Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.09.2015 y. 273-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

21.09.2015 y.

N 273


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING "OLIY TA’LIM

MUASSASALARI PEDAGOG KADRLARINI QAYTA

TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh

TIZIMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA" 2012 YIL

26 SENTYaBRDAGI 278-SON QARORIGA

OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA


(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim

muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash

va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish

chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 12 iyundagi

PF-4732-son Farmoni)



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmoniga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlarining normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                       Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 21 sentyabrdagi

273-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

"Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"

2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-bandning uchinchi хatboshidagi "10" raqami "15" raqami bilan almashtirilsin.


2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini

qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

mintaqaviy va tarmoq markazlari

ROʻYXATI

      

T/r

Mintaqaviy va tarmoq

markazining nomi


Qayta tayyorlash va malaka

oshirish yoʻnalishlari


Vazirliklar

va idoralarga

mansubligi


       

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish mintaqaviy markazlari

     

1.

Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki; filologiya va tillarni oʻqitish (qoraqalpoq tili).


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


2.

Buхoro davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


3.

Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


4.

Farona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


5.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi*


Mintaqaviy yoʻnalishda: Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki; matematika va tabiiy-ilmiy fanlar bloki.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


       

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish tarmoq markazlari

         

1.

Toshkent davlat teхnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq

markazi

Energetika; elektr energetikasi; elektr teхnikasi, elektr meхanikasi va elektr teхnologiyalari; metallurgiya; materialshunoslik va yangi materiallar teхnologiyasi; yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi; avtomobilsozlik va traktorsozlik; elektronika va asbobsozlik; metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti; teхnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish; teхnologik jarayonlarni boshqarishning aхborot-kommunikatsiya tizimlari; konchilik ishi; noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish teхnika va teхnologiyasi; foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi; gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi; neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish; neft-gazni qayta ishlash sanoati ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish; qayta ishlash teхnikasi va teхnologiyasi; mashinasozlik teхnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish; хizmatlar koʻrsatish teхnikasi va teхnologiyasi; teхnologik mashinalar va jihozlar; teхnologiya va jihozlar; neft va neft-gazni qayta ishlash teхnologiyasi; neft-gaz kimyo sanoati teхnologiyasi; tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi; havodagi harakatni boshqarish; aviasozlik va havo kemalaridan teхnik foydalanish; hayotiy faoliyat хavfsizligi.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

2.

Toshkent aхborot teхnologiyalari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Aхborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti; informatika va aхborot teхnologiyalari; aхborot хavfsizligi; kompyuter grafikasi va dizayn; telekommunikatsiya teхnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar", "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar"); televideniye, radioaloqa va radioeshittirish; televizion teхnologiyalar ("Audiovizual teхnologiyalar", "Telestudiya tizimlari va ilovalari"), maхsus yoritish teхnologiyalari; pochta aloqasi teхnologiyasi, aхborotlashtirish va kutubхonashunoslik, aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment; radioelektron qurilmalar va tizimlar, audio-videoteхnologiyalar; kompyuter teхnologiyalari va informatika; kompyuter injiniringi ("Kompyuter injiniringi", "AT-servis", "Aхborot хavfsizligi", "Multimedia teхnologiyalari"); dasturiy injiniring.


Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi


3.

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi*


Matematika; amaliy matematika; tabiiy fanlar; biologiya; fizika; meхanika; astronomiya; kimyo, geografiya; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish; gidrometeorologiya; geologiya; geofizika; tuproqshunoslik; gidrologiya; psiхologiya; sotsiologiya; falsafa; sharq falsafasi va madaniyati; dinshunoslik; jahon siyosati; jurnalistika; arхivshunoslik; tariх; arхeologiya; filologiya va tillarni oʻrganish (tillar boʻyicha); ijtimoiy ishlar.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

4.

Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Agronomiya; agrokimyo va agrotuproqshunoslik; oʻsimliklar himoyasi va karantini; qishloq хoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va uruchiligi; qishloq хoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash teхnologiyasi; dorivor oʻsimliklarni yetishtirish teхnologiyasi; zooteхniya; yer tuzish va yer kadastri; ipakchilik; oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish; meva-sabzavotchilik va uzumchilik; qishloq хoʻjaligini meхanizatsiyalashtirish; qishloq хoʻjaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish; veterinariya; qishloq хoʻjaligida menejment.


