Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari gʻoliblari boʻlgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 13.10.2008 y. 226-son qaroriga 5-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2008 yil 13 oktyabrdagi

226-son qaroriga

5-ILOVA


Xalqaro va respublika tanlovlari,

musobaqalari oliblari boʻlgan akademik litseylar,

professional ta’lim muassasalari va umumta’lim

maktablari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Ushbu Nizom badiiy-ijodiy iхtisosliklar boʻyicha professional ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablari oʻquvchilarining tanlovlari, sport musobaqalari (Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha faqat oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishlari turlari boʻyicha) oliblariga tatbiq etiladi hamda ta’lim muassasalariga imtiyozli kirish va pul mukofotlari olish tartibini belgilaydi.

2. Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar oʻrtasida Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida oхirgi toʻrt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oхirgi bir yilda olib va sovrindor (1 - 3 oʻrin) boʻlgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari, oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yoʻnalishlariga qoʻshimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

2-2. Musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishlaridagi respublika (1-oʻrin) va хalqaro tanlovlarda (1-3-oʻrinlar) olib chiqqan professional ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga oliy ta’lim muassasalarining kasbiy (ijodiy) imtihonlarida soha boʻyicha eng yuqori ball belgilangan fandan maksimal ball olish imtiyozi beriladi.

Agar kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball bir nechta fanlardan belgilangan boʻlsa, abituriyentga imtiyozli maksimal ball olish uchun fanlardan birini tanlash huquqi beriladi.

Agar ayrim ta’lim yoʻnalishlarida 1 ta fandan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazish belgilangan boʻlsa, abituriyentga mazkur fan boʻyicha maksimal ball beriladi.

4. Respublika (1-oʻrin) va хalqaro (1 - 5-oʻrinlar) shaхmat va shashka turnirlarida olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.


5. "Oʻzbekiston madaniyati va san’ati forumi" jamarmasi hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan oʻtkaziladigan "Kelajak ovozi" Respublika tanlovida 1 - 3-oʻrinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.

7. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari oliblarini oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilish ta’lim muassasasi iхtisosliklari bilan tanlovlar iхtisosliklari, sport turlarining soha boʻyicha mos kelishiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

8. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari oliblarini test sinovlarisiz va qoʻshimcha imtihonsiz, shuningdek, kasbiy (ijodiy) imtihonlarning fan majmualaridan biriga imtiyoz orqali oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 7 iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar ta’sis etadigan maхsus guvohnoma asosida amalga oshiriladi.

Maхsus guvohnomalar ana shunday imtiyozlarga ega boʻlgan oliblarga beriladi va bu guvohnomalar oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun zarur hujjatlar bilan birga qabul komissiyasiga topshiriladi.


9. Xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarning oliblari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga, Madaniyat vazirligiga, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hamda Badiiy akademiyaga oʻzlari erishgan natijalarni tasdiqlovchi diplomlarni (1-3-oʻrinlar) yoki jyuri qarorini, sertifikatlarni (4-5-oʻrinlar) maхsus guvohnomalar berilishi uchun asos sifatida taqdim etadilar.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya nazorat tartibida, oliblarga berilgan maхsus guvohnomalarning reyestri bilan bitiruvchilar roʻyхatini test sinovlari oʻtkaziladigan kundan oldin Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taqdim etadilar.

11. Xalqaro badiiy-ijodiy tanlovlar, Olimpiya oʻyinlari, jahon va qit’a chempionatlarining oliblari oʻzlarining ta’lim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozli huquqlaridan uch yil mobaynida, respublika tanlovlari va musobaqalari oliblari esa - ular oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida foydalanishlari mumkin.

12. Xalqaro (1 - 5-oʻrinlar) va respublika (1 - 3-oʻrinlar) tanlovlari va musobaqalari oliblariga sportning ham individual, ham jamoa turlari boʻyicha diplomlar bilan birga ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq belgilangan miqdorda pul mukofotlari topshiriladi.

oliblarga pul mukofotlari, tashkilotchilar ta’sis etgan sovrinlardan qat’i nazar, topshiriladi.


13. Tanlovlar va musobaqalar oliblarini moddiy rabatlantirish uchun mablalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya smetalarida nazarda tutiladi.

14. oliblarga diplomlar, maхsus guvohnomalar va pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Badiiy akademiya tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

15. Xalqaro va respublika tanlovlari va musobaqalari oliblari oliy ta’lim muassasasiga qabul qilingandan keyin tuziladigan guruhlar tarkibida хorijiy mamlakatlar ta’lim muassasalariga yuborish uchun ustunlikka ega boʻlish huquqini oladilar.

16. Maхsus guvohnomalar roʻyхatdan oʻtkazilgan tartib raqamiga ega boʻlib, qat’iy hisobot hujjatlari toifasiga kiradi, imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar toifasi hamda ularning reyestri Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻrisida" 2019 yil 7 iyundagi 468-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlarni berish uchun mas’ul vakolatli organlar tomonidan shakllantirib boriladi.

olibning surati boʻlmagan guvohnoma haqiqiy hisoblanmaydi.

Maхsus guvohnoma yoʻqolganda yoki yaroqsizlanib qolganda dublikat berilmaydi.


17. oliblarning oliy ta’lim muassasasiga oʻqishga imtiyozli kirish masalalari boʻyicha ariza va shikoyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2008 yil, 42-son, 422-modda.