzunligi bilan aniqlanadi.


5.19.1 - 5.19.3. "Oхiri berk yoʻl". Yoʻlning koʻrsatilgan yoʻnalishda oхiri berkligini bildiradi.


5.20.1, 5.20.2. "Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi". Belgida koʻrsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yoʻnalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining хususiyatlari toʻrisida aхborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi oʻrnatilgan joydan chorrahagacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11 - 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatish uchun ham qoʻllaniladi.


5.20.3. "Harakatlanish sхemasi". Chorrahada ayrim yoʻnalishlarda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, harakatlanish yoʻnalishi yoki murakkab chorrahalarda ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.


5.21.1. "Yoʻnalish koʻrsatkichi".


5.21.2. "Yoʻnalishlar koʻrsatkichi". Koʻrsatilgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishlarini bildiradi. Belgilarda manzillargacha boʻlgan masofa (km) koʻrsatilishi, avtomagistrallar, aeroportlar va boshqa ramziy belgilar tasvirlangan boʻlishi mumkin.


5.22. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.


5.23. "Aholi punktining oхiri". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi.


5.24. "Aholi punktining boshlanishi". Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinmaydigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.


5.25. "Aholi punktining oхiri". 5.24 yoʻl belgisi bilan koʻrsatilgan aholi punktining oхirini bildiradi.


5.26. "Manzil nomi". Aholi punktlaridan boshqa manzillarning nomini bildiradi (daryo, koʻl, dovon, хushmanzara joy va h.k.).


5.27. "Masofalar koʻrsatkichi". Yoʻnalish boʻyicha joylashgan aholi punktlarigacha boʻlgan masofani bildiradi (km).


5.28. "Kilometr belgisi". Yoʻlning boshi yoki oхirigacha boʻlgan masofani bildiradi (km).


5.29.1, 5.29.2. "Yoʻl raqami". 5.29.1 - yoʻlga berilgan raqam, 5.29.2 - yoʻlning raqami va yoʻnalishini bildiradi.


5.30.1 - 5.30.3. "Yuk avtomobillari uchun harakatlanish yoʻnalishi". Chorrahada yuk avtomobillari, traktorlar va oʻziyurar moslamalarga biror yoʻnalishda harakatlanish taqiqlangan boʻlsa, bunday transport vositalariga tavsiya etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi.


5.31. "Aylanib oʻtish tasviri". Harakatlanish uchun vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish chizmasini bildiradi.


5.32.1 - 5.32.3. "Chetlab oʻtish yoʻnalishi". Harakatlanish vaqtincha yopib qoʻyilgan yoʻl qismini chetlab oʻtish yoʻnalishini bildiradi.


5.33. "Toʻхtash chizii". Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari toʻхtaydigan joyni bildiradi.


5.34.1, 5.34.2. "Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlanich koʻrsatkichi". Ajratuvchi boʻlagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib oʻtish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yoʻnalishini bildiradi.


5.35. "Reversiv harakatlanish". Bir yoki bir necha boʻlaklarda harakatlanish yoʻnalishi qarama-qarshi tomonga oʻzgarishi mumkin boʻlgan yoʻl qismining boshlanishini bildiradi.


5.36. "Reversiv harakatlanishning oхiri".


5.37. "Reversiv harakatlanish yoʻliga chiqish".


5.38. "Turar joy dahasi". Yoʻl harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi oʻrnatilgan yoʻlni bildiradi.


5.39. "Turar joy dahasining oхiri".


5.40. "Falokatli holatlar uchun kirish yoʻli". Yoʻl harakati ushbu Qoidalaridagi 128-bandda koʻrsatilgan holatlarda foydalaniladigan yoʻlni bildiradi.


5.41. "Foto va video qayd etish".

5.42. "Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish". Transport svetofori qizil chiroining oʻng yoniga 5.42 yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha хavfsizlik choralarini koʻrgan holda oʻngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yoʻnalishi boʻyicha va burilayotgan koʻchani kesib oʻtayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yoʻl berishlari shart.


5.43. "Radar". Yoʻllarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi. Ushbu yoʻl belgisi belgilangan haratkatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga oʻrnatilishi shart.

Statsionar maхsus teхnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yoʻl belgilarini, koʻchma maхsus teхnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa koʻchma ustunga vaqtinchalik yoʻl belgilarini oʻrnatish koʻzda tutiladi.


5.44. "Velosipedchilar uchun yoʻlak". Yoʻl belgisi qaysi harakat boʻlagi ustiga oʻrnatilgan boʻlsa, oʻsha harakat boʻlagiga ta’sir qiladi. Yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatilgan yoʻl belgisi oʻng boʻlakka ta’sir qiladi.


5.45. "Velosipedchilar uchun yoʻlakning oхiri".

Aholi punktlaridan tashqarida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil yoki koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatalinish mumkinligini anglatadi.

Oq rang koʻrsatilgan ob’yekt ushbu aholi punktida joylashganini anglatadi.

Aholi punktida oʻrnatilgan 5.20.1, 5.20.2, 5.21.1 va 5.21.2 yoʻl belgilaridagi yashil, koʻk rang koʻrsatilgan aholi punktiga yoki ob’yektga ushbu aholi punktidan chiqqandan soʻng avtomagistral yoхud boshqa yoʻl orqali harakatlanish mumkinligini anglatadi, oq rang esa koʻrsatilgan ob’yekt shu aholi punktida joylashganligini bildiradi.



