Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 06.03.2015 y. 68-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi Buyrugʻi (AV tomonidan 06.03.2015 y. 2405-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

06.03.2015 y.

N 2405-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

06.03.2015 y.

N 68-mh


BUYRUI



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni

davlat reyestridan chiqarish toʻrisida



Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2015 yil 6 martdagi хulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi 469-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi hamda 2000 yil 19 maydagi 197-sonli "Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻrisida"gi qarorlariga asosan BUYuRAMAN:


1. Magistratura toʻrisidagi nizomni (roʻyхat raqami 2405, 2012 yil 18 dekabr) qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga kiritilgan 2015 yil 22 yanvardagi 1-6/33-115/8-sonli taqdimnoma talablari bajarilmaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-sonli "Magistratura toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyruini (roʻyхat raqami 2405, 2012 yil 18 dekabr) davlat reyestridan chiqarish toʻrisidagi mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.


3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu buyruqning "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Vazir                                                                                            M. Ikramov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 mart, 9-son, 109-modda