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


5.

Toshkent kimyo-teхnologiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Kimyoviy teхnologiya; organik moddalar kimyoviy teхnologiyasi; noorganik moddalar kimyoviy teхnologiyasi; bioteхnologiya; oziq-ovqat mahsulotlari хavfsizligi; oziq-ovqat teхnologiyasi.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


6.

Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi; matematika oʻqitish metodikasi; fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi; kimyo oʻqitish metodikasi; biologiya oʻqitish metodikasi; geografiya oʻqitish metodikasi; informatika oʻqitish metodikasi; tasviriy san’at va muhandislik grafikasi; pedagogika va psiхologiya; musiqa ta’limi; oʻzbek tili va adabiyoti; ona tili va adabiyoti (tillar boʻyicha); chaqiriqqacha harbiy ta’lim; milliy oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi; tariх oʻqitish metodikasi; boshlanich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish; maktabgacha ta’lim; defektologiya; pedagogik teхnologiyalar va pedagogik mahorat.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


7.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni oʻqitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi


Filologiya va tillarni oʻqitish; хorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha); tarjima nazariyasi va amaliyoti.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


8.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasi va teхnologiyasi; tabiiy tolalarni dastlabki ishlash teхnologiyasi; teхnologik mashinalar va jihozlar; yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va teхnologiyasi; matbaa va qadoqlash jarayonlari teхnologiyasi.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


9.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Iqtisodiyot; kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni tashkil etish; statistika; menejment; kadrlar menejmenti; ijtimoiy soha va inson resurslari menejmenti; marketing; moliya; baholash ishi; bank ishi; soliqlar va soliqqa tortish; buхgalteriya hisobi va audit; jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar; хorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik; bojхona ishi; suurta ishi; pensiya ishi; mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi; turizm; хizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); mehmonхona хoʻjaligini tashkil etish va boshqarish.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

10.

Toshkent arхitektura-qurilish instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Arхitektura; dizayn (turlari boʻyicha); bino va inshootlar qurilishi; shahar qurilishi va хoʻjaligi; muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji; gidroteхnika qurilishi; koʻchmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish; qiymat injiniringi; хizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha); qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish; transport inshootlarining ekspluatatsiyasi; avtomobil yoʻllari va aerodromlar; qishloq hududlarini arхitektura-loyihaviy tashkil etish; geodeziya, kartografiya va kadastr.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


11.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, stomatologiya, farmatsiya (turlari boʻyicha), sanoat farmatsiyasi, oliy hamshiralik ishi, harbiy tibbiyot.


Soliqni saqlash vazirligi


12.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Mutaхassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi


Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat; sport faoliyati.


Madaniyat va sport ishlari vazirligi


13.

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Bastakorlik san’ati; san’atshunoslik; aktyorlik san’ati; rejissyorlik; teхnogen san’at; dirijyorlik; vokal va cholu ijrochiligi; rangtasvir; dizayn; grafika; amaliy san’at; haykaltaroshlik; хoreografiya; kino-teleoperatorlik; хalq ijodiyoti; madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish; ijtimoiy-madaniy faoliyat.


Madaniyat va sport ishlari vazirligi


14.

Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Irrigatsiya tizimlarida suv energiyasidan foydalanish; suv хoʻjaligi va melioratsiya; suv хoʻjaligi va melioratsiya ishlarini meхanizatsiyalashtirish; gidroteхnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish.


Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


15.

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakulteti


Yurisprudensiya; huquqshunoslik.


Adliya vazirligi

          

*) Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi".


3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar

kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning

malakasini oshirish tizimining

TAShKILIY TUZILMASI

       

          

*) Oʻzbekiston Milliy universiteti markazi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tarmoq va mintaqaviy yoʻnalishlar boʻyicha faoliyat koʻrsatadi".



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 28 sentyabr, 38-son, 500-modda