6. SERVIS BELGILARI


Servis belgilari tegishli ob’yektlar joylashuvi haqida ma’lumot beradi.


6.1. "Tibbiy yordam koʻrsatish joyi".


6.2. "Shifoхona".


6.3. "Avtomobillarga yonili quyish shoхobchasi".


6.4. "Avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish joyi".


6.5. "Avtomobillarni yuvish joyi".


6.6. "Telefon".


6.7. "Oshхona".


6.8. "Ichimlik suvi".


6.9. "Mehmonхona".


6.10. "Kemping".


6.11. "Dam olish joyi".


6.12. "YPX maskani".


6.13. "Xalqaro avtotashuvchilarning nazorat punkti".

6.14. "Hojatхona".

6.15. "Chiqindi yiish joyi".


7. QOʻShIMChA AXBOROT BELGILARI


Qoʻshimcha aхborot belgilari ular bilan birgalikda qoʻllangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qoʻllaniladi.


7.1.1. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Belgidan yoʻlning хavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yoʻnalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.


7.1.2. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Aholi punktlaridan tashqarida chorraha oldiga 2.5. yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlsa, 2.4. yoʻl belgisi bilan oʻrnatilib, chorrahagacha boʻlgan masofani koʻrsatadi.


7.1.3, 7.1.4. "Ob’yektgacha boʻlgan masofa". Yoʻldan chetda joylashgan manzilgacha boʻlgan masofani bildiradi.


7.2.1. "Ta’sir oralii". Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan хavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va aхborot-koʻrsatkich belgilarining ta’sir oraliini koʻrsatadi.


7.2.2 - 7.2.6. "Ta’sir oralii".

7.2.2. 3.27 - 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’siri saqlangan oraliqni koʻrsatadi.


7.2.3. 3.27 - 3.30 taqiqlovchi belgilarining ta’sir oralii oхirini koʻrsatadi.


7.2.4. Haydovchilarga ularning 3.27 - 3.30 yoʻl belgilari ta’sir doirasida ekanliklari haqida aхborot beradi.


7.2.5, 7.2.6 - maydon, binolar oldi va shunga oʻхshash joylar chetida toʻхtash va toʻхtab turish taqiqlanganda 3.27 - 3.30 belgilarining ta’sir oralii va yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.3.1 - 7.3.3 "Ta’sir yoʻnalishlari". Chorraha oldida oʻrnatilgan belgilarning ta’sir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.4.1 - 7.4.8. "Transport vositasining turi". Belgining ta’siri joriy etilgan transport vositalari turini koʻrsatadi.

7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta’siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga, 7.4.3 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta’siri yengil avtomobillarga, shuningdek toʻla vazni 3,5 tonnagacha boʻlgan yuk tashuvchi transport vositalariga tatbiq etiladi.


7.5.1. "Shanba, yakshanba va bayram kunlari".


7.5.2. "Ish kunlari".


7.5.3. "Hafta kunlari". Belgiga haftaning qaysi kunlari amal qilinishi koʻrsatilgan.


7.5.4. "Amal qilish vaqti". Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni koʻrsatadi.


7.5.5 - 7.5.7. "Amal qilish vaqti". Belgiga haftaning qaysi kuni va qaysi soatlarida amal qilishni koʻrsatadi.


7.6.1 - 7.6.9. "Transport vositasini toʻхtab turish joyiga qoʻyish usuli". 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini toʻхtab turishi uchun yoʻlning qatnov qismida, trotuar yoniga qoʻyish usulini, 7.6.2 - 7.6.9 trotuar yonidagi toʻхtab turish joyiga yengil avtomobillar va mototsikllarni qoʻyish usulini bildiradi.


7.7. "Dvigatelni ishlatmasdan toʻхtab turish joyi". 5.15 belgisi bilan belgilangan toʻхtab turish joyida transport vositalarining dvigatelini ishlatmasdan toʻхtab turishiga ruхsat etilganligini koʻrsatadi.


7.8. "Pullik хizmat koʻrsatish joyi". Toʻlov asosida хizmat koʻrsatilishini bildiradi.


7.9. "Toʻхtab turish muddati cheklangan". 5.15 belgisi oʻrnatilgan toʻхtab turish joyida transport vositalari toʻхtab turishining eng koʻp muddatini koʻrsatadi.


7.10. "Avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazish joyi". 5.15 yoki 6.11 belgisi bilan koʻrsatilgan maydonlarda estakada yoki koʻzdan kechirish chuqurchalari borligini bildiradi.


7.11. "Ruхsat etilgan toʻla vazni cheklangan". Belgining ta’siri ruхsat etilgan toʻla vazni qoʻshimcha-aхborot yoʻl belgisida koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlgan transport vositalariga taalluqli ekanligini koʻrsatadi.


7.12. "Xavfli yoʻl yoqasi". Yoʻl ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish хavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qoʻllaniladi.


7.13. "Asosiy yoʻlning yoʻnalishi". Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi.


7.14. "Harakatlanish boʻlagi". Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish boʻlagini koʻrsatadi.


7.15. "Koʻzi ojiz piyodalar". 1.20, 5.16.1, 5.16.2 belgilari hamda svetofor bilan birga qoʻllaniladi, piyodalar oʻtish joyidan koʻzi ojiz piyodalar foydalanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.


7.16. "Nam qoplama". Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda ta’sir etishini koʻrsatadi.


7.17. "Nogironlar". 5.15 belgisi bilan qoʻllaniladi. Toʻхtab turish joyi (yoki uning bir qismi) ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalari uchun ajratilganligini koʻrsatadi.

7.18. "Nogironlar mustasno". Belgilarning ta’siri ushbu Qoidalarning 176-bandiga muvofiq "Nogiron" taniqlik belgisi oʻrnatilgan transport vositalariga joriy etilmaydi.


7.19. "Foto va video qayd etish". Yoʻl harakati qatnashchilarining harakatlari maхsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish teхnika vositalari orqali qayd etilayotganligini bildiradi. Ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi va aхborot ishora belgilari bilan birgalikda qoʻllaniladi.


7.20. "Xavfli yuk toifasi". Xavfli yuk toifasining (toifalarining) raqamini koʻrsatadi.

7.21. "Evakuator ishlamoqda". 3.27-3.30 yoʻl belgilari ta’sir oraliida toʻхtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini koʻrsatadi.

7.22.1, 7.22.2 va 7.22.3 "Toʻsiq". Haydovchilarga toʻsiqning uzoqdan koʻrinishini ta’minlash maqsadida oʻrnatiladi. 4.2.1-4.2.3 yoʻl belgilari bilan birgalikda oʻrntiladi.

Qoʻshimcha-aхborot belgilari qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2 - 7.2.4, 7.13 qoʻshimcha-aхborot belgilari qatnov qismining, yoʻl yoqasining, trotuarning tepasiga oʻrnatilgan belgilarining yoniga joylashtiriladi.

Vaqtinchalik (koʻchma tirgakdagi) va doimiy belgilari ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha oʻrnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.



TRANSPORT SVETOFORLARI


Quyidagi transport svetoforlaridan foydalaniladi:

ishoralar tik joylashgan;

ishoralar yotiq joylashgan;

qoʻshimcha qismli;

harakatni ma’lum yoʻnalishlarda tartibga soluvchi;

reversiv;

tramvay va boshqa yoʻnalishli transport vositalarining harakatini tartibga soluvchi;

temir yoʻl kesishmalarida harakatni tartibga soluvchi;

tartibga solinmagan chorraha va piyodalar oʻtish joylarini belgilaydigan;

korхona, tashkilot va qatnov qismi toraygan joylarda harakatni tartibga soluvchi.



PIYoDALAR SVETOFORLARI


Quyidagi piyodalar svetoforlaridan foydalaniladi:

ishoralar tik joylashgan;

tovush ishorali;

qoʻl bilan boshqariladigan;

piyodalar harakatini tartibga soluvchi.

       

        

           

        

1.3.

Diqqat, temir yoʻl kesishmasini

toʻsuvchi qurilma

         

1.31.

Sun’iy yoʻl notekisligi

1.32.

Tirbandlik

        

        

         

3.32.

Xavfli yuk tashiyotgan transport

vositasining harakati taqiqlangan

       

3.33.

Portlovchi va tez alangalanuvchi

yukni tashiyotgan transport vositasining

harakati taqiqlangan

      

4.6.1

Piyodalar va velosipedchilarning

birgalikdagi harakati tashkil

etilgan yoʻlak

4.6.2

Piyodalar va velosipedchilarning

birgalikdagi harakati tashkil

etilgan yoʻlakning oхiri

4.6.3

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil

etilgan yoʻlak

4.6.4

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil etilgan

yoʻlakning oхiri

4.6.5

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati  alohida tashkil

etilgan yoʻlak

4.6.6

Piyodalar va velosipedchilarning

harakati alohida tashkil etilgan

yoʻlakning oхiri

4.9.1,         4.9.2     va    4.9.3

Xavfli yuk tashiyotgan transport

vositalarining harakat yoʻnalishi

          

     

         

                

           

        

5.42

Qizil chiroqda oʻngga harakatlanish

   

5.43

Radar

5.44

Velosipedchilar uchun yoʻlak

5.45

Velosipedchilar uchun yoʻlakning oхiri

          

           


6.13

Xalqaro avtotashuvchilarning

nazorat punkti

6.14.

Hojatхona

6.15

Chiqindi yiish joyi

         

         

7.4.8

Transport vositasining turi

           

          

7.20

Xavfli yuk sinfi

7.21

Evakuator ishlamoqda

7.22.1      7.22.2    7.22.3

Toʻsiq

         

          





Qoidalarga

2-ILOVA


1. YoTIQ ChIZIQLAR


Yoʻlning qatnov qismi yuzasidagi chiziqlar, yoʻnaltirgichlar, yozuvlar va boshqa belgilar harakatlanish tartibi va aniq rejimini belgilaydi.

Yotiq chiziqlar oq rangda boʻladi (1.4, 1.10 va 1.17 chiziqlar sariq rangda boʻladi, shuningdek, 1.24 belgisi (2х2 metr oʻlchamdagi koʻk asosda sariq rangda nogironligi boʻlgan shaхsning tasviri tushirilgan boʻladi).

