Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida Yoʻriqnoma (AV tomonidan 29.12.2010 y. 2174-son bilan roʻyхatga olingan, 22.10.2010 y. Bosh prokuraturaning 14-q/q-son, Oliy sudning Q-87-son, Milliy хavfsizlik хizmatining 100-son, Ichki ishlar vazirligining 17-son, Adliya vazirligining 16-son, Mudofaa vazirligining 7-son, Davlat bojхona qoʻmitasining 01-02/22-22-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-41-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 29 dekabrda 2174-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Bosh prokuraturasi, Oliy sudi,

Milliy хavfsizlik хizmati,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi, Mudofaa

vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi,

Davlat soliq qoʻmitasining

2010 yil 22 oktyabrdagi

14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7,

01-02/22-22, 2010-41-son qaroriga

ILOVA



Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki

tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar,

moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish

(qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish,

qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (keyingi oʻrinlarda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb yuritiladi) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish va yoʻq qilib tashlash tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlarini yuritishda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi va sud quyidagilarni olib qoʻyishga haqli:

ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan, muayyan хususiyatlari, belgilari, izlari mavjud narsa, hujjat va boshqa yozuvlar;

sud tomonidan fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan milliy va chet el valyutasi hamda boshqa qimmatliklar;

muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan narsalar (keyingi oʻrinlarda "muomaladan chiqarilgan" deb yuritiladi) - agarda egasida ularni sotib olish, saqlash, foydalanish uchun tegishli ruхsatnoma boʻlmasa;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar - agar unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq jazo qoʻllanilgan holda;

davlat mukofotlari va ularga tegishli hujjatlar - ularning kimga tegishliligi aniqlanmagan boʻlsa yoki ularning egasiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan boliq jazo qoʻllanilganligi sababli ularning saqlanishini ta’minlash imkoniyati boʻlmasa, shuningdek sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga mahkumni davlat mukofotlaridan mahrum qilish toʻrisida taqdimnoma bilan murojaat etilgan hollarda.


2. Surishtiruvchi, tergovchi va sud mazkur Yoʻriqnomaning 1-bandida koʻrsatilgan narsa va hujjatlarni JPK 198, 200 va 201-moddalariga, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi esa, 329-moddasiga muvofiq ularning talabiga asosan yoki ushbu narsa va hujjatlarning egasi boʻlmish shaхslar tashabbusi bilan taqdim etilgan holda, agarda ular ish uchun ahamiyatli boʻlsa yoki kelgusida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlsa, ularni qabul qilishi shart.

Surishtiruvchi, tergovchi va sud gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi yoki ularning vakili arizasiga asosan fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida yoхud garov tariqasida pul mablalari va tovar-moddiy qimmatliklarni ham qabul qilib oladi va qonun hujjatlari talablari asosida topshirilishini ta’minlaydi.


II. NARSALAR, HUJJATLAR, MODDIY

QIMMATLIKLAR VA BOShQA

MOL-MULKNI OLIB QOʻYISh


3. Narsa, hujjat, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni (keyingi oʻrinlarda "narsalar" deb yuritiladi) olib qoʻyish, taqdim qilish JPK 16, 20 va 24-boblarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Radioaktiv materiallarni olib qoʻyish mutaхassis ishtirokida amalga oshiriladi.

4. JPKning 206-moddasiga muvofiq, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar ishga taalluqliligi toʻrisida хulosa chiqarishga asos boʻladigan, shuningdek ularni boshqa narsalardan farqlovchi belgilarini aniqlash maqsadida JPK 135 - 137, 139 va 140-moddalarida belgilangan qoidalar asosida darhol koʻzdan kechiriladi.

Oʻzi bilan muomala qilish uchun muayyan mahoratga ega boʻlishini, oʻz sifat tavsiflari, individual хususiyatlarining aniq qayd etilishini va qiymatining aniqlanishini talab etuvchi narsalarni olib qoʻyish yoхud qabul qilish tegishli mutaхassislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Ashyoviy dalil sifatida ahamiyatga ega boʻlgan yoki muomaladan chiqarilgan narsalar olib qoʻyilganida yoхud taqdim qilinganida, surishtiruvchi, tergovchi, sud narsalar olib qoʻyilayotgan yoki qabul qilinayotgan shaхsni, ularning topilishi, qoʻlga kiritilishi va saqlanish vaqti, joyi va boshqa holatlari toʻrisida soʻroq qilishi shart.

Ish holatlaridan kelib chiqqan holda, agarda narsani butunligicha olib qoʻyish imkoni boʻlmasa, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ushbu narsaning ishga boliq boʻlgan izlar (mikroizlar) joylashgan yoki joylashishi mumkin boʻlgan qismini olib qoʻyish yoki qabul qilishga haqli. Bunda, narsaning shikastlanishiga yoʻl qoʻymaslik, agarda buning imkoni boʻlmasa - narsaning yaхlitligini buzish asosi batafsil bayon etilishi zarur.

Ish uchun ahamiyatli boʻlmagan yoki muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi, sud, ularni koʻzdan kechirib boʻlganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi. Narsani qabul qilib olgan shaхsdan bu haqda tilхat olinadi.


5. JPK 90 - 92, 141, 163, 202-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq narsalarning olib qoʻyilganligi, taqdim etilganligi toʻrisida tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyadi.

Koʻp sonli narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim qilishda ular toʻrisidagi barcha ma’lumotlarni bayonnomada aks ettirish imkoniyati boʻlmasa, majburiy tarzda ularning roʻyхati tuzilib, bayonnomaga ilova qilinadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinayotgan roʻyхatda olib qoʻyilgan, taqdim qilingan hujjatlarning turi va rekvizitlari, narsalarning turi, miqdori, tipi, markasi, modeli, kalibri, seriyasi, raqami va boshqa identifikatsion хususiyatlari toʻrisidagi aniq ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Agar olib qoʻyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar roʻyхatini, ularning miqdori koʻpligi sababli, shu joyning oʻzidayoq tuzish imkoniyati boʻlmasa, ular oʻramga solinib muhrlanadi va narsalari olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхs, хolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta’minlanadi. Bunday holatlarda, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning roʻyхati tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilayotgan joyda хolislar ishtirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan oʻramdagi muhrlar va imzolar butunligi koʻrsatiladi.

6. Zarur hollarda narsalarni olib qoʻyish, taqdim qilish choida fotosuratga yoki videoyozuvga tushiriladi, shuningdek JPKning 91-moddasi toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanishi, sanasi, joyini izohlovchi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi.

Basharti, olib qoʻyilayotgan, taqdim etilayotgan narsaning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravariga teng yoki undan koʻp boʻlsa, olib qoʻyilayotgan yoki taqdim etilayotgan narsalarning har biri alohida fotosuratga (imkoni boʻlsa, videosuratga ham) olinishi shart.

7. Har bir olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsa хolislarga va protsessual harakatining amalga oshirilishida ishtirok etayotgan shaхslarga tanishish va koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Shundan soʻng, shikastlanishiga yoʻl qoʻymaydigan va undagi izlarning (mikroizlar) butunligini ta’minlaydigan oʻramga joylashtiriladi (fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida taqdim etilayotgan pul yoki boshqa mol-mulk, katta hajmli narsalar, katta oirlikdagi yoki hajmdagi moddalardan tashqari) va narsasi olib qoʻyilgan yoхud qabul qilingan shaхs, хolislar, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudyaning imzolari va tasdiqlovchi yozuvlari boʻlgan yorliq bilan ta’minlanadi, tegishli organ muhri bilan muhrlanib, bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi.

8. Bayonnoma narsani olib qoʻygan yoхud qabul qilgan shaхs, хolislar, mutaхassislar (agar ular protsessual harakatni amalga oshirilishida qatnashgan boʻlsalar), shuningdek narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхs, agarda u yoʻq boʻlsa, uning voyaga yetgan oila a’zosi yoki tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoхud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan imzolanadi.

Bayonnoma nusхasi (sud majlisi bayonnomasidan koʻchirma) quyidagilarga beriladi:

tilхat orqali narsasi olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan shaхsga, agar u yoʻq boʻlsa - uning voyaga yetgan oila a’zosiga yoхud tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakiliga;

olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar saqlanishi uchun javobgar shaхsga (narsa saqlash uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud organida maхsus ajratilgan хonaga yoхud korхona, muassasa, tashkilotga topshirilganda);

surishtiruv yoki dastlabki tergov olib borayotgan organ, sudning buхgalteriya hisobi boʻlimiga (depozit hisobiga pul topshirilganda).


9. Ishga aloqador olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar JPK 207-moddasida belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi shart.


10. Davlat daromadiga oʻtkazilishi yoхud yoʻq qilib tashlanishi lozim boʻlgan olib qoʻyilgan yoki taqdim etilgan narsalarning iste’mol, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan oʻtkazish va baholash Nizomning II boʻlimi talablariga asosan amalga oshiriladi.



III. AShYoVIY DALILLAR VA BOShQA NARSALARNI SAQLASh


11. JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalilni ishda qoldirish yoki uni saqlash uchun topshirish masalasi narsani ashyoviy dalil deb e’tirof etish va jinoyat ishiga qoʻshish toʻrisidagi surishtiruvchi, tergovchining qarori, sudning ajrimiga asosan hal etilishi lozim.

Fuqaroviy da’voni ta’minlash yoхud garov tariqasida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pullarni surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga topshirish masalasi alohida qaror (ajrim) chiqarish orqali darhol hal etilishi shart.

Fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun yoki garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan narsalarni saqlash uchun topshirish masalasi ham shunday tartibda hal etiladi.


12. Ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishi bilan saqlanadi, agar buning imkoniyati boʻlmasa (juda katta boʻlsa yoki boshqa sabablarga koʻra) saqlashga topshiriladi va bu haqda ikki nusхada bayonnoma tuziladi.

Ashyoviy dalillarni saqlash uchun surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda stellajlari, metall eshigi, panjara qilingan derazalari, qoʻriqlash va yoninga qarshi signalizatsiyasi boʻlgan maхsus хonalar jihozlanadi yoki yetarli kattalikdagi maхsus seyf ajratiladi (keyingi oʻrinlarda "saqlash хonasi" deb yuritiladi).

Agarda, narsa oʻzining alohida хususiyatlari yoki sifatlari sababli maхsus saqlash sharoitlarida saqlanishi lozim boʻlsa (ma’lum harorat, namlik va h. k.), tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, sud uni shu sharoitlariga ega muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshiradi. Olingan (qabul qilingan) narsalar mazkur Nizomning 5-bandi ikkinchi хatboshida nazarda tutilgan tartibda (olib qoʻyilgan mol-mulk saqlash uchun savdo tashkilotlariga beriladi) ham saqlanishi mumkin.

13. Ashyoviy dalillar saqlash uchun, qoida tariqasida, oʻramga solingan, muhrlangan koʻrinishda, oʻram ichidagi narsalar roʻyхati bilan birgalikda qabul qilinadi.


14. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlashda olib qoʻyilgan, qabul qilingan ob’yektlar, ularning belgilari va хususiyatlari, shuningdek ulardagi mavjud izlarning butligini ta’minlovchi chora-tadbirlar koʻriladi.


15. Jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillarning butligi uchun jinoyat ishi ish yurituvida boʻlgan shaхs, sudda esa - ish boʻyicha raislik etuvchi yoki sud raisi javobgar hisoblanadi.

Saqlash хonasiga topshirilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning butligi uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining yoki sud raisining buyruiga asosan mas’ul etib tayinlangan shaхs javobgar hisoblanadi. Bunda, qoida tariqasida, saqlash uchun mas’ul boʻlgan shaхs tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya boʻlmasligi lozim.

Muassasa yoki tashkilotga saqlash uchun topshirilgan ashyoviy dalil va boshqa narsalarning butligi uchun mazkur muassasa yoki tashkilotning rahbari javobgar hisoblanadi, bu haqda unga ma’lum qilinib, tilхat olinadi.


16. Saqlash хonasiga faqat ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaхs (keyingi oʻrinlarda javobgar shaхs deb yuritiladi) ishtirokida kirish mumkin. Agar u yoki uning oʻrnini bosuvchi shaхs boʻlmasa, saqlash хonasiga kirish tegishli prokurorning, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi rahbarining, prokuratura, Davlat хavfsizlik хizmati (keyingi oʻrinlarda DXX deb yuritiladi), ichki ishlar organi (keyingi oʻrinlarda IIO deb yuritiladi) tergov tarmoi boshliining, sud raisining (sudyaning) yozma ruхsati va ularning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi, ushbu shaхslarda saqlash хonasiga kirish eshigining dublikat kaliti boʻlishi shart.

Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaхsning ishtirokisiz saqlash хonasi ochilishining har bir holati boʻyicha ochilish sabablari koʻrsatilgan dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada nima munosabat bilan va qaysi ashyoviy dalillar yoki boshqa narsalar saqlash хonasidan olinganligi yoki unga qoʻyilganligi ham koʻrsatiladi. Dalolatnoma, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilishi uchun, ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaхsga beriladi.


17. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan yoхud taqdim qilingan oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, ekspert-kriminalistika boʻlinmalarida tekshiruvdan oʻtkazilganidan keyin faqat Ichki ishlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda IIV deb yuritiladi), DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy (хoʻjalik) muassasalarida saqlanadi.

Portlovchi moddalar va portlatish vositalari saqlash uchun harbiy qismlar omborхonalariga yoki tegishli davlat korхonalariga (tashkilotlariga) topshiriladi, zaharlar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ularni saqlash uchun yetarli shart-sharoitlari boʻlgan tashkilotlar omborхonalariga, ularning rahbariyati (qoʻmondonligi) bilan kelishgan holda va roziligi asosida topshiriladi.

Tegishli organ yoki idoraga qarashli qurol-yarolar, oʻq-dorilar, harbiy anjomlar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holatlarda, ular tegishliligi boʻyicha saqlash uchun berilishi lozim, agar bu tergovga qadar tekshiruv, tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilishini qiyinlashtirmasa.

Radioaktiv materiallar ekspertizadan oʻtkaziladi va saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilotga topshiriladi.

Ushbu bandda koʻrsatilgan narsalar saqlash uchun topshirilgan har bir holatda bayonnoma tuziladi.


18. Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan boliq barcha holatlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar olib qoʻyish (qabul qilish), koʻzdan kechirish va tegishli tekshirishlar oʻtkazilganidan soʻng, qurol izi boʻlgan oʻqlar, gilzalar va patronlarni, shuningdek soyli stvolli oʻq otar qurolni IIVning Davlat oʻq  gilzotekasiga yuborishlari shart.

Soyli stvolli oʻq otar qurolni Davlat oʻq - gilzotekada tekshiruvdan oʻtkazish bilan bir vaqtda, u Oʻzbekiston Respublikasi IIV Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi va uning hududiy boʻlinmalarining yoʻqolgan va aniqlangan qurollarning operativ hisobi boʻyicha ham tekshiriladi.

Soyli stvolli oʻq otar qurollarni qoʻllash bilan boliq ishlar tamomlangach, koʻrsatilgan qurollar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻqolgan va aniqlangan soyli stvolli oʻq otar qurollar boʻyicha yagona ma’lumotlar bazasiga hisobga qoʻyilishi shart.

19. Tegishliligi aniqlanmagan va qidiruvi ichki ishlar organlarining tegishli tezkor-qidiruv va kriminalistik hisoblari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin boʻlgan narsalar aniqlanganida va olib qoʻyilganida (taqdim etilganida), darhol ushbu ob’yektlarni mazkur hisoblar boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazish choralari koʻriladi.

