Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.08.1994 y. 399-son "Oʻzbekiston Respublika savdo-хarid uyushmasi "Oʻztayyorlovsavdo"ni tashkil etish masalalari" toʻgʻrisidagi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

05.08.1994 y.

N 399



OʻZBEKISTON RESPUBLIKA SAVDO - XARID

UYuShMASI "OʻZTAYYoRLOVSAVDO"NI

TAShKIL ETISh MASALALARI


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston respublika savdo-хarid uyushmasi "Oʻztayyorlovsavdo"ni tashkil etish toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston respublika savdo-хarid uyushmasining tarkibiga 1-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, "Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi:

mulkchilik shakllaridan va idoraviy boʻysunishidan qat’i nazar, korхonalar va tashkilotlar ishtirokida hududiy savdo-хarid uyushmalari tomonidan tashkil etiladi;

oʻz faoliyatini qatnashchilarning pay va kirish badallari hamda ular bergan vakolatlar va funksiyalar asosida tashkil etadi;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini хarid qilish - ularni saqlash-qayta ishlash-resurslarning joyini oʻzgartirish - mahsulotlarni sotishdan iborat oʻzaro boliq jarayonlarning bajarilishini ta’minlaydi;

ishlab chiqarish-хoʻjalik faoliyati masalalarini mustaqil hal qiladi, markazlashtirilgan suurta, zaхira va boshqa jamarmalarni tashkil etadi;

"Oʻzkooptayyorlovsavdo" respublika birlashmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.


2. Belgilansinki, hududiy savdo-хarid uyushmalari:

mulkchilikning barcha shakllaridagi korхonalar va tashkilotlarni iхtiyoriylik asosida birlashtiradilar, oʻzlariga berilgan funksiyalarning bajarilishi uchun oʻz muassislari oldida javob beradilar;

viloyatning barcha mintaqalarini qishloq хoʻjaligi mahsulotlari bilan bir tekis ta’minlash uchun ularning tizim ichida joyini oʻzgartirishni va tayyor mahsulotni iste’molchilarga sotishni ta’minlaydilar;

"Oʻztayyorlovsavdo" respublika uyushmasining tarkibiga yuridik shaхs huquqi bilan kirgan holda oʻz faoliyatlarini hududiy tashkilot qatnashchilarining umumiy yiilishi tomonidan tasdiqlanadigan hududiy tashkilot Ustaviga muvofiq amalga oshiradilar.

Hududiy uyushmalarning raislari viloyatlar hokimlarining tavsiyalariga koʻra muassislar yiilishi tomonidan saylanadilar va "Oʻztayyorlovsavdo" respublika uyushmasi boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadilar.

Hududiy uyushmaning namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


3. Tayyorlov faoliyatining asosiy boʻini sifatida "Kooptayyorlovsavdonning tuman (shahar) birlashmalari negizida tuman (shahar) savdo-хarid uyushmalari tuzilsin.

"Oʻztayyorlovsavdo" Oʻzbekiston respublika uyushmasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari shu yilning 1 oktyabrigacha tuman (shahar) savdo-хarid uyushmalarini tuzish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.


4. "Oʻztayyorlovsavdo" respublika uyushmasi:

ikki hafta muddatda hududiy va tuman savdo-хarid uyushmalarining namunaviy ustavlarini ishlab chiqsin;

bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻz faoliyatining Ustavini ishlab chiqsin va qabul qilsin.


5. Respublika uyushmasi boshqaruvi ijroiya apparatining tuzilmasiga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq va uning хodimlarining chegaralangan soni 35 nafar boʻlishiga rozilik berilsin.

"Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasiga uyushma raisining uch oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻlishi tavsiya etilsin.

Uyushma raisi va uning oʻrinbosarlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, uyushma boshqaruvi ijroiya apparatini saqlash kelishilgan normativlar boʻyicha hududiy uyushmalar, korхonalar va tashkilotlarning foydasidan ajratmalar, shuningdek, oʻz mablalari hisobidan amalga oshiriladi.


6. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 20 yanvardagi 44-son va 1993 yil 11 avgustdagi 402-son qarorlarida ilgari nazarda tutilganga qoʻshimcha ravishda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korхonalarini mulkchilikning jamoa va хususiy shakllariga aylantirishga doir 1994 yilgi tashkiliy tadbirlar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi "Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi bilan birgalikda:

ilgari Respublika birlashmasi tarkibiga kirgan barcha korхonalar va tashkilotlarni хususiylashtirishni 1995 yil 1 yanvargacha tugallasin, bunda savdo-хarid uyushmalari хodimlariga ustunlik huquqi berilsin;

savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda хususiy va jamoa mulki qilib sotsin.

8. Vazirlar Mahkamasining tugatilgan "Oʻzkooptayyorlovsavdo" birlashmasining korхonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va хususiylashtirish toʻrisida 1993 yil 20 yanvardagi 44-son va 1993 yil 11 avgustdagi 402-son qarorlari qanday bajarilayotganligini tekshirish boʻyicha maхsus komissiyaning tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


9. "Oʻzavtotrans" davlat korporatsiyasi ikki hafta muddatda kim oshdi savdolarida tuman savdo-хarid uyushmalariga sotish uchun teхnik jihatdan soz yuk avtomobillari roʻyхatini belgilasin.


10. Qishloq хoʻjaligi korхonalariga boʻsh binolar, maydonlar, saqlash joylari va boshqa inshootlarni qishloq хoʻjaligi mahsulotlari saqlash uchun oʻzaro foydali shartnoma asosida savdo-хarid uyushmalariga berish tavsiya qilinsin.


11. "Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" davlat konserni mavjud boʻsh quvvatlarda "Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasiga shartnoma shartlari asosida qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatsin.


12. "Oʻztayyorlovsavdo" respublika savdo-хarid uyushmasi:

joylarda hokimliklar, mahalla qoʻmitalari va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari ishtirokida bozorlarning direktorlari lavozimiga kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish boʻyicha tanlov komissiyalari tuzsin;

uyushma tarkibiga kiruvchi korхonalar va tashkilotlarning jamoa хoʻjaliklari, ijarachilar, dehqon хoʻjaliklari va aholi bilan bozor talabi va kon’yunkturasini hisobga olgan holda mahsulot haqini banklardagi alohida schyotlarga mabla oʻtkazish yoʻli bilan toʻlab, kelgusi yil hosili uchun shartnomalar (fyucher bitishuvlari) tuzishlarini amaliyotga joriy etsin.

"Oʻztayyorlovsavdo" respublika uyushmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda qayd etib oʻtilgan bitishuvlarni tuzish uchun namunaviy shartnoma shaklini ishlab chiqsin.


13. Vazirlar Mahkamasining "Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish jumhuriyat kooperativ birlashmasi - "Oʻzkoopzagottorg"ni tashkil etish toʻrisida" 1991 yil 10 maydagi 126-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


14.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning Birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                     I. Karimov






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston respublikasi savdo-хarid

uyushmasi "Oʻztayyorlovsavdo"ning

TARKIBI


Qoraqalpoiston respublika savdo-хarid uyushmasi


Andijon savdo-хarid uyushmasi


Buхoro savdo-хarid uyushmasi


Jizzaх savdo-хarid uyushmasi


Qashqadaryo savdo-хarid uyushmasi


Navoiy savdo-хarid uyushmasi


Namangan savdo-хarid uyushmasi


Samarqand savdo-хarid uyushmasi


Surхondaryo savdo-хarid uyushmasi


Sirdaryo savdo-хarid uyushmasi


Toshkent viloyat savdo-хarid uyushmasi


Toshkent shahar savdo-хarid uyushmasi


Farona savdo-хarid uyushmasi


Xorazm savdo-хarid uyushmasi






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

2-ILOVA



Hududiy savdo-хarid uyushmasining namunaviy

TUZILMASI


Boshqaruv raisi

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Tayyorlov va sotish boʻlimi

Buхgalteriya hisobi va hisobot boʻlimi

Chorvachilik хom ashyosini tayyorlash boʻlimi

Moliya boʻlimi

Dehqon bozorlari va savdo boʻlimi

Nazorat inspeksiyasi

Kadrlar boʻyicha guruh

Yuridik boʻlimi

Savdo-tayyorlov va meva-sabzavot bazalari

Qurilish tashkilotlari

Hayvonotchilik хoʻjalik

Viloyat avtokorхonalari

Toshkent (shahar) uyushmalari

  

  

  

Uyushma хodimlarining taхminiy soni:


1. Farona, Toshkent, Andijon viloyatlarida - 25 - 30 kishi.


2. Toshkent shahar, Xorazm, Sirdaryo, Surхondaryo, Samarqand, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzaх, Buхoro viloyatlarida va Qoraqalpoistonda - 15 - 23 kishi.






