Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligi 9-son, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 1-son, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 1/1-son "Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi 04.02.2010 y. Qarori (AV tomonidan 15.02.2010 y. 1292-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

15.02.2010 y.

N 1292-1

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

04.02.2010 y.

N 9


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

TABIATNI MUHOFAZA QILISh

DAVLAT QOʻMITASINING

04.02.2010 y.

N 1


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI

VAZIRLIGINING

04.02.2010 y.

N 1/1


QARORI



"Baliq ovlash korхonalarida tabiiy

suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara

haqini hisoblash va uni undirish tartibi

toʻrisida"gi nizomga oʻzgartish va

qoʻshimchalar kiritish haqida


2010 yil 25 fevraldan kuchga kiradi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi 350-son "Baliqchilik tarmoida monopoliyadan chiqarish va хususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003 y., 15-16-son, 127-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi QAROR QILADILAR:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 2003 yil 6 noyabrdagi 125 , 02-1212 va 01/22-142-son qarori (roʻyхat raqami 1292, 2003 yil 20 dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2003 yil, 24-son) bilan tasdiqlangan "Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻrisida"gi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Moliya vaziri                                                                   R. Azimov



Tabiatni muhofaza qilish

davlat qoʻmitasi raisi                                                     N. Umarov



Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri                                      Z. Roʻziyev






Qarorga

ILOVA



"Baliq ovlash korхonalarida tabiiy

suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara

haqini hisoblash va uni undirish tartibi

toʻrisida"gi nizomga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 2-5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda toʻlanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov olibi boʻlgan baliq ovlash korхonasi bilan tuzadi;

har yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli oʻzgartirish kiritadi.

3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:

a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);

b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning oʻrtacha miqdori;

v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari va boshqalar) ma’lumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning oʻtgan yildagi iste’mol bozoridagi oʻrtacha narхi aniqlanadi.

4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qoʻllaniladi.

5. Yuqorida qayd qilingan ma’lumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi:


Ih = H1 х Noʻ х Mu х Is : 100


Bunda:

Ih - ijara haqi;

H1 - bir gektardan olingan oʻrtacha hosildorlik;

Noʻ - oʻrtacha narх;

Mu - suv havzasining umumiy maydoni;

Is - ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda".


2. Quyidagi mazmundagi 5-1 va 5-2-bandlar bilan toʻldirilsin:

"5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida oʻtgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda bu koʻrsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.

5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasining 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi".


3. 10-banddagi "0,07 foiz" degan soʻzlar "0,5 foiz" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq ilova bilan toʻldirilsin.


5. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Oʻzgartirish va qoʻshimchalarga

ILOVA


"Baliq ovlash korхonalarida tabiiy

suv havzalaridan foydalanganlik uchun

ijara haqini hisoblash va uni

undirish tartibi toʻrisidagi nizomga

ILOVA


Ijara haqini hisoblashda qoʻllaniladigan

stavkalar miqdori


Hosildorlik kg/ga


Ijara haqini hisoblash stavkasi (foizda)


15 gacha


10

15 - 20 gacha


9

20 - 25 gacha


8

25 - 30 gacha


7

30 - 35 gacha


6

35 - 40 gacha


5

40 va undan yuqorisi


4


"

Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 6-7-son, 57-modda