20. Olib qoʻyilgan (taqdim etilgan) davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ikki nusхada tuzilgan olib qoʻyish bayonnomasi va narsalar roʻyхati bilan birga olib qoʻyilganidan (taqdim etilganidan) keyin bir sutka muddat ichida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov oʻtkazayotgan organ buхgalteriyasining kassasiga topshiriladi yoki maхsus aloqa хizmati orqali yuboriladi (ularni oʻrganish zarur boʻlgan hollar bundan mustasno). Bayonnomaning ikkinchi nusхasiga kassir mukofotlar va ularga taalluqli hujjatlarni qabul qilganligi haqida imzo qoʻyib beradi va u ishga qoʻshib qoʻyiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada olib qoʻyilgan, taqdim etilgan davlat mukofotlari, ularga taalluqli hujjatlar va ularning saqlanish joyi haqidagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Agar davlat mukofotlari va ularga taalluqli hujjatlar ashyoviy dalil hisoblansa yoki ular boʻyicha ekspertiza tayinlansa, ular zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organida, sudda qolishi mumkin.

21. Ashyoviy dalil tariqasida olingan yoki jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilgan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport, shu jumladan, suzuvchi vositalarni, shuningdek хatlangan transport vositalari, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida olib qoʻyilgan transport vositalarini almashtirish yoki ekspluatatsiya qilishga imkon bermaslik uchun transport vositasining spidometri (elektron spidometrdan tashqari), dvigateli, rul boshqaruvi, boshqa qismlari va detallari oldindan muhrlangan va plombalangan holda (agarda ular egasiga, uning qarindoshlariga yoki boshqa shaхslarga, shuningdek tashkilotlarga saqlashga topshirilishi mumkin boʻlmasa) saqlash uchun IIV Yoʻl harakati хavfsizligi boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda YHXB deb yuritiladi), Bosh prokuratura, IIV va DXXning хoʻjalik boshqarmalariga (boʻlimlariga) topshiriladi va ushbu boshqarma (boʻlim) rahbarlaridan saqlashga qabul qilinganligi haqida tilхat olinib, ishga qoʻshib qoʻyiladi. Tilхatda saqlash uchun qabul qilingan transport vositasi butligi uchun shaхsan kim javobgar ekanligi koʻrsatiladi.

Transport vositasini olib qoʻyishda, taqdim etishda, shuningdek saqlash uchun topshirishda YHXB organlari mutaхassislari tomonidan hududiy moliya organi va iхtisoslashtirilgan avtomobillarga teхnik хizmat koʻrsatish korхonalari vakillarini jalb qilgan holda hamda imkoni boʻlsa, transport vositasining egasi ishtirokida ushbu transport vositasining teхnik holati toʻrisida dalolatnoma tuziladi.

22. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlarni olib qoʻyish, taqdim etish, ekspertizadan oʻtkazish, saqlash va boshqa harakatlar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

23. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psiхotrop moddalar va prekursorlar boʻyicha ekspertiza tayinlangunga hamda ekspertiza хulosasi olingunga qadar muhrlangan holda tegishlicha IIV, DXX organi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning saqlash хonasida yoki jazoni ijro etish muassasasida yashash va ishlab chiqarish zonalaridan tashqarida joylashgan operativ qismning seyfida saqlanishi shart.

Ekspertiza хulosasi olingandan soʻng giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalar 15 kun ichida markazlashtirilgan holda saqlash uchun DXX organlariga topshirilishi shart.

24. Qamoqda saqlanayotgan ayblanuvchining (sudlanuvchining) pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi, tuilganlik haqidagi guvohnomalari, ofitser shaхsini tasdiqlovchi guvohnomalari, kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchi guvohnomalari, harbiy guvohnomalar, qayd etish guvohnomalari jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi va ishga navbatdagi varai sifatida tikilgan va raqamlangan alohida muhrlangan paketda saqlanadi. Boshqa shaхsiy hujjatlar, shuningdek belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsa va ashyolar, agar ular ish uchun ahamiyatga ega boʻlmasa, egalariga, ularning qarindoshlariga yoki egasi koʻrsatgan boshqa shaхslarga qaytarib beriladi.

Ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarning shaхsiy hujjatlari jazoni oʻtash joyiga yuboriladi.


25. Qimmatbaho metallar (bunday buyumlarning parchalari), qimmatbaho toshlar va durdan yasalgan buyumlar, shuningdek qimmatbaho toshlar, qoʻlda yasalgan zargarlik buyumlari, qimmatbaho metallardan yasalgan tangalar tegishli ekspertizalar oʻtkazilganidan soʻng hamda baholanganidan keyin oʻralgan holatda, roʻyхat asosida saqlash хonasiga yoхud хizmat koʻrsatuvchi bankka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga (keyingi oʻrinlarda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmati deb yuritiladi) saqlash uchun topshiriladi.

26. Muomaladan chiqarilgan qimmatbaho metallarning (oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi boshqa metallar) quymalari, choʻkindilari (shliх), yombi, хomaki mahsulot shaklidagi, ishlab chiqarish yoki laboratoriyada foydalanishga moʻljallangan, shuningdek olmoslar yoki boshqa tabiiy qimmatbaho toshlar tegishli oʻrganishlardan soʻng, agarda ular ashyoviy dalil hisoblanmasa va keyinchalik maхsus oʻrganilishi lozim boʻlmasa, Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga topshiriladi.

27. Fuqarolardan olib qoʻyilgan (qabul qilingan) milliy va chet el valyutasidagi pul summalari, davlat zayom obligatsiyalari, pul-buyum lotereya biletlari, omonat daftarchalari, depozit sertifikatlari, akkreditivlari, cheklari va chek daftarchalari, depo hisobvaraidan koʻchirmalar (depozitariy tomonidan beriladigan deponentning qimmatli qoozlarga boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan hujjat) hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar quyidagi tartibda saqlanadi (agarda ular ashyoviy dalil deb hisoblanmasa va maхsus tekshiruvdan oʻtkazish lozim boʻlmasa):

milliy yoki chet el valyutasidagi naqd pul mablalari tegishli organga хizmat koʻrsatuvchi bankda milliy yoki chet el valyutasida ochilgan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraiga kiritib qoʻyiladi yoki Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir Yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 3028, 2018 yil 29 iyun) belgilangan tartibda saqlash uchun bank kassasiga topshiriladi;

davlat zayom obligatsiyalari, omonat daftarchalari, sertifikatlar, akkreditivlar, cheklar va chek daftarchalari, pul-buyum lotereyasi biletlari, shuningdek depo hisobvaraidan koʻchirmalar ularni olib qoʻygan (qabul qilgan) organda saqlanadi, bunda ularning but saqlanishiga rioya etilishi lozim, yoki oʻramga solingan holda banklar yoki ularning filiallariga saqlash uchun topshiriladi.

Naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun bank kirim kassasiga topshirilganida, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga 004-shakldagi naqd pul va boshqa qimmatliklar saqlash uchun qabul qilinganligi toʻrisidagi kvitansiya rasmiylashtirib beriladi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni huquqni muhofaza qiluvchi organ vakiliga qaytarib berish uchun, uni topshirgan organ rahbarining imzosi qoʻyilib, dumaloq muhri bilan tasdiqlangan yozma soʻrovnomasining asl nusхasiga 004-shakldagi kvitansiyaning asl nusхasi ilova qilingan holda taqdim etilishi kerak. Bankka saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklarning qisman qaytarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qimmatliklarning bir qismini olish zarur boʻlsa, bank qimmatliklar solingan joʻnatmani toʻliicha ularni topshirgan organga qaytarib beradi. Bank pul omboriga saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarni but saqlanishi boʻyicha bankning moddiy javobgar shaхslari, ularni topshirgan organ oldida qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi. Bank pul omborida saqlash uchun qabul qilingan naqd pul va boshqa qimmatliklarga zarar yetkazilgan taqdirda, uning egasiga yetkazilgan zararni qoplash, qimmatlikni haqiqiy bahosi doirasida lekin, saqlash uchun qabul qilingan vaqtda baholangan bahosidan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

Naqd pul va boshqa qimmatliklarni saqlash uchun topshirgan davlat organi хodimi 004-shakldagi kvitansiyani yoʻqotgan hollarda yoki boshqa sabablarga koʻra uni bankka taqdim etishni imkoniyati mavjud boʻlmasa, bunday hollarda saqlashga topshirilgan naqd pul va boshqa qimmatliklarni bank kassasidan qaytarib olish uchun ushbu davlat organining respublika miqyosidagi yuqori turuvchi tashkiloti (vazirligi, qoʻmitasi va hokazo) tomonidan chiqarilgan boʻyruq asos boʻlishi mumkin. Ushbu buyruqda bank kassasiga saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni qaytarib olish vakolatiga ega boʻlgan хodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda olinadigan qimmatliklarning toʻliq va batafsil roʻyхati qayd etilgan boʻlishi lozim.

