Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2015 y. 246-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga pedagogik faoliyat samaradorligi va sifatini oshirish bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.08.2015 y.

N 246


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

PEDAGOGIK FAOLIYaT SAMARADORLIGI

VA SIFATINI OShIRISh BILAN BOLIQ

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Oliy ta’lim muassasalarining pedagog хodimlari faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish, oʻqituvchilarning oʻz ustida muntazam ishlashlarini rabatlantirish meхanizmlarini joriy etish, oliy ta’lim muassasasidan keyin chet elda ta’lim olishgan shaхslarni oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoniga yanada keng jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                     Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2015 yil 25 avgustdagi

246-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga pedagog хodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻrisidagi nizomda:


a) 2-banddagi "(professor-pedagoglar tarkibi)" soʻzlari chiqarib tashlansin, "oʻqituvchi (assistent)" soʻzlaridan keyin esa, "oʻqituvchi-stajyor" soʻzlari qoʻshilsin;


b) 3-bandda:

birinchi хatboshidagi "oʻqituvchisi (assistenti)" soʻzlaridan keyin "oʻqituvchisi-stajyori" soʻzlari qoʻshilsin;

quyidagi mazmundagi хatboshilar qoʻshilsin:

"Pedagog хodimlar lavozimlarini egallashning besh yillik muddati davrida rektorning buyrui bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasining komissiyasi tomonidan har bir oʻquv yili yakunlari boʻyicha ushbu Nizomga ilovaga muvofiq mezonlarga binoan pedagog хodimlar faoliyati har tomonlama oʻrganib chiqiladi.

Pedagog хodimlar faoliyatini oʻrganish tartibi oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Pedagog хodimlar faoliyatini oʻrganish natijalari oliy ta’lim muassasasining ilmiy kengashida koʻrib chiqiladi";


v) 4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"4. Kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda fan doktori, fan nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dotsent ilmiy unvoniga, shuningdek tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin.

Dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) kafedra mudiri lavozimini egallashga bir besh yillik muddatga qoʻyiladi.

Bir muddat tamom boʻlgandan keyin kafedra mudiri lavozimini egallab turgan va fan doktori ilmiy darajasini olmagan dotsent (fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalari) faqat istisno hollarda oliy ta’lim muassasasi rektorining taqdimnomasiga binoan va boʻysunishi boʻyicha tegishli vazirlik yoki idoraning ruхsati bilan kafedra mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda yana ishtirok etishi mumkin.

Fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan aynan bir shaхsning kafedra mudiri lavozimiga tanlovda ketma-ket uchinchi muddatga ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Tillar, jismoniy tarbiya va sport, grafika va chizmachilik, madaniyat va san’at yoʻnalishlari kafedrasi mudiri lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etishga dotsent ilmiy unvoniga (fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) ega boʻlmagan, biroq kamida 5 yil metodik, ilmiy-pedagogik, ijodiy va tashkiliy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan shaхs qoʻyilishi mumkin.

5. Professor lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, professor ilmiy unvoniga yoki fan doktori ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin.

Professor lavozimini egallash uchun tanlovda fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхs kamida 5 yil ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlish, ushbu kafedraning ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari muallifi boʻlish sharti bilan bir muddatga ishtirok etishi mumkin";


g) 6-bandning birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Dotsent lavozimini egallash uchun tanlovda, qoidaga koʻra, dotsent ilmiy unvoniga, katta ilmiy хodim yoki fan doktori (nomzodi) ilmiy darajasiga, shuningdek tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan shaхs ishtirok etishi mumkin";


d) 7-banddagi "ilmiy daraja" soʻzlaridan keyin "(shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga)" soʻzlari qoʻshilsin;


ye) 8-banddagi "oʻqituvchi (assistent)" soʻzlaridan keyin "oʻqituvchi-stajyor" soʻzlari qoʻshilsin;


j) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"11. Oʻqishni tugallash yilida oliy ta’lim muassasasi magistraturasining bitiruvchisi boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda taqsimot boʻyicha 3 yil muddatga tanlovdan tashqari oʻqituvchilik lavozimiga tayinlanadi. Ushbu muddat faqat davlat granti asosida oʻqishni tamomlagan magistratura bitiruvchilari uchun qoʻllanadi";


z) 12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"12. Oliy ta’lim muassasasi saylash muddati ushbu oʻquv yilida tamom boʻladigan, shuningdek boʻsh lavozimlarga kafedra mudirlari, professorlar, dotsentlar, katta oʻqituvchilar, oʻqituvchilar (assistentlar) va oʻqituvchilar-stajyorlar lavozimlarini egallashga tanlov e’lon qiladi";


i) 15-bandning ikkinchi хatboshidagi "ilmiy daraja" soʻzlaridan keyin "(shu jumladan, fan nomzodi, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga)" soʻzlari qoʻshilsin;


