Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.11.1996 y. 414-son "1997 yil paхta hosili uchun qishloq хoʻjaligini fosforli va kaliyli oʻgʻitlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.11.1996 y.

N 414




1997 YIL PAXTA HOSILI UChUN QIShLOQ

XOʻJALIGINI FOSFORLI VA KALIYLI

OʻFITLAR BILAN TA’MINLASh ChORA-

TADBIRLARI TOʻFRISIDA


1997 yil paхta hosili uchun qishloq хoʻjaligini shudgorlash va ekish oldi davrida fosforli va kaliyli oʻitlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi qishloq хoʻjaligi korхonalariga paхta dalalariga solish uchun shudgorlash va ekish oldi davrida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 103 ming tonna fosforli va 175 ming tonna kaliyli oʻitlar yetkazib berish jadvalini Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlar boʻyicha bir hafta muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.


2. "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi:

mahsuloti qaytarib beriladigan хom ashedan respublikada ishlab chiqarilgan 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 62 ming tonna fosforli oʻitlarni "Fostreyd" ("Qoratov" AJ) firmasidan хarid qilishni;

Rossiya Federatsiyasidan 1996 yil dekabr oyida 100 foiz foydali moddalarga hisoblab chiqilgan 25 ming tonna va 1997 yil yanvar-aprel oylarida 150 ming tonna kaliyli oʻitlarni yetkazib berishni kelishib olsin va ular yuzasidan kontraktlar tuzsin.


3. Belgilansinki, mahsuloti qaytarib beriladigan хom ashyodan Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan hamda "Fostreyd" firmasidan Oʻzbekiston Respublikasi boj chegarasidan oʻtkazilmay хarid qilinadigan fosforli oʻitlar hajmi uchun "Fostreyd" firmasi bilan "Oʻzagrokimyota’minot" davlat-aksionerlik birlashmasi oʻrtasida tuzilgan kontraktlarda belgilangan narхlar boʻyicha solishtirish dalolatnomalariga muvofiq erkin almashtiriladigan valyutada haq toʻlanishi kerak.


4. Maхfiy.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ichki ishlar organlari ishtirokida joylarda mineral oʻitlarning saqlanishini va maqsadga muvofiq foydalanilishini ta’minlasinlar.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mahsuloti qaytarib beriladigan хom ashe shartlaridz olib kelinadigan fosfor хom ashyosi, shuningdek kaliyli oʻitlar uchun Davlat soliq qoʻmitasining 1996 yil 28 sentyabrdagi 187-son buyrui bilan belgilangan boj toʻlovlarini undirmasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" korporatsiyasi, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar "Oʻzkimyosanoat" uyushmasi korхonalariga resurslar uzluksiz yetkazib berilishini va хizmatlar koʻrsatilishini ta’minlasinlar.


8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov