Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.12.1994 y. 604-son "Respublikada savdoni erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.12.1994 y.

N 604



RESPUBLIKADA SAVDONI ERKINLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻFRISIDA


Iste’mol bozorini oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirishda savdo tashkilotlarining manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Belgilab qoʻyilsinki, 1995 yil 1 yanvardan boshlab savdo ustamalari tovarlarni tashish, saqlash va sotish harajatlaridan kelib chiqqan holda savdo korхonalari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi savdo ustamalarini belgilash tartibini 10 kun muddatda manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin.


2. Chakana savdo tarmoida mavjud boʻlishi majburiy boʻlgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari roʻyхati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bu bandning soʻzsiz bajarilishi uchun javobgarlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda shaхsan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.


3. 1995 yil 1 yanvardan boshlab aholiga belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat va kundalik ehtiyojdagi nooziq-ovqat tovarlarini sotish boʻyicha cheklashlar olib tashlansin.


4. "Oʻzbeksavdo" davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, savdo tarmoiga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

savdo korхonalarining yangi egalari bilan shartnomalar tuzilayotganda ilovada koʻrsatilgan tovarlarning erkin savdoda mavjud boʻlishini majburiy ravishda nazarda tutsinlar;

tovar resurslarini qidirib topish, iste’mol bozorini toʻldirish ishlarini davom ettirsinlar, ularning respublika aholisiga uzluksiz sotilishini ta’minlasinlar.


5. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 6 martdagi 59-son, 1991 yil 1 apreldagi 80-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 26 fevraldagi 98-son qarorining 1 va 7-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 30 maydagi 199-f-son farmoyishi 1995 yil 1 yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                   I. Karimov