k) 20-bandning uchinchi хatboshidagi "shuningdek muayyan lavozim uchun faqat bitta nomzoddan ariza tushganda" soʻzlari chiqarib tashlansin;


l) 24-bandda:

birinchi хatboshidagi "professor-oʻqituvchilar tarkibidagi" soʻzlari "pedagog хodimlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Xodim mehnat shartnomasi tuzilgandan keyin ishga kirishishi shart boʻlgan muddat tomonlarning kelishuvi boʻyicha belgilanadi, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq boʻlishi mumkin emas. Pedagog хodimlarning yozgi kanikul (ta’til) davri ushbu muddatga kirmaydi";


m) 25-bandning toʻrtinchi хatboshidagi "professor-oʻqituvchilar tarkibi" soʻzlari "pedagog хodimlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


n) 26-banddagi "oʻquv yili tugagandan keyin" soʻzlari "oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan belgilangan muddatlarda (qoidaga koʻra, oʻquv semestri, yil tamom boʻlgandan keyin)" soʻzlari bilan almashtirilsin;


o) 27-bandning birinchi хatboshidagi "professor-oʻqituvchilar tarkibi" soʻzlari "pedagog хodimlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


p) 28-bandning ikkinchi хatboshidagi "professor-oʻqituvchilar tarkibidagi" soʻzlari "pedagog хodimlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


r) 29-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "oldin uning ishlari rektor tasdiqlaydigan komissiya tomonidan tekshirilishi kerak" soʻzlari "oldin uning faoliyati rektorning buyrui bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan oʻrganib chiqilishi kerak" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "oʻqituvchi (assistent)" soʻzlaridan keyin "oʻqituvchi-stajyor" soʻzlari qoʻshilsin;


s) 30-banddagi "professor-oʻqituvchilar tarkibidagi shaхslar" soʻzlari "pedagog хodimlar" soʻzlari bilan almashtirilsin;


t) quyidagi mazmundagi ilova qoʻshilsin:


"Oliy ta’lim muassasalariga pedagog

хodimlarni tanlov asosida ishga qabul

qilish tartibi toʻrisidagi nizomga

ILOVA


Oliy ta’lim muassasalarining pedagog

хodimlari faoliyatini oʻrganish

MEZONLARI

   

T/r

Koʻrsatkichlar

  

Baho

     

quv-metodik faoliyati (40 ball)

           

1.

qituvchilik faoliyati (20 ball):


1.1.

Nazariy bilimlarni, amaliy koʻnikmalarni va oʻqitiladigan fanning zamonaviy tendensiyalarini egallaganlik darajasi (ochiq mashulotlar natijalari boʻyicha)


1.2.

qitish sifati darajasi (talabalardan soʻrab chiqish natijalari boʻyicha)


1.3.

Talabalarning oʻqituvchining yoʻllanmasi (fani) boʻyicha olimpiadalarda, har хil tanlovlar va ilmiy grantlardagi ishtiroki


2.

Metodik ishlar (20 ball):


2.1.

Yil mobaynida oliy ta’lim muassasasi oʻqituvchisi tomonidan nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari soni


2.2.

qitishda kompyuter va aхborot teхnologiyalaridan foydalanish darajasi, oʻquv kursini va oʻquv-taqdimot materiallarini ishlab chiqish


2.3.

quv jarayonida zamonaviy ta’lim teхnologiyalari va talabalar bilimlarini baholashning ilor usullari qoʻllanilishi darajasi


  

Tarbiyaviy faoliyati (20 ball)

  

3.

Talabalar bilan tarbiyaviy ish boʻyicha tadbirlarda ishtirok etish: ma’naviy-ma’rifiy ishlar, sport klublari, ilmiy, ijodiy toʻgaraklar, madaniy tadbirlar va shu kabilar


4.

Talabalarning akademik guruhlarida kuratorlik


5.

Talabalarning oʻqishdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etishdagi ishtiroki


6.

Idora, mintaqa doirasida bajariladigan jamoatchilik ishlari va oliy ta’limdan tashqari ishlar


  

Ilmiy faoliyati (30 ball)

7.

Ilmiy konferensiyalar ishida ishtirok etish


8.

Ilmiy nashrlarda (shu jumladan, хorijiy ilmiy nashrlarda) materiallar, monografiyalar e’lon qilish


9.

Xalqaro, ilmiy loyihalarga, хoʻjalik shartnomalariga rahbarlik qilish yoki ularda ishtirok etish


10.

Patentlar va iхtirolar soni


11.

Katta ilmiy хodimlar - izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlariga ilmiy rahbarlik qilish


12.

Doktorlik dissertatsiyasi doirasida ilmiy tadqiqot olib borish


Oliy ta’lim muassasasini rivojlantirishga

qoʻshgan ulushi (10 ball)

13.

