Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2015 y. 36-son “Magistratura toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.03.2015 y.

N 36


MAGISTRATURA TOʻRISIDAGI

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


"Ta’lim toʻrisida" va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻrisida" 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-son qaroriga muvofiq hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Magistratura toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, shuningdek oliy malakali kadrlar iste’molchilari boʻlgan boshqa tashkilotlar magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish uchun yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish va amaliyot, stajirovkalarni oʻtashlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va magistrlik dissertatsiyalarining tajriba-sinov qismlari bajarilishini ta’minlash maqsadida oʻz sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirsinlar.


3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 9 mart, 9-son, 98-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 3-son, 12-modda