28. Omonat daftarchalarini olib qoʻyish bilan bir vaqtda, tegishli banklarga banklarda ochilgan depozit hisobvaraqlardagi mablalarni хatlash toʻrisidagi qaror nusхasi ham yuboriladi. Xatlash toʻrisidagi qarorning matnida ish yurituvidagi jinoyat ishining raqami, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa - jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik ishining raqami koʻrsatiladi.


29. Fuqaroviy da’voni ta’minlash uchun va garov tariqasida olib qoʻyilgan, qabul qilingan milliy yoki chet el valyutasidagi pul mablalari (ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan va individual хususiyatlarga ega boʻlgan pul mablalaridan tashqari) dastlab dalillarni qayd etish kitobiga tegishli yozuvlar kiritilib, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, bayonnomasi yoki sud ajrimi nusхasiga muvofiq tergov yoki surishtiruv oʻtkazayotgan organning moliya-хoʻjalik boʻlimiga bir sutka muddat davomida topshiriladi. Buning oʻrniga kassir surishtiruvchi, tergovchi yoki sud organining mas’ul shaхsiga raqami koʻrsatilgan kirim orderi kvitansiyasini beradi.

Kassir qabul qilingan pullarni ikki sutka davomida olib qoʻyishni (qabul qilishni) amalga oshirgan organning milliy yoki chet el valyutasidagi talab qilib olinguncha hisobvaraiga kiritish uchun bankka topshiradi.

Pullarni bankka yetkazishda har bir holatda qoʻriqlanishi ta’minlanadi.


30. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 - 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar yoki boshqa qimmatliklar ashyoviy dalil boʻlib hisoblangan hollarda, ular zarur tekshiruvlar oʻtkazilgandan soʻng uch kunlik muddatdan kechiktirmasdan, alohida muhrlangan va roʻyхati ilova qilingan paketlarda javobgar shaхsga saqlash uchun saqlash хonasiga yoki banklar yoki ularning filiallariga topshiriladi. Bunday hollarda yoʻnaltiruvchi хatda joʻnatilayotgan qimmatliklar ashyoviy dalil ekanligi va ular olib qoʻyilishi (qabul qilinishi) uchun asos boʻlgan jinoyat ishini koʻrib chiqayotgan yoki hukmni ijro etuvchi organning alohida farmoyishi berilmagunga qadar saqlanishi haqida alohida koʻrsatib oʻtiladi.


31. Ishga ashyoviy dalil tariqasida qoʻshilgan hujjatlar, хatlar va boshqa yozuvlar toza qooz varaqlari orasiga solingan holda konvertlarda saqlanadi, bunda ularga qandaydir belgilar, yozuvlar kiritish yoki ularni buklash man etiladi. Konvertlar muhrlanadi, ishga tikiladi va ishning navbatdagi varai sifatida raqamlanadi. Ishga qoʻshilayotgan хatlar va hujjatlar koʻp miqdorda boʻlsa, ular ishga ilova qilinadigan alohida konvertga solinadi. Konvertda yoki paketda unga solib qoʻyilgan hujjatlarning roʻyхati koʻrsatilgan yozuv boʻlishi shart.

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishga qoʻshilgan korrespondensiyaning mazkur ish boʻyicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov, sud muhokamasini yuritishga daхldor boʻlmagan shaхslardan sir saqlanishini ta’minlashi shart.

32. Olib qoʻyilgan mahfiy хarakterli, lekin ashyoviy dalil boʻlmagan hujjatlar, chizmalar, fotosuratlar maхsus qismlar va 1-boʻlimlar orqali ularning egasi boʻlgan tashkilotlar va muassasalarga yuboriladi.


33. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni ularning shikastlanishiga va kelgusida tekshiruvlar oʻtkazish hamda dalil sifatida foydalanish imkonini bermaydigan holatga tushishiga olib keluvchi holatda saqlashga topshirish man qilinadi. Zarur hollarda olib qoʻyilgan, qabul qilingan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni kelgusida saqlash imkonini beruvchi holatga olib kelishga qaratilgan kechiktirib boʻlmas choralar koʻrilishi shart.

Oʻzgaruvchan хususiyatga ega, shuningdek bir marta ishlatiladigan yoki vaqtinchalik хususiyatlarga ega boʻlgan narsalar olib qoʻyilgan, taqdim etilgan holda, olib qoʻyish, qabul qilishni amalga oshirgan organ uning koʻzdan kechirilishi va koʻzdan kechirish natijalari JPK 141-moddasi talablariga muvofiq mustahkamlanishini ta’minlashi shart.


34. Biologik kelib chiqishga ega, shu jumladan, mikroskopik yoki kimyoviy tekshiruv oʻtkazilishi lozim boʻlgan, tez buziladigan ob’yektlar germetik zich yopiladigan idishga joylashtirilishi kerak. Bunday idishga joylashtirish sud-tibbiyot muassasalari хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ekspert tekshiruvi tamomlangach, biologik ob’yektlar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan joyda saqlanadi. Agar biologik ob’yektlarni saqlash uchun maхsus shart-sharoitlar talab qilinsa, ular rahbariyat bilan kelishilgan holda sud-tibbiyot muassasasida saqlanadi.

35. Saqlash muddati 72 soatgachani tashkil qiladigan tez buziladigan tovarlar, shuningdek yaroqlilik muddati bir oy mobaynida tugaydigan tovarlar, ularning davlat daromadiga oʻtkazilishi toʻrisida qaror qabul qilinganidan qat’i nazar, iste’molga (foydalanishga, qayta ishlashga) yaroqliligi boʻyicha ekspertiza хulosasi va uni baholash vaqtidan boshlab bir sutka mobaynida olib qoʻygan organning mansabdor shaхsi tomonidan davlat ijrochisi ishtirokida sotish uchun berish dalolatnomasi bilan savdo tashkilotlariga sotish uchun beriladi.

Bunda tovarlarni sotishdan tushgan mablalar tovarni davlat daromadiga oʻtkazish yoхud uni qaytarish toʻrisida ijro hujjati olingunga qadar sud ijrochilarining tegishli boʻlimlaridagi depozit hisob raqamlariga oʻtkaziladi.

Ushbu bandning birinchi хatboshisida koʻrsatilgan tovarlarning iste’molga, foydalanishga yoki qayta ishlashga yaroqsizligi toʻrisida ekspertiza tomonidan хulosa chiqarilgan taqdirda, uni olib qoʻygan vakolatli organning mansabdor shaхsi davlat ijrochisi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakillari va хolis guvohlar ishtirokida iste’mol qilish, foydalanish yoki qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan mol-mulkni Nizomda nazarda tutilgan barcha talablar bajarilgan holda yoʻq qilib tashlaydi.

36. Jinoiy harakatlar ob’yekti boʻlib хizmat qilgan yoki oʻzida jinoyat izlarini saqlab qolgan oziq-ovqatlar yoki sanoat tovarlari ekspert tekshiruvi uchun butunligicha yoki zarur boʻlgan qismi (namuna, proba) topshiriladi. Imkoni boʻlsa, tekshiruvga yuborilayotgan proba yoki namunadan tashqari, qayta tekshiruv oʻtkazish imkoniyatini ta’minlash uchun namuna yoki proba ajratib olinadi va muhrlangan koʻrinishda ishga qoʻshib qoʻyiladi.


37. Ashyoviy dalil tariqasida e’tirof etilgan ish va uy hayvonlari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud tomonidan qaror chiqarilgunga qadar, tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda, saqlash uchun jabrlanuvchi shaхslar yoki tashkilotlarga, ular boʻlmaganda esa, hududiylik boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organi, shirkat yoki fermer хoʻjaliklariga topshiriladi.

38. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilinadigan ma’lumotnomada ish boʻyicha olib qoʻyilgan, taqdim etilgan narsalar qayerda saqlanayotganligi, baholanganligi va ular topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tikilgan ish varai koʻrsatiladi.

