Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2008 y. 226-son "Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.10.2008 y.

N 226


OʻZBEKISTON IQTIDORLI

YoShLARINI TAQDIRLASh VA MODDIY

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA


Qobiliyatli yoshlarni rabatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli oʻquvchilarni, talabalar va tayanch doktorantlarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlar yili" davlat dasturi toʻrisida" 2008 yil 29 fevraldagi PQ-805-son qarorida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Magistratura bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;

Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi toʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;

Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari oliblari boʻlgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti loyihasini tuzishda tasdiqlangan nizomlarga muvofiq iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rabatlantirish uchun zarur byudjetdan ajratiladigan mablalarni nazarda tutsin.

3. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi ommaviy aхborot vositalarida iqtidorli yoshlarning oʻz ma’naviy, kasbiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlasinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh.Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 13 oktyabrdagi

226-son qaroriga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini taqdirlash va moddiy rabatlantirish toʻrisida" 1993 yil 25 martdagi 157-son qarori.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 6 iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 6-7-son, 35-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fan va teхnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2006 yil 7 avgustdagi PQ-436-son qarori) 2006 yil 2 oktyabrdagi 207-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 10-son, 73-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 42-son, 422-modda.