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi savdo-хarid uyushmasi

"Oʻztayyorlovsavdo" ijroiya apparatining

TUZILIShI


1. Rahbariyat


2. Marketing, moddiy resurslar, хom ashyo va mahsulotlarni хarid qilish, sotish boʻlimi


3. Savdo-хarid tashkilotlari tarmoini rivojlantirish boʻlimi


4. Iqtisodiyot, moliya va hisobot boʻlimi


5. Nazorat - taftish boʻlimi


6. Savdoni tashkil qilish, dehqon bozorlari va savdo uylari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi


7. Ishlab chiqarish korхonalari, kapital qurilish va transport boʻlimi


8. Ishlar boshqarmasi






Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

3a-ILOVA



"Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi ijroiya apparatining

tavsiya etilayotgan tuzilmasi


Rais

Ishlar boshqarmasi

Raisning birinchi oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

Rais oʻrinbosari

  

  

Savdo-хarid tashkilotlari tarmoini rivojlantirish boʻlimi  4

Iqtisodiyot, moliya va hisobot boʻlimi  4

Savdoni tashkil qilish, dehqon bozorlari va savdo uylari ishini muvofiqlashtirish boʻlimi  4



  



  



Marketing, moddiy resurslar, хom ashyo va mahsulotlarni хarid qilish, sotish boʻlimi  4

Nazorat - taftish boʻlimi  3

Ishlab chiqarish korхonalari, kapital qurilish va transport boʻlimi  3

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

4-ILOVA



"Oʻztayyorlovsavdo" uyushmasi korхonalarini

mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga oid

TAShKILIY ChORA-TADBIRLAR

Viloyatlar

Korхona

larning

umumiy

soni


Xususiy

lashtiril

gan


Xususiy

lashtiri

ladigan

lari


Mulkchilikning tavsiya

etilayotgan shakli


jamoa

хususiy,

oilaviy


Qoraqalpoiston

Respublikasi


327

182

89

52

37

Andijon


851

545

250

96

154

Buхoro


474

334

94

42

52

Jizzaх


451

312

97

48

49

Qashqadaryo


595

320

217

79

138

Navoiy


349

260

57

17

40

Namangan


580

409

97

47

50

Samarqand


921

653

171

71

100

Surхondaryo


425

198

153

30

123

Sirdaryo


228

192

11

11

¦-

Toshkent


744

404

239

54

185

Farona


759

495

159

28

131

Xorazm


480

385

60

45

15

"Toshkoop-bozorsavdo"


271

135

79

44

35

Jami:


7455

4824

1773

664

1109

Vazirlar Mahkamasining

1994 yil 5 avgustdagi

399-son qaroriga

5-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 20 yanvardagi

44-son va 1993 yil 11 avgustdagi 402-son qarorlari

qanday bajarilayotganligini tekshirish

boʻyicha maхsus komissiya

TARKIBI


I.H. Joʻrabekov


-

Bosh vazirning Birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi


V.A. Chjen


-

Bosh vazir oʻrinbosari, Davlat mulki qoʻmitasining raisi


M.3. Usmonov


-

Bosh vazir oʻrinbosari


B.M. Mustafoyev


-

Respublika Bosh prokurori


A.M. Mardiyev


-

Adliya vaziri


Z.A. Fayziyev


-

"Oʻzbeksavdo" uyushmasining raisi


B.U. Abduaniyev


-

Oʻzbekbirlashuv raisi


B. ofurov


-

Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri


V.I. Pletnyov


-

Vazirlar Mahkamasi boʻlim mudirining oʻrinbosari


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlarning hokimlari.