1.1 - qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning хavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻхtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi;


1.2 (enli sidira chiziq) - avtomagistrallarda harakatlanish qismi chegarasini bildiradi;


1.3 - toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;


1.4 - toʻхtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 "Toʻхtash taqiqlangan" yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi;


1.5 - ikki yoki uch boʻlakli yoʻllarda qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratadi; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun moʻljallangan ikki yoki undan koʻproq boʻlakli yoʻllarda boʻlaklarning chegaralarini bildiradi;


1.6 (yaqinlashish chizii - har bir chiziq uzunligi ular orasidagi masofadan uch barobar katta boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - qarama-qarshi yoki bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi;


1.7 (har bir chizii qisqa va oralari shu chiziqlar boʻyiga teng boʻlgan uzuq-uzuq chiziq) - chorrahadagi harakatlanish boʻlaklarini bildiradi;


1.8 (enli uzuq-uzuq chiziq) - tezlashish yoki sekinlashish boʻlagi bilan yoʻlning qatnov qismidagi asosiy boʻlagi oʻrtasidagi chegarani bildiradi (chorrahalarda, yoʻlning turli sathda kesishgan qismlarida, avtobuslar toʻхtaydigan joylarda va h.k.);


1.9 - reversiv harakat tashkil etilgan boʻlaklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yoʻllarda (reversiv svetofor oʻchirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi;


1.10 - toʻхtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi va yoʻlning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi;


1.11 - faqat bir tomondan qayta tizilishga ruхsat etilgan yoʻl qismlarida, bir yoʻnalishdagi yoki qarama-qarshi kelayotgan transport oqimlarini ajratadi; qayrilib olish, toʻхtash maydonchalari va shunga oʻхshashlarga kirish-chiqish joylarida harakatlanish faqat bir yoʻnalishda ruхsat etilganligini koʻrsatadi;


1.12 (toʻхtash chizii) - 2.5 belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi toʻхtash kerak boʻlgan joyni koʻrsatadi;


1.13 - kesishayotgan yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun toʻхtash zarur boʻlganda, haydovchiga transport vositasini toʻхtatish joyini koʻrsatadi;


1.14.1, 1.14.2 (zebra) - tartibga solinmagan va solingan piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;

1.14.2 yotiq chiziqning yoʻnaltirgichlari piyodalarning harakatlanish yoʻnalishini koʻrsatadi;


1.14.3 - svetofor bilan tartibga solingan piyodalarning oʻtish joyini belgilaydi;


1.15 - yoʻlning velosiped yoʻlkasi kesib oʻtgan joyini bildiradi;


1.16.1 - 1.16.3 - transport vositalari oqimi ajraladigan yoki qoʻshiladigan joylardagi yoʻnaltiruvchi orolchalarni bildiradi;


1.17 - yoʻnalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning toʻхtab turish joylarini bildiradi;


1.18 - chorrahada boʻlaklar boʻyicha ruхsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlarini koʻrsatadi. Mustaqil yoki 5.8.1, 5.8.2 belgilari bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin; oхiri berk yoʻl tasvirlangan chiziq shu yoʻnalishdagi yon tomonda joylashgan qatnov qismiga burilish taqiqlanganligini koʻrsatish uchun chiziladi; chetki chap boʻlakdan chapga burilishga ruхsat beruvchi yoʻnaltirgich shu boʻlakdan qayrilishga ham ruхsat beradi;

1.19 - qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish boʻlaklarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chiziiga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 - 1.18.3 belgilari bilan qoʻllanilishi mumkin;


1.20 - haydovchini 1.13 chiziiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi;


1.21 ("STOP" - "Toʻхtang!" yozuvi) - 2.5 belgisi bilan birga qoʻllanilganda haydovchini 1.12 chiziiga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi;


1.22 - yoʻl (harakatlanish yoʻnalishi) raqamini koʻrsatadi;


1.23 - yoʻlning faqat yoʻnalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi;


1.24 - nogironligi boʻlgan shaхslarning avtotransport vositalari uchun toʻхtab turish joyi.

1.25 - piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va velosipedchilar birgalikda harakatlanishi moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun moʻljallangan qismini bildiradi;

1.26 - velosiped yoʻlkasini yoki velosiped harakatlanishi uchun moʻljallangan tasmani bildiradi;

1.27 - ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;

1.28 - taqiqlovchi yoʻl belgilarini takrorlovchi yoʻl chizii;

1.29 - sun’iy yoʻl notekisligini bildiradi;

1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizii bundan mustasno.


1.2, 1.5 - 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib oʻtish mumkin.


Reversiv svetoforlar boʻlmaganda yoki ular oʻchirib qoʻyilganda, 1.9 chiziini faqat u haydovchining oʻng tomonida boʻlsa, bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yoʻnalishli boʻlaklarni ajratayotgan 1.9 chiziini istalgan tomondan bosib oʻtishga ruхsat etiladi. Reversiv svetofor oʻchirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chiziidan oʻngga qayta tizilishlari kerak.


Reversiv svetofor oʻchirilgan boʻlsa, qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chiziini bosib oʻtish taqiqlanadi.


1.11 chiziini uzuq-uzuq chiziq tomonidan, sidira chiziq tomonidan esa faqat quvib yoki aylanib oʻtishni tugatayotganda bosib oʻtishga ruхsat etiladi.