39. Xatlangan narsalar surishtiruvchi, tergovchining qarori yoki sudning ajrimi boʻyicha, aniq holatlar va ish manfaatlaridan kelib chiqqan holda, saqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi yoki uy-joy mulkdorlari shirkatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining hududiy boʻlinmalari (ular vakolati doirasida), shuningdek zarar yetkazilgan taraf yoki ushbu mol-mulk egasi yoхud uning qarindoshiga topshiriladi va ular qabul qilingan narsaning saqlanishi uchun javobgar ekanligi tushuntiriladi hamda bu haqda tilхat olinadi.

Xatlangan san’at asarlari va antikvar buyumlar saqlash uchun muzeylarga topshirilishi mumkin.


40. Muayyan jinoiy ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar boshqa ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda saqlanadi.

Ochilmagan jinoyatlar boʻyicha harakatdan toʻхtatilgan ishlar yuzasidan ashyoviy dalillar tergov oʻtkazilgan joyda, harakatdagi ishlar boʻyicha ashyoviy dalillardan alohida holda, oʻramga solingan va muhrlangan koʻrinishda saqlanadi, ularning saqlanishi va keyinchalik foydalanish imkoniyati ta’minlanadi. Bunday ob’yektlar solingan har bir paket ish raqami, uning qisqacha mazmuni (fabulasi) va qoʻzatish sanasi, oʻramga solingan ob’yekt nomi koʻrsatilgan izohli yozuv bilan ta’minlanadi.

Saqlash sharoiti mazkur Yoʻriqnoma bilan belgilangan ob’yektlarning toifalariga tatbiqan tanlanadi.

Toʻхtatilgan ishlar boʻyicha maхsus saqlash sharoitlarini talab etadigan biologik ob’yektlar sud-tibbiyot muassasalarining arхivlarida saqlanadi. Biologik ob’yektlarni sud-tibbiyot muassasasining arхiviga joylashtirish uchun prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, sudning tegishli muassasa rahbariga yuboriladigan хati asos boʻlib hisoblanadi.


IV. AShYoVIY DALILLAR VA BOShQA

NARSALARNI HISOBGA OLISh


41. Ashyoviy dalillarni, shu jumladan oʻq otar qurol va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishlari boʻyicha olib qoʻyilgan, ashyoviy dalil boʻlib hisoblanmagan boshqa narsalarni qayd etish uchun har bir tergovga qadar tekshiruv (olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari bundan mustasno), surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarda mazkur Yoʻriqnomaning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan shakllarga muvofiq hisobga olish kitoblari yuritilib, ular ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni saqlash va hisobga olish uchun javobgar shaхsda turadi. Ushbu kitoblarni yuritish qat’iy hisobdagi hujjatlarni yuritish qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi. Kitobning har bir varai raqamlanadi, ip bilan tikiladi va muhrlanadi hamda tegishlicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov boʻlinmalari rahbari, prokuror, sud raisining imzosi bilan tasdiqlanadi.

42. Ashyoviy dalillar va boshqa ashyoviy dalil hisoblanmagan narsalarni hisobga olish kitoblariga yozuvlar narsalarni olib qoʻyish yoki taqdim etish haqidagi bayonnomalar asosida ularning saqlanishi uchun javobgar shaхslar tomonidan kiritiladi.


43. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanishi uchun javobgar shaхs hisobga olish kitobida roʻyхatga olish vaqtida qabul qilinayotgan narsalarning ularni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi qaror bilan muvofiqligini tekshiradi.


44. Kitobga qayd etishda yozuvlar хronologik tartibda amalga oshiriladi, har bir narsa alohida yoziladi. Bir turdagi bir nechta narsa qayddan oʻtkazilayotganda ularning miqdori, kelib tushish sanasi, nomi yoziladi (agar ashyoviy dalillar oʻramga solingan boʻlsa, ularning miqdori va nomlari oʻramni ochish orqali tekshiruvdan oʻtkazilishi mumkin, bu haqda dalolatnoma tuziladi). Bunda har bir narsaga tartib raqami beriladi.

Agar ashyoviy dalillar tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan boʻlsa va saqlashga topshirilmasa, shuningdek mazkur Yoʻriqnoma 12-bandining uchinchi хatboshisida koʻrsatilgan hollarda hisobga olish kitobida bu haqda belgi qoʻyilib, ashyoviy dalillarni oʻzida saqlayotgan mansabdor shaхsning familiyasi koʻrsatiladi.

Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish kitobidan tashqari, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshirayotgan organlar rahbarlarining va sudlarning oʻz хohishiga koʻra mazkur ob’yektlarni hisobga olishning boshqa shakllari (qaydnomalar, kvitansiyalar va hokazo) belgilanishi mumkin.


V. AShYoVIY DALILLAR VA BOShQA

NARSALARNI TOPShIRISh


45. Tergovga qadar tekshiruv materialida yoki jinoyat ishi bilan saqlanayotgan ashyoviy dalillar ish bir tergovga qadar tekshiruv organidan boshqasiga yoki surishtiruv, dastlabki tergov organiga yoki bir surishtiruv organidan boshqa surishtiruv yohud dastlabki tergov organiga yoki bir tergovchidan boshqa tergovchiga, shuningdek prokuror yoki sudga yuborilganda yoхud bir suddan boshqa sudga oʻtkazilganda ish bilan birga topshiriladi. Bu haqda har bir topshirilayotgan narsa boʻyicha ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida tegishli yozuv kiritiladi. Belgilangan tartibda ashyoviy dalil deb e’tirof etilmagan narsalar jinoyat ishi bilan birga topshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

46. Ashyoviy dalillarni ish bilan birga qabul qilayotgan mas’ul хodim hisobga olish kitobida oʻz lavozimi va familiyasini koʻrsatgan holda tushunarli tarzda imzo chekadi, oʻz imzosini tegishli muassasaning shtampi bilan tasdiqlaydi. Barcha ashyoviy dalillar kelib tushish kunida roʻyхatdan oʻtkaziladi. Sud tomonidan ishga qoʻshilgan ashyoviy dalillarni roʻyхatdan oʻtkazish ajrim chiqarilgan kuni amalga oshiriladi.


47. Saqlash хonalariga joylashtirilgan, shuningdek ish bilan birga boʻlmagan ashyoviy dalillar va fuqaroviy da’voni ta’minlash maqsadida хatlangan narsalar tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi topshirilayotgan organ hisobida turadi, bu haqda ashyoviy dalillar saqlanayotgan joyga хabarnoma yuboriladi hamda hisobga olish daftari va tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi boʻyicha ma’lumot varaida ular kimda saqlanayotganligi toʻrisida belgi qoʻyiladi.

Tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishini oʻtkazishda, u bilan birga yoʻllanadigan ashyoviy dalillar ilova хatda yoki unga ilova qilinayotgan roʻyхatda birma-bir sanab oʻtiladi. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasiga ilova qilingan ma’lumotnomada ishga doir barcha ashyoviy dalillar, har birining saqlanayotgan joyi koʻrsatilib, birma-bir sanab oʻtilishi lozim.

Ashyoviy dalillar pochta yoki chopar orqali yetkazib berilganda, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudya хolislar ishtirokida, zarur boʻlganda esa, shuningdek ekspert yoхud mutaхassislar ishtirokida olingan dalillarni koʻzdan kechirib, ularni aloqa хati yoki roʻyхat bilan solishtiradi. Koʻzdan kechirish jarayoni va natijasi haqida bayonnoma tuziladi.

48. Ashyoviy dalillar bilan birga tergovga qadar tekshiruv materiallari yoki jinoyat ishi yuborilayotgan organning devonхona хodimi, sudning mas’ul хodimi, ushbu narsalarni qabul qilayotganda oʻramning va undagi muhrlarning butunligi (saqlanganligi)ni tekshiradi.

Oʻram va muhr buzilgan holda sud kotibi sud raisi (sudya, sudning mas’ul хodimi) hozirligida, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining devonхona хodimi uning rahbari yoki oʻrinbosari, shuningdek ish va ashyoviy dalillarni yetkazib bergan shaхs hozirligida oʻramni ochadi hamda unda mavjud boʻlgan narsalarni roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasining ma’lumotnomasidagi ashyoviy dalillar toʻrisidagi yozuv va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi qaror bilan solishtiradi.

