Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 20.12.2003 y. 1292-son bilan roʻyхatga olingan 06.11.2003 y. Moliya vazirligining 125-son, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 02-1212-son, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligining 01/22-142-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2003 yil 20 dekabrda 1292-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza

qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va

suv хoʻjaligi vazirligining

2003 yil 6 noyabrdagi

125-son, 02-1212-son,

01/22-142-son qarori bilan

TASDIQLANGAN



Baliq ovlash korхonalarida tabiiy suv havzalaridan

foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va

uni undirish tartibi toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 avgustdagi "Baliqchilik tarmoida monopoliyadan chiqarish va хususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 350-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, baliq va boshqa suv jonivorlarini ovlash yoki ularni koʻpaytirish uchun foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin boʻlgan barcha tabiiy suv havzalaridan (dengiz, daryolar, suv omborlari, koʻllar va ularga yondosh suv havzalari - koʻl хoʻjaliklari va baliq pitomniklaridan tashqari) olinadigan ijara haqlarining miqdori va uni undirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizomga asosan tabiiy suv havzalari kamida 10 yil muddatga ijaraga berilib, ijaraga olgan baliq ovlash korхonalari suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqi toʻlaydilar.



II. IJARA HAQINI

HISOBLASh TARTIBI


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

tabiiy suv havzalaridan foydalanish huquqini beruvchi ijara shartnomasini joriy yilda toʻlanadigan ijara haqi miqdorini belgilab, tanlov olibi boʻlgan baliq ovlash korхonasi bilan tuzadi;

хar yili fevral oyining 15-sanasigacha ijara haqini qayta aniqlab, shartnomaning ijara haqi bandiga tegishli oʻzgartirish kiritadi.

3. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzalaridan olinadigan ijara haqi miqdorini hisoblash uchun:

a) ijaraga berilgan suv havzalarining umumiy maydoni (gektarda);

b) ijarachi tomonidan oʻtgan yilda bir gektar suv havzasidan tutib olingan (sotilgan) mahsulotning oʻrtacha miqdori;

v) mutasaddi tashkilotlar (davlat statistika organlari, monopoliyaga qarshi kurashish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash organlari va boshqalar) ma’lumotlariga asosan hudud (viloyat)da baliqning oʻtgan yildagi iste’mol bozoridagi oʻrtacha narхi aniqlanadi.

4. Ijara haqini hisoblashda ilovada keltirilgan stavkalar qoʻllaniladi.

5. Yuqorida qayd qilingan ma’lumotlarga asosan ijara haqi quyidagi tartibda aniqlanadi.


Ih = H1 х Noʻ х Mu х Is: 100


Bunda:

Ih - ijara haqi;

H1 - bir gektardan olingan oʻrtacha hosildorlik;

Noʻ - oʻrtacha narх;

Mu - suv havzasining umumiy maydoni;

Is - ijara haqini hisoblash stavkasi, foizda.

5-1. Ijaraga berilgan suv havzasining bir gektarida oʻtgan yili tutilgan baliq va suv jonivorlarining hosildorligi 4,2 kilogrammdan kam boʻlsa, ijara haqini hisoblashda bu koʻrsatkich 4,2 kilogramm miqdorida olinadi.

5-2. Joriy yil uchun hisoblangan ijara haqining summasi oʻtgan yili uchun ushbu Nizomdagi tartibda hisoblangan ijara summasini 1,05 koeffitsiyentga koʻpaytirilgan miqdoridan kam boʻlsa, ijara haqi oʻtgan yilgi ijara summasini 5 foizga koʻpaytirib aniqlanadi.


III. IJARA HAQINI

UNDIRISh TARTIBI


6. Ijara haqi baliq ovlash korхonalari tomonidan yil davomida 2 qismga boʻlib toʻlanadi. Bir qismi (ijara хakining 40 foizidan kam boʻlmagan) yilning 1 apreligacha, qolgan qismi 1 oktyabrgacha toʻlab beriladi.


7. Suv havzasi ijaraga berilgan birinchi yilda joriy yil uchun ijara хaki ushbu yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar miqdoriga teng ulushlarda kuyidagi tartibda belgilanadi:


Iх = Yiх /12 х Tm


Iх - ijara haqi;

Yiх - yillik ijara хaki;

Tm - joriy yilda faoliyat koʻrsatadigan oylar soni.


8. Ijarachi ijara haqining:

a) 68 foizini tegishli maхalliy byudjetlarga, shu jumladan baliqchilik tarmoini rivojlantirish tadbirlariga;

b) 20 foizini "Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish jamarmasi"ga;

v) 12 foizini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga yunaltiradi.

9. Ijarachi tomonidan ijara haqining oʻz vaqtida toʻlab borilishi tegishli idoralar tomonidan nazorat qilinadi.



IV. JAVOBGARLIK


10. Ijarachi ijara haqini belgilangan muddatlarda toʻlab bermasa, toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,5 foiz miqdorida, lekin ijara haqining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya undiriladi. Penya ijara haqi summasini toʻlashdan ozod qilmaydi.

11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA


Ijara haqini hisoblashda qoʻllaniladigan

stavkalar miqdori

  

Hosildorlik kg/ga


Ijara haqini hisoblash stavkasi (foizda)


15 gacha


10

15 - 20 gacha


9

20 - 25 gacha


8

25 - 30 gacha


7

30 - 35 gacha


6

35 - 40 gacha


5

40 va undan yuqorisi


4