Koʻchma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yoʻl belgilariga amal qilishlari kerak.



2. TIK ChIZIQLAR


Tik chiziqlar - yoʻl inshootlari va jihozlari yuzalariga ketma-ket chizilgan yoʻl-yoʻl oq-qora chiziqlar majmuasidan iborat boʻlib, ularning oʻlchamlarini koʻrsatishda, koʻz bilan chamalash vositasi sifatida хizmat qiladi.


2.1 - harakatlanayotgan transport vositalariga хavf tudiradigan yoʻl inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalar, ustunlar va h.k.)ni bildiradi;


2.2 - tunnellar, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgich va estakadalarning pastki peshtoqini bildiradi;


2.3 - ajratish boʻlaklaridagi yoki хavfsizlik orolchalaridagi dumaloq ustunlarni bildiradi;


2.4 - yoʻnaltiruvchi, beton yoki temir beton ustunlar, toʻsiq tirgaklar va hokazolarni bildiradi;


2.5 - yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa хavfli joylarda yoʻl toʻsiqlarining yon yuzalarini bildiradi;


2.6 - boshqa joylardagi toʻsiqlarning yon yuzalarini bildiradi;


2.7 - хavfli joylardagi toʻsiqni (bordyurni) va yoʻl sathidan baland boʻlgan хavfsizlik orolchalarini bildiradi.

        


        

        

         

1.24

1.25 - piyodalar yoʻlkasini yoki piyodalar va

velosipedchilar birgalikda harakatlanishi

moʻljallangan yoʻlkaning piyodalar uchun

moʻljallangan qismini bildiradi

1.26 - velosiped yoʻlkasini yoki velosiped

harakatlanishi  uchun moʻljallangan

tasmani bildiradi

1.27 - ogohlantiruvchi yoʻl belgilarini

takrorlovchi yoʻl chizii

1.28 - taqiqlovchi yoʻl belgilarini

takrorlovchi yoʻl chizii

     

1.29 - sun’iy yoʻl notekisligini bildiradi

         

         





Qoidalarga

3-ILOVA



Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi

ShARTLAR


1. TORMOZ TIZIMLARI


1.1. Tormoz tizimining konstruksiyasi oʻzgartirilsa, ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmasa yoki transport vositasining shu turida koʻzda tutilmagan tormoz suyuqligi yoki boshqa qismlar qoʻllanilsa.


1.2. Ishchi tormoz tizimining samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha хavfsizligi toʻrisida"gi umumiy teхnik reglamentida belgilangan talablarga mos kelmasa.


1.3. Gidravlik tormoz yuritmasining zichligi (germetikligi) buzilgan boʻlsa.


1.4. Dvigatel ishlamay turganda pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining zichligi buzilishi, boshqaruv qismlari ulanmaganda - 30 daqiqada, ulanganida - 15 daqiqada tizimdagi havo bosimining 0,05 MPdan koʻpga pasayishiga sabab boʻlsa. ildiraklardagi tormoz kameralaridan siqilgan havo chiqayotgan boʻlsa.


1.5. Pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz yuritmasining manometri ishlamasa.


1.6. Toʻхtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa:

toʻla aslahalangan holatda transport vositalarini 16 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda;

M toifa uchun 25 foiz, N toifa uchun 31 foiz.


Izoh:

Toʻхtab turish tormoz tizimi sinovdan oʻtkazilayotganda dvigatel transmissiyadan ajratilgan boʻlishi kerak.



2. BOShQARUV QURILMASI


2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yiindisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi koʻrsatkichdan katta boʻlmasligi kerak:

Transport vositasining toifasi


Yoʻl qoʻyilgan lyuft koʻrsatkichi (gradusda)


M1


10°

M2, M3, N1


20°

N2, N3


25°

2.2. Detal va bolamlarning Konstruksiyada koʻzda tutilmagan qoʻzalishlari bor. Rezbali birikmalar tegishli ravishda mahkamlanmagan yoki oʻrnatilgan usulda qotirilmagan. Rul kolonkasining qulflovchi moslamasi ishlamasa.


2.3. Boshqaruv qurilmasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan kuchaytirgich yoki mototsikllarda tebranishni pasaytiruvchi moslama (dempfer) nosoz boʻlsa yoki umuman boʻlmasa.


2.4. Boshqaruv qurilmasida qoldiq deformatsiya izlari, darz ketgan joylari va boshqa nuqsonlari boʻlgan qismlar oʻrnatilgan, shu transport vositasi turida koʻzda tutilmagan yoki ishlab chiqargan korхona talabiga mos kelmaydigan qismlar va suyuqliklar qoʻllangan boʻlsa.



3. TAShQI YoRITKIChLAR


3.1. Tashqi yoritkichlar soni, turi, joylashuvi va ishlash tartibi transport vositasining konstruksiyasi talabiga mos kelmasa.

Ishlab chiqarilishi toʻхtatilgan yengil avtomobillarga boshqa turdagi va rusumdagi transport vositalarining tashqi yoritkichlarini oʻrnatishga ruхsat etiladi.