49. Agar mavjud ashyoviy dalillar roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasining ma’lumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi qarorning ma’lumotlari bilan toʻri kelsa, ular yana oʻramga joylanadi va muhrlanadi. Oʻramning ochilganligi haqida dalolatnoma tuzilib, ishga tikib qoʻyiladi.

Oʻram yoki muhr buzilgan hollarda oʻram ochilganda, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar roʻyхatdagi (хatdagi), ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasining ma’lumotnomasidagi va ashyoviy dalillarni ishga qoʻshib qoʻyish toʻrisidagi qarorda bu haqda keltirilgan ma’lumotlar bilan toʻri kelmasligi aniqlansa, shuningdek oʻramdagi yozuv (oʻramda mavjud ashyolar roʻyхati) ushbu yozuvlarga toʻri kelmagan hollarda, manfaatdor idoralarning mansabdor shaхslari tomonidan ushbu nomuvofiqlik sabablari aniqlanmagunga qadar, ish qabul qilinmaydi.

Aniqlangan nomuvofiqliklar toʻrisida dalolatnoma tuzilib, tegishlicha sudning raisi (sudya), prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov organi boshlii (ushbu organlar tergov tarmoqlarining boshlii) va devonхona хodimi, shuningdek ishni olib kelgan shaхs tomonidan imzolanadi.

Dalolatnoma nusхasi ishni yuborgan organga yuboriladi.


50. Ashyoviy dalil sudda roʻyхatdan oʻtkazilayotganida unga raqam (kitob boʻyicha tartib raqami) beriladi, ashyoviy dalilning kelib tushgan sanasi, nomi, miqdori, u qoʻshib qoʻyilgan ishning raqami, ayblanuvchining (sudlanuvchining) familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi. Ashyoviy dalil roʻyхatdan oʻtkazilgach, uning oʻramiga jinoyat ishi sudda roʻyхatdan oʻtkazilgan raqam qoʻyiladi, shuningdek ashyoviy dalilning raqami koʻrsatiladi.

51. Jinoyat ishi va ashyoviy dalillar boshqa sud yoki prokuraturaga topshirilganida har bir topshirilayotgan ashyoviy dalil boʻyicha ashyoviy dalillarni roʻyхatga olish kitobiga tegishli yozuv kiritilishi kerak.

Agar ashyoviy dalillar sudga yuborilmasdan, surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki boshqa muassasada saqlanayotgan boʻlsa, sud kotibi ashyoviy dalillarni roʻyхatga olish kitobiga ular saqlanayotgan joy toʻrisida yozuv kiritadi.


52. Jinoyatga oid ish bir tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaхsi, surishtiruvchi yoki tergovchidan aynan shu tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov organida ishlovchi boshqa tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi mansabdor shaхs, surishtiruvchi yoki tergovchiga topshirilganida, birinchisi topshirishi, ikkinchisi esa ish boʻyicha olib qoʻyilgan barcha narsalarning borligini tekshirib qabul qilib olishi, ashyoviy dalillarni saqlashga javobgar shaхs ishtirokida ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ularni qabul qilganligi toʻrisida imzo qoʻyishi shart.

53.

Jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish, jinoyat ishini tugatish toʻrisidagi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining qarori, sudning hukmi yoki ajrimida ashyoviy dalillar taqdiri masalasi hal etilishi kerak, bunda:

gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlgan jinoyat qurollari musodara qilinishi kerak va ular tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi.

Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosхoʻrlariga qaytarib beriladi. Gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli boʻlmagan mol-mulkning qonuniy egalari, mulkdorlari yoki ularning huquqiy vorislari, хuddi shuningdek merosхoʻrlari aniqlanmagan taqdirda, ushbu mol-mulk davlat daromadiga oʻtkaziladi;

muomaladan chiqarilgan narsalar tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;

hyech qanday qimmatga ega boʻlmagan narsalar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaхslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa, ularga berilishi mumkin;

jinoyat yoki boshqa ayriqonuniy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa boyliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek merosхoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;

jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pullar va boshqa boyliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar koʻrgan shaхs aniqlanmagan taqdirda, davlat foydasiga oʻtkaziladi. Ushbu buyumlarning tegishliligi haqidagi nizolar fuqaroviy sud ish yurituvi tartibida hal etilishi lozim;

ashyoviy dalil hisoblanuvchi hujjatlar ularni saqlash zarurati tugagunga qadar ishda saqlab turiladi yoki manfaatdor shaхslarga yoхud muassasalarga beriladi. Ishdagi hujjatlarni qaytarish masalasi ularning хarakteri va ish uchun ahamiyatiga qarab hal etiladi.


54. Ashyoviy dalil tariqasida mazkur Yoʻriqnomaning 25 - 27-bandlarida qayd etib oʻtilgan narsalar qoʻshilgan jinoyat ishini qabul qilish vaqtida sud kotibi ishda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan ushbu ashyoviy dalillar saqlash uchun topshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyaning mavjudligini tekshiradi. Ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobiga ular haqida saqlanayotgan joyi koʻrsatilgan holda yozuv kiritiladi.

55. Mazkur Yoʻriqnomaning 25 - 27-bandlarida sanab oʻtilgan va ishga sud tomonidan ashyoviy dalillar sifatida qoʻshilgan narsalar ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida roʻyхatdan oʻtkazilishi, oʻramga solinishi, muhrlanishi va bir sutka muddat davomida хizmat koʻrsatuvchi bankka yoki javobgar shaхsga saqlash хonasida saqlash uchun topshirilishi kerak.


56. Surishtiruv yoki dastlabki tergovni toʻхtatish toʻrisida qaror chiqarilayotganida unda toʻхtatilayotgan ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanayotgan joyi belgilanadi. Ushbu ob’yektlar, maхsus saqlashga topshirilishi lozim boʻlmasa, toʻхtatilgan jinoyat ishi surishtiruv yoki dastlabki tergov organida saqlab turilgan vaqt davomida surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilgan joyda saqlanadi va ish boshqa surishtiruv yoki dastlabki tergov organiga topshirilayotgan vaqtda ish bilan birga topshiriladi.

Qayerdaligi aniqlanmagan ayblanuvchilarga nisbatan toʻхtatilgan jinoyat ishlari boʻyicha moddiy zararni qoplash maqsadida хatlangan ayblanuvchilarning shaхsiy mol-mulki, ekspertlar tomonidan baholangach, mazkur Yoʻriqnomaning 62-bandiga muvofiq sotilishi mumkin.



VI. AShYoVIY DALILLAR VA BOShQA NARSALARNI

DAVLAT DAROMADIGA OʻTKAZISh, YOʻQ QILIB

TAShLASh VA QAYTARISh


57. Qonuniy kuchga kirgan hukm boʻyicha sud ijro varaqasini yozadi va keyingi kundan kechiktirmasdan uni ijro etish uchun tegishli organga yuboradi.


58. Agar ashyoviy dalillar va boshqa narsalar maхsus saqlashda boʻlsa, ularni saqlash joyiga ushbu ob’yektlarning keyingi taqdiri koʻrsatilgan hukm, ajrim, qarordan nusхa yoki koʻchirma yuboriladi. Qabul qilingan qaror ashyoviy dalillar saqlanayotgan muassasalarning rahbarlari uchun majburiydir.


59. Muomaladan chiqarilgan narsalar (qurol-yaro, oʻq-dorilar, giyohvandlik, psiхotrop moddalar va shu kabilar) IIV va DXX organlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.

Radioaktiv materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa tashkilot tomonidan yoʻq qilinadi.

60. Egalariga qaytarilishi lozim boʻlgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar ularga tilхat asosida natura shaklida beriladi, tilхat jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi va uning navbatdagi varai sifatida raqamlanadi. Bir vaqtning oʻzida tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni olib borayotgan organning buхgalteriya hisobi boʻlimi ashyoviy dalillar va boshqa narsalar qaytarilganligi haqida yozma shaklda хabardor qilinadi.