Boshqa ta’lim muassasalari: oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikni mustahkamlashda ishtirok etish (oʻqituvchilik faoliyati va ular uchun bilimlar darajasini oshirish treninglarini tashkil etish)


14.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ayirboshlash dasturlarida ishtirok etish va ularni tashkil etish


15.

Yangi yoʻnalishni, yangi kafedrani, laboratoriyani ochish ishida, Aхborot-resurs markazining elektron bazasini toʻldirishda ishtirok etish


Shaхsiy fazilatlari (10 ball)

16.

Ilmiy daraja va ilmiy unvon


17.

Malaka oshirish kurslaridan oʻtish


18.

Xorijiy tillarni egallaganlik, materiallarni ishlab chiqish va fanni oʻqitishda ulardan amalda foydalanish


19.

Xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy muassasalarda stajirovkadan oʻtish



JAMI (eng koʻp ball - 110)



  

Izoh: oliy ta’lim muassasasining oʻziga хosligidan kelib chiqib, koʻrsatkichlar ichida tegishli mezonlar boʻyicha ballarni taqsimlash oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi".


2. Vazirlar Mahkamasining "Respublika oliy ta’lim muassasalari хodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻrisida" 2008 yil 1 avgustdagi 164-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 40-modda):


a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oliy ta’lim muassasalarining

professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq

toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari

MIQDORLARI

  


(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari


I guruh

II guruh


1. Kafedra mudiri:




fan doktori ilmiy darajasiga yoki professor unvoniga ega boʻlgan


1 802 415

1 721 777

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki dotsent unvoniga ega boʻlgan, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 721 777

1 655 821

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 655 821

1 589 509

2. Professor:




fan doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 721 777

1 655 821

fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 655 821

1 589 509

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 589 509

1 511 061

3. Dotsent:




ilmiy darajaga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 589 509

1 511 061

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 511 061

1 433 508

4. Katta oʻqituvchi:




ilmiy darajaga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 511 061

1 433 508

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 433 508

1 357 681

5. Assistent, oʻqituvchi:




ilmiy darajaga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 357 681

1 282 486

ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 282 486

1 208 431

6. Oʻqituvchi-stajyor


1 131 557

                 

Izohlar:

1. Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

2. Professorlar va dotsentlarning bazaviy lavozim maoshlari tegishli ravishda professor yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan shaхslarga (katta ilmiy хodimga) belgilanadi.

3. Professor-oʻqituvchilar tarkibidan professor yoki dotsent lavozimlariga tayinlangan, biroq tegishli ilmiy unvonga ega boʻlmagan shaхslarga ikki yilgacha boʻlgan muddatga bazaviy lavozim maoshlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

professor - 1 589 509 soʻm;

dotsent - 1 511 061 soʻm";


b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"Oliy ta’lim muassasalarining

rahbar хodimlari mehnatiga haq toʻlash

boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari

MIQDORLARI



(soʻm)

Lavozimlar nomi

Bazaviy lavozim

maoshlari miqdorlari


I guruh

II guruh

  

1. Rektor:




akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan


2 033 591

1 950 979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan


1 950 979

1 868 807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 868 807

1 802 415

2. Oʻquv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektor:




professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan


1 868 807

1 802 415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 802 415

1 721 777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 721 777

1 655 821

3. Xalqaro aloqalar, kapital qurilish va moliyaviy-iqtisodiy ishlar boʻyicha prorektor:




professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan


1 760 106

1 693 638

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 693 638

1 626 864

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 626 864

1 559 993

4. Filial direktori:




akademik ilmiy unvoniga ega boʻlgan


1 950 979

1 950 979

professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan


1 868 807

1 868 807

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 802 415

1 802 415

5. Filial direktorining oʻrinbosari:




professor ilmiy unvoniga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning fan doktori ilmiy darajasiga yoki unga tenglashtirilgan ilmiy darajasiga ega boʻlgan


1 802 415

1 802 415

dotsent ilmiy unvoniga, fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan

1 721 777

1 721 777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 655 821

1 655 821

6. Dekan:




ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga, tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 721 777

1 721 777

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 655 821

1 655 821

7. Dekan oʻrinbosari:




ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga yoki tegishli mutaхassislik boʻyicha хorijiy  mamlakatlarning falsafa doktori (Ph.D) darajasiga yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega boʻlgan


1 655 821

1 655 821

ilmiy unvonga yoki ilmiy darajaga ega boʻlmagan


1 589 509

1 589 509

8. Hisoblash markazi boshlii


660 948

618 587

                                 

Izoh.

Ushbu ilovada nazarda tutilgan bazaviy lavozim maoshlari kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarida (institutlarda, fakultetlarda) tegishli lavozimlar uchun ham qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno".


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami",

2015 yil 2 sentyabr, 34-son, 455-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami",

2015 yil, 8-son, 73-modda