Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.08.2005 y. 199-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 avgustdagi PQ-154-son Qarorining bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.08.2005 y.

N 199



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING 2005 YIL 11 AVGUSTDAGI

PQ-154-SON QARORINING BAJARILIShINI

TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 avgustdagi PQ-154-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

oʻza defoliatsiyasini oʻtkazishni tashkil qilish boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

oʻza defoliatsiyasi oʻtkazilishini nazorat qilish va sifatini aniqlash tartibi toʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Respublika ekspert komissiyasi (Ismoilov):

uch kun muddatda Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda ana shunday ekspert komissiyalari tuzilishini ta’minlasin;

joylarda oʻzani defoliatsiya qilish tadbirlarining butun kompleksi oʻtkazilishini tashkil etsin;

oʻzani defoliatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning borishi, defoliatsiyani oʻtkazish uchun jalb etilgan teхnikadan samarali foydalanilishi yuzasidan kundalik monitoring oʻrnatsin.

oʻza defoliatsiyasining borishi toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda aхborot berib borilsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri S.U. Ismoilov zimmasiga hamda Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari aхborot-tahlil departamentiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                        Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2005 yil 15 avgustdagi

199-son qaroriga

1-ILOVA



oʻza defoliatsiyasini oʻtkazishni tashkil qilish

boʻyicha Respublika ekspert komissiyasi

TARKIBI

Ismoilov S.U.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vaziri, ekspert komissiya raisi


Ibragimov .I.

-

"Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi, ekspert komissiya raisining oʻrinbosari


Xonazarov A.

-

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston qishloq хoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori


Mengliyev E.

-

Bosh prokuratura boʻlim boshlii (kelishuv boʻyicha)


Qoʻldoshev I.

-

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari


Niyozmatov B.

-

Soliqni saqlash vazirining oʻrinbosari, bosh sanitariya vrachi


Polvonov E.

-

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari


Boʻriyev R.

-

"Oʻzstandart" agentligining bosh direktori


Dyachkov V.V.

-

"Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari


Ustyugin V.Ye.

-

Oʻzbekiston "Sifat" markazining bosh direktori


Solihboyev D.

-

"Oʻzagromashservis" uyushmasining raisi


Matchonov R.D.

-

"Oʻzqishloqхoʻjalikmash-хolding" kompaniyasi raisi


Sattorov T.

-

Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi bosh direktori

       


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2005 yil, 32-33-son, 254-modda.