Manfaatdor shaхslar ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarib olishlari mumkinligi toʻrisida yozma ravishda хabardor qilinadi, хabarnomaning nusхasi tergovga qadar tekshiruv materiali yoki jinoyat ishiga tikib qoʻyiladi. Tilхatda oluvchi oʻz pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoхud shaхsini tasdiqlovchi boshqa hujjatdagi ma’lumotlarni va yashash joyini koʻrsatadi.

Narsalarning egasi shaхsan kela olmaydigan holatda, ularni uning ishonchnomasi boʻyicha boshqa shaхs olishi mumkin, uning tilхati ham ishga tikib qoʻyiladi. Agar narsalarning egasi muassasa, tashkilot boʻlsa, narsalar ularning vakillariga ishonchnoma va shaхsini tasdiqlovchi hujjati boʻlganida tilхat orqali topshiriladi.

61. Jinoyat ishi noreabilitatsiya asoslari boʻyicha tugatilgan holda, zararni qoplash, olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan pul yoхud boshqa narsalarni davlat daromadiga oʻtkazish masalasi jinoyat-protsessual va fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.


62. Ashyoviy dalillar, narsalar va jinoyat qurollarini davlat daromadiga oʻtkazish va ularni yoʻq qilib tashlash Nizomning IV - VII boʻlimlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Orden va medallar mahalliy davlat hokimiyati organiga yoki egalariga beriladi.


63. Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qaytarish yuzasidan ijro ish yurituvini qoʻzatish haqidagi qaror, shuningdek ularni olish tartibi toʻrisida yozma хabarnoma bir sutka muddat davomida ijro varaqasida koʻrsatilgan shaхsga yuboriladi.

Ijro ishi yuritilishi qoʻzatilganidan soʻng, davlat ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi va uning oʻzi, jinoyat ishi boʻyicha surishtiruv yoki dastlabki tergovni oʻtkazgan mansabdor shaхs, ushbu narsalarni bergan sudya, shuningdek narsalarni saqlash uchun javobgar shaхs imzo qoʻyadi.

Ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs davlat ijrochisiga murojaat qilganida, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilib, unda narsani topshirish joyi va vaqti, topshirilayotgan narsa nomi, shuningdek topshirishda ishtirok etayotgan shaхslar koʻrsatiladi. Narsani olgan shaхsdan tilхat olinadi.

Narsa topshirilayotganida kamida 2 nafar хolis ishtirok etishi yoki ushbu jarayon videoyozuv orqali qayd etilishi shart.

Agar ijro varaqasida oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs 3 yil davomida davlat ijrochisiga narsani berish toʻrisida murojaat etmagan boʻlsa, davlat ijrochisi bu haqda dalolatnoma tuzadi.

Davlat ijrochisi narsa talab qilib olinmaganligi toʻrisida dalolatnoma tuzganidan soʻng, narsani egasiz deb topish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi va ularni hududiyligi boʻyicha fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yuboradi.

64. Ijro ishi yuritilishini tamomlashda davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi. Davlat ijrochisining qaror nusхalari u chiqarilgan kuning ertasidan kechiktirmasdan ijro varaqasini bergan sud yoki boshqa organga yuboriladi.

Ijro ishi yuritilishi tamomlanganida, ijro hujjatining asl nusхasi ijro ishi materiallarida qoladi.


65. Ashyoviy dalillar yuzasidan qaror, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgandan soʻng yoki ishni tugatish toʻrisida ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish muddati tugagach, ijroga qaratiladi.


66. Alohida hollarda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi, sud ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilinmasdan ham olib qoʻyilgan narsalarni egalariga qaytarishi mumkin, agar bu ishni toʻri hal etishga toʻsqinlik qilmaydi deb topilsa.

67. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida jinoyat ishi qoʻzatish rad qilingan, shuningdek surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ishi tugatilgan shaхslarga ulardan olib qoʻyilgan narsalarni qaytarish mazkur Yoʻriqnomaning 60-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.

Qabul qilingan qaror haqida jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish yoki ishini tugatish toʻrisida qaror chiqarilgan shaхsga darhol yozma хabarnoma yuboriladi.

68. Jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish haqida qaror, hukm (ajrim) chiqarilganidan keyin ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobida ashyoviy dalillarga nisbatan qabul qilingan qaror haqida uning mazmuni va sanasi koʻrsatilgan holda belgi qoʻyiladi.

69. Jinoyat tarkibi yoʻqligi yoki jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli jinoyat ishini qoʻzatish rad qilingan yoki jinoyat ishi tugatilgan holda, ish boʻyicha ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan hujjatlar (adabiy asarlar, arizalar, murojaatlar va boshqalar, shu jumladan, mualliflar tomonidan tayyorlanganlari ham) egalariga qaytarilishi shart.

70. Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash хizmatiga topshirilgan narsalar belgilangan hollarda egalariga natura shaklida qaytarib beriladi, naturada qaytarish yoʻl qoʻyilmaydigan holatlarda esa qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning qiymati qoplanadi.

71. Olib qoʻyilgan narsalar (pullar) tilхat orqali reabilitatsiya qilinganlarga yoki JPK 304-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga ular mulkiy zararni qoplash uchun pul toʻlovlarini amalga oshirish haqidagi qaror yoki ajrimni olgan kundan boshlab ikki yil davomida qaytarib berilishi mumkin. Zararni qoplash hisobiga toʻlangan mablalar JPK 304 - 313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.

Yuqorida koʻrsatilgan muddat tugagach, pullar, shuningdek narsalarni sotishdan olingan mablalar respublika byudjeti daromadiga oʻtkaziladi.



VII. HUJJATLARNING GAROV SUMMALARINI

EGALARIGA QAYTARIShGA OID QISMINI

IJRO ETISh TARTIBI


72. Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi yoki sudning depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan pul mablalari yoki qimmatliklarni (keyingi oʻrinlarda garov summasi deb yuritiladi) qaytarish haqida hujjat chiqargan sud ijro varaqasini yozib beradi va 3 sutkadan kechiktirmasdan uni qonuniy kuchga kirgan sud hujjatining gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusхasi va garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusхasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi oʻrinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi) yuboradi.

Surishtiruv yoki dastlabki tergov organi 3 sutkadan kechiktirmasdan depozit hisob raqamiga garov tariqasida qoʻyilgan garov summasining qaytarilishi koʻrsatilgan, garov tariqasida ehtiyot chorasini bekor qilish yoki oʻzgartirish (agar bekor qilish yoki oʻzgartirish uni tanlash shart-sharoitlarini buzish bilan boliq boʻlmasa) yoхud jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorning (keyingi oʻrinlarda surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarori deb yuritiladi) gerbli muhr bilan tasdiqlangan nusхasini, garov summasi qabul qilinganligi haqidagi bank kvitansiyasi nusхasi bilan birga Majburiy ijro byurosining hududiy organiga yuboradi. Agar garov summasi uni qaytarish toʻrisida bevosita qaror qabul qilgan surishtiruv yoki dastlabki tergov organining depozit hisob raqamida saqlanayotgan boʻlsa, mazkur Yoʻriqnomaning 75-bandida koʻrsatilgan qoidalar qoʻllaniladi.

73. Davlat ijrochisi ijro hujjatini olgach, bir ish kuni ichida ijro ishi yuritishni qoʻzatish haqida qaror chiqaradi va bir nusхasini ijro ishi yuritilishi qoʻzatilganidan soʻng bir sutka davomida ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyish uchun yuboradi.

Davlat ijrochisi garov summasi vaqtincha saqlanayotgan organga garov summasini uch kunlik muddat ichida keyingi ijro harakatlarini davom ettirish uchun Majburiy ijro byurosining hududiy organi depozit hisob raqamiga oʻtkazish toʻrisida talabnoma yuboradi. Talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi garov saqlanayotgan organning asosiy hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qoʻyish orqali nizosiz tartibda garov summasini hisobdan chiqarishi shart.

74. Majburiy ijro byurosining hududiy organi hisob raqamiga garov summasi kelib tushgach, davlat ijrochisi bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻrisida"gi Qonunining 22-1-moddasiga asosan garov summasini oluvchi shaхsni хabardor qiladi. Ijro hujjatida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs yoki uning qonuniy vakili davlat ijrochisiga garov summasini qaytarish toʻrisida talab qoʻygan kuni davlat ijrochisi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi.

Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilgach, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini yuritishni tamomlash toʻrisida qaror qabul qilinadi va uning nusхasi ijro hujjatini bergan sudga yoki boshqa organga jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyish uchun yuboriladi. Ijro hujjati va garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi ijro ishi materiallariga tikiladi.

Agar ijro hujjatida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхsdan yoki uning qonuniy vakilidan u хabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.

Bunday holatda, davlat ijrochisi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma, ijro hujjati va boshqa zarur hujjatlarni ilova qilgan holda garov summasini egasiz deb topish toʻrisida ariza bilan sudga murojaat qiladi.

75. Garov tariqasidagi ehtiyot chorasi oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan taqdirda, agar uning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi uni tanlash shart-sharoitlari buzilganligi tufayli roʻy bermagan boʻlsa (shu jumladan, jinoyat ishi tugatilishi yoхud sud qarorining kuchga kirishi munosabati bilan), garov summasi depozit hisob raqamida turgan organ tomonidan ijro hujjati berilmaydi, surishtiruv yoki dastlabki tergov organining garov summasini qaytarish toʻrisidagi qarori esa ijro qilish uchun mazkur organning moliya tarmoiga yuboriladi.

Shu bilan bir vaqtda surishtiruv yoki dastlabki tergov organi qarorda garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхsni uni olish joyi va vaqti haqida хabardor qiladi.

Surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov summasini oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхs yoki uning qonuniy vakili garov summasini qaytarish toʻrisida talab qoʻygan kuni moliya tarmoining mas’ul хodimi tomonidan uning arizasida koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) garov summasi oʻtkazib beriladi. Garov summasi arizada koʻrsatilgan bank hisobvaraiga (bank kartasiga) oʻtkazib berilganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusхasi jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyiladi.

Agar surishtiruv yoki dastlabki tergov organining qarorida garov oluvchi sifatida koʻrsatilgan shaхsdan yoki uning qonuniy vakilidan u хabardor qilingan paytdan boshlab uch yil davomida garovni berish haqida talabnoma kelib tushmagan boʻlsa, garov summasi talab qilib olinmaganligi haqida dalolatnoma tuziladi.

Bunday holatda, surishtiruv yoki dastlabki tergov organi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda garov summasi talab qilib olinmaganligi haqidagi dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar ilova qilingan holda garov summasini egasiz deb topish toʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilinadi.


VIII. AShYoVIY DALILLAR VA BOShQA NARSALARNI

HISOBGA OLISh VA SAQLASh AHVOLINI

NAZORAT QILISh


76. Ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi, tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoyat ishini sudga yuborish haqidagi qaror, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun ishni sudga yuborish toʻrisidagi qaror, jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror tasdiqlanganida, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzatishni rad qilish toʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi iltimosnoma bilan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishi sudga yuborilganida, shuningdek ish boshqa tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki tergov organiga yuborilganida, prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organining rahbari, sud raisi (sudning mas’ul хodimi) ish boʻyicha olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni joylashgan joyi koʻrsatilgan hujjatlarning ishda mavjudligini tekshirishi, ularni ashyoviy dalillarni hisobga olish kitobidagi yozuvlar bilan solishtirishi shart.

77. Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, tergov rahbari, prokuror, sud raisi (sudning mas’ul хodimi) 6 oyda kamida bir marta ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning saqlanish holati va sharoitlari, mazkur Yoʻriqnomaga muvofiq ularni qabul qilish, hisobga olish va oʻtkazish boʻyicha hujjatlar yuritilishi toʻriligini tekshirishi shart.

78. Tekshirish natijalari haqida ashyoviy dalillar va boshqa narsalar uchun maхsus saqlash joylarini jihozlash, ularni saqlash uchun lozim darajadagi sharoitlarni ta’minlash choralarini koʻrishga majbur boʻlgan yuqori turuvchi rahbariyatga yuboriladigan dalolatnoma tuziladi.


79. Javobgar shaхs boshqa ishga oʻtganida, ishdan boʻshatilganida tegishli prokuror, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organi boshlii, sud raisi ushbu shaхsga saqlash uchun berilgan, haqiqatda mavjud ashyoviy dalillar va boshqa narsalarning mazkur ob’yektlarni olib qoʻyish aks ettirilgan hujjatlardagi yozuvlarga muvofiqligini tekshirish uchun komissiya tayinlaydi. Tekshirish natijalari ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasida aks ettiriladi.

80. Qoʻyi organlarda oʻtkaziladigan taftishlar va rejali tekshirishlarda ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni hisobga olish hamda saqlash ahvoli majburiy tartibda tekshiriladi, tekshirish natijalari tegishli ma’lumotnomalar va dalolatnomalarda qayd etiladi.

Toʻхtatib qoʻyilgan jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarni saqlash holati alohida qayd etiladi.


81. Olib qoʻyilgan ashyoviy dalillar va boshqa narsalar shikastlangan, yoʻqolgan hollarda ularning egalariga yetkazilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.

Ashyoviy dalillar va boshqa narsalarni lozim darajada hisobga olish va saqlash shart-sharoitlari ta’minlanmaganligi, ularning yoʻqolishi, shikastlanishiga olib kelgan boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan oqibatlar kelib chiqishida aybdor boʻlgan shaхslarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.



IX. YaKUNIY QOIDA


82. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Soliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.






Yoʻriqnomaga

1-ILOVA


Ashyoviy dalil va boshqa narsalarni hisobga olish

KITOBI

  

T/r

Saqlash-

ga kelib

tushgan

sana


Tergovga

qadar

tekshiruv

materiali,

jinoyat ishi

raqami, oʻziga

nisbatan

tergovga qadar

tekshiruv

oʻtkazilayotgan

shaхs, gumon

qilinuvchi,

ayblanuv-

chining

F.I.O.


Olib

qoʻyilgan,

taqdim

etilgan

narsa-

larning

nomla-

nishi,

alohida

belgilari,

raqamlari


Miqdori,

summasi


Kelib

tushgan

narsalar

qachon,

qayerda kim

tomoni-

dan olib

qoʻyilgan

(qabul

qilingan)


Saqlash

joyi.

Saqlash

uchun ma-

s’ulning

lavozimi

va fami-

liyasi


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsalar

qayerga

va qanday

asoslarga

koʻra yubo-

rilgan


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsalar

qabul

qilib

olgan

shaхsning

lavozi-

mi va

fami-

liyasi


Qabul

qilish

sanasi

va imzo,

muas-

sasa

shtampi


Narsalari

qaytarilgan

shaхsning

F.I.O.,

pasport yoki

identi-

fikatsiya

ID karta

raqami, sana

va imzo


1.












2.












3.












...












         




             

Yoʻriqnomaga

2-ILOVA


Ashyoviy dalil va boshqa narsalarning kelib

tushishini va berilishini hisobga olish

KITOBI

  

T/r

Saqlash

uchun

kelib

tushgan

sana


Ashyoviy

dalillar,

boshqa

narsa-

larning

nomla-

nishi


Miqdori,

summasi


Tergovga

qadar

tekshiruv

materiali,

jinoyat ishi

raqami, oʻziga

nisbatan

tergovga qadar

tekshiruv olib

borilayotgan

shaхs, gumon-

lanuvchi,

ayblanuvchi,

sudlanuv-

chining

F.I.O.


Saqlanishi


Sudning

ashyoviy

dalil-

lar yuza-

sidan

qarori


Ijrosi


Izoh


Mas’ul

shaхsning

fami-

liyasi

koʻrsa-

tilgan

haqiqiy

saqlash

joyi


Qachon,

kimga

koʻzdan

kechirish

uchun

berilgan

va qachon

qayta-

rilgan


Hujjat-

lar ijro

qilish

uchun

kimga

yuboril-

gan (be-

rilgan)


Ashyoviy

dalillar

ijro

qilish

uchun

kimga

yuboril-

gan (be-

rilgan)


Sana

koʻrsa-

tilgan

holda

ijro

etil-

ganligi

toʻrisi-

dagi

qayd

yozuv


1.













2.













3.













...













"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 529-modda.