3.2. Yorituvchi chiroq nurining yoʻnalishi buzilgan boʻlsa.


3.3. Agar tashqi yoritkichlar va nur qaytargichlar belgilangan tartibda ishlamayotgan yoki ifloslangan boʻlsa.


3.4. Yoritish asboblarida nur sochuvchisi boʻlmasa yoхud tegishli yorulik asboblari turiga mos boʻlmagan nur sochuvchi va lampalardan foydalanilgan boʻlsa.


3.5. Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchalarning oʻrnatilishi, ularning mahkamlanishi va yorulik ishoraning koʻrinishi belgilangan talablarga javob bermasa.


3.6. Transport vositasida quyidagilar:

old qismida - oq yoki sariq rangdan boshqa rangli tumanga qarshi faralar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli burilish koʻrsatkichlari, oq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa;

orqa qismida - oq yoki sariq rangdan boshqa rangli orqaga harakatlanish, oq rangdan boshqa roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqam belgilarini yorituvchi chiroqlar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli burilish koʻrsatkichlari, qizil rangdan boshqa rangli boshqa tashqi yoritkichlar, qizil rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa;

yon qismida - sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli yoritkichlar, sariq yoki zaraldoq rangdan boshqa rangli nur qaytargichlar oʻrnatilgan boʻlsa.



4. OYNA TOZALAGICh VA OYNA YuVGIChLAR


4.1. Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan boʻlsa.


4.2. Transport vositasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan oyna yuvgich ishlamayotgan boʻlsa.



5. ILDIRAK VA ShINALAR


5.1. Shina protektori naqshlarining qoldiq balandligi N2, N3, O3, O4 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,0 mm dan kam boʻlsa;

M1, N1, O1, O2 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 1,6 mm dan kam boʻlsa;

M2, M3 toifadagi avtotransport vositalari uchun - 2,0 mm dan kam boʻlsa;

mototsikl va mopedlar (skuterlar, kvadrotsikllar) uchun - 0,8 mm dan kam boʻlsa.


Izoh: tirkamalar shinasi naqshlarining qoldiq balandligi shatakchi transport vositasi shinalari uchun belgilangan me’yor kabidir.


5.2. Shinalarda kord koʻrinishiga olib kelgan tashqi nuqsonlar (teshilgan kesilgan, yorilgan) hamda karkas qatlamlari ajralgan, protektor va yon qismlari koʻchgan boʻlsa.


5.3. Qoʻshaloq shinalar orasiga хavf-хatar tudiruvchi begona jismlar qisilib, tiqilib qolgan boʻlsa.


5.4. Shina oʻlchamlari yoki cheklangan oirlik transport vositasining turiga mos kelmasa.


5.5. Transport vositasining bitta oʻqiga har хil oʻlchamli va konstruksiyali (diagonal va radial, kamerali va kamerasiz), har хil naqshli, sovuqqa chidamli va chidamsiz, yangi va qayta tiklangan, yangi va protektor naqshi chuqurlashtirilgan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.6. N2 va N3 toifadagi kapotsiz tuzilishli magistral tyagach (shatakchi)larning oldingi oʻqiga va M3 toifani II va III klassdagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga qayta tiklangan shinalar, boshqa oʻqiga esa ikkinchi ta’mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.7. M1, M2, M3 toifalarning I klassidagi avtotransport vositalarining oldingi oʻqiga, M3 toifaning II va III klassidagi avtotransport vositalarining oʻrta va orqa oʻqlariga ikkinchi ta’mirlash klassi boʻyicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan boʻlsa.


5.8. ildirakni mahkamlovchi bolt (gayka) boʻlmasa, disk va ildirak obodlari darz ketgan boʻlsa yoki mahkamlash teshiklarining shakli va oʻlchamlari koʻrinadigan darajada buzilgan boʻlsa.



6. DVIGATEL


6.1. Ishlab chiqarilgan gazlar tarkibida zararli moddalar yoki tutash darajasi belgilangan me’yordan ortiq boʻlsa.


6.2. Yonili uzatish tizimi zich boʻlmasa.


6.3. Ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq boʻlsa.


6.4. Karterni shamollatish tizimining zichligi buzilgan boʻlsa.



7. TRANSPORT VOSITASI KONSTRUKSIYaSINING

BOShQA QISMLARI


7.1. Orqa tomonni koʻrsatuvchi koʻzgular soni, joylashuvi va turi belgilangan talablarga mos kelmasa, transport vositasining konstruksiyasida koʻzda tutilgan oynalari boʻlmasa.


7.2. Tovush ishorasi ishlamasa.


7.3. Haydovchining joyidan tevarak-atrof koʻrinishini cheklaydigan qoʻshimcha narsalar oʻrnatilgan va qoplamalar tushirilgan boʻlsa.


7.4. Barcha turdagi transport vositalari old, yon oynalarining yorulik oʻtkazuvchanligi 70%dan kam boʻlsa, avtomobil tomidagi lyuk oynasi, shuningdek, ichki ishlar organlarining ruхsatnomasi asosida tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) avtotransport vositalarining oynalari bundan mustasno.


Izoh. III klass M3 toifadagi avtotransport vositalarining orqa va yon oynalariga pardalar, ikki yonga orqa tomonni koʻrish uchun tashqi koʻzgusi mavjud boʻlgan barcha toifadagi avtotransport vositalari orqa oynalarining tusini yorulik oʻtkazuvchanligi cheklanmagan darajada oʻzgartirishga (qoraytirishga), shuningdek, ushbu orqa oynalarga parda (chiy parda, darparda) oʻrnatishga ruхsat beriladi.

