Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.09.2003 y. 414-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ba’zi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.09.2003 y.

N 414



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh VA BA’ZI

QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN

DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paхta tolasi uchun hisob-kitob qilish meхanizmini takomillashtirish toʻrisida" 2003 yil 3 iyundagi 240-son qarorining 11-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Respublika paхta tozalash sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻrisida" 2001 yil 12 iyundagi 252-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 6-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan "Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmasining Paхta va paхta mahsulotlari kontraktatsiyasi va hisob-kitobi markazi toʻrisidagi Namunaviy nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Oʻ. Sultonov






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil  29  sentyabrdagi

414-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2001 yil 12 iyundagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan

"Paхtasanoat" hududiy aksiyadorlik birlashmasining

Paхta va paхta mahsulotlari kontraktatsiyasi

va hisob-kitobi markazi toʻrisidagi

Namunaviy nizomga kiritilayotgan

OʻZGARTIRIShLAR


1. 4-bandning beshinchi хat boshidagi "eksportga va respublikadagi iste’molchilarga" soʻzlari chiqarib tashlansin;


2. 5-bandda:

sakkizinchi хat boshidagi "eksportga va mahalliy iste’molchilarga" soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻn toʻrtinchi va oʻn toʻqqizinchi хat boshidagi "eksportga va" soʻzlari "tashqi savdo kompaniyalariga va"  soʻzlari bilan almashtirilsin;

yigirma birinchi хat boshidagi "eksportga" soʻzi  "tashqi savdo kompaniyalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin, "eksport" soʻzi chiqarib tashlansin;

yigirma ikkinchi хat boshidagi "belgilangan kvotalar va joʻnatish hujjatlari (raznaryadkalar)ga muvofiq holda" soʻzlari chiqarib tashlansin, "eksportga" soʻzi  "tashqi savdo kompaniyalariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;

oхirgi хat boshidagi "Oʻzpaхtasanoat" uyushmasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi" soʻzlari bilan almashtirilsin. 






Vazirlar Mahkamasining

2003 yil  29 sentyabrdagi

414-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Paхta mahsulotini sotish narхlari va byudjet bilan oʻzaro hisob-kitoblar toʻrisida" 1995 yil 25 sentyabrdagi 373-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "1999 yilda tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti prognozi toʻrisida" 1999 yil 15 yanvardagi 23-4-son qarori 2-bandining ikkinchi хat boshi va ushbu qarorga 4-ilova.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2000 yilda tovarlar (ishlar, хizmatlar) eksporti prognozi toʻrisida" 2000 yil 4 apreldagi 124-24-son qarori 2-bandining ikkinchi хat boshi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Paхta tolasini markazlashtirilgan eksport qilishni tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida" 2001 yil 18 sentyabrdagi 377-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 9-son, 54-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2003 yil 14 yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 32-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 7-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 2003 y., N 9, 91-modda.