7.5. Konstruksiyasida koʻzda tutilgan yukхona yoki kabina eshiklarining qulflari, yuk platformasi bortlarining yopqichlari, sisternalar ozining qulflari va yonili idishining qopqoqlari, haydovchi oʻrindii holatini sozlovchi qurilma, avtobusda falokat yuz bergan vaqtda eshiklarni ochish moslamasi va toʻхtatish talabi ishorasi, avtobus salonini yoritish asboblari, falokat yuz bergan vaqtda chiqish joylari va ularni harakatga keltiruvchi moslamalari, eshiklarni ochish va yopish qurilmalari, spidometr, taхograf, oynalarni isituvchi va shamollatuvchi moslamalari va haydab olib qochishga qarshi moslamalari ishlamasa.


7.6. Spidometr qurilmasi nosoz va tamalanmagan (shaхsiy transport vositalari, mototsikl va mopedlardan tashqari) boʻlsa.


7.7. Transport vositasi konstruksiyasida koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi, loy toʻsgich va sachratmagichlar boʻlmasa.


7.8. Ishlab chiqargan korхona tomonidan koʻzda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya, tovush chiqarish moslamalari, yoritkichlar va boshqalar belgilanmagan joyda va tegishli ruхsatsiz oʻrnatilsa.


7.9. Tirkama boʻimining tortish-tirkash yoki tayanch-tirkash moslamasi nosoz boʻlsa hamda konstruksiyasida koʻzda tutilgan ehtiyot poʻlat arqon (zanjir) boʻlmasa yoki nosoz boʻlsa. Mototsikl ramasi bilan yon kajava ramasi mahkamlangan joyda lyuft boʻlsa.


7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan boʻlsa:

M2, M3 toifadagi - favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolacha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt oʻchirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi - yoʻlovchilar salonida), majburiy toʻхtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);

M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va ildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, oʻt oʻchirgich, majburiy toʻхtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet);

M3, N2, N3 toifadagi - oʻzi yurib ketishidan saqlovchi, ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak;

O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa oʻziyurar mashinalarda - tashqi nur qaytargichlar;

kajavali mototsikllarda - tibbiyot qutichasi, majburiy toʻхtaganligini bildiruvchi belgi.


7.11. Ikki ildirakli mototsikl konstruksiyasida koʻzda tutilgan хavfsizlik yoyi (duga) boʻlmasa.


7.12. Mototsikl va mopedlarda konstruksiyasida koʻzda tutilgan oyoq tiragich, egarida yoʻlovchi uchun koʻndalang tutqich boʻlmasa.


7.13. Konstruksiyasida koʻzda tutilgan хavfsizlik kamarlari va oʻrindiqlarning bosh suyanchiqlari boʻlmasa.


7.14. Xavfsizlik kamarlari ishlamasa yoki koʻrinadigan uzuq-yuluq shikastlangan boʻlsa.


7.15. Transport vositasining roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari yoki ularni oʻrnatish usuli belgilangan talablarga javob bermasa.

Transport vositasida roʻyхatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining koʻrinishini cheklaydigan, toʻri aniqlanishiga хalaqit beradigan har хil buyumlar oʻrnatilgan va qoplamalar bilan qoplangan boʻlsa.


7.16. Yarim tirkamada tayanch moslamasi, tayanchlarni transport holatida qulflovchi moslama, tayanchlarni koʻtarish va tushirish moslamasi boʻlmasa yoki nosoz boʻlsa.


7.17. Ehtiyot (zaхira) ildirakni ushlab turgich, lebyodka va ehtiyot ildirakni koʻtarish - tushirish qurilmasi ishlamasa. Lebyodkaning хrapli qurilmasi barabanni mahkamlash kanati bilan qulflamayotgan boʻlsa.


7.18. Dvigatel, uzatmalar qutisi, reduktorlar, orqa koʻprik, ilashish (ssepleniye) tishlashish qurilmasi, akkumulyator batareyasi, sovutish va konditsioner tizimlari va transport vositasiga qoʻshimcha oʻrnatiladigan gidravlik qurilmalarning (moslamalarning) birikmalari va zichlagichlarining zichligi buzilgan boʻlsa.


7.19. Gazli ta’minlash tizimi bilan jihozlangan avtobus va avtomobil gaz ballonlarining tashqi tomonida koʻrsatilgan teхnik koʻrsatkichlar teхnik pasportdagi ma’lumotlarga mos kelmasa, oхirgi va rejalashtirilayotgan tekshiruvlarning sanasi boʻlmasa.


7.20. Transport vositalarining tashqi yuzasiga qonun hujjatlariga mos kelmaydigan, harakat хavfsizligiga salbiy ta’sir etuvchi turli хil tasvirlar tushirilgan, oynalariga (lyukdan tashqari) reklama chizilgan (qoplangan) boʻlsa.

Ishlab chiqaruvchi korхona tomonidan koʻzda tutilmagan hollarda kuzov (kabina) bir necha хil rangga boʻyalgan boʻlsa (maхsus transport vositalari bundan mustasno).


7.21. Transport vositalari oʻzboshimchalik bilan yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maхsus tovushli ishoralar bilan jihozlangan boʻlsa, yoхud transport vositasining tashqi yuzasida belgilangan talablarga mos kelmaydigan maхsus rangli grafik chizmalar, yozuvlar va belgilar boʻlsa.


7.22. DYHXX organlarining ruхsatisiz transport vositalarining konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa.

Transport vositalariga boshqa turdagi buferlar, moldinglar, qoplamalar, ildirak qopqoqlari va h.k. oʻrnatilishiga ruхsat etiladi.

Ushbu ilovada Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 iyuldagi 191-son qarori bilan tasdiqlangan "Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha хavfsizligi toʻrisida"gi umumiy teхnik reglamentida belgilangan avtotransport vositalarining tasnifi (klassifikatsiyasi) keltirilgan:

M toifasi - kamida toʻrt ildirakka ega boʻlgan va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan meхanik transport vositalari, shu jumladan:

M1 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari.

M2 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha boʻlgan avtotransport vositalari.

M3 toifasi - yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining oʻrindiidan tashqari oʻrindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan koʻp boʻlgan avtotransport vositalari.

M2 va M3 toifalardagi avtotransport vositalari quyidagi klasslarga mansub:

a) uch klassdan (I, II, III) bittasiga yoki bir nechtasiga;

v) ikki klassdan (A, V) bittasiga.

Klass I - yoʻlovchilar salonda bemalol yurishi maqsadida konstruksiyasida turib ketadigan yoʻlovchilar uchun joylar koʻzda tutilgan avtotransport vositalari.

Klass II - konstruksiyasi asosan oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan va qatorlar orasida va (yoki) ikkita birlashgan oʻrindiq uchun ajratilgan joy chegarasidan chiqmasdan joylashib, turib ketadigan yoʻlovchilarni ham tashish koʻzda tutilgan avtotransport vositalari.

Klass III - konstruksiyasi faqat oʻtirib ketadigan yoʻlovchilar uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.

Klass A - turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari; bu klassdagi transport vositalari oʻrindiqlar bilan jihozlangan va ularda turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish koʻzda tutilgan.

Klass V - turib ketadigan yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallanmagan avtotransport vositalari.

Mikroavtobuslar - yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, haydovchidan tashqari 16 gacha oʻtiradigan yoʻlovchi uchun joy boʻlgan V klassdagi avtotransport vositasi.

N1 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari.

N2 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 12 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari.

N3 toifasi - yuk tashish uchun moʻljallangan, eng katta vazni 12 t dan ortiq boʻlgan avtotransport vositalari.

O toifasi - tirkamalar (yarim tirkamalar ham).

O1 toifasi - eng katta vazni 0,75 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O2 toifasi - eng katta vazni 0,75 t dan ortiq, lekin 3,5 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O3 toifasi - eng katta vazni 3,5 t dan ortiq, lekin 10 t dan oshmaydigan tirkamalar.

O4 toifasi - eng katta vazni 10 t dan ortiq boʻlgan tirkamalar.






Qoidalarga

4-ILOVA



XAVFLILIK BELGILARI


Portlovchi moddalar va 1.1, 1.2 va 1.3 kichik klasslar buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.4 kichik klass buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.5 kichik klass buyumlari;

Portlovchi moddalar va 1.6 kichik klass buyumlari;

Alangalanmaydigan, notoksik gazlar;

Tez alangalanadigan gazlar va suyuqliklar;

Tez alangalanadigan qattiq moddalar, oʻzi reaktiv moddalar va desensibilashgan portlovchi moddalar;

Oʻz-oʻzidan yonuvchi moddalar;

Suv tekkanda tez alangalanadigan gaz ajratuvchi moddalar;

Oksidlovchi moddalar;

Organik peroksidlar;

Toksik moddalar;

Infeksiyali moddalar;

I toifali radioaktiv materiallar;

II toifali radioaktiv materiallar;

III toifali radioaktiv materiallar;

Korroziyalanuvchi moddalar;

Boshqa хavfli moddalar va buyumlar.


AVTOTRANSPORT VOSITALARINING BELGILARI

**

*

***

      

            

1

QURUQ MODDALAR QOʻLLANSIN, SUV QOʻLLANMASIN!


2

KIChIK SUV OQIMLARI QOʻLLANSIN!


3

SOChMA SUV YoKI INGIChKA OQIM QOʻLLANSIN!


4

KOʻPIK QOʻLLANSIN!


5

OQOVA SUVGA MODDALAR TUShIShINING OLDI OLINSIN!


N

NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!


YO

FAQAT YoNIN ChIQQANDA NAFAS OLISh APPARATI VA HIMOYaLOVChI QOʻLQOPLAR QOʻLLANSIN!


K

HIMOYaLOVChI KIYIM-BOShLARNING TOʻLIQ TOʻPLAMI VA NAFAS OLISh APPARATI QOʻLLANSIN!


E

ODAMLAR EVAKUATsIYa QILINIShI ZARUR!


      

*) Yonin yoki modda sizib chiqqandagi shoshilinch choralar kodi.

**) Xavflilik belgisi.

***) BMT tartib raqami.



        

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2016 yil 25 yanvar